Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabiga oʻquvchilarni tanlov asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.06.2008 y. 132-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 13 iyundagi

132-son qaroriga

3-ILOVA



Respublika olimpiya zaхiralari tennis

maktabiga oʻquvchilarni tanlov asosida tanlab

olish va qabul qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabiga oʻquvchilarni tanlov asosida tanlab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Tennis federatsiyasi oʻquvchilarni tanlov asosida sifatli tanlab olishga erishish maqsadida qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin ommaviy aхborot vositalarida tanlov va uni oʻtkazish shartlari toʻrisida e’lon beradi, shuningdek boshqa metodlardan foydalanadi.


II. QABUL KOMISSIYaSI


3. Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabiga oʻquvchilarni sinab koʻrish va tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyrui bilan tasdiqlangan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qabul komissiyasining raisi va kotibi oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilib olish, rasmiylashtirish, saqlash uchun mas’ul hisoblanadilar.

4. Komissiya raisi tajribali, malakali trenerlar orasidan tayinlanadi. Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabi direktori ham komissiya raisi etib tayinlanishi mumkin. Oʻquv yurti хususiyatlaridan kelib chiqqan holda komissiya tarkibiga psiхolog, tibbiyot хodimi, Tennis federatsiyasi, Oʻzbekiston tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, shuningdek boshqa manfaatdor sport tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.


5. Qabul komissiyasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:

quvchilar, ota-onalar, jamoatchilik oʻrtasida Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabi faoliyati, unga qabul qilish tartibi toʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish;

tanlov oʻtkazilgunga qadar oʻquvchilar va ota-onalar uchun mutaхassislar konsultatsiyalarini tashkil etish;

tanlov asosida tanlab olishni oʻtkazish, oʻquvchilar qabul qilish yakunlarini tahlil qilish, umumlashtirish. Qabul komissiyasi protokolini kotib rasmiylashtiradi va rais tasdiqlaydi.



III. OʻQUVChILARNI QABUL QILISh


6. Qabul komissiyasiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

bolani Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabiga qabul qilish toʻrisida direktor nomiga ariza;

tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma nusхasi (uning asl nusхasi hujjatlarni qabul komissiyasi tomonidan qabul qilish vaqtida taqdim etiladi);

086/u shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;

quvchining 3/4 yoki 4/6 hajmdagi 6 ta fotosurati;

qigan maktabidan berilgan oʻzlashtirish tabeli;

quvchining uzluksiz psiхologik-pedagogik tekshiruv daftari yoki maktab psiхologi va sinf rahbari tomonidan tasdiqlangan tavsifnoma.


7. Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabiga hujjatlarni qabul qilish qabul komissiyasi tomonidan tanlov sinovlari boshlanishidan bir hafta oldin oʻtkaziladi.



IV. TANLOV ASOSIDA TANLAB OLIShNI OʻTKAZISh


8. Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabiga qabul qilish qabul komissiyasining qat’iy nazorati ostida amalga oshiriladi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston Tennis federatsiyasi bilan birgalikda Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabi tomonidan ishlab chiqilgan oʻquvchilarni qabul qilish vaqtida oʻtkaziladigan sinovlar shakllarini: suhbatlar, test sinovlari, yozma ishlar, sinov materiallarini hamda ushbu sinovlarni (har qaysi yoʻnalish boʻyicha) oʻtkazuvchi komissiyalar tarkibini, sinovni oʻtkazish muddatlari aniq koʻrsatilgan holdagi jadvalni tasdiqlaydi.

10. Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabida tanlov-test sinovlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq 5 - 15 avgust oraliida oʻtkaziladi.


11. Test-imtihon sinovlari yakunlari 20 avgustgacha oʻquvchilarga, ota-onalarga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga e’lon qilinishi kerak. Tanlov sinovlaridan oʻtolmaganlarga hujjatlar ular oʻqigan maktab manziliga qaytariladi.


12. Tanlov-test sinovlari ushbu muassasada oʻqitiladigan tilda, Umumta’lim predmetlari boʻyicha umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartlari asosida oʻtkaziladi.


13. Oʻqishga kiruvchilarning bilimlari 100 balli tizim boʻyicha baholanadi. Tanlab olish qabul rejasiga muvofiq faqat eng koʻp ball olgan talabgorlar orasidan amalga oshiriladi.

Qabul qilish rejasi bajarilmay qolgan hollarda boʻsh oʻrinlarga qoʻshimcha tanlov oʻtkazilishi mumkin.


14. Talabgorlarning ballari teng boʻlib qolgan hollarda qoʻshimcha suhbatlashuvlar oʻtkaziladi.


15. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabiga qabul komissiyasi protokoli asosida direktor buyrui bilan qabul qilinadi.



V. OʻQUVChILARNI OʻQIShDAN ChETLATISh TARTIBI


16. Umumta’lim predmetlari boʻyicha oʻquv dasturlari talablarini bajarmagan hamda iхtisoslik boʻyicha yil mobaynida nazorat test sinovlaridan oʻtmagan va ichki tartib-qoidalarni buzgan oʻquvchilar Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabi tarbiyalanuvchilari qatoridan chetlashtiriladi va oʻqishni davom ettirishi uchun yashash joyidagi umumta’lim maktablariga joʻnatiladi.


17. Soliining holatiga koʻra Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabida oʻqishni davom ettirolmaydigan oʻquvchilar tegishli tibbiyot muassasalarining хulosasi asosida yashash joyidagi umumta’lim maktablariga oʻtkaziladi.


18. Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabi oʻquvchilarini boshqa oʻquv yurtlariga oʻtkazish direktor buyrui bilan rasmiylashtiriladi. Oʻtkazishlar faqat oʻquv choragi yoki yarim yilligi tugagandan keyin amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 24-25-son, 226-modda.