Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.05.2008 y. 112-son "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.05.2008 y.

N 112


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADVOKATLAR PALATASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 1 maydagi PF-3993-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy a’zoligiga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tashkil etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining ilova qilinayotgan tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Konferensiya Palataning yuqori organi, Boshqaruv - ijro etuvchi organi, Taftish komissiyasi esa moliyaviy nazorat organi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra Konferensiya saylagan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Konferensiyasi tomonidan saylanadi;

Qoraqalpoiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari tashkil etiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari (tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan advokatlar orasidan) Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining ta’sis Konferensiyasini oʻtkazsin, unda ustav tasdiqlanishini, Boshqaruv va Taftish komissiyasi shakllantirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi va uning oʻrinbosarlari saylanishini nazarda tutsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Quyidagilar:

advokatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Konferensiyasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi kirish va a’zolik badallari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

Koʻrsatib oʻtilgan mablalardan faqat Palataning ustavdagi faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladi hamda ular Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi a’zolari oʻrtasida taqsimlanmaydi.


4. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining joylashtirilishini ta’minlasin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining joylashtirilishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan ta’minlasin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 27 maydagi

112-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining

TAShKILIY TUZILMASI










KONFERENSIYa

































































































Palata raisi



Taftish komissiyasi













































































Boshqaruv

































































































Hududiy boshqarmalar



















































































































































































Advokatlik tuzilmalari
























































































     


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 22-23-son, 201-modda.