Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2008 y. 54-son "Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
28.03.2008 y.
N 54
OZIQ-OVQAT BUGʻDOYINING
SUGʻURTA FONDINI GʻAMLASh, SAQLASh,
YaNGILASh VA UNDAN FOYDALANISh
TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASh HAQIDA
Oziq-ovqat bugʻdoyining barqaror sugʻurta fondini shakllantirish, davlat resursidagi oziq-ovqat bugʻdoyidan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash va ichki iste’mol bozorini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi 2008 yilning birinchi yarim yilligida davlat resursidagi oziq-ovqat bugʻdoyidan foydalanishning belgilangan balansi hajmlarida hamda Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga qat’iy muvofiq ravishda 2008 yil 20 aprelgacha 2007 yil hosilidan oziq-ovqat bugʻdoyini sugʻurta fondiga gʻamlashni ta’minlasin.
3. Tarmoq korхonalarida joylashtirilgan sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyining hajmi zarur tarzda hisobga olinishi va sifatli saqlanishi uchun shaхsiy javobgarlik "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 14-15-son, 100-modda.