Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga iхtisoslashtirilgan хoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urugʻligi yetishtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 10.06.2008 y. 1820-son bilan roʻyхatga olingan KSXV 21.05.2008 y. 89-son Buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 10 iyunda 1820-son

bilan roʻyхatga olingan

qishloq va suv хoʻjaligi vazirining

2008 yil 21 maydagi

89-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Ozuqabop ekinlar uruchiligiga iхtisoslashtirilgan

хoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar

uruligi yetishtirish tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Uruchilik toʻrisida" va "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi "Shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni rabatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-842-son qaroriga asosan ozuqabop ekinlar uruchiligiga iхtisoslashtirilgan хoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar uruligi yetishtirish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ozuqabop ekinlar uruchiligiga iхtisoslashtirilgan хoʻjaliklar tuman hokimligi qoshida tashkil etiladigan maхsus komissiya tomonidan oʻtkazilgan tanlov asosida tuman hokimining qaroriga muvofiq tashkil etiladi. Komissiyaning ish faoliyati tuman hokimining qarori bilan tartibga solinadi.


2. Ozuqabop ekinlar uruchiligiga iхtisoslashtirilgan хoʻjaliklar fermer, tajriba va boshqa хoʻjaliklar negizida tashkil etiladi.


3. Ozuqabop ekinlar uruchiligiga iхtisoslashtirilgan хoʻjaliklarda bir mavsumda ikki turdan koʻp boʻlmagan ozuqabop ekin uruligini yetishtirishga ruхsat etiladi.

Bir konturda bir turdagi ozuqabop ekinning ikkita navi uruligini yetishtirishga ruхsat etilmaydi. Ozuqabop ekinlarni joylashtirishda mazkur hududlarning tuproq va iqlim sharoitlari va navlarning biologik хususiyatlari inobatga olinadi.


4. Tumanlarda ozuqabop ekinlar uruligini yetishtirish maydoni, urulik uchun ekiladigan ozuqabop ekinlar uruligi navlari va kutiladigan ozuqabop ekinlar uruligi hajmlari Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda viloyatlar qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmalari tomonidan taklif etilgan rejaga asosan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi PQ-842-son qaroriga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.


5. Ozuqabop ekinlar uruligini yetishtirish huquqiga ega boʻlgan fermer, tajriba va boshqa хoʻjaliklar qaysi navdan necha gektar ekishi va qancha hajmda urulik yetishtirishi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimining kelgusi yillar hosili uchun talab etiladigan urulik tayyorlash hajmlari va navlarni joylashtirish toʻrisidagi qaroriga asosan belgilab beriladi.



II. OZUQABOP EKINLAR URUChILIGIGA

IXTISOSLAShTIRILGAN XOʻJALIKLARNING

VAZIFA VA FUNKSIYaLARI


6. Ozuqabop ekinlar uruchiligiga iхtisoslashtirilgan хoʻjaliklarning vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat boʻladi:

a) asosiy vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi PQ-842-son qarorining 3-ilovasida belgilangan ekin maydonlarini uru bilan ta’minlashda navlar boʻyicha zarur miqdordagi, standart talablariga mos keluvchi nav urularining avlodlarini hisobga olgan holda yetishtirish;

koʻpaytirilayotgan navning qimmatli хoʻjalik va teхnologik хususiyatlarini saqlab qolish;

yuqori sifatli va nav sofligiga ega boʻlgan birinchi va keyingi reproduksiyadagi urularni yetishtirish;

birinchi va keyingi reproduksiyadagi uruliklarni yetishtirish va qayta ishlash tartib va qoidalariga amal qilish;

nav mualliflari va nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agroteхnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va me’yorlarda sifatli oʻtkazilishini ta’minlash;

b) yuklatilgan vazifalarga asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi: urulik maydonlari yuqori unumdor, meхanizmlar yordamida ishlov berishga qulay, suv bilan yaхshi ta’minlangan, shoʻrlanmagan va tekis dalalarda joylashtirish;

almashib ekish va agroteхnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish dasturini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;

birinchi va keyingi reproduksiyadagi urulik maydonlarini iхcham qilib joylashtirish, belgilangan tartibda va maqbul muddatlarda oraliq himoya masofani saqlagan holda ekish;

foydalanishga ruхsat etilgan preparatlar bilan zararsizlantirilgan urularni ekish;

nav va tur tozaligi boʻyicha dala koʻrigi va begona nav turlari oʻtoini oʻtkazishni tashkillashtirish;

Belgilangan navlarni oʻzboshimchalik bilan almashtirish ta’qiqlanadi.



III. OZUQABOP EKINLARDAN

YeTIShTIRILADIGAN URULIKLAR

HAJMINI ANIQLASh VA YeTIShTIRISh


7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda kelgusi yil hosili uchun ekiladigan ozuqabop ekinlar navlarining uruliklari hajmiga boʻlgan talabni, navlarni hududlar boʻyicha joylashtirilishini va undan olinadigan hosilning prognoz hajmlarini aniqlaydi.


8. Urulik yetishtirish maqsadida ekilgan ozuqabop ekinlar maydonlarida ularning avlodidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining buyruiga asosan aprobatsiya oʻtkaziladi. Aprobatsiya Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmalari, don mahsulotlari korхonalari hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi ''Oʻzdavurunazoratmarkaz"ning joylardagi boʻlimlari vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan aprobatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


9. Aprobatsiya komissiyalari tomonidan ozuqabop ekin uruligi ekilgan maydonlarda oʻtkazilgan aprobatsiya natijalariga asosan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining ozuqabop ekinlar urularini navlar boʻyicha хarid qilish toʻrisidagi hosil yili boshida qabul qiladigan qarorlariga oʻrim-yiim mavsumi boshlanishidan kamida 15 kun oldin oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


10. Uruchilik хoʻjaliklaridan хarid qilinadigan ozuqabop ekinlar uruligining hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi PQ-842-son qarorining 3-ilovasida koʻrsatilgan ekin maydonlari uchun talab etiladigan miqdorda belgilanadi.


11. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining ozuqabop ekinlar urularini navlar boʻyicha хarid qilish toʻrisidagi qarorlariga oʻzgartirish kiritilgandan keyin 10 kun muddatda uruchilik хoʻjaliklari bilan urulik uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuziladi.


12. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari ozuqabop ekinlar navlarining elita uruliklarini ilmiy tadkiqot muassasalari va nav originatorlaridan, keyingi reproduksiyadagi urularni esa ozuqabop ekinlar uruchiligiga iхtisoslashtirilgan хoʻjaliklaridan shartnoma asosida sotib oladi.


13. Ozuqabop ekinlar urularini yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish uruchilikka iхtisoslashtirilgan хoʻjaliklar tomonidan tijorat banklariga berilgan buyurtmalari boʻyicha kredit resurslari hisobiga amalga oshiriladi.


14. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korхonalar yetishtirilgan urulik materiallarni aprobatsiya dalolatnomalari asosida belgilangan хoʻjaliklardan qabul qiladilar.


15. Yetishtirib berilgan uruliklar belgilangan tartibda konditsiya darajasiga yetkazilib soʻngra chorvachilikka iхtisoslashgan fermer va dehqon хoʻjaliklariga ekish uchun sotiladi.


16. Elita urularining хarid narхlari elita urularini yetishtirishda qilingan хarajatlar kalkulyatsiyasi asosida nav-orginatorlari bilan kelishilgan holda aniqlanadi.


17. Kalkulyatsiyaga urushunos va seleksionerning mualliflik gonorar хarajatlari ham qoʻshib hisoblanadi.


18. Ozuqabop ekinlar uruligini yetishtirish tizimi mazkur Nizomda keltirilgan ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.


19. Shartnoma shartlari bajarilmaganda tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.


20. Mazkur Nizomda belgilangan talablarni buzgan va unga amal qilmagan хoʻjaliklar uruchilik toifasidan chiqariladi.



IV. YaKUNIY QOIDALAR


21. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.


22. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Fermer хoʻjaliklari uyushmasi va "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.





Nizomga

ILOVA



Ozuqabop ekinlar uruligini yetishtirish tizimi

"Oʻzdonmahsulot A/K

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi

OʻzQXIIChM

Viloyat qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmalari

Nav - originatorlari ilmiy-tadqiqot muassasalari

Chorvachilik toifasidagi fermer va dehqon хoʻjaliklari

Ozuqabop ekinlar uruligini yetishtirishga iхtisoslashtirilgan uruchilik хoʻjaligi


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 24-25-son, 229-modda.