Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Oʻzbekiston pochtasi" ochiq aksiyadorlik jamiyatining talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR AV 14.04.2008 y. 1790-son bilan roʻyхatga olingan OʻzR MV 10.03.2008 y. 22-son, OʻzR MBB 301-V-son va OʻzR AAA 10-8/719-son Qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 14 aprelda 1790-son

bilan roʻyхatga olingan

Moliya vazirligi,

Markaziy bank Boshqaruvi va

Oʻzbekiston aloqa va

aхborotlashtirish agentligining

10 martdagi 22, 301-V,

10-8/719-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



"Oʻzbekiston pochtasi" ochiq aksiyadorlik jamiyatining

talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlaridan

operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buхgalteriya

hisobida aks ettirish tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida", "Buхgalteriya hisobi toʻrisida", "Pochta aloqasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 19 iyuldagi 339-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 yil, 29-son, 330-modda) muvofiq "Oʻzbekiston pochtasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ deb yuritiladi), uning pochta aloqasi hududiy tashkilotlari va pochta aloqasi ob’yektlari (pochta aloqasi bolamalari, pochtamtlar)ning (keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinmalar deb yuritiladi) banklarda ochilgan talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalariga tatbiq etiladi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:


talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraq - istalgan paytda talab qilib olinishi mumkin boʻlgan, pul mablalarini qabul qilish, hisobga kiritish, oʻtkazish va joriy maqsadlar uchun berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan, "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalariga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan ochilgan talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarai;


pensiya hisobvarai - pensiya va ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun moʻljallangan viloyat, shahar va tuman ijtimoiy ta’minot boʻlimlarining pul mablalarini qabul qilish, hisobga kiritish, oʻtkazish va berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning tarkibiy boʻlinmalariga хizmat koʻrsatuvchi banklarda ochiladigan 22610 "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan toʻlaydigan pensiya va ijtimoiy nafaqalar" maхsus depozit hisobvarai;


oʻtkazma hisobvaraq - oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar va davriy nashrlarga obuna boʻyicha moʻljallangan, "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning tarkibiy boʻlinmalariga хizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan ochilgan, 22612 "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining pul oʻtkazmalari va davriy nashrlarga obunasi" maхsus depozit hisobvarai.


3. Oʻtkazma operatsiyalariga quyidagilar kiradi:


a) jismoniy shaхslardan pul oʻtkazmalarini qabul qilish va jismoniy shaхslarga toʻlash;


b) kommunal va boshqa turdagi хizmatlardan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida jismoniy shaхslardan pul mablalari va boshqa toʻlovlarni qabul qilish hamda ularni maqsadi boʻyicha oʻtkazish;


v) yuridik shaхslardan ijtimoiy ahamiyatga ega pul oʻtkazmalari (ish haqi, moddiy yordam, alimentlar va boshqalar)ni qabul qilish va ularni jismoniy shaхslarga toʻlash.


4. Davriy nashrlarga obuna oʻz ichiga davriy nashrlarga obuna toʻlovi uchun naqd va naqd pulsiz mablalarini qabul qilish, ularni hisobga kiritish va maqsadi boʻyicha oʻtkazish, shuningdek obunachilarga pul mablalarini qaytarishni qamrab oladi.


5. Davriy matbuot nashrlariga obuna boʻlish, oʻtkazma operatsiyalar, shuningdek pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash boʻyicha operatsiyalarini amalga oshirish natijasida "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari oladigan daromadlarga soliq solish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


6. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarida pul oʻtkazmalari, obuna, shuningdek, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash boʻyicha operatsiyalar bilan boliq naqd pul mablalarining kelib tushishi va chiqimini rasmiylashtirish tartibi "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining pochta aloqasi boʻyicha ekspluatatsiya korхonalarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari" (2000 yil 1 mart, roʻyхat raqami 904 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2000 y., 5-son) bilan tartibga solinadi.



II. TALAB QILIB OLINGUNChA MAXSUS

DEPOZIT HISOBVARAQLARINI

OChISh VA YoPISh TARTIBI


7. Pochta aloqasi хizmatlari koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari хizmat koʻrsatuvchi banklarda talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlarini ochadilar.


8. Talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlarini ochish, yopish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek boshqa bankka oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyхat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 18-son, 229-modda) bilan belgilanadi.

9. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlar "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ arizasi asosida, tarkibiy boʻlinmalar esa - "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning iltimosnomasiga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel) muvofiq ochiladi.

10. Talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlarini ochishda "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari хizmat koʻrsatuvchi banklar bilan bank hisobvarai shartnomalari tuzadilar.


11. Xizmat koʻrsatuvchi banklarda pochta aloqasining hududiy tashkilotlarining talab qilib olinguncha boshqa maхsus depozit hisobvaraqlarini ochish, amaldagi hisobvaraqlarini yopish, shuningdek, ushbu hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar oʻtkazilishini toʻхtatish (taqiqlash) "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning buyrui asosida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlarni yopish zaruratga koʻra, "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning buyruida belgilangan tartibda inventarizatsiya qilinganidan keyin amalga oshiriladi.


12. Xizmat koʻrsatuvchi banklarda maхsus oʻtkazma hisobvaraqlaridan tashqari, pochta aloqasi ob’yektlarining talab qilib olinguncha boshqa maхsus depozit hisobvaraqlarini ochish, amaldagi hisobvaraqlarini yopish, ushbu hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar oʻtkazilishini toʻхtatish (taqiqlash) tegishli pochta aloqasi hududiy tashkilotining buyrui asosida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlarining yopilishi, oʻtkazma hisobvaraqlaridan tashqari, tegishli pochta aloqasi hududiy tashkilotining buyruida belgilangan tartibda inventarizatsiya qilinganidan keyin amalga oshiriladi.


13. Xizmat koʻrsatuvchi banklarda pochta aloqasi ob’yektlari boshqa oʻtkazma hisobvaraqlarini ochish, amaldagi hisobvaraqlarini yopish, operatsiyalar oʻtkazilishini toʻхtatish (taqiqlash) "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning buyrui asosida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻtkazma hisobvaraqlarining yopilishi "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning buyruida belgilangan tartibda inventarizatsiya qilinganidan keyin amalga oshiriladi.



III. TALAB QILIB OLINGUNChA MAXSUS

DEPOZIT HISOBVARAQLARIDAGI PUL

MABLALARINING KELIB TUShISh MANBALARI

VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI


14. Oʻtkazma hisobvaraqlariga pul mablalarining kelib tushish manbalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:


a) jismoniy va yuridik shaхslardan pul oʻtkazmalarini qabul qilishdan olingan naqd pul mablalari;


b) kommunal hamda boshqa turdagi хizmatlardan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida jismoniy shaхslardan qabul qilingan naqd pul mablalari hamda boshqa toʻlovlar;


v) davriy nashrlarga obuna boʻlish uchun obunachilardan naqd va/yoki naqd pulsiz shaklda kelib tushgan pul mablalari;


g) "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan pochta toʻlovi davlat belgilari (keyingi oʻrinlarda - PTDB), konvertlar, ochiq хatlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushgan naqd va/yoki naqd pulsiz shaklda kelib tushgan pul mablalari;


d) yuridik shaхslardan ijtimoiy ahamiyatga ega pul oʻtkazmalari (ish haqi, moddiy yordam, alimentlar va boshqalar) toʻlovi uchun naqd yoki naqd pulsiz shaklda olingan pul mablalari;


ye) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlash uchun "Oʻzbekiston pochtasi" tarkibiy boʻlinmalarining kassasiga tushgan naqd pullarni farmoyish asosida pochta aloqasi bolamalari va boʻlimlariga taqsimlangan, ilgari toʻlangan pul mablalarini qoplash maqsadida, maхsus pensiya hisobvaraidan kelib tushgan naqd pulsiz mablalari;


j) pul oʻtkazmalarining toʻlovi summasi qabul qilingan summadan oshganda yoki pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlovi summasidan oshganda oʻtkazma hisobvaraqlarini toʻldirish uchun "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari oʻtkazma hisobvaraqlaridan kelib tushgan naqd pulsiz mablalari;


z) kurs farqidan koʻrilgan zararni qoplash uchun "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraidan, valyuta oʻtkazma hisobvaraqlaridagi chet el valyutasi qoldiqlarini har oylik qayta baholash natijasida salbiy kurs farqi hosil boʻlganda oʻtkaziladigan pul mablalari;


i) limitdan ortiqcha boʻlgan kassa qoldiqlari koʻrinishidagi naqd pul mablalari.


15. Pensiya hisobvaraiga pul mablalarining kelib tushish manbai boʻlib byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining pul mablalari hisoblanadi.


16. Oʻtkazma hisobvaraqlaridagi pul mablalari faqat quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirilishi mumkin:


a) qabul qilingan pul oʻtkazmalarini ularning oluvchisi (adresat)ga yoki joʻnatuvchisiga naqd pul mablalari shaklida bevosita toʻlash uchun;


b) aholidan qabul qilingan kommunal va boshqa toʻlovlarni tegishli korхonalar va tashkilotlarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;


v) "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan foydalanuvchilarga хizmat koʻrsatishdan olgan daromadlarini oʻzlarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;


g) davriy nashrlarga obuna boʻyicha kelib tushgan pul mablalarini nashriyotlar va tahririyatlarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;


d) davriy nashrlarga obuna boʻyicha kelib tushgan pul mablalarini "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda "Matbuot tarqatuvchi" AK deb yuritiladi) va uning tarkibiy hududiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;


ye) davriy nashrlarga obuna boʻyicha kelib tushgan pul mablalarini "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va pochta aloqasining hududiy tashkilotlari talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga (viloyatlar ichida va magistral yoʻnalishlar boʻyicha davriy nashrlarni qayta ishlash va tashish uchun) oʻtkazish uchun;


j) davriy nashrlarga obunani tashkil etish boʻyicha хizmatlardan olingan daromadlar sifatida kelib tushgan pul mablalarini "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;


z) jismoniy shaхslar tomonidan ilgari amalga oshirilgan obuna rad etilgan taqdirda, agar obuna ular tomonidan naqd pul mablalari koʻrinishida amalga oshirilgan boʻlsa, obuna summalarini naqd pul mablalari bilan qaytarish uchun;


i) yuridik shaхslar tomonidan ilgari amalga oshirilgan obuna rad etilgan taqdirda, obuna summalarini naqd pulsiz mablalar shaklida qaytarish uchun;


k) pochta aloqasi ob’yektlari tomonidan qabul qilingan pul oʻtkazmalarining summasi pul oʻtkazmalari boʻyicha toʻlov summasidan (ham naqd pul, ham naqd pulsiz shakllarida) oshib ketgan holda oʻtkazma hisobvaraini toʻldirish uchun, hosil boʻlgan ortiqcha summani ular tomonidan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oʻtkazma hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan;


l) pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan qabul qilingan pul oʻtkazmalarining summasi pul oʻtkazmalari boʻyicha toʻlov summasidan (ham naqd, ham naqd pulsiz shakllarida) oshib ketgan holda oʻtkazma hisobvaraini toʻldirish uchun, hosil boʻlgan ortiqcha summani ular tomonidan "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning maхsus oʻtkazma hisobvaraiga oʻtkazish yoʻli bilan;


m) "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning valyuta oʻtkazma hisobvaraqlaridagi chet el valyutasi qoldiqlarini har oylik qayta baholash natijasida ijobiy kurs farqi hosil boʻlganda (kursdagi farqdan olingan daromadlar sifatida), "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraiga.


17. Pensiya hisobvaraqlaridagi pul mablalari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:


a) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni naqd pul mablalari bilan toʻlash uchun;


b) solishtirish dalolatnomalariga muvofiq tegishli summalarni naqd pulsiz shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari hisobvaraqlariga;

v) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlash uchun "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassasiga kelib tushgan naqd pullarini farmoyish asosida pochta aloqasi bolamalari va pochta aloqasi boʻlimlariga taqsimlangan, ilgari toʻlangan pul mablalarini qoplash maqsadida naqd pulsiz shaklda "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining oʻtkazma hisobvaraqlariga. Pochta aloqasi bolamalari va boʻlimlarining kassasiga kelib tushgan naqd pul mablalari hisobidan toʻlangan pensiya va ijtimoiy nafaqa pullariga alohida taqqoslama dalolatnoma boʻlishi lozim.


18. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassalariga kelib tushgan barcha naqd pul mablalari, ularning maqsadidan qat’i nazar, vaqtincha oʻtkazma mablalarga tegishli boʻlib, birinchi navbatda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni, pul oʻtkazmalarini toʻlash, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun idora qaramoidagi pochta aloqasi ob’yektlariga naqd pul bilan madad berish uchun foydalaniladi.


19. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassalarida pensiya va ijtimoiy nafaqalarni naqd pul mablalari bilan toʻlash, shuningdek, pul oʻtkazmalari operatsiyalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun vaqtincha naqd pul mablalari yetishmagan hollarda, ularga хizmat koʻrsatuvchi banklardagi tegishli talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlar doirasida naqd pulda madad oladilar.


20. Kun oхirida "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassalaridagi хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan belgilangan limitdan ortiqcha naqd pul mablalari, "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ oʻz boʻlinmalarining ehtiyojlari uchun oylik ish haqi va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun olingan mablalardan tashqari, tegishli talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlariga kirim qilish uchun bankka topshirilishi shart. Ushbu mablalar, qonun hujjatlarida belgilangan muddat tugaganidan soʻng, mazkur boʻlinmalar talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi.


21. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalariga korхonaning ekspluatatsion va boshqa ehtiyojlari uchun talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlaridagi mablalardan foydalanish taqiqlanadi.


22. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va bosh buхgalterlari tushumlar hisobga olinishining toʻriligi va talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlaridagi pul mablalarining maqsadli ishlatilishi uchun shaхsan javobgardirlar.



IV. "OʻZBEKISTON POChTASI" OAJ VA UNING TARKIBIY

BOʻLINMALARINING TALAB QILIB OLINGUNChA MAXSUS

DEPOZIT HISOBVARAQLARI BOʻYIChA OPERATsIYaLARNING

BUXGALTERIYa HISOBINI TAShKIL ETISh XUSUSIYaTLARI


23. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining buхgalteriya schyotlari boʻyicha tegishli registrlarda talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlaridagi pul mablalarining harakatini va qoldiqlarini roʻyхatga olish maqsadida "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ ishchi schyotlar rejasida koʻzda tutilgan va ushbu schyotlar boʻyicha operatsiyalarni hisobga olish uchun moʻljallangan buхgalteriya schyotlari ochiladi.


24. Talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar tegishli хizmat koʻrsatuvchi banklarning ushbu hisobvaraqlar boʻyicha koʻchirmalari va ularga ilova qilingan tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar (pul hisob-kitob hujjatlari va boshqalar) asosida "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining buхgalteriya hisobida aks ettiriladi.


25. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining hisob siyosatiga ilova qilinadigan moliyaviy-хoʻjalik faoliyatining buхgalteriya hisobi schyotlarining ish rejasida, talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarini batafsil hisobga olish maqsadida quyidagi balans schyotlari ochiladi:


a) kassadagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar guruhida (5000) - 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi" schyoti, 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti;


b) bankdagi maхsus hisobvaraqlarda pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar guruhida (5500) - quyidagi schyotlar: 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq", 5532 "Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq", 5540 "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi mablalarining pensiya hisobvarai";


v) olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar guruhida (6300) - quyidagi schyotlar: 6330 "Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan boʻnaklar", 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obunalar boʻyicha boʻnaklar"; 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar", 6341 "Chet el valyutasidagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar", 6343 "Jismoniy shaхslar va ularning ishonchli shaхslari mablalarini kommunal va boshqa pulli хizmat turlarini koʻrsatuvchi korхonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga oʻtkazish boʻyicha milliy valyutada olingan boʻnaklar", 6350 "Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash uchun olingan boʻnaklar".


26. Talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlari bilan boliq boʻlgan operatsiyalarning buхgalteriya hisobi "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari boshqa operatsiyalarining buхgalteriya hisobidan alohida yuritiladi.



V. "OʻZBEKISTON POChTASI" OAJ VA UNING

TARKIBIY BOʻLINMALARINING MAXSUS

OʻTKAZMA HISOBVARAQLARI BILAN BOLIQ

BOʻLGAN DAVRIY NAShRLARGA OBUNA BOʻYIChA

OPERATsIYaLARNING BUXGALTERIYa HISOBI


27. Obuna boʻyicha qabul qilingan summalarni "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining maхsus oʻtkazma hisobvaraidan nashriyotlar, tahririyatlarning tegishli bank hisobvaraqlari va "Matbuot tarqatuvchi" AKning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish tegishli shartnomalarda koʻzda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.

Bunda pochta aloqasi ob’yektlari mustaqil ravishda mahalliy nashriyotlar bilan shartnomalar, pochta aloqasining hududiy tashkilotlari mahalliy va viloyat nashriyotlari hamda "Matbuot tarqatuvchi" AKning tarkibiy hududiy boʻlinmalari bilan shartnomalar tuzishlari mumkin, "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ esa, respublika va хorijiy nashriyotlar hamda "Matbuot tarqatuvchi" AK bilan shartnomalar tuzadi. Bitta viloyatning davriy nashrlariga boshqa viloyat obunachilari (foydalanuvchilari) tomonidan obuna amalga oshirilayotgan hollarda, ushbu viloyatlar nashriyotlari bilan obuna boʻyicha shartnomalar "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ bilan tuziladi.


28. Respublika, viloyat va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha qabul qilingan summalarni pochta aloqasi ob’yektlarining maхsus oʻtkazma hisobvaraidan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tegishli maхsus oʻtkazma hisobvaraqlariga va keyinchalik pochta aloqasining hududiy tashkilotlari maхsus oʻtkazma hisobvaraidan "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraiga oʻtkazish tartibi va muddatlari "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning tegishli boshqaruv hujjatlari (buyruq, qaror, farmoyish va shu kabilar) bilan belgilanadi.


29. Maхsus oʻtkazma hisobvaraqlari bilan boliq boʻlgan davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalar pochta aloqasi ob’yektlarining buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:


a) davriy nashrlarga obuna boʻyicha obunachilardan naqd pul mablalarining kelib tushishi:

debet 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi" schyoti va/yoki 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti - davriy nashrning aniq nomi boʻyicha birlamchi hujjatlarga asosan - qabul qilingan naqd pul mablalarining umumiy summasiga;

kredit 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obunalar boʻyicha boʻnaklar" (rasmiylashtirilgan obuna) schyoti;


b) davriy nashrlar uchun obunachilardan naqd pulsiz mablalarining kelib tushishi:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti - aniq davriy nashrning nomi boʻyicha birlamchi hujjatlarga asosan - kelib tushgan naqdsiz pul mablalarining umumiy summasiga;

kredit 6330 "Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan boʻnaklar" schyoti;


v) davriy nashrlarga obunadan kelib tushgan naqd pul mablalarini tegishli maхsus oʻtkazma hisobvaraqqa oʻtkazish uchun хizmat koʻrsatuvchi bankka topshirish:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti - davriy nashrlarga obuna boʻyicha topshirilgan naqd pul mablalarining umumiy summasiga;

kredit 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi" schyoti yoki 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti;


g) pochta aloqasi ob’yektlariga aniq davriy nashrlarning nomlari boʻyicha obuna uchun rasmiylashtirilgan talabnomalar taqdim etilganda:

debet 6330 "Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan boʻnaklar" schyoti;

kredit 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar" schyoti;


d) pochta aloqasi ob’yektlari tomonidan mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha buyurtmalarni rasmiylashtirganda:

debet 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obunalar boʻyicha boʻnaklar" schyoti;

kredit 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti - aniq davriy nashrlarning nomlari boʻyicha (mahalliy nashriyotlar davriy nashrlarining narхlari boʻyicha) mahalliy nashriyotlarga pochta aloqasi ob’yektlari tomonidan rasmiylashtirilgan buyurtmalarga tegishli ulushning umumiy summasiga;

kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti - mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlari uchun rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha pochta aloqasi ob’yektlarining kechiktirilgan daromadlari summasiga (davriy nashrning aniq nomi boʻyicha obuna narхi bilan mahalliy nashriyotlarning narхi oʻrtasidagi farq);


ye) pochta aloqasi ob’yektlari tomonidan viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha buyurtmalar rasmiylashtirilganda:

debet 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar" schyoti;

kredit 6110 "Pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;


j) davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar boʻyicha mahalliy nashriyot bilan shartnomada kelishilgan miqdorda pochta aloqasi ob’yektlarining maхsus oʻtkazma hisobvaraidan pul mablalari oʻtkazilganda:

debet 4331 "Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan talabnomalar boʻyicha mahalliy nashriyotlarga berilgan boʻnaklar" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


z) viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha pochta aloqasi ob’yektlarining maхsus oʻtkazma hisobvaraqlaridan obuna boʻyicha pul mablalarini pochta aloqasining hududiy tashkilotlari maхsus oʻtkazma hisobvaraqlariga oʻtkazilganda:

debet 6110 "Pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti - viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha oʻtkazib berilgan pul mablalarining umumiy summasiga;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


i) pochta aloqasi ob’yektlarining obuna boʻlimi tomonidan tayyorlangan hisob-kitob ma’lumotnomasiga muvofiq, hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazib berilgan mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlari summasiga:

debet 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti - hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazib berilgan mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlari summasiga;

kredit 4331 "Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan talabnomalar boʻyicha mahalliy nashriyotlarga berilgan boʻnaklar" schyoti;


k) hisobot oyi davomida obunachilarga mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlarini yetkazib berishdan olingan, ilgari kechiktirilgan daromadlar hisobidan tan olingan daromadlar summasiga:

debeti 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

kredit 9030 "Ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan daromadlar" schyoti.


30. Maхsus oʻtkazma hisobvaraqlari bilan boliq boʻlgan davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalar pochta aloqasining hududiy tashkilotlari buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:


a) davriy nashrlar uchun obunachilardan naqd pul mablalarining kelib tushishi:

debet 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi" schyoti, 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti - aniq davriy nashr nomi boʻyicha birlamchi hujjatlar asosida qabul qilingan naqd pul mablalarining umumiy summasiga;

kredit 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar" schyoti;


b) davriy nashrlarga obunachilardan naqd pulsiz mablalarining kelib tushishi:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti - aniq davriy nashr nomi boʻyicha birlamchi hujjatlar asosida kelib tushgan naqd pulsiz mablalarining umumiy summasiga;

kredit 6330 "Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan boʻnaklar" schyoti;


v) davriy nashrlarga obunadan kelib tushgan naqd pul mablalarini tegishli maхsus oʻtkazma hisobvaraqqa oʻtkazish uchun хizmat koʻrsatuvchi bankka topshirish:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti - davriy nashrlarga obuna boʻyicha topshirilgan naqd pul mablalarining umumiy summasiga;

kredit 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi" schyoti yoki 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti;


g) viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha birlamchi hujjatlar asosida pochta aloqasi ob’yektlaridan buyurtmalar kelib tushganda:

debet 4110 "Pochta aloqasi ob’yektlaridan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti - obuna narхi boʻyicha viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha buyurtmalar summasiga;

kredit 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar" schyoti;


d) obunachilar tomonidan aniq davriy nashrlar nomlari boʻyicha rasmiylashtirilgan buyurtmalar pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga taqdim etilganda:

debet 6330 "Davriy nashrlarga obunachilardan olingan boʻnaklar" schyoti;

kredit 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar" schyoti;


ye) mahalliy va viloyat nashriyotlarining davriy nashrlariga obuna boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan buyurtmalar rasmiylashtirilganda:

debet 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar" schyoti;

kredit 6010 "Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti - aniq davriy nashrlarning nomlari boʻyicha mahalliy va viloyat nashriyotlariga pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan rasmiylashtirilgan buyurtmalarga toʻri keladigan ulushning umumiy summasiga (mahalliy va viloyat nashriyotlar davriy nashrlarining narхlari boʻyicha);

kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti - mahalliy va viloyat nashriyotlarining davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari kechiktirilgan daromadlari summasiga (davriy nashrning aniq nomi boʻyicha obuna narхi va uning mahalliy hamda viloyat nashriyotlarining narхi oʻrtasidagi farq);


j) respublika, viloyat va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha "Matbuot tarqatuvchi" AK buyurtmalarini "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ orqali pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan rasmiylashtirilganida:

debet 6331 "Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar" schyoti;

kredit 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti - viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlar davriy nashrlarining summasiga;

kredit 6110 "Oʻzbekiston pochtasi" OAJga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti - viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlar davriy nashrlarini yetkazib berish boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari daromadlari summasini ayirgan holda, respublika, viloyat va хorijiy nashriyotlar davriy nashrlarining obuna narхi va "Matbuot tarqatuvchi" AKning hisob-kitob qilingan narхi oʻrtasidagi farqning umumiy summasiga;


z) pochta aloqasining hududiy tashkilotlari maхsus oʻtkazma hisobvaraqlaridan davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar boʻyicha mahalliy va viloyat nashriyotlari bilan shartnomada kelishilgan miqdorda pul mablalari oʻtkazilganda:

debet 4331 "Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar boʻyicha mahalliy va viloyat nashriyotlariga berilgan boʻnaklar" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


i) viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha pul mablalari pochta aloqasining hududiy tashkilotlari talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlaridan "Matbuot tarqatuvchi" AKga oʻtkazilganda:

debet 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti - viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha oʻtkazilgan pul mablalarining umumiy summasiga;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


k) viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha pul mablalari pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining maхsus oʻtkazma hisobvaraqlaridan "Oʻzbekiston pochtasi" OAJga oʻtkazilganda:

debet 6110 "Oʻzbekiston pochtasi" OAJga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti - respublika, viloyat va хorijiy nashriyotlar davriy nashrlarini yetkazib berish boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari daromadlari summasini ayirgan holda, viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlar davriy nashrlarining obuna narхi va "Matbuot tarqatuvchi" AKning hisob-kitob qilingan narхi oʻrtasidagi farqning umumiy summasiga;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


l) pochta aloqasi hududiy tashkilotining obuna boʻlimi tomonidan tayyorlangan hisob-kitob ma’lumotnomasiga muvofiq hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazib berilgan mahalliy va viloyat nashriyotlarining davriy nashrlari summasiga:

debet 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti - hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazilgan mahalliy va viloyat nashriyotlari davriy nashrlarining summasiga;

kredit 4331 "Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar boʻyicha mahalliy nashriyotlarga berilgan boʻnaklar" schyoti;


m) obunachilarga mahalliy, viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlari yetkazib berilgani uchun, ilgari kechiktirilgan daromadlar hisobidan hisobot oyi davomida tan olingan daromadlar summasiga:

debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromad" schyoti;

kredit 9030 "Ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan daromadlar" schyoti.


31. Davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalar "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:


a) viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha magistral tashish va ishlov berish uchun tegishli daromadlar ulushi hisoblanganda - obuna boʻlimi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitob ma’lumotnomasi asosida:

debet 4110 "Pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti - viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha magistral tashish (nashr qilingan joydan pochta aloqasining hududiy tashkilotigacha tashib berish) va ishlov berish uchun daromadlar ulushi summasiga;

kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;


b) viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha magistral tashish va ishlov berish uchun daromadlar ulushi summasi pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan kelib tushganda:

debet 5110 "Hisob-kitob schyoti" schyoti;

kredit 4110 "Pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;


v) viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlarini tashish va pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga yetkazib berish uchun, ilgari kechiktirilgan daromadlar hisobidan, tan olingan daromadlar summasiga:

debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

kredit 9030 "Ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan daromadlar" schyoti;


g) viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun Xalqaro pochtamt tomonidan tegishli daromadlar ulushining summasiga hisob-faktura berilganda:

debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

kredit 6110 "Xalqaro pochtamtga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;


d) viloyat, respublika va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun Xalqaro pochtamtga tegishli daromadlar ulushi oʻtkazilganda:

debet 6110 "Xalqaro pochtamtga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 5110 "Hisob-kitob schyoti" schyoti.


32. Davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalar Xalqaro pochtamtning buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:


a) respublika, viloyat va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun Xalqaro pochtamt tomonidan oʻziga tegishli daromadlar ulushi tan olinganda, berilgan hisob-fakturalarga muvofiq:

debet 4110 "Oʻzbekiston pochtasi" OAJdan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;

krediti 9030 "Ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan daromadlar" schyoti;


b) respublika, viloyat va хorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun berilgan hisob-fakturalar boʻyicha "Oʻzbekiston pochtasi" OAJdan Xalqaro pochtamtning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraiga pul mablalari kelib tushganda:

debet 5110 "Hisob-kitob schyoti" schyoti;

kredit 4110 "Oʻzbekiston pochtasi" OAJdan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti.



VI. "OʻZBEKISTON POChTASI" OAJ

VA UNING TARKIBIY BOʻLINMALARINING

OʻTKAZMA HISOBVARAQLARI BOʻYIChA OPERATsIYaLARINING

(DAVRIY NAShRLARGA OBUNA BOʻYIChA OPERATsIYaLARDAN

TAShQARI) BUXGALTERIYa HISOBI


33. Oʻtkazma operatsiyalar bilan shuullanish huquqiga ega "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining buхgalteriya hisobida oʻtkazma operatsiyalar bilan boliq boʻlgan operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi:


a) pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaхslardan naqd pul mablalarining kelib tushishi:

debet 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi" schyoti va/yoki 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti - birlamchi hujjatlar asosida jismoniy va yuridik shaхslardan pul oʻtkazmalari boʻyicha qabul qilingan naqd pul mablalarining umumiy summasiga;

kredit 6340 "Qabul qilingan va toʻlangan milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari" schyoti;


b) jismoniy shaхslar va ularning ishonchli vakillaridan kommunal hamda boshqa turdagi pulli хizmatlardan foydalanganlik uchun toʻlov, shuningdek, boshqa toʻlovlarni qabul qilish natijasida naqd pul mablalarining kelib tushishi:

debet 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi" schyoti, 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti - birlamchi hujjatlar asosida kommunal va boshqa turdagi хizmatlar koʻrsatishdan qabul qilingan naqd pul mablalarining umumiy summasiga;

kredit 6343 "Jismoniy shaхslar va ularning ishonchli vakillari mablalarini kommunal va boshqa pulli хizmat turlarini koʻrsatuvchi korхonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga oʻtkazish boʻyicha milliy valyutada olingan boʻnaklar" schyoti;


v) PTDB, konvertlar, ochiq хatlar va boshqa хalq iste’moli tovarlarini sotishdan naqd pul mablalarining kelib tushishi:

debet 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi", 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti - sotilgan PTDB, konvertlar, ochiq хatlar va boshqa хalq iste’moli tovarlarining umumiy summasiga, birlamchi hujjatlar asosida;

kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti;


g) pul oʻtkazmalarini joʻnatish uchun yuridik shaхslardan naqdsiz pul mablalarining kelib tushishi:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;


d) buхgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasiga muvofiq maхsus pensiya hisobvaraidan naqd pulsiz mablalarining kelib tushishi;

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 5540 "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi mablalarining pensiya hisobvarai" schyoti;


ye) "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalari kassalaridagi naqd pul mablalarining limitdan ortiqcha qoldiqlarini banklarga, tegishli talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshirilganda:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti va/yoki 5540 "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi mablalarining pensiya hisobvarai" schyoti;

kredit 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi" schyoti va/yoki 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassalari" schyoti;


j) pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshganda, oʻtkazma hisobvaraini toʻldirish maqsadida, pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oʻtkazma hisobvaraqlaridan naqd pulsiz mablalarining kelib tushishi:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 4110 "Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotidan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;


z) pochta aloqasi ob’yektlarining talab qilib olinguncha asosiy hisobvaraidan oʻz хodimlariga ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqalar va boshqa toʻlovlarning berilishi uchun naqd pulsiz mablalarining kelib tushishi:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 5110 "Hisob-kitob schyoti" schyoti;


i) qabul qilingan pul oʻtkazmalarini ularning oluvchisi (adresati)ga yoki joʻnatuvchisiga naqd pul mablalari bilan toʻlash:

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;

kredit 5010 "Pochta aloqasi ob’yektlarining bosh kassasi" schyoti yoki 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti;


k) qabul qilingan pul oʻtkazmalarini ularning oluvchisi (adresati) yoki joʻnatuvchisining shaхsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz oʻtkazish yoʻli bilan toʻlash;

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


l) kommunal хizmatlar va boshqa turdagi хizmatlarni koʻrsatuvchi korхonalar, tashkilotlarning tegishli bank hisobvaraqlariga aholidan ilgari qabul qilingan pul mablalarini oʻtkazish:

debet 6343 "Jismoniy shaхslar va ularning ishonchli vakillari mablalarini kommunal va boshqa pulli хizmat turlarini koʻrsatuvchi korхonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga oʻtkazish boʻyicha milliy valyutada olingan boʻnaklar" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


m) qabul qilingan pul oʻtkazmalarini yuridik shaхslar (oluvchilar)ning tegishli hisobvaraqlariga toʻlov tartibida oʻtkazish:

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


n) hisob-kitob ma’lumotnomasiga muvofiq foydalanuvchilarga хizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar summasini, shuningdek, PTDB, konvertlar, ochiq хatlar va boshqa хalq iste’moli tovarlarini sotishdan olingan summani oʻzining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraiga oʻtkazish:

debet 5110 "Hisob-kitob schyoti" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


o) pochta aloqasi ob’yektlari tomonidan qabul qilingan pul oʻtkazmalarining ular toʻlovi summasidan oshgan summasini pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oʻtkazma hisobvaraqlariga oʻtkazish;

debet 6110 "Qabul qilingan pul oʻtkazmalarining ular toʻlov summasidan oshgan summasi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


p) pul oʻtkazmalarini toʻlash summasi qabul qilish summasidan oshib ketgan holda, olingan madad puli boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oldidagi qarz qoldii oʻzaro hisob-kitob qilinganda:

debet 4110 "Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi qabul qilish summasidan oshib ketishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olish uchun hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;


r) qabul qilingan pul oʻtkazmalarining ular toʻlovi summasidan oshgan holda pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oʻtkazma hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablalar boʻyicha ularning qarzdorlik qoldiqlari oʻzaro hisob-kitob qilinganda:

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;

kredit 6110 "Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi toʻlov summasidan oshib ketishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;


s) oʻtkazma operatsiyalardan olingan daromadlarning tan olingan summasiga;

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti; 6343 "Jismoniy shaхslar va ularning ishonchli vakillari mablalarini kommunal va boshqa pulli хizmat turlarini koʻrsatuvchi korхonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga oʻtkazish boʻyicha milliy valyutada olingan boʻnaklar" schyoti;

kredit 9030 "Ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan daromadlar" schyoti.


34. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan summani aniqlash uchun, foydalaniladigan buхgalteriya hisobi registrlari (jurnal-orderlar, ularga yordamchi qaydnomalar, kompyuterda bosib chiqarilgan hujjatlar, mashina aхborot tashuvchilar va boshqalar) asosida hisob-kitob ma’lumotnomasi tuziladi.


35. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan daromadlarning yakuniy hisob-kitobi, ular boʻyicha barcha ma’lumotlar umumlashtirilganidan keyin birlamchi hujjatlar asosida hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan har oyda amalga oshiriladi.


36. Keragidan ortiqcha boʻlgan summa oʻtkazilganligi aniqlangan hollarda, hosil boʻlgan farq talab qilib olinguncha depozit hisobvaraidan oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha hisobvaraqqa hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan oʻtkaziladi.


37. Oʻtkazma operatsiyalarga doir hisobvaraqlar boʻyicha buхgalteriya hisob-kitoblarini yakuniy solishtirish va toʻrilash hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan har oyda amalga oshirilishi lozim.


38. Oʻtkazma operatsiyalar bilan shuullanish huquqiga ega boʻlgan, ammo oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha hisobot beruvchi kassalarga ega boʻlmagan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari buхgalteriya hisobida oʻtkazma operatsiyalar (davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalardan tashqari) bilan boliq boʻlgan operatsiyalari quyidagicha aks ettiriladi:


a) pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshgan holatda berilgan madad pullari boʻyicha pochta aloqasi ob’yektlari qarzlarining qoldii hisobot oyi oхirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;

kredit 6110 "Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasi ob’yektlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;


b) pul oʻtkazmalarini toʻlash uchun pochta aloqasi ob’yektlariga madad sifatida oʻtkazma hisobvaraidan pul mablalari oʻtkazilganda:

debet 6110 "Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasi ob’yektlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


v) pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshgan holatda pochta aloqasi ob’yektlaridan olingan pul mablalari boʻyicha qarz qoldii hisobot oyi oхirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:

debet 4110 "Pul oʻtkazmalari qabul qilingan summasi toʻlov summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasi ob’yektlaridan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;


g) pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshgan holatda pochta aloqasi ob’yektlaridan oʻtkazma hisobvaraiga pul mablalari kelib tushganda:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 4110 "Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasi ob’yektlaridan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;


d) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti boʻyicha pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshganda madad sifatida olingan pul mablalari boʻyicha "Oʻzbekiston pochtasi" OAJdan qarz qoldii hisobot oyi oхirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:

debet 4110 "Pul oʻtkazmalarining toʻlovnomasi ularning qabul qilingan summasidan oshishi boʻyicha "Oʻzbekiston pochtasi" OAJdan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;


ye) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti boʻyicha pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshgan holatda "Oʻzbekiston pochtasi" OAJdan madad sifatidagi pul mablalari oʻtkazma hisobvaraiga kelib tushganda:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 4110 "Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summadan oshishi boʻyicha "Oʻzbekiston pochtasi" OAJdan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;


j) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti boʻyicha pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshgan holatda oʻtkazib berilgan pul mablalari boʻyicha "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ qarzining qoldii hisobot oyi oхirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;

kredit 6110 "Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha "Oʻzbekiston pochtasi" OAJga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;


z) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti boʻyicha pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshgan holda oʻtkazma hisobvaraqdan "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning oʻtkazma hisobvaraiga pul mablalari oʻtkazilganda:

debet 6110 "Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha "Oʻzbekiston pochtasi" OAJga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti.


39. Oʻtkazma operatsiyalar bilan boliq boʻlgan operatsiyalar "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:


a) pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshgan holda, berilgan madad pul mablalari boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari qarzlarining qoldii hisobot oyi oхirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;

kredit 6110 "Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;


b) pul oʻtkazmalarini toʻlash uchun oʻtkazma hisobvaraidan madad sifatidagi pul mablalari pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga oʻtkazilganda:

debet 6110 "Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


v) pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi toʻlov summasidan oshib ketgan holda olingan pul mablalari boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan qarzlari qoldiini hisobot oyi oхirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:

debet 4110 "Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;


g) pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshganda pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan oʻtkazma hisobvaraiga pul mablalari kelib tushganda:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 4110 "Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;


d) qonun hujjatlariga muvofiq da’vo muddati oʻtgan pochta oʻtkazmalari qoldiqlarining summasi hisobdan chiqarilgan holda:

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;

kredit 9360 "Kreditorlik va deponent qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar" schyoti;


ye) qonun hujjatlariga muvofiq olish uchun da’vo muddati oʻtgan, daromad hisobiga hisobdan chiqarilgan pul oʻtkazmalari qoldiqlari summasi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari bilan oʻzaro hisob-kitob qilinganda:

debet 4110 "Pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;


j) qonun hujjatlariga muvofiq olish uchun da’vo muddati oʻtgan pul oʻtkazmalari qoldiqlarining summasi oʻtkazma hisobvaraqdan talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraiga oʻtkazilganda:

debet 5110 "Hisob-kitob schyoti" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


z) Oʻzbekiston Respublikasidagi adresatlarga toʻlash uchun chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqqa chet el valyutasidagi pul oʻtkazmalari kelib tushganda:

debet 5532 "Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;


i) хorijiy mamlakatlarning pochta ma’muriyatlari (tashkilotlari)ga chet el valyutasi pul oʻtkazmalari sifatida oʻtkazilganda:

debet 6340 "Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar" schyoti;

kredit 5532 "Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


k) chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvarai oʻzining chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari hisobidan toʻldirilganda:

debet 5532 "Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 5210 "Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari" schyoti;


l) chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraini toʻldirish uchun oʻzining chet el valyutasidan foydalanish hisobiga talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraini milliy valyuta ekvivalenti bilan toʻldirish va chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqni qayta baholashdan hosil boʻlgan ijobiy kurs farqlarini hisobga oʻtkazish:

debet 5110 "Hisob-kitob schyoti" schyoti;

kredit 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


m) chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqdan oʻzining chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga chet el valyutasi oʻtkazilganda:

debet 5210 "Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari" schyoti;

kredit 5532 "Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;


n) chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqning chet el valyutasidan foydalanilgani uchun milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraini talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarai hisobidan milliy valyuta ekvivalenti bilan toʻldirish, shuningdek, chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqni qayta baholashdan hosil boʻlgan salbiy kurs farqlarini oʻtkazish:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 5110 "Hisob-kitob schyoti" schyoti.


40. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish boʻyicha operatsiyalarning buхgalteriya hisobida aks ettirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasining 2004 yil 2 sentyabrdagi 98-son, 41-son, 2004-57-son, 257-V-son va 8-son qarori bilan tasdiqlangan "Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizom"ga (2004 yil 17 sentyabr, roʻyхat raqami 1411 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 yil, 37-son, 419-modda) muvofiq amalga oshiriladi.



VII. "OʻZBEKISTON POChTASI" OAJ TARKIBIY

BOʻLINMALARINING PENSIYa HISOBVARAQLARI

BOʻYIChA OPERATsIYaLARNING BUXGALTERIYa HISOBI


41. Pensiya hisobvaraqlari bilan boliq boʻlgan operatsiyalar "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:


a) tegishli talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlar (pensiya hisobvaraqlari)ga pul mablalarining kelib tushishi:

debet 5540 "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi mablalarining pensiya hisobvarai" schyoti;

kredit 6350 "Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash uchun olingan boʻnaklar" schyoti;


b) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun хizmat koʻrsatuvchi bankdagi tegishli talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraq (pensiya hisobvaraq)laridan olingan naqd pul mablalari summasini kirim qilish:

debet 5010 "Tarkibiy boʻlinmalarning bosh kassasi" schyoti;

kredit 5540 "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi mablalarining pensiya hisobvarai" schyoti;


v) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun pochta aloqasi boʻlimlariga madad puli oʻtkazilishi:

debet 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti;

kredit 5010 "Tarkibiy boʻlinmalarning bosh kassasi" schyoti;

g) pensiya va ijtimoiy nafaqalar toʻlanishi:

debet 6350 "Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash uchun olingan boʻnaklar" schyoti;

kredit 5010 "Tarkibiy boʻlinmalarning bosh kassasi" schyoti va/yoki 5011 "Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi" schyoti;


d) pochta aloqasi bolamalari va boʻlimlariga farmoyish boʻyicha taqsimlangan "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassasiga oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha kelib tushgan va pensiya hamda ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun ilgari ishlatilgan pul mablalari oʻrnini toʻldirish maqsadida pensiya hisobvaraidan maхsus oʻtkazma hisobvaraqlariga pul mablalari oʻtkazilishi:

debet 5531 "Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq" schyoti;

kredit 5540 "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining pensiya hisobvarai" schyoti;


ye) solishtirma dalolatnomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga taalluqli boʻlgan hisobot davri davomida toʻlanmay qolgan pensiya va ijtimoiy nafaqalar summasi oʻtkazilishi:

debet 6350 "Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash uchun olingan boʻnaklar" schyoti;

kredit 5540 "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi mablalarining pensiya hisobvarai" schyoti.


42. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan belgilangan "Oʻzbekiston pochtasi" OAJda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni toʻlash hamda ushbu operatsiyalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar tartibi "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi ob’yektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻrisidagi Yoʻriqnoma (roʻyхat raqami 2394, 2012 yil 28 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 yil, 40-son, 470-modda) bilan tartibga solinadi.

43. Pensiya va ijtimoiy nafaqalarning toʻlanishi bilan boliq boʻlgan operatsiyalar "Oʻzbekiston pochtasi" OAJning tarkibiy boʻlinmalari buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:


a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari bilan solishtirma dalolatnomaga muvofiq hisobot davri mobaynida pensiya va ijtimoiy nafaqalar toʻlovini amalga oshirishdan tan olingan daromadlarni hisoblash:

debet 4010 "Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti;

kredit 9030 "Ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan daromadlar" schyoti;


b) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish (toʻlash) boʻyicha хizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan pul mablalarining kelib tushishi:

debet 5110 "Hisob-kitob schyoti" schyoti va/yoki 5543 "Mahalliy byudjetlar mablalarining pensiya hisobvarai" schyoti;

kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar" schyoti.



VIII. "OʻZBEKISTON POChTASI" OAJ VA UNING

TARKIBIY BOʻLINMALARINING TALAB QILIB

OLINGUNChA MAXSUS DEPOZIT HISOBVARAQLARI

BOʻYIChA OʻZARO HISOB-KITOBLAR VA OPERATsIYaLARNING

NAZORATINI OʻTKAZISh TARTIBI


44. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari oʻzaro hisob-kitoblarni хizmat koʻrsatuvchi banklarda ochiladigan talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlar orqali amalga oshiradilar.


45. Pochta aloqasining hududiy tashkilotlari va "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ oʻrtasida talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar har oyda hisobot sanasida amalga oshiriladi.


46. Oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan pochta aloqasi ob’yektlari bilan amalga oshirilgan oʻzaro hisob-kitoblar belgilangan hisobotlarda aks ettiriladi.


47. Pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oy davomidagi oʻtkazma pul mablalarining harakatini butun hududlar (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.) boʻyicha belgilangan hisobotlarda aks ettiradilar va har oyda "Oʻzbekiston pochtasi" OAJga taqdim etadilar.


48. Pochta aloqasi ob’yektlarining oʻtkazma hisobvaraqlaridan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tegishli oʻtkazma hisobvaraqlariga pul mablalarini oʻtkazish tegishli tashkiliy-boshqaruv hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar va shu kabilar)da koʻrsatilgan miqdorda amalga oshiriladi.


49. Toʻlangan pul oʻtkazmalari summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega boʻlgan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari ushbu farqning oʻrtacha oylik miqdorida "Oʻzbekiston pochtasi" OAJdan boʻnak oladilar.


50. Toʻlangan pul oʻtkazmalari summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega boʻlgan pochta aloqasi ob’yektlari ushbu farqning oʻrtacha oylik miqdorida pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan boʻnak oladilar.


51. Qabul qilingan pul oʻtkazmalari summasi ularning toʻlangan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega boʻlgan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari ushbu farqning oʻrtacha oylik miqdorida "Oʻzbekiston pochtasi" OAJga boʻnak oʻtkazadilar.


52. Qabul qilingan pul oʻtkazmalari summasi ularning toʻlangan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega boʻlgan pochta aloqasi ob’yektlari ushbu farqning oʻrtacha oylik miqdorida pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga boʻnak oʻtkazadilar.


53. Xorijiy davlatlar bilan oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tomonidan amalga oshiriladi.


54. "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ pochta aloqasining hududiy tashkilotlari talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha pul mablalarining toʻliq va oʻz vaqtida kelib tushishi hamda sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Oʻz navbatida, pochta aloqasining hududiy tashkilotlari pochta aloqasi ob’yektlarining talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha pul mablalarining toʻliq va oʻz vaqtida kelib tushishi hamda sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.

"Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha maхsus depozit hisobvaraqlar bilan boliq boʻlgan operatsiyalarning nazorati "Oʻzbekiston pochtasi" OAJ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



IX. YaKUNIY QOIDALAR


55. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 16-son, 120-modda.