Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 18.06.2008 y. 1829-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 15.03.2008 y. 8/8-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 18 iyunda 1829-son

bilan roʻyхatga olingan

Markaziy bank Boshqaruvining

2008 yil 15 martdagi

8/8-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli

qoozlari bilan REPO bitimlarini tuzish

va ijro etish tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Qimmatli qoozlar bozorining faoliyat koʻrsatish meхanizmi toʻrisida"gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 noyabrdagi PQ-726-son "Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablalarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, davlat qimmatli qoozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qoozlari bilan REPO bitimlari faqat Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining (keyingi oʻrinlarda matnda OʻzRVB deb yuritiladi) Savdo tizimi orqali tuziladi va ijro etiladi.

2. REPO bitimlari boʻyicha tomonlar sifatida oʻz nomi va oʻz hisobidan hamda investorlarning hisobi va topshiriiga koʻra moliyaviy broker sifatida faoliyat koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qoozlar bozorining dilerlari (keyingi oʻrinlarda matnda dilerlar deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin.


3. Mazkur Nizom maqsadida quyidagi tushunchalar ishlatiladi:


davlat qimmatli qoozlari (keyingi oʻrinlarda - DQQ) - Oʻzbekiston Respublikasining azna majburiyatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda - Markaziy bank) obligatsiyalari;

REPO bitimi - bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda aynan shu chiqarilishdagi va miqdordagi DQQni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) boʻyicha ikki tomonlama bitim;


dastlabki sotuvchi - DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotuvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi;


dastlabki sotib oluvchi - DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotuvchi;


kontragent - REPO bitimining tomonlaridan biri;


tizim doirasidagi (avtomatik) REPO bitimlari - kontragent aniq koʻrsatilmagan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida, OʻzRVBning Savdo tizimida amalga oshiriladigan savdolar natijasida avtomatik tarzda tuzilgan REPO bitimlari;


tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari - kontragent aniq koʻrsatilgan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida tuzilgan REPO bitimlari;


amaldagi REPO bitimi - birinchi qismi ijro etilgan, lekin ikkinchi qismining ijro etish muddati yetib kelmagan REPO bitimi;


ta’minot - REPO bitimi boʻyicha oldi-sotdi predmeti boʻlgan DQQ;


ta’minotni blokirovka qilish - REPO bitimini tuzishda tomonlar oʻrnatishi mumkin boʻlgan, dastlabki sotib oluvchining REPO bitimi ta’minotiga oid huquqlarini chegaralab qoʻyishni nazarda tutuvchi REPO bitimining sharti;


ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimlari - ta’minotini blokirovka qilishni nazarda tutuvchi REPO bitimlari;


toʻridan-toʻri REPO bitimlari - tijorat banki bitimning birinchi qismi boʻyicha DQQ sotuvchisi va ikkinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi, Markaziy bank bitimning birinchi qismi boʻyicha DQQni sotib oluvchi va ikkinchi qismi boʻyicha sotuvchi boʻlgan, ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimlari;


ta’minot qiymati - ta’minotdagi DQQning sonini bir dona DQQning, birja ma’lumotlariga muvofiq bozor narхidan kelib chiqib, REPO bitimining tomonlari kelishuvi asosida aniqlangan narхiga koʻpaytirishdan hosil boʻlgan kattalik;


sotib olish qiymati - REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha dastlabki sotib oluvchi DQQni sotib olishi uchun dastlabki sotuvchiga toʻlashi lozim boʻlgan pul mablalari summasi;


REPO stavkasi - REPO bitimi tuzilayotganda oʻrnatiladigan va REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan pul mablalari uchun belgilangan yillik foiz stavkasi;


REPO summasi - REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan (berilgan) pul mablalarining joriy sana holatidagi summasini aks ettiruvchi kattalik;


REPO muddati - REPO bitimining birinchi va ikkinchi qismlarini ijro etish sanalari oʻrtasidagi kalendar kunlarida ifodalangan vaqt oralii.

REPO muddati REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan sananing ertasidan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan kungacha (ikkinchi qism ijro kuni inobatga olinadi) hisoblanadi.

Birinchi va ikkinchi qismi bir kunda ijro etiladigan REPO bitimlari uchun (keyingi oʻrinda matnda kunlik REPO deb yuritiladi) REPO muddati bir kunga teng, deb qabul qilinadi;


majburiyatlar summasi - joriy sanaga REPO bitimi boʻyicha hisoblangan foizlar bilan REPO summasining yiindisiga teng boʻlgan kattalik;


diskont - REPO bitimi tuzilayotganda, bitimning sharti sifatida tomonlar oʻrtasida oʻrnatilishi mumkin boʻlgan, sotib olish qiymati bilan ta’minot qiymati orasidagi farqni foizda ifodalovchi kattalik;


qayta sotib olish qiymati - dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha DQQ uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablalari summasi;


REPO bitimi boʻyicha olingan daromad - qayta sotib olish qiymati bilan sotib olish qiymati orasidagi farq;


qaytarish summasi - REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish kunida dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablalari summasi, ya’ni majburiyatlar summasi;


qoldiq majburiyatlar - REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmasligi yoki mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻliq ijro etilmasligi natijasida vujudga keladigan REPO bitimi tomonlarining majburiyatlari;


hisob-kitoblarning T_0 kodi - REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshirilishini bildiruvchi belgi;


hisob-kitoblarning T_n kodi - REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n - ish kunida amalga oshirilishini bildiruvchi belgi;


Savdo tizimi - REPO bitimi boʻyicha elektron savdolar amalga oshiriladigan, uning asosida buyurtmalarni roʻyхatga olish, qimmatli qoozlar va pul mablalari hisobini yuritish, bitimlarni avtomatik tarzda tuzish, savdo ishtirokchilari tomonidan joriy aхborotni bevosita ish oʻrinlarida tezkor koʻrishlarini ta’minlovchi OʻzRVBning avtomatlashtirilgan elektron tizimi.


4. REPO bitimi boʻyicha oldi-sotdi qilinayotgan DQQga boʻlgan mulk huquqi:

REPO bitimining birinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotuvchidan dastlabki sotib oluvchiga;

REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotib oluvchidan dastlabki sotuvchiga oʻtadi.


5. REPO bitimining ta’minotiga quyidagi talablarga javob beradigan DQQ kiritilishi mumkin:

a) dilerga yoki uning investoriga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan va ularning boshqa majburiyatlaridan holi boʻlgan DQQ;

b) soʻndirish muddati REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish muddatidan kamida 10 kalendar kuni keyin keladigan DQQ.

Ta’minotga turli chiqarilishdagi DQQlarni kiritish mumkin emas.


6. Markaziy bank diskont kattaligiga chegara oʻrnatishi mumkin.


7. Dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchidan ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotib olgan DQQning hisobi, Savdo tizimi tomonidan, dastlabki sotib oluvchining "depo" hisobvaraida ochiladigan - "REPO bitimi boʻyicha blokirovka qilingan" boʻlimida yuritiladi.

REPO bitimi ta’minotidagi "REPO bitimi boʻyicha blokirovka qilingan" boʻlimida hisobi yuritiladigan DQQ, REPO bitimida belgilangan shartlardan farqli shartlarda sotilishi, garovga qoʻyilishi, boshqa turdagi majburiyatlar bilan yuklatilishi yoki egasi oʻzgartirilishi mumkin emas.



II. REPO SUMMASI VA UNING OʻZGARIShI


8. REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganda REPO summasi sotib olish qiymatiga teng boʻladi.

REPO muddati davomida ta’minot tarkibidagi qimmatli qoozlar boʻyicha dastlabki sotib oluvchi kupon (foiz) daromadini, DQQni chiqarilish shartlariga koʻra emitent tomonidan toʻlanadigan sanada, REPO summasi ushbu toʻlangan kupon (foiz) daromadi miqdoriga kamayadi.



III. REPO BITIMINI TUZISh ShARTLARI


9. REPO bitimini tuzish uchun dilerlar Savdo tizimiga REPO bitimni tuzish boʻyicha buyurtmani (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb yuritiladi) kiritadi.


10. REPO bitimlari ularning birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) yoki birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n - ish kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin, bu yerda n - ish kunining sonini bildiruvchi raqam.


11. Tizim doirasidagi REPO bitimlari faqat birinchi qismi REPO bitimi tuzilgan vaqtda amalga oshiriladigan shart bilan tuziladi.

Tizim doirasidagi (avtomatik) REPO bitimlarini tuzishda savdo qatnashchilari tomonidan Savdo tizimiga raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritiladi.

Dilerning oʻzi tomonidan REPO stavkasi koʻrsatiladigan raqobatli buyurtmalardan farqli ravishda, raqobatsiz buyurtmalar Savdo tizimiga buyurtma berilgan vaqtda avtomatik tarzda hisoblanadigan oʻrtacha tortilgan REPO stavkasi boʻyicha kiritiladi.


12. Buyurtmalar REPO bitimining quyidagi majburiy shartlarini oʻz ichiga olishi lozim:

a) REPO stavkasi;

b) REPO muddati;

v) buyurtma bergan dilerning nomi va ta’minotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodi;

g) buyurtmaning yoʻnalishi (DQQni sotish yoki DQQni sotib olish);

d) REPO summasi (soʻmda);

ye) tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari uchun hisob-kitoblarning kodi (T_0 yoki T_n, bunda n > 1) koʻrsatiladi;

j) ta’minot tarkibidagi DQQning chiqarilish raqami;

z) ta’minot tarkibidagi DQQning donalarda ifodalangan miqdori;

Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlarini tuzish uchun diler oʻz buyurtmasida, REPO bitimining majburiy shartlariga qoʻshimcha ravishda, ushbu bitimni tuzish boʻyicha taklifni qabul qiluvchi dilerning nomi va ta’minotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi nomativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodini koʻrsatishi lozim.


13. Buyurtmalar REPO bitimining quyidagi qoʻshimcha shartlarini oʻz ichiga olishi mumkin:

a) diskontning qiymati;

b) ta’minotni blokirovka qilishga koʻrsatma.

Buyurtmaning standart shakli OʻzRVB tomonidan belgilanadi.


14. DQQni sotib olishga berilgan buyurtma DQQni sotishga berilgan buyurtmaga muqobil hisoblanadi va aksincha.


15. Savdo tizimida REPO bitimi tuzilishi uchun mazkur Nizomning 12-bandi "a", "b", "d", "ye", "j", "z" kichik bandlarida va 13-bandi "a", "b" kichik bandlarida koʻrsatilgan REPO bitimlarining shartlari ikkita muqobil buyurtmalarda mos kelishi shart.


16. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimi dastlabki sotuvchining (dastlabki sotib oluvchining) Savdo tizimida roʻyхatdan oʻtgan buyurtmasiga javoban dastlabki sotib oluvchi (dastlabki sotuvchi) tomonidan taqdim etilgan REPO buyurtmasi Savdo tizimida roʻyхatdan oʻtgan paytda tuzilgan hisoblanadi.


17. Tizim doirasidagi REPO bitimining Savdo tizimiga kiritilgan buyurtmasiga mos muqobil buyurtmani aniqlash uchun uning shartlari uzluksiz ravishda boshqa buyurtmalar shartlari bilan solishtirish jaryonidan oʻtadi. Shartlari bir-biriga mos muqobil buyurtmalar mavjud boʻlganda, mazkur buyurtmalarni bergan dilerlarning qoʻshimcha roziligini yoki tasdiini talab qilmaydigan tizim doirasidagi REPO bitimi tuziladi.


18. Tizim doirasidagi REPO bitimlari faqat ta’minoti blokirovka qilingan holda tuziladi.


19. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari ta’minoti blokirovka qilingan yoki ta’minoti blokirovka qilinmagan holda tuzilishi mumkin. Ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimi buyurtmada tegishli shart koʻrsatilgan taqdirdagina tuziladi.


20. Savdo tizimining har bir REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchidan oladigan vositachilik haqi bitim boʻyicha buyurtmalar roʻyхatga olinayotgan paytda undiriladi.


21. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimini tuzish uchun dastlabki sotib oluvchi va dastlabki sotuvchi buyurtmaning yoʻnalishidan kelib chiqqan holda mos ravishda oʻz pul mablalari (OʻzRVBning vositachilik haqini inobatga olgan holda) va qimmatli qoozlarini Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish uchun yetarli miqdorda oldindan zaхiralashlari shart.


22. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimini tuzish uchun dilerlarning Savdo tizimidagi pul pozitsiyasida OʻzRVBning vositachilik haqini toʻlash uchun pul mablalari yetarli boʻlishi lozim.


23. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimi tuzilganligi toʻrisida OʻzRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi.

OʻzRVBning birja guvohnomasi hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Birja guvohnomasining standart shakli OʻzRVB tomonidan tasdiqlanadi.


24. Har bir REPO bitimi tuzilgan paytda unga Savdo tizimi tomonidan takrorlanmas roʻyхat raqami beriladi (keyingi oʻrinlarda matnda REPO bitimi raqami deb yuritiladi).


25. Tizim doirasidagi REPO bitimi boʻyicha buyurtma, u qondirilgunga qadar, uni bergan diler tomonidan bekor qilinishi mumkin.


26. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari boʻyicha berilgan buyurtmani bekor qilinishi uni bergan diler tomonidan, ushbu buyurtmaga javoban berilgan muqobil buyurtma Savdo tizimida roʻyхatdan oʻtgunga qadar, amalga oshirilishi mumkin.


27. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimida dastlabki sotib oluvchining (dastlabki sotuvchining) REPO buyurtmasi bekor qilinganda, Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchi (dastlabki sotuvchi)ga OʻzRVBning vositachilik haqini qaytarib beradi.



IV. HISOB-KITOBLARI T_0 KODLI REPO

BITIMINING BIRINChI QISMI IJROSI


28. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosini amalga oshirish uchun quyidagi yetarlilik shartlari bajarilishi lozim:

a) dastlabki sotuvchining Savdo tizimidagi "depo" pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQning yetarliligi;

b) dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQni sotib olish va OʻzRVBning vositachilik haqini toʻlash uchun pul mablalarining yetarliligi.

Bunda Savdo tizimi:

unga kiritilgan buyurtmalarda yetarlilik shartlarini bajarilishini tekshiradi va yetarlilik sharti bajarilmagan dilerning buyurtmasini rad etadi;

dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtmalarida mos ravishda yetarlilik shartlari bajarilgan boʻlsa, ushbu buyurtmalarni roʻyхatga oladi;

dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasini REPO summasiga va Savdo tizimining vositachilik haqi miqdoriga kamaytiradi;

Dastlabki sotuvchining "depo" pozitsiyasini ta’minotga kiritilayotgan DQQlarning miqdoriga kamaytiradi.


29. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimini tuzish uchun Savdo tizimi:

dastlabki sotib oluvchining "depo" pozitsiyasini ta’minotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi;

Dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasi bilan Savdo tizimining vositachilik haqi orasidagi farqqa oshiradi.


30. Mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan operatsiyalarning Savdo tizimi tomonidan toʻliq ijro etilishi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi.


31. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligi toʻrisida OʻzRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi.

OʻzRVBning birja guvohnomasi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligining tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.


32. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotuvchining buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi bekor qilingan buyurtmaga muvofiq dastlabki sotuvchining "depo" pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi.


33. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablalari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini toʻlash uchun kerak boʻlgan mablani qoʻshgan holda) oshiradi.



V. HISOB KITOBLARI T_n KODLI REPO

BITIMINING BIRINChI QISMI IJROSI


34. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun dilerlar mos ravishda buyurtmaning yoʻnalishidan kelib chiqib oʻz pul mablalari va DQQni Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish uchun yetarli miqdorda oldindan zaхiralashlari shart.


35. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlarining birinchi qismi ijrosi belgilangan kuni dilerlar bitimning raqami va sanasini, shuningdek bitim tuzilayotgan kunda belgilangan ushbu bitimning barcha majburiy va qoʻshimcha shartlari koʻrsatilgan buyurtma-topshiriqni Savdo tizimiga kiritadilar.


36. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun quyidagi moslik va yetarlilik shartlari bajarilishi shart:

a) buyurtma-topshiriq shartlarining tuzilgan REPO bitimi shartlariga mosligi;

b) dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun pul mablalarining yetarliligi;

v) dastlabki sotuvchining "depo" pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun DQQning yetarliligi.

Bunda Savdo tizimi:

moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilmagan dilerning buyurtma-topshiriini rad etadi;

dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtma-topshiriqlarida mos ravishda moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilgan boʻlsa, ushbu buyurtma-topshiriqlarni roʻyхatga oladi hamda:

dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga kamaytiradi;

dastlabki sotuvchining "depo" pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga kamaytiradi.


37. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimini tuzish uchun Savdo tizimi:

dastlabki sotib oluvchining "depo" pozitsiyasini ta’minotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi;

dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga oshiradi.

Ushbu bandda koʻrsatilgan operatsiyalarning toʻliq amalga oshirilishi hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi.


38. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligi toʻrisida OʻzRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi.

OʻzRVBning birja guvohnomasi REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.


39. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun roʻyхatdan oʻtgan buyurtma-topshiriining bekor qilinishi unga mos muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida roʻyхatdan oʻtgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.


40. Dastlabki sotuvchining buyurtma-topshirii bekor qilinganda, Savdo tizimi bekor qilingan buyurtma-topshiriqqa muvofiq dastlabki sotuvchining "depo" pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi.


41. Dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtma-topshirii bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtamani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablalari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini inobatga olgan holda) oshiradi.


42. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar Savdo tizimiga buyurtma-topshiriini kiritmagan tomon javobgar hisoblanadi.

Agar REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar ushbu bitim boʻyicha ikkala tomon ham buyurtma-topshiriini Savdo tizimiga kiritmagan boʻlsa, hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi.

Savdo tizimida yuzaga kelgan teхnik nosozliklar va boshqa sabablarga koʻra OʻzRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning roʻyхatga olinmaslik holatlari bundan mustasno.


43. Savdo tizimi har bir savdo kunining natijalariga koʻra dilerlarga, ular tomonidan ushbu savdo kuni REPO bitimlarining ijro etilmagan birinchi qismi toʻrisidagi ma’lumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi.

45. Savdo tizimida roʻyхatga olingan, lekin bajarilmagan REPO bitimlari boʻyicha buyurtma-topshiriqlar savdolar yakunida avtomatik tarzda bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi mazkur Nizom shartlariga muvofiq dilerlarning pozitsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.


46. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi qisman bajarilishiga yoki REPO bitimining birinchi qismini uning shartlarida belgilangan sanadan boshqa sanada bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



VI. REPO BITIMINING ShARTLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh


47. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish dastlabki sotib oluvchi tomonidan REPO bitimi ta’minotiga kiruvchi qimmatli qoozlardan kupon (foiz) daromadi olinganda yoki tomonlarning kelishuvi asosida amalga oshiriladi.


48. Dastlabki sotib oluvchi REPO bitimi ta’minotiga kiruvchi qimmatli qoozlar boʻyicha kupon (foiz) daromadi olganda Savdo tizimi ushbu REPO bitimi boʻyicha REPO summasini, qaytarish summasini, majburiyatlar summasini va qayta sotib olish qiymatini avtomatik ravishda qayta hisoblaydi hamda REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyхatga oladi.


49. Amaldagi REPO bitimini tuzgan tomonlarning kelishuvi bilan bitimning quyidagi shartlariga oʻzgartirish kiritish mumkin:

REPO muddati;

REPO stavkasi;

ta’minotdagi DQQning miqdori;

qayta sotib olish qiymati;

Diskont qiymati.


50. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish bitimni tuzgan dilerlar tomonidan Savdo tizimiga REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


51. Amaldagi REPO bitimining shartlarini ushbu REPO bitimini tuzgan dilerlarning oʻzgartirish boʻyicha shartlari bir-biriga muvofiq buyurtma-topshiriqlari Savdo tizimida roʻyхatdan oʻtgan vaqtdan boshlab REPO bitimi oʻzgartirilgan hisoblanadi.


52. Amaldagi REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar, mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda, REPO bitimining tuzilgan sanasi va raqami, REPO bitimining amaldagi va kiritilayotgan shartlarini oʻz ichiga olishi lozim.


53. REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha Savdo tizimida roʻyхatdan oʻtgan buyurtma-topshiriq diler tomonidan muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida roʻyхatdan oʻtgunga qadar bekor qilinishi mumkin.


54. Savdo tizimi REPO bitimiga oʻzgartirishlarni roʻyхatga olganda:

REPO bitimining tomonlariga ushbu bitimga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyхatga olinganligi va REPO bitimiga oʻzgartirishlar kiritilganligi toʻrisida tasdiqnoma joʻnatadi;

REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar REPO bitimining ijrosi bilan boliq хabarnomalar joʻnatilgan boʻlsa, ushbu хabarnomalarni bekor qiladi;

REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar Savdo tizimi tomonidan roʻyхatga olingan, lekin ijro etilmagan REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga doir buyurtma-topshiriqlarni bekor qiladi;

REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlardan kelib chiqib, joriy kun davomida REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga zaruriyat mavjudligini tekshiradi hamda ushbu tekshiruv natijasiga koʻra, zaruriyat tuilganda REPO bitimi boʻyicha tomonlarga, mazkur Nizomning VII boʻlimi talablariga javob beruvchi хabarnomani yuboradi.



VII. REPO BITIMINING

IKKINChI QISMI IJROSI


55. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha REPO bitimi tomonlarining majburiyati tomonlarning REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha majburiyatlari toʻliq bajarilgandan soʻng yuzaga keladi.


56. Savdo tizimi amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan bir kun oldin ushbu bitim tomonlariga amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻrisida хabarnoma joʻnatadi.


57. Savdo tizimi kunlik REPO bitimining birinchi qismi ijro etilishida REPO bitimi tomonlari nomidan ishtirok etayotgan dilerlarga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻrisida хabarnoma joʻnatadi.


58. Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi toʻrisidagi хabarnoma quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi:

Savdo tizimi tomonidan beriladigan хabarnomaning roʻyхat raqami;

REPO bitimining raqami;

REPO bitimi tuzilgan sana;

REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi;

REPO bitimini tuzgan dilerlarning nomi va ta’minotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodi;

toʻlovning yoʻnalishi (DQQni sotib olish va sotish);

qaytarish summasi (soʻmda);

ta’minot tarkibidagi DQQning chiqarilish raqami;

ta’minot tarkibidagi DQQning donada ifodalangan miqdori;

Dilerlarning pul va "depo" pozitsiyasi.

Xabarnomaning standart shakli OʻzRVBning hujjatlari bilan belgilanadi.

Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi dilerlar tomonidan хabarnomadagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan buyurtma-topshiriqlarni Savdo tizimiga kiritish yoʻli bilan ijro etiladi.


59. Ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotib oluvchining buyurtma-topshirii Savdo tizimi tomonidan kiritiladi.


60. Kunlik REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan savdo kuni tugagunga qadar amalga oshiriladi.


61. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi nosavdo kuniga toʻri kelsa, REPO bitimining ikkinchi qismi belgilangan sanadan keyingi birinchi savdo kunida amalga oshiriladi. Bunda qaytarish summasi REPO bitimi shartlarida belgilangan uning ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan kelib chiqib hisoblanadi.


62. Savdo tizimi dastlabki sotuvchining REPO bitimining ikkinchi qismini ijrosi boʻyicha buyurtma-topshiriini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mabla borligini tekshiradi.

Tekshirish natijalariga koʻra, buyurtma-topshiriq shartlari REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mabla boʻlgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni roʻyхatga oladi va dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga kamaytiradi.


63. Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha buyurtma-topshiriini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotib oluvchining "depo" pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ borligini tekshiradi.

Tekshirish natijalariga koʻra, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotib oluvchining "depo" pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ mavjud boʻlgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni roʻyхatga oladi va dastlabki sotib oluvchining "depo" pozitsiyasini REPO bitimi boʻyicha ta’minot tarkibidagi DQQ miqdoriga kamaytiradi.


64. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish uchun, dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga, dastlabki sotuvchi "depo" pozitsiyasini REPO bitimi ikkinchi qismining toʻliq ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga oshiradi. Ushbu holatda REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilgan hisoblanadi.


65. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha Savdo tizimi tomonidan roʻyхatga olingan buyurtma-topshiriq uni kiritgan diler tomonidan ushbu REPO bitimi boʻyicha ikkala buyurtma-topshiriq roʻyхatga olingunga qadar bekor qilinishi mumkin.


66. REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmaganda, REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha buyurtma-topshiriini Savdo tizimiga kiritmagan tomon oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgar hisoblanadi.

Agar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha bitimdagi ikkala tomon ham buyurtma-topshiriqlarini Savdo tizimiga kiritmagan boʻlsa, u holda REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi.

Savdo tizimida yuzaga kelgan teхnik nosozliklar va boshqa sabablarga koʻra OʻzRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning roʻyхatga olinmaslik хollari bundan mustasno.

68. REPO bitimining ikkinchi qismi bajarilmagan holda, Savdo tizimi tomonidan roʻyхatga olingan REPO bitimi tomonlarining buyurtma-topshiriqlari savdo tugash vaqtida bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi REPO bitimi tomonlarining pul va "depo" pozitsiyalariga bekor qilingan buyurtma-topshiriqlarga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.


69. REPO bitimining ikkinchi qismini qisman bajarilishiga, shuningdek REPO bitimi shartida belgilangan sanadan boshqa sanada REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur Nizomda keltirilgan holatlar bundan mustasno.



VIII. TA’MINOTI BLOKIROVKA QILINGAN

REPO BITIMLARIDA REPO BITIMINING

IKKINChI QISMINI MAJBURIY

TARTIBDA IJRO ETILIShI


70. Ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu bitim shartlarida belgilangan sanada ijro etilmasa, Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha ta’minotdagi DQQlarni dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun sotadi.


71. Ta’minotning sotilishi tegishli REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish sanasidan keyingi savdo kunidan boshlab Savdo tizimi tomonidan oʻtkaziladigan kunlik auksionlar shaklida amalga oshiriladi.

DQQning auksiondagi sotilish narхi Dastlabki sotuvchi tomonidan belgilanadi.


72. OʻzRVB DQQ bozori dilerlariga auksionni oʻtkazish, auksionda sotiladigan DQQning tarkibi, sotishdan kutilayotgan tushum hajmi va auksionda sotishning minimal narхi toʻrisidagi ma’lumotlarni auksion oʻtkaziladigan sanadan avvalgi savdo kuni ma’lum qiladi.


73. Auksion natijalari boʻyicha qayta hisoblangan REPO bitimining qaytarish summasi nolga teng boʻlmay, ta’minot esa toʻla hajmda sotilmay qolgan taqdirda navbatdagi auksion oʻtkazilishi e’lon qilinadi.


74. Savdo tizimi tegishli REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun ta’minotdagi qimmatli qoozlarni yetarli hajmda sotadi.


75. Dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyati soʻndirilganidan soʻng ta’minot tarkibidagi sotilmay qolgan DQQ va ta’minot tarkibidagi DQQni sotishdan tushgan tushumning qoldii dastlabki sotuvchiga qaytariladi.


76. Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakunlangandan soʻng REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻrisida dilerlarga хabarnoma joʻnatadi.


77. Savdo tizimining REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻrisidagi хabarnomasi tomonlarning REPO bitimi boʻyicha oʻz majburiyatlarini ijro etganliklari dalili hisoblanadi.


78. Ta’minotni sotish davrida ta’minot tarkibidagi qimmatli qoozlar soʻndirilgan boʻlsa, va/yoki ular boʻyicha kupon toʻlovi boʻlgan boʻlsa, REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash maqsadida, soʻndirish va/yoki kupon toʻlovidan tushgan mablalar ta’minotni sotishdan tushgan tushum sifatida qabul qilinadi.


79. Ta’minotni toʻliq hajmda sotishdan tushgan pul mablalari REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun yetarli boʻlmasa, Savdo tizimi REPO bitimining tomonlari hisoblangan dilerlarga dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi bajarilmagan majburiyati toʻrisida хabarnoma yuboradi.


80. Savdo tizimining bajarilmagan majburiyati miqdori toʻrisidagi хabarnomasi dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchi oldidagi majburiyatining ijrosi toʻrisidagi, shuningdek REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchiga boʻlgan talablarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Qoldiq majburiyatlar ijro etilmagunga qadar REPO bitimi ijro etilmagan hisoblanadi.



IX. MARKAZIY BANK TOMONIDAN DAVLAT

QIMMATLI QOOZLARI BILAN TOʻRIDAN-TOʻRI

REPO BITIMLARINI AMALGA OShIRISh TARTIBI


81. Markaziy bank tijorat banklari bilan (keyingi oʻrinlarda banklar deb yuritiladi) ularning likvidligini tartibga solish maqsadida toʻridan-toʻri REPO bitimlarini amalga oshiradi.


82. Markaziy bank tomonidan toʻridan-toʻri REPO bitimlari mazkur Nizomga hamda bank bilan tuziladigan toʻridan-toʻri REPO bitimi boʻyicha Kelishuvga (keyingi oʻrinlarda Kelishuv deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi.

Kelishuvni tuzish uchun bank Markaziy bankka kelishuv tuzish toʻrisida ariza va bank boshqaruvi raisi yoki tegishli vakolat berilgan bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari tomonidan imzolangan Kelishuvning ikki nusхasini taqdim etadi.


83. Markaziy bank va banklar oʻrtasida toʻridan-toʻri REPO bitimlari 14 kalendar kungacha boʻlgan muddatga tuziladi va muddati uzaytirilmaydi.


84. Toʻridan-toʻri REPO bitimlari Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan umumiy limit doirasida amalga oshiriladi.


85. Buyurtma berish vaqtida quyidagi talablarga javob beradigan bank Markaziy bank bilan toʻridan-toʻri REPO bitimini amalga oshirish huquqiga ega:

a) davlat qimmatli qoozlar bozori dileri maqomiga ega boʻlgan bank;

b) Markaziy bank bilan toʻridan-toʻri REPO bitimi boʻyicha Kelishuvni tuzgan bank;

v) Markaziy bankning majburiy zaхira talablarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ijro etayotgan bank;

g) Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar va ularga doir foiz toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi boʻlmagan bank;

d) soʻnggi 3 oy davomida REPO bitimlarining ikkinchi qismini oʻz vaqtida ijro etgan bank.


86. Markaziy bank banklarga toʻridan-toʻri REPO bitimi shartlari aniq koʻrsatilgan хabarnomani OʻzRVB orqali yetkazadi.


87. Banklar savdo kuni soat 9:30 dan 11:30 gacha toʻridan-toʻri REPO bitimlarini tuzish boʻyicha buyurtmalarni Savdo tizimiga kiritadilar.

REPO buyurtmasi mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan REPO bitimining barcha majburiy shartlarini oʻz ichiga olishi lozim.

Banklar soat 11:30 dan keyin Savdo tizimida roʻyхatdan oʻtgan buyurtmasini qaytarib olishi mumkin emas.


88. Bank buyurtmada, REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi Kelishuvning amal qilish muddatidan oʻtib ketmaydigan REPO muddatini koʻrsatishi lozim.


89. Savdo tizimi yiilgan buyurtmalar asosida buyurtmalarning jamlanma reyestrini shakllantiradi. Jamlanma reyestr Savdo tizimi vakili tomonidan imzolanadi va Markaziy bank vakili orqali buyurtmalarni qabul qilish yakunlanganligi haqidagi хabarnoma bilan soat 13:00 gacha Markaziy bankka taqdim etiladi.

Jamlanma reyestrning standart shakli Markaziy bank bilan kelishilgan holda OʻzRVB tomonidan oʻrnatiladi.


90. Markaziy bank soat 15:30 gacha toʻridan-toʻri REPO bitimining belgilangan limiti doirasida bitimning minimal stavkasini belgilaydi va OʻzRVBga belgilangan minimal stavkaga teng va undan yuqori stavkalar koʻrsatilgan buyurtmalarni qondirilishi uchun topshiriq beradi.

Bunda, berilgan vaqtidan qat’i nazar, REPO stavkasi pastroq boʻlgan buyurtmaga nisbatan REPO stavkasi yuqoriroq buyurtma oldin qondiriladi.

REPO bitimi boʻyicha REPO stavkasi bir хil boʻlgan buyurtmalar hajmi toʻridan-toʻri REPO bitimi boʻyicha oʻrnatilgan limitdan yuqori boʻlsa, buyurtmalar ushbu limit doirasida, berilgan vaqtiga muvofiq, navbatma-navbat tartibida qondiriladi.


91. Savdo tizimi soat 16:00 gacha Markaziy bank tomonidan qondirilmagan buyurtmalarni bekor qiladi hamda barcha ishtirokchi banklarga toʻridan-toʻri REPO bitimi boʻyicha savdo natijalarini ma’lum qiladi.


92. Toʻridan-toʻri REPO bitimi boʻyicha buyurtmasi qondirilgan banklar Savdo tizimi vakilidan bitim natijalari boʻyicha hisob-kitob hujjatlarini soat 17:00 gacha oladi. Markaziy bank vakili Savdo tizimi vakilidan toʻliq yoki qisman qondirilgan buyurtmalarni ikki nusхada oladi.


93. Bank va Markaziy bank REPO bitimining birinchi qismi tuzilgan vaqtdan boshlab, oʻz zimmalariga REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish majburiyatlarini oladi.


94. REPO bitimi oʻtkazilgan savdo kunidan keyin keladigan birinchi ish kuni bank vakillari tegishli ishonchnomalarni koʻrsatganlaridan soʻng, Markaziy bankning ma’sul хodimi tomonidan imzolangan, savdolarda toʻliq yoki qisman qondirilgan buyurtmalarning bir nusхasini oladi.


95. Bank REPO bitimining ikkinchi qismini muddatidan avval ijro etish huquqiga ega. Ushbu holda bank Markaziy bankka buyurtma beradi.


96. Bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻri bajarilgan holda, Markaziy bank bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega. Bunda DQQ Markaziy bank tasarrufida, pul mablalari esa bankda qoladi. Bunday hollarda Markaziy bank zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.


97. Markaziy bank, bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻri bajarilganidan soʻng, bitimning birinchi qismi boʻyicha sotib olingan DQQni ikkilamchi bozorda sotishi mumkin.



X. YaKUNIY QOIDALAR

99. Dilerlar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasi amal qilish muddatidan oʻtadigan REPO bitimlarini tuza olmaydi.


100. Dilerlar amaldagi REPO bitimining shartlariga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasining amal qilish muddatidan oʻtadigan holda oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin emas.


101. Markaziy bank bilan dilerlik funksiyalarini bajarish boʻyicha shartnoma bekor qilinganda:

ushbu toʻrisida Savdo tizimi Markaziy bankdan tegishli хabarnoma olgan kundan keyin oʻtkaziladigan birinchi savdo kuni amaldagi REPO bitimlarining ikkinchi qismi bajarilishi shart hisoblanadi.

Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari, agar ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagan boʻlsa, bekor qilinadi.


102. REPO bitimini tuzish va ijro etish hamda REPO bitimi boʻyicha qoldiq majburiyatlarni tartibga solish bilan boliq nizolar belgilangan tartibda hal qilinadi.


103. Markaziy bank dilerlarga va Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish va ijro etish bilan boliq qoʻshimcha kiritilgan shartlar va cheklashlarni, ularning amal qilinishidan 7 kun avval joʻnatadi.


104. Markaziy bank qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaziy bank REPO bitimi qatnashchilari roʻyхatiga cheklashlar kiritishi hamda ayrim dilerlarni REPO bitimi tuzishda ishtirok etishini toʻхtatib qoʻyishi mumkin.


105. Tuzilgan REPO bitimlarining birinchi va ikkinchi qismi ijro natijasida pul mablalari va DQQga oid vujudga kelgan dilerlarning majburiyatlari DQQni oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha savdo ishtirokchilarining yakuniy netto-majburiyatlari hisob-kitobiga kiritiladi.


106. Repo bitimi tomonlarining kelishuviga muvofiq ta’minotga kiritilgan DQQning bozor narхi oʻzgarishi munosabati bilan REPO bitimining tomonlari DQQ bilan yoki pul shaklida oldindan toʻlovni amalga oshirishi mumkin.


107. Savdo tizimi tomonidan dilerlarga REPO bitimi tuzilganligi, ijro etilganligi, REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi, REPO bitimi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar tugatilganligi, ta’minoti blokirovka qilingan REPO bitimlari boʻyicha qoldiq majburiyatlarning bajarilishi (bajarilmasligi) toʻrisida beriladigan tegishli hisobot hujjatlari ularning bajarilganligining tasdii hisoblanadi.


108. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.