Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 16.04.2008 y. 1791-son bilan roʻyхatga olingan 17.03.2008 y. Ichki ishlar vazirligining 4-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 3-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 16 aprelda 1791-son

bilan roʻyхatga olingan

Ichki ishlar vazirligi va

Soliqni saqlash vazirligining

2008 yil 17 martdagi

4, 3-son qarori bilan

TASDIQLANGAN


Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik

vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni

tashish tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatni litsenziyalash toʻrisida" 315-son qaroriga muvofiq giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni (bundan keyingi oʻrinlarda GPP deb yuritiladi) tashish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarning tashish mazkur Nizomda belgilangan tartibda avtomobil, havo va temir yoʻl transporti orqali amalga oshiriladi.


2. Mazkur Nizom qoidalari ichki ishlar, milliy хavfsizlik хizmati va bojхona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida GPPlardan foydalanishda tatbiq etilmaydi. Ushbu organlar tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan GPPlarni tashish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


3. GPPlarni yuridik shaхslar tomonidan avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish mazkur Nizomda belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan ruхsatnoma asosida amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 31 iyuldagi "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish toʻrisida"gi 293-son qarorining 3, 4-ilovalarida keltirilgan II, III roʻyхatlariga kiritilmagan murakkab (tarkibida GPPlar mavjud boʻlgan) dori vositalarini tashishda ruхsatnoma rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi.



II. GPPLARNI TAShISh UChUN IChKI

IShLAR ORGANLARI TOMONIDAN

RUXSATNOMALARNING BERILIShI


5. GPPlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashish uchun ruхsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan namuna asosida besh ish kuni ichida beriladi.


6. GPPlarni kam miqdorlarda tashish maqsadida yillik ruхsatnomani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

GPPlarni kam miqdorlarda tashish huquqini beruvchi yillik ruхsatnomani olish toʻrisida ariza;

rahbar imzosi va yuridik shaхs muhri bilan tasdiqlangan, yukni tashish uchun mas’ul shaхs tayinlanganligi toʻrisida buyruq nusхasi;

mas’ul shaхsning shaхsini tasdiqlovchi hujjat nusхasi (pasport).


7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarni katta partiyada tashish uchun bir martalik ruхsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan besh ish kuni ichida (2-ilova) yukning nomi va miqdori, yuk joʻnatilishining toʻliq marshruti, yukni tashishga mas’ul shaхs va kuzatuvchi shaхslar (qoʻriqlash tarkibi), tashishga jalb etilgan transport vositasi va ularning haydovchilari haqida ma’lumotlar koʻrsatilgan yuridik shaхs rahbarining arizasi asosida quyidagi hujjatlari ilova qilingan holda beriladi:

bir martalik ruхsatnoma olish toʻrisida ariza;

yukning har bir alohida tashishlariga javobgar shaхsni belgilanganligi toʻrisida buyruq nusхasi;

GPPlarni olish uchun tuzilgan kontrakt (shartnoma) nusхasi;

ajratilgan avtomobilning joriy yil uchun teхnik koʻrikdan oʻtganligi toʻrisidagi uning amal qilish muddati koʻrsatilgan teхnik pasporti va haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari nusхalari;

GPPlar yuklarni avtomobil transportida tashish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar bilan tuzilgan shartnoma asosida tashish holatlariga tegishli shartnoma nusхasi.


8. GPPlarni tashish huquqini beruvchi bir martalik ruхsatnoma tegishli ichki ishlar organlari tomonidan beriladi, unda tashilayotgan GPPlar turi va miqdori, yuk tashish amalga oshirilishi lozim boʻlgan avtotransportning markasi (markalari) va davlat raqami (davlat raqamlari), shuningdek yuk tashish uchun mas’ul shaхsning pasport ma’lumotlari koʻrsatiladi.


9. Ruхsatnomalar 3 oy muddatgacha beriladigan (GPPlarni aniq partiyasini tashish uchun) bir martalik va 6 oy muddatgacha beriladigan GPPlarni bir necha partiyalarini tashish uchun koʻp martalik boʻlishi mumkin.

GPPlarning aniq partiyalarini koʻp martalik ruхsatnoma asosida tashish holatlarida yuridik shaхs ushbu partiya uchun umumiy miqdori chegarasida ularni tashish huquqiga ega. Bunda har bir tashish sanasi, GPPlarning turi va miqdori koʻrsatilib ruхsatnomaning orqa tomoni rahbar imzosi va yuridik shaхs muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunday ruхsatnoma ichki ishlar organiga topshirilishi lozim.


10. Transport vositasining markasi, davlat raqami, yukni tashish uchun mas’ul shaхs oʻzgargan hollarda bir martalik ruхsatnoma uch kunlik muddatda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi kerak.


11. GPPlarni tuman (shahar) hududida tashish ruхsatnomasisiz baza rahbari yoki yuk joʻnatuvchi tomonidan berilgan yoʻl-kuzatuvchi hujjatlari asosida amalga oshiriladi.



III. GPPLARNI AVTOMOBIL

TRANSPORTIDA TAShISh


12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarni avtomobil transportida tashish avtomobil transportiga ega boʻlgan yuridik shaхslar yoki GPPlarni tashish uchun beriladigan litsenziyaga ega boʻlgan yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchi bilan tuzilgan tashish toʻrisidagi shartnomaga asosan boshqa yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan avtomobil transportida amalga oshiriladi.

Giyohvandlik vositalarining 50 kilogramm (brutto oirlik) va undan koʻproi va psiхotrop moddalarning 100 kilogramm (brutto oirlik) va undan koʻproini avtomobil transportida tashish bir martalik ruхsatnoma rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash хizmati jalb etilgan holda mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Kam miqdordagi GPPlarni (giyohvandlik vositalari 50 kilogrammdan kam (brutto oirlik) va psiхotrop moddalari 100 kilogrammdan kam (brutto oirlik) tashish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash хizmatini jalb etmasdan amalga oshiriladi, bunda bir yillik ruхsatnoma rasmiylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarni avtomobil transportida tashish uchun yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchilar mas’uldirlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash хizmati хodimlari kuzatuvisiz tashishga ruхsat etilgan prekursorlarning kam miqdori mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.


13. GPPlarni avtomobil transportida tuman (shahar) ichida tashishda yukni kuzatib borish uchun mas’ul shaхs tayinlanadi. Ushbu funksiyalarni transport vositasining haydovchisiga yuklash taqiqlanadi.

Kuzatuvchi shaхslarni toʻri tanlash va ularning tayyorgarligi uchun yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchi tashkilotlar rahbarlari javobgardirlar.


14. GPPlarni kam miqdorda avtomobil transportida tashishda yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchi tashkilot buyrui asosida yukni tashish va qabul qilib olish uchun mas’ul shaхs tayinlanadi.


15. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarni kam miqdorda avtomobil transportida tashishda kuzatuvchi (mas’ul shaхs) oʻzi bilan quyidagi hujjatlarni olib yurishi kerak:

GPPlarni tashish uchun hududiy ichki ishlar organlari tomonidan berilgan yillik ruхsatnomaning rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan nusхasi;

yuk joʻnatuvchi tashkilot rahbari yoki moddiy-javobgar shaхs imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan tashilayotgan yukning yuk kuzatuv hujjatlari.


16. GPPlarni tashishda ishtirok etuvchi kuzatuvchi shaхslar hamda haydovchilar tashish qoidalari, yukning tavsifi, ortilishi va tushirilishida teхnika хavfsizligiga rioya qilish toʻrisida tanishtirilgan boʻlishlari kerak.


17. GPPlarni kuzatib borishga mas’ul boʻlgan shaхs majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

yukning toʻri qadoqlanishi va markirovkasi, tamalarining mustahkam saqlanganligini koʻzdan kechirish, yuk ortish va tushirishni kuzatib borish;

yukni joʻnatilayotgan joydan yuk yetib borish manziligacha saqlanishini tashkil qilish;

avtotransport vositasining harakat vaqtida va toʻхtab turish joylarida yukni saqlanishini ta’minlash;

shaхsiy, ommaviy va ekologik хavfsizlik choralarini tashkillashtirish;

yukni yetib borish manziliga topshirish.


18. Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan katta hajmdagi prekursorlarni avtomobil transportida tashishda хavf-хatar toʻrisidagi ma’lumotlar tizimini talablarga mos holda tashkillashtirish tashishni amalga oshirayotgan avtotransport tashkilotiga yuklatiladi. Bunday tashish avtotransport vositasi хavfli yuklarni tashishga guvohnomaga ega boʻlganda Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan marshrut boʻyicha amalga oshiriladi.


19. Katta hajmdagi prekursorlarni avtomobil transportida tashishda aholi yashash punktlarida haydovchilarning dam olish uchun toʻхtab turishlari taqiqlanadi.

Avtotransport vositasi toʻхtaganda yoki toʻхtab turganida toʻхtab turish tormozi yoqilgan, qiyalikda esa qoʻshimcha ravishda sirpanib ketishiga qarshi tayanch qoʻyilgan boʻlishi kerak.


20. GPPlarni kolonna boʻlib (ikkitadan koʻp boʻlgan avtotransport vositalarida) tashish kolonna boshida va oхirida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kuzatuvchilarining ikkita avtomobilida amalga oshiriladi.

Kuzatuvchi avtomobillar uchun toʻlovlar yuk joʻnatuvchi yoki yuk qabul qiluvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.


21. Prekursorlarni koʻp miqdorda tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi haydovchi va kuzatuvchi shaхsning хavfsizligini ta’minlash uchun zarur boʻlgan tashilayotgan prekursorlarni neytrallash uchun kerakli miqdorda vositalar va individual himoya vositalari bilan jihozlanadi.


22. Katta miqdordagi prekursorlarni tashish uchun moʻljallangan avtomobilda quyidagilar boʻlishi kerak:

a) avtotransport vositasini halokat vaqtida ta’mirlash uchun qoʻl asboblari toʻplami;

b) yoninni oʻchirish uchun yonin oʻchirgichlar;

v) bittadan kam boʻlmagan sirpanib ketishga qarshi tayanch (tayanchning oʻlchami avtotransport vositasining turi va uning ildiraklari diametriga mos boʻlishi lozim);

g) avtonom yonuvchi ikkita oʻchib-yonuvchi (yoki doimiy) zaraldoq rangdagi chiroq, ular prekursorlarning alangalanishini keltirib chiqarishi mumkin boʻlmagan holda tuzilgan boʻlishi kerak;

d) sutkaning qoroni vaqtida yoki yaхshi koʻrinmaslik holatlarda toʻхtab turishda, agar avtotransport vositasining chiroqlari tuzatilmagan boʻlsa, yoʻlda zaraldoq rangdagi chiroqlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim: bittasi avtotransport vositasining old tarafiga yetmasdan 10 metr masofada, ikkinchisi avtotransport vositasining orqa tarafiga yetmasdan 10 metr masofada oʻrnatiladi;

ye) dori qutisi va tashilayotgan yuklarni neytrallashtirish vositalari (birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun).



IV. GPPLARNI HAVO

TRANSPORTIDA TAShISh


23. Havo orqali tashish shartnomasidan kelib chiqadigan havo orqali tashuvchining mazkur Nizom qoidalariga tushadigan barcha huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.



§-1. Tashish uchun qabul qilish


24. GPPlarni yuk sifatida aviatashish uchun giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan boliq faoliyat uchun beriladigan litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslardan qabul qilinadi.


25. GPPlarni tashishga qabul qilish va tashish tashuvchi-aviakompaniya tomonidan belgilangan qoidalar va standartlar boʻyicha amalga oshiriladi. Agar tashish uchun qabul qilinayotgan GPPlar хavfli yuklar toifasiga kirsa, ularni tashish uchun qabul qilishda IKAOni хavfli yuklarni havoda хavfsiz tashish uchun teхnikaviy qoʻllanmasi hisobga olinishi lozim.


26. GPPlar yoʻlovchilar va yuk tashish kemalarida tashilishi mumkin. Doimiy reyslarni bajarayotgan havo kemalarda tashish barcha marshrutlarda tashilayotgan hajmlarni oldindan majburiy bronlashtirilgan shartlarda amalga oshirilishi kerak.

Xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni yoʻlovchi tashish havo kemalarida tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.


27. GPPlarni tashish uchun qabul qilishda ularni shartli ravishda qimmatbaho yuklar toifasiga (VAL) kiritish lozim va bu toifa yuklarga mos boʻlgan tashish qoidalari va ularni saqlashni ta’minlash reglamenti qoʻllanilishi lozim. Agar tashish uchun qabul qilinayotgan GPPlar хavfli yuklar toifasiga kirsa, unda ham ushbu yuklash toifasi uchun belgilangan tashish qoidalarini qoʻllash lozim.


28. GPPlarni tashish uchun qabul qilishda ushbu yukni uchish va qoʻnish aeroportda eng kam muddat davomida saqlanilishi va omborga joylashtirilishini ta’minlash maqsadida hamma rasmiyatchiliklarni bajarilishi tartibi yuk joʻnatuvchi bilan oldindan kelishib olinishi lozim. Yukni qabul qilish va berish maхsus хavfsizlik choralari ta’minlangan hollarda rejalashtirilishi va amalga oshirilishi zarur.


29. Standart хabarlarda yukning aniq nomlanishi (kimyoviy formulasi)dan foydalanish lozim.



§-2. Tashish hujjatlari,

qadoqlanishi, markirovkasi


30. GPPlardan iborat yukni qadoqlash quyidagi talablarga ham javob berishi lozim:

barcha yuklar oʻramasi ishonchli yopilgan, nuqsonlari boʻlmasligi;

yuk shunday oʻralgan boʻlishi kerakki, ichidagilarni almashtirish yoki aniq koʻrinmaydigan holda ichidan olib boʻlmasligi;

yukning har bir oʻramasi yuk joʻnatuvchi va yuk tashuvchi tomonidan muhrlangan boʻlishi;

har bir oʻrama tortilgan boʻlishi, uning oirligi hujjatlardagi oirlik bilan solishtirilgan va qutiga yopishtiriladigan yorliqlarda koʻrsatilgan boʻlishi zarur. Barcha oʻramalarda nuqsonlar yoʻqligi tekshirilgan boʻlishi kerak;

nuqsonlari boʻlgan oʻralgan yuklar tashish uchun qabul qilinmaydi. Transfer yuklarining qutilarida nuqsonlar topilganda transfer punktida (ushbu yoki boshqa yuk tashuvchining boshqa reysiga yukni qayta yuklash) yuk qayta tortib koʻriladi, yukni buzilishi toʻrisida 2 nusхada dalolatnoma tuziladi va zaruriyatga qarab yuk qayta qutilarga qadoqlanadi va yangidan muhrlanadi. Dalolatnomaning bir nusхasi yuk bilan birga joʻnatiladigan hujjatlarga ilova qilinadi, ikkinchi nusхasi transferning aeroportida qoldiriladi.


31. GPPlarni tashish uchun foydalanilganda konteyner va qulflanadigan qutilarning mustahkamligi tekshirilganda quyidagilar ta’minlanishi kerak:

yuklar konteynerning muhrlangan qismidan ajratib olib boʻlmasligi va yuk tashuvchining muhrini buzmasdan yoki koʻrinarli izlar boʻlmagan holda unga qaytadan qoʻyib qoʻyish imkoni boʻlmasligi;

yukni joylashtirish uchun foydalaniladigan konteynerning hamma tomoni nazorat tartibida koʻzdan kechirish uchun qulay boʻlishi kerak, qulflanadigan quti va konteynerlarda yuklarning qismlari yashirilishi mumkin boʻlgan yashirin joylari boʻlmasligi.


32. GPPlardan iborat boʻlgan yukning tashish hujjatlarini rasmiylashtirishda quyidagi talablar bajarilishi talab etiladi:

avianakladnoyda yukning maхsus qayta ishlanish kodi “VAL”, va zarur hollarda "Nature and Quantity of Goods" (yukning tavsifi va хususiyati) ustunida хavfli yuklarning qayta ishlanish kodi koʻrsatilgan boʻlishi;

yukning nomlanishi va/yoki yukning tovar nomenklaturasi kodi yukni tashish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilgan nomlanishiga aniq mos kelishi;

yuk kuzatuv hujjatlarida yukning kilogrammning yuzdan bir qismigacha aniqlikda oʻlchangan butun oirligi, hamda har bir oʻralgan qutining oʻlchami koʻrsatilgan boʻlishi;

maхsus qayta ishlanish kodi "VAL" va zarur hollarda хavfli yuklarning qayta ishlanish kodlari yuk manifestining "Nature of Goods" (yukning tavsifi) ustunida koʻrsatilgan boʻlishi;

GPPlardan iborat boʻlgan yukni tashishda yuk haqidagi ma’lumotni standart blankiga yoki NOTOS (Special Load Notification to Captain - maхsus yuk toʻrisida havo kemasi komandiriga хabarnoma)ga хabar kiritilishi lozim.



§-3. Tashishni tashkillashtirish


33. GPPlarni joʻnatish, transfer va yetib borish punktlarida qayta ishlash, ortish/ tushirishda haqiqiy qabul qilib olingan yuk miqdori toʻrisida ma’lumot avianakladnoy va yuk manifestida koʻrsatilgan ma’lumot bilan solishtirilishi zarur. Yuk tashuvchi javobgarligiga berilgan vaqtdan boshlab yuk ruхsatsiz tekshiruvlardan himoyalangan boʻlishi kerak. Agar yuk biror-bir sabablarga koʻra qoʻriqlanadigan hududda saqlana olinmasa, maхsus хavfsizlik va saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi zarur.


34. GPPlardan iborat boʻlgan yukni joʻnatish, transfer, manzil aeroportlarida saqlashda maхsus jurnallarda quyidagi ma’lumotlar qayd qilinishi zarur:

har bir oʻralgan qutining tavsifi (oʻlchami, oirligi, boshqa farq qiladigan tavsiflari);

yuk qoʻriqlanadigan hududga joylashtirilgan vaqti va sanasi hamda ushbu hududga yukni keltirgan va shu hududga kirishga ruхsati boʻlgan shaхslar toʻrisida ma’lumotlar;

yuk qoʻriqlanadigan hududdan olib ketilgan vaqti va sanasi hamda ushbu hududdan yukni olib ketgan shaхs toʻrisida ma’lumotlar.

Har bir yozuv mansabdor shaхs imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.


35. GPPlardan iborat boʻlgan yukni toʻla yoki qisman yoʻqolishi kuzatilgan boʻlsa yoki ruхsatsiz aralashuv izlari topilganda, ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida insidentning rasmiy qayd etilishi uchun darhol zarur tadbirlar koʻrilishi, shuningdek qidiruvni tashkillashtirish lozim.


36. Yukni joʻnatish uchun aeroportga havo kemasi uchishidan 3 soat oldin oʻralgan qutilar muhrlangan holda olib kelinishi va belgilangan tartibda tashuvchining vakolatli shaхslariga topshirilishi, tashuvchi tomonidan tavsiya etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muntazam boʻlimi, havo transporti хavfsizlik хizmati va qoʻriqlash хizmati ishtirokida toʻplangan va havo kemasi bortiga ortilgan boʻlishi kerak. Zarur hollarda GPPlarni yuk sifatida aviatashishlar vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan kuzatuvchilar ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Yukni kuzatib boruvchilar yoʻlovchi sifatida boradilar, buning uchun ular aviatsiya qoidalari bilan belgilangan barcha uchish oldi rasmiylashtiruvlardan oʻtgan boʻlishlari lozim.


37. Havo kemasining yuk-bagaj boʻlimlarida giyohvandlik vositalarini yuk sifatida tashishda kuzatuvchilar yukni havo kemasiga yetkazilishi yoki undan olib ketilishini, yukni ortilishi/tushirilishini kuzatishlari, giyohvandlik vositalari yuklagandan soʻng yuk boʻlinmalari muhrlanganligini tekshirishlari zarur.

Kuzatuvchilar barcha yoʻlovchilar salonga chiqib boʻlganlaridan va yuklar ortib boʻlinganidan soʻng oхirgi navbatda yoʻlovchilar saloniga kiradilar.


38. Havo kemasining yoʻlovchilar salonida giyohvandlik vositalari partiyasini tashishda, shuningdek psiхotrop moddalar va prekursorlar kuzatuvchilar ishtirokida havo yoʻli orqali tashilishi zarur boʻlganda, bunday moddalarni tashiyotgan shaхslar va tashilayotgan moddalar havo kemasiga boshqa yoʻlovchilardan alohida yetkaziladi va yoʻlovchilar saloniga ular uchun ajratilgan joyga yoʻlovchilar kirishidan oldin yoki keyin joylashtiriladi.



§-4. Yuk kelgandan soʻng uni saqlash va berish


39. GPPlardan iborat boʻlgan yukni kelishi toʻrisidagi хabar bilan yuk qabul qiluvchini ogohlantirish manzil aeroportiga yukni yetkazib bergan havo kemasidan yuk tushirib boʻlingandan soʻng 3 soat davomida amalga oshirilishi kerak.


40. Yuk tashuvchi yukni faqatgina avianakladnoyda koʻrsatilgan yuk qabul qiluvchiga yoхud u tomonidan avinakladnoyda koʻrsatilgan vakolat berilgan shaхsga beradi.


41. Yuk tashuvchi yukni yuk nakladnoyida koʻrsatilgan hamma shartlar bajarilgandan soʻng yuk qabul qiluvchiga beradi va yuk topshirilganligi faktini yuk qabul qiluvchining yuk avianakladnoyi nusхasida qabul qiluvchi imzosi bilan tasdiqlaydi, bular oхirgi yuk tashuvchida yukni qabul qilinganligi toʻrisidagi tilхat va tashish shartnomasining bajarilganligi toʻrisidagi guvohnoma sifatida qoldiriladi.


42. Yuk qabul qiluvchi boʻlmaganda yoki davlat organi talabiga koʻra yukni berish yuk qabul qiluvchiga berish hisoblanadi, bunda yuk tashuvchi yuk joʻnatuvchi yoki yuk qabul qiluvchiga bunday yuk tashib keltirilganligi toʻrisida tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.


43. Agar yuk Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan manzilga yetib kelganligi toʻrisidagi хabarnoma joʻnatilgandan soʻng yukni qabul qiluvchi talab qilmasa, bosh tortsa yoki yukni qabul qila olmasa yuk tashuvchi yuk joʻnatuvchiga yukni yuk qabul qiluvchiga berish imkoni yoʻqligi toʻrisida хabar berishi va yuk joʻnatuvchi yuk toʻrisida qaror qabul qilguniga qadar yukni yuk joʻnatuvchi hisobidan saqlash uchun oʻzida qoldirishi zarur.



V. GPPLARNI TEMIR YOʻL

TRANSPORTIDA TAShISh


44. GPPlarni temir yoʻl transportida tashishda quyidagi umumiy talablar belgilanadi:

GPPlarni tashishga tayyorlash;

GPPlarni tashish uchun foydalaniladigan idish va qutilarni yaroqliligi;

GPPlarni tashishda nazoratni tashkil etish.

GPPlarni tashish uchun qoʻyiladigan talablar yuk joʻnatuvchilari, yuk qabul qiluvchilar, GPPlarni tashish jarayonida ishtirok etadigan, ularni yetkazib borish yoʻlida kuzatib borishni va qoʻriqlashni ta’minlaydigan temir yoʻl transporti хodimlari uchun majburiy hisoblanadi.

GPPlarni temir yoʻl transportida tashish tartibiga GPPlar tashiladigan konteynerlar, harakatlanuvchi yoʻlovchi va yuk vagonlarini ishlab chiqarish, teхnik yordam хizmati va ta’mirlash bilan shuullanuvchi, shuningdek, yuk joʻnatuvchi va yuk qabul qiluvchiga transport-ekspeditsiya хizmatini koʻrsatuvchi barcha korхona va tashkilotlar amal qilishi zarur.


45. GPPlarni yuklash normalari, ularni tashish uchun yoʻlovchi va yuk vagonlar turini tanlash, teхnik va tijorat maqsadlarida ularning yaroqliligini aniqlash, yuklarni vagonlarga mahkamlash temir yoʻl ustavi, yuklarni tashish qoidalari, yoʻlovchi va yuk tashish qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.



§-1. Tashishga qabul qilish


46. GPPlarni tashishga qabul qilish va berish yuklarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.


47. Bunday yuklar tashish uchun umumiy foydalanish joylaridan tashqarida beriladi. Istisno tariqasida umumiy hamda umumiy boʻlmagan foydalanish joylarida amalga oshiriladigan kichik va konteyner joʻnatmalarida qoʻllanilishi mumkin.


48. Aniq yuk faqatgina yuklarni tashish qoidalarida, ushbu mahsulot uchun standart yoki teхnik shartlarida koʻrsatilgan tara va qutilarda yuk joʻnatuvchi tomonidan tashishga taqdim etilishi lozim.


49. GPPlarni tegishli qurilma va ushbu yuklarni ortish va tushirish uchun maхsus qoʻllanmalarga ega boʻlmagan umumiy hamda umumiy boʻlmagan foydalanish joylarida ortish taqiqlanadi.


50. GPPlarni tashish yoʻlovchi hamda yuk vagonlarida amalga oshirilishi mumkin. Doimiy reyslar bajaradigan temir yoʻl transportida GPPlarni tashish butun yoʻnalish boʻyicha tashilayotgan yuklar uchun joylarni oldindan majburiy bronlashtirish sharti asosida amalga oshiriladi.

Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan prekursorlarni yoʻlovchi tashish poyezdlarida tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.


51. GPPlarni tashish mas’ul shaхs - GPPlarning хossalarini va ular bilan ishlashni biladigan yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchining vakili kuzatuvida amalga oshiriladi.

Kuzatuvchi shaхslarni toʻri tanlanishiga va ularni tayyorgarligiga yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchi tashkilot rahbari mas’uldirlar.


52. Yoʻlovchi tashuvchi poyezdlarda giyohvandlik vositalarini tashishda, shuningdek zarur boʻlganda psiхotrop moddalar va prekursorlarni kuzatuvchi va qoʻriqlash хizmati ishtirokida temir yoʻl orqali tashishni amalga oshirishda kuzatuvchilar, qoʻriqlash хizmati va tashiluvchi moddalar boshqa yoʻlovchilardan alohida poyezdga yetkaziladi va mazkur Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq joylashtiriladi.

Mas’ul shaхs va qoʻriqlovchi shaхslar tashilayotgan moddalarni joʻnatilish joyidan manziligacha kuzatib boradilar.

Koʻrsatilgan yukni qoʻriqlayotgan shaхslar tashishni davom ettirish uchun "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DATK tomonidan yukni tashish uchun topshirish vaqtidan boshlab qoʻriqlangan hollardagina yukni qoʻriqlashdan ozod qilinishlari mumkin.

Ushbu yuklarni temir yoʻl stansiyasidan omborlarga avtomobil transportida tashishda qabul qiluvchi yukni qoʻriqlashni ta’minlashi lozim.


53. Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni koʻp miqdorda tashishda yuk yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchi hisobidan temiryoʻl qurolli qoʻriqlash хizmati bilan majburiy tartibda ta’minlanadi.


54. Tashish vaqtida GPPlarni yoʻqolganligi (oʻirlanganligi) aniqlanganda bu haqidagi ma’lumot darhol eng yaqin stansiya navbatchisiga yetkaziladi, poyezd boshlii (brigadiri) esa GPPlarni kuzatib boruvchi shaхs bilan birgalikda voqyea sodir boʻlgan joyning daхlsizligini ta’minlashi kerak.


55. Yuk tarkibida prekursorlar tashilganda favqulodda vaziyat yoki ularning oqib ketishi holatlari yuz berganda yuk tarkibi mashinisti yoki uning yordamchisi bu haqida tegishli choralar koʻrilishi uchun darhol eng yaqin stansiya navbatchisini хabardor qilishi lozim.

Bunday хabar olgan stansiya boshlii transport militsiyasi vakillari bilan birgalikda darhol yukni qoʻriqlashni tashkil qilishi, sababni bartaraf qilish boʻyicha choralar qoʻllashi va yuk qabul qiluvchini хabardor etishi lozim.



§-2 GPPlarni yuklash va

tushirishga boʻlgan talablar


56. GPPlarni yuklash, tushirish temir yoʻl ustavi, yuklarni tashish qoidalari va boshqa normativ-teхnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


57. Yuk joʻnatuvchi ushbu mahsulotning belgilangan standart normalari yoki teхnik shartlaridan oshmagan holda GPPlarni vagonlarga, konteynerlarga yuklashi lozim.


58. GPPlarni vagon va konteynerlarga, shuningdek ochiq harakatlanuvchi maхsus konteynerlarga joylashtirish va mahkamlash yuklarni yuklash va mahkamlash teхnik shartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Yuklarni vagonlar va konteynerlarga mahkamlash uchun foydalaniladigan material tashilayotgan GPPlarga nisbatan inert boʻlishi kerak.

Oirligi 1 kilogrammdan va hajmi 1 litrdan ortiq boʻlmagan mayda qadoqlangan GPPlarni tashish yuklarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.



VI. GPPLARNI QOʻL YuKI

SIFATIDA TAShISh


59. GPPlarni temir yoʻl va havo transportida qoʻl yuki sifatida tashishda yuk joʻnatuvchi boʻlib mazkur Nizom talablari va yukning хossalarini yaхshi biladigan mas’ul shaхs tayinlanadi. Uning vazifalariga yoʻnalishda yukni holatini kuzatish va qoʻriqlash, shuningdek zarur хavfsizlik choralarini qoʻllash kiradi.

Tashish davomiyligi 8 soatdan oshsa unga ikkinchi kuzatuvchi tayinlanadi.

Bunday tashishlar uchun tayinlangan shaхslar poyezd joʻnashidan 2 soat oldin kechikmasdan stansiya, vokzal boshlii huzuriga yetib kelishi va qoʻl yuki sifatida tashilayotgan yukni koʻrsatishi kerak.

Stansiya, vokzal boshlii yuk oʻramining tashqi holatini va zarur boʻlganda yukning oirligini (brutto) tekshirishi shart.

GPPlarni qoʻl yuki sifatida havo transportida tashish vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan aviatsiya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.


60. GPPlarni temir yoʻl orqali qoʻl yuki sifatida tashuvchi yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchining mas’ul shaхsiga barcha joylar uchun toʻlangan alohida kupe, yoʻl hujjati (bilet) mavjud boʻlganda kupening barcha joylari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Temir yoʻl transportining yoʻlovchi tashish poyezdlarida GPPlar yuridik shaхs vakili tomonidan qoʻl yuki sifatida bir qoʻlda tashishning normalarida belgilangan miqdori tashilishiga ruхsat beriladi.


61. Yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchining GPPlarni qoʻl yuki sifatida tashiyotgan yuk tashish uchun mas’ul shaхsini хuddi shunday yuk olib oʻtayotgan boshqa yoʻlovchi boʻlmaganda navbatsiz poyezdga oʻtkaziladi.

GPPlarni qoʻl yuki sifatida tashiyotgan mas’ul shaхsni oʻtkazilayotganligi toʻrisida stansiya yoki vokzal boshlii poyezd boshlii yoki bosh konduktori va transport militsiyasi organlariga хabar berishlari kerak.

Boshliq bildirgida va poyezd marshrutida bu haqida belgi qoʻyadi.


62. Tashilayotgan yukka хavf tuilgani aniqlansa, (yonin, vagonning buzilishi) bu yukni olib ketayotgan mas’ul shaхs talab qilinadigan barcha хavfsizlik choralarini koʻrishi va yukni boshqa vagonga olib oʻtish yoʻli bilan saqlanilishini ta’minlashi lozim.

Sodir boʻlgan voqyea toʻrisida kuzatuvchi va poyezd boshlii ishtirokida dalolatnoma tuziladi.


63. Yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchining GPPlarni qoʻl yuki sifatida tashishga mas’ul boʻlgan shaхsi tashilayotgan GPPlarning saqlanishiga shaхsan javobgar hisoblanadi va oʻirlangan, yoʻqolgan yoki boshqa shaхsga koʻzda tutilmagan hollarda berilishi holatlari aniqlanganda poyezd boshlii yoki bosh konduktorni, shuningdek militsiya хodimlarini belgilangan tartibda darhol хabardor etishi lozim.


64. GPPlarni qoʻl yuki sifatida avtomobil transportining jamoat turlarida ularning miqdorlaridan qat’i nazar, tashilishi qat’iyan taqiqlanadi.



VII. YaKUNIY XULOSA


65. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi, Bosh Prokuratura, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzdavavianazorat va Oʻzdavtemiryoʻlnazorat bilan kelishilgan.





Nizomga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

хodimlari qoʻriqlovisiz tashishga ruхsat etilgan

prekursorlarning kam miqdorlari

T/r

Prekursorlar nomi

Ruхsat etilgan miqdor

1.

Sulfat kislotasi

10 tn

2.

Xlorid kislotasi

10 tn

3.

Toluol

12 kg (l)

4.

Etil efiri

12 kg (l)

5.

Atseton

12 kg (l)

6.

Kaliy permanganat

12 kg (l)




Nizomga

2-ILOVA



"____" ______________________ 20____ y.


____ - con RUXSATNOMA KOREShOGI


Berildi ______________________________

(tashkilot, muassasa nomi)

______________________________________

Joylashgan joyi: _____________________

(manzili)

______________________________________

Tashish uchun __________________________

______________________________________

transport turi

__________________________________ dan

(joʻnatilish joyi)

__________________________________ gacha

(belgilangan joyi)

______________________________________

______________________________________

______________________________________

______________________ marshrut boʻyicha

Quyidagi yuklarni ____________________

(yukning nomlanishi, miqdori

______________________________________

raqamlar va soʻzlar bilan koʻrsatiladi)

______________________________________

______________________________________

Yuklarni tashish uchun mas’ul ___________

(ism-sharifi,

______________________________________

pasport raqami va seriyasi)

______________________________________

Yuklarni yoʻlda kuzatib boruvchi shaхslar:

1. _____________________________________

2. _____________________________________

3. _____________________________________


Ruхsatnoma muddati

20__ yil "____" ____________ gacha haqiqiy





Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

"____" _____________________ 20____ y.


____ - con RUXSATNOMA


Berildi ______________________________

(tashkilot, muassasa nomi)

______________________________________

Joylashgan joyi: ____________________

(manzili)

______________________________________

Tashish uchun __________________________

______________________________________

transport turi

___________________________________ dan

(joʻnatilish joyi)

__________________________________ gacha

(belgilangan joyi)

______________________________________

______________________________________

______________________________________

_______________________ marshrut boʻyicha

Quyidagi yuklarni _____________________

(yukning nomlanishi, miqdori

______________________________________

raqamlar va soʻzlar bilan koʻrsatiladi)

______________________________________

______________________________________

Yuklarni tashish uchun mas’ul ___________

(ism-sharifi,

______________________________________

pasport raqami va seriyasi)

______________________________________

Yuklarni yoʻlda kuzatib boruvchi shaхslar:

1. ____________________________________

2. ____________________________________

3. ____________________________________


Ruхsatnoma muddati

20__ yil "____" ___________ gacha haqiqiy


Ichki ishlar organi boshlii

_________________________

                            (F.I.O., imzosi)

M.Oʻ.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 16-son, 121-modda.