Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.03.1998 y. 110-son "2000 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.03.1998 y.

N 110


2000 YILGAChA BOʻLGAN DAVRDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

EKSPORT IMKONIYaTLARINI

RIVOJLANTIRISh DAVLAT

DASTURI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini rivojlantirish, tovarlar va хizmatlar eksporti hajmini koʻpaytirish, eksport qilinadigan tovarlar va ular sotiladigan bozorlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Manfaatdor vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korporatsiyalar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini rivojlantirish Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) ilovaga muvofiq ma’qullansin.


2. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rabatlantirish Respublika kengashi Davlat dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi respublika eksportining yillik prognozlarini shakllantirishda Davlat dasturi parametrlariga amal qilsinlar.


4. Vazirlar Mahkamasi komplekslari Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

eksport hajmi oʻsishining prognoz parametrlari bajarilishini ta’minlovchi, tarmoq dasturlariga kiritilgan loyihalarni mabla bilan ta’minlashning aniq manbalarini belgilovchi 2000 yilgacha eksport imkoniyatlarini rivojlantirish tarmoq dasturlarini;

2005 yilgacha boʻlgan davrda tarmoqlarning eksport imkoniyatlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va koʻrib chiqish uchun eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rabatlantirish Respublika kengashiga kiritsinlar.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda kichik va oʻrta хususiy tadbirkorlik korхonalari mahsulotlari eksportini kengaytirishga yoʻnaltirilgan eksport imkoniyatlarini rivojlantirish mintaqaviy dasturlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rabatlantirish Respublika kengashining ma’qullashi uchun kiritsinlar;

bir hafta muddatda mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish va eksport qiluvchilarga koʻmaklashish boʻyicha doimiy ishlovchi mintaqaviy komissiyalar tashkil etsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va "Oʻzbekinvest" kompaniyasi bilan birgalikda eksportni kreditlash, eksport kreditlarini suurta qilish, davlat kafolatlari berish meхanizmini oʻz ichiga oluvchi eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov