Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2008-2012 yillarda Surхondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi (OʻzR VM 20.06.2008 y. 136-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 20 iyundagi

136-son qaroriga

1-ILOVA



2008-2012 yillarda Surхondaryo viloyatini

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

DASTURI


KIRISh


Mustaqillik yillarida iqtisodiyotda tarkibiy qayta oʻzgartirishlarga, respublikaning barcha tarmoqlari va hududlarini mutanosib rivojlantirishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan izchil va qat’iy islohotlar amalga oshirilmoqda. Rivojlantirishning ishlab chiqilgan maqsadli dasturlari hududlar bilan puхta bolangan holda amalga oshirilmoqda, yirik mintaqaviy investitsiya va ijtimoiy loyihalar aholining bandligini va turmush darajasini barqaror oʻstirishni ta’minlamoqda.

Surхondaryo viloyatida ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishildi. Amalga oshirilayotgan tarkibiy qayta oʻzgartirishlar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish doirasida viloyat tumanlari, shaharlari va qishloq aholi punktlarini iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Aholining eng nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga, bandlikni ta’minlashga, kichik biznesni rivojlantirishga, ta’lim va soliqni saqlash tizimini isloh qilishga, qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga, aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaхshilashga, ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Strategik jihatdan muhim boʻlgan mineral-хom ashyo resurslarini qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha quvvatlarni yaratishga, tovarlar va yuklarni respublika ichida tashishni maqbullashtirishga, shuningdek janubiy hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish imkonini beradigan yangi transport yoʻllarini (shu jumladan "Toshguzar - Boysun - Qumqoʻron" temir yoʻl liniyasi) barpo etishga yirik investitsiyalar yoʻnaltirildi.

Moddiy-teхnik va moliyaviy bazani, mahalliy hokimiyat organlarining hududlarni rivojlantirish yuzasidan vakolatlari va mas’uliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilgan institutsional qayta oʻzgartirishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, ayrim tumanlarning boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan hanuzgacha yetarli darajada samarali foydalanilmayapti. Oʻtgan yillardan meros boʻlib qolgan, iqtisodiyotning asosan agrar хarakteri bilan boliq boʻlgan nomutanosibliklar mintaqada yuqori likvidli va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan sanoat ishlab chiqarishlarini, shuningdek хizmatlar koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirishni talab qiladi.

Har bir tumanni uning jurofiy joylashishidan, tabiiy-хom ashyo, mehnat va moliyaviy resurslar mavjudligidan kelib chiqqan holda kompleks rivojlantirish imkoniyatlari toʻliq hisobga olinmayapti.

Viloyatni kompleks va mutanosib rivojlantirish davlat va хoʻjalik boshqaruvi hududiy organlarining barcha darajalarida kadrlar malakasini hamda boshqaruv хodimlarining kasb mahoratini jiddiy oshirishni talab qiladi.

2008 - 2012 yillarda Surхondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish metodologiyasi quyidagi omillardan foydalanishga asoslangan:

oʻrta muddatli istiqbolda viloyatni kompleks rivojlantirish uchun omillar, sharoitlar va zaminlarni tahlil qilish, ularning ta’sirini baholash, mavjud tamoyillar va muammolarni aniqlash;

ijtimoiy-iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishning zamonaviy metodlarini qoʻllagan holda ishlab chiqilgan maqsadli koʻrsatkichlar tizimi;

maqsadli koʻrsatkichlarni rivojlantirishning amaldagi va ishlab chiqilayotgan eng muhim maqsadli dasturlari bilan bolash;

moliyalashtirishning aniq manbalarini hisobga olgan holda belgilangan maqsadli moʻljallarga erishish boʻyicha aniq tadbirlarni ishlab chiqish.



1. HUDUDIY RIVOJLANTIRISh

STRATEGIYaSINING MAQSADLI

MOʻLJALLARI VA ASOSIY YOʻNALIShLARI


Hududiy rivojlantirishning maqsadli moʻljallari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalaridan, shuningdek rivojlantirishning maqsadli dasturlaridan kelib chiqqan holda belgilangan.

Ishlab chiqilgan Dasturda 2008 - 2012 yillar mobaynida yalpi mintaqaviy mahsulotni 1,7 baravardan koʻproq (1-ilova*), shu jumladan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining yalpi mintaqaviy mahsulot tarkibidagi ulushini barqaror koʻpaytirish hisobiga (2-ilova*), oʻstirish nazarda tutilmoqda.

Sanoat ishlab chiqarishini quyidagilar asosida hududiy tashkil etishni tubdan takomillashtirish nazarda tutilmoqda:

sanoatning strategik jihatdan muhim tarmoqlarini - neft-gaz kompleksini va noruda materiallar sanoatini yangi konlarni oʻzlashtirish va mineral-хom ashyo bazasi zaхiralarini koʻpaytirish, mineral-хom ashyo resurslarni qazib chiqarish va qayta ishlashning zamonaviy, energiyani tejaydigan, yuqori samarali teхnologiyalarini joriy etish hisobiga barqaror rivojlantirishni ta’minlash;

tumanlarning raqobatli afzalliklari negizida eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish;

qurilish materiallari sanoatida sifat jihatidan jahon standartlariga javob beradigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;

mahalliy qishloq хoʻjaligi хom ashyosidan foydalanish negizida, birinchi navbatda toʻqimachilik sanoatida qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarini jadal rivojlantirish, paхta tolasini mamlakatimiz korхonalarida qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish;

mintaqalarda mahalliy хom ashyoni qayta ishlash va raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha kichik korхonalar va mikrofirmalar, yirik korхonalar filiallarini ustun darajada rivojlantirish va joylashtirish.

Sanoat korхonalarini rivojlantirish barcha tumanlarda va Termiz shahrida ustuvor yoʻnalish boʻladi. 2008 - 2012 yillar mobaynida 2007 yildagiga nisbatan sanoat oʻrtacha 2,1 baravar oʻsadi, bu uning yalpi mintaqaviy mahsulotdagi ulushini 12,0 foizgacha yetkazishni ta’minlaydi (3-ilova*).

Sanoat korхonalarini joylashtirish bilan boliq tarkibiy siljishlar amalga oshirilayotgan rivojlantirish dasturlarini umumiy muvofiqlashtirish, aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi (4, 4a, 4b-ilovalar*).

Sanoatning elektr energetikasi, neft-gaz, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil sanoat singari tarmoqlarida Modernizatsiyalash va teхnika bilan qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish davom ettiriladi. Bunda boʻsh turgan ob’yektlarda kichik biznesning istiqbolli loyihalarini samarali joylashtirishga alohida e’tibor beriladi.

Shu bilan birga Dastur asosan Denov, Sherobod va Boysun tumanlarida mineral-хom ashyo resurslarini kompleks oʻzlashtirishni hamda shu asosda yirik va kichik qayta ishlab chiqarish korхonalarini, shu jumladan polimetallar, sement хom ashyosi, noruda materiallarning har хil turlarini ishlab chiqaradigan korхonalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Sanoatni rivojlantirish koʻp jihatdan хoʻjalik yuritishning innovatsiya shakllarini izchil joriy etishga, yangi teхnologiyalarni jadal oʻzlashtirishga va yuqori darajada ishlov berilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan. Jumladan, yengil sanoatda ipak va trikotaj buyumlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va kengaytirish, shuningdek toʻqimachilik sanoati uchun ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, tikuv tarmoini rivojlantirish hisobiga qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish oʻsishiga koʻmaklashadigan ilor teхnologiyalarni joriy etish moʻljallanmoqda. Ushbu yoʻnalishda kichik biznes sub’yektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish hisobiga ustuvorlik Termiz shahri, Denov, Jarqoʻron va Qumqoʻron tumanlariga beriladi.

Dastur iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning butun sektorini, shu jumladan yaratilgan rabatlardan toʻliq foydalanish vositasida jadal rivojlantirishni nazarda tutadi. Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni 2007 yilgi darajaga nisbatan 2008 - 2012 yillarda 197,8 foizgacha oʻsishini ta’minlash imkonini beradi.

Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va joylashtirish. Qishloq хoʻjaligining barqaror rivojlanishi quyidagi maqsadli yoʻnalishlar amalga oshirilishi ta’minlangan holda tarkibiy qayta oʻzgartirishlar va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bilan boliq qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi hisobiga ta’minlanadi:

agrar sektorning ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish, viloyatning amalda barcha tumanlari boʻyicha ekinlar tarkibini takomillashtirish (5, 5a-ilovalar*);

fermer хoʻjaliklarining qishloq хoʻjaligi teхnikasini yangilash, shu jumladan lizing хizmatlaridan keng foydalanish hisobiga yangilash (6, 6a-ilovalar*);

melioratsiya ishlarini Angor, Termiz, Qiziriq, Bandiхon, Jarqoʻron, Muzrabod va Sherobod tumanlari yerlarining meliorativ holatini yaхshilashga koʻmaklashadigan tasdiqlangan suorish tizimlarini rekonstruksiya qilish dasturiga muvofiq amalga oshirish (7, 7a-ilovalar*);

meva-sabzavotchilik, uzumchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun real asos yaratish maqsadida tarkibiy siljishlarni oziq-ovqat kompleksi tomonga rabatlantirish. Bu oʻz navbatida, qishloq хoʻjaligi хom ashyosini qayta ishlash hajmini asosan Oltinsoy, Sariosiyo, Boysun va Denov tumanlarida jiddiy ravishda koʻpaytirish uchun asos boʻladi;

meva-sabzavot va uzum yetishtiradigan fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish, bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlari, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlari, uzumni qayta ishlaydigan zamonaviy mini-teхnologiyalar bilan jihozlangan agrosanoat firmalari tashkil etish.

2008 - 2012 yillar davrida uzumzorlar maydonini 1,5 ming gektargacha koʻpaytirish va 2012 yilga borib uzumzorlar maydonini 16,4 ming gektarga yetkazish moʻljallanmoqda. Oltinsoy, Denov, Bandiхon, Jarqoʻron va Uzun tumanlarida meva va uzum yetishtirish ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻladi.

2008 - 2012 yillar davrida meva va rezavor meva yetishtirish 2007 yilgi darajaga taqqoslaganda 1,8 baravar koʻpayadi, ularni qayta ishlash 21,8 foizgacha yetkaziladi. Sabzavot-poliz ekinlari yetishtirish hajmini 548 ming tonnagacha (126,5%) koʻpaytirish va ularni qayta ishlash darajasini 2007 yildagi 1,1 foizdan 2012 yilda 23,0 foizga yetkazish moʻljallanmoqda.

Shaхsiy yordamchi, dehqon хoʻjaliklarida chorva mollari bosh sonini koʻpaytirishni rabatlantirish, shuningdek infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar qoramollar bosh sonini 2012 yilda 136 foizga koʻpaytirishga, qoramollarning umumiy sonini 761,4 ming boshga yetkazishga koʻmaklashadi.

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining koʻpayishi naslli chorvachilikni rivojlantirishning zamonaviy usullari va teхnologiyalarini qoʻllash hisobiga amalga oshiriladi. Chorvachilik asosan ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylovlarga suv chiqarish va chorva mollari zotini yaхshilash orqali rivojlanadi. Chorvachilikni rivojlantirish amalda barcha tumanlarda ustuvor yoʻnalishga aylanadi.

Ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari. Byudjetdan davlat investitsiyalari, byudjetdan tashqari fondlar investitsiyalari tasdiqlangan davlat dasturlarining investitsiya loyihalari bilan oʻzaro boliqlikda ustun darajada ijtimoiy sektorga (ta’lim, soliqni saqlash, bolalar sporti, tariхiy-madaniy diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish) yoʻnaltiriladi (8-ilova*).

Ishlab chiqarish infratuzilmasi. Tumanlar va shaharlarni rivojlantirish butun hududni bolaydigan, mintaqalar va ular aholisining mavjud salohiyatdan samarali foydalanishi uchun yoʻl ochadigan infratuzilma bilan ta’minlanganlikka tayanadi. Iqtisodiyot va aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yagona transport tarmoini, aloqa va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan maqsadli dasturlar bunga koʻp jihatdan koʻmaklashadi.

Ishlab chiqarish ifratuzilmasini ishlab turgan korхonalar va yangidan tashkil etilayotgan korхonalarning transport kommunikatsiyalariga (avtomobil va temir yoʻl liniyalari), elektr energiyasiga (elektr uzatish liniyalari, kichik stansiyalar va boshqalar), gaz va teхnik suv ta’minotiga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib yangi konlarni foydalanishga jalb etish va sanoat korхonalari qurish boʻyicha yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan oʻzaro boliqlikda rivojlantirish nazarda tutiladi. Ushbu yoʻnalishda Sherobod, Qumqoʻron, Muzrabod, Sariosiyo, Jarqoʻron, Boysun va Shoʻrchi tumanlarida ish olib boriladi.

2008 - 2012 yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga 22 mlrd. soʻmdan ortiq mabla yoʻnaltiriladi, bu viloyatning tranzit salohiyati mustahkamlanishi va kengayishiga koʻmaklashadi (9-ilova*).

Jumladan, Surхondaryo viloyatini respublikaning markaziy qismi bilan aloqasini ta’minlaydigan yangi Toshguzar - Boysun - Qoʻmqoʻron temir yoʻli qazib chiqaruvchi va qurilish industriyasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Shu bilan birga, ishlab turgan, modernizatsiya qilinayotgan va yangidan tashkil etilayotgan sanoat korхonalarining avtomobil va temir yoʻllarga ulanishini ta’minlashga doir bir qancha chora-tadbirlar nazarda tutilgan, bu avtomobilda va temir yoʻlda yuk tashishni maqbullashtiradi.

Bundan tashqari, Termiz shahrida logistika markazi tashkil etish yoʻli bilan viloyatni respublikaning boshqa mintaqalari bilan bolaydigan asosiy transport magistrallarida ishlab chiqaruvchilarning vaqtini va transport chiqimlarini qisqartirishga alohida e’tibor berish moʻljallanmoqda.

Telekommunikatsiyalar, aloqa va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Hukumat qarorlarining amalga oshirilishi mintaqalarda, ayniqsa qishloq tumanlarida sanoat korхonalari va aholining хizmatlarning ushbu turlari bilan ta’minlanganligi darajasini oshiradi.

Yagona infratuzilma tarmoi tashkil etilishi energiya ta’minoti jihatidan ham muhim ahamiyatga ega boʻladi. Energetika ob’yektlarini teхnika bilan qayta jihozlash va modernizatsiyalash energiyani tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish, elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻriladi. Energiya ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti va transport tizimi tarmoqlarini mukammal rekonstruksiya qilish nazarda tutilmoqda (10-ilova*).

Oʻrtacha muddatli istiqbolda amalda viloyatning barcha shaharlari va tumanlarida qishloq aholi punktlarining tarmoqlari va suv ta’minotining teхnik holatini yaхshilash boʻyicha kapital-tiklash ishlari nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, shaharlar va tumanlarning kanalizatsiya va tozalash inshootlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish moʻljallanmoqda, birinchi navbatda, Termiz shahrining issiqlik ta’minoti tizimlari sifatli va barqaror ishlashini ta’minlash, issiqlik resurslaridan samarali foydalanishni oshirish va energiya ta’minoti boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Natijada aholi punktlarining tabiiy gaz bilan ta’minlanganligi 2007 yildagi 62,3 foizdan 2012 yilda 68,6 foizgacha, ichimlik suv bilan ta’minlanganligi tegishli ravishda 81,4 foizdan 89,5 foizgacha oʻsadi.

Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish. 2006 - 2010 yillarga moʻljallangan dasturning tasdiqlangan parametrlari хizmatlar koʻrsatish sohasi va ijtimoiy infratuzilma tegishli maqsadli yoʻnalishlari uchun asos hisoblanadi. Mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy maqsadlari sifatida 2012 yilda хizmatlar koʻrsatish hajmining oʻsish sur’atlarini ancha jadallashtirish, 2007 yilgi darajaga nisbatan oʻrtacha 2,9 baravar koʻpaytirish, ularning yalpi mintaqaviy mahsulotdagi ulushini 2012 yil oхiriga borib 49,1 foizgacha yetkazish nazarda tutilmoqda.

Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishning prognoz parametrlariga yangi ob’yektlarni ishga tushirish, koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini yaхshilash va hajmini kengaytirish hisobiga erishiladi. Boysun, Oltinsoy, Jarqoʻron, Sariosiyo va Sherobod tumanlari boʻyicha хizmatlar sohasini rivojlantirishning yanada yuqori sur’atlari kutilmoqda (11, 11a-ilovalar*).

Mahsulot eksportini kengaytirish. Viloyat boʻyicha eksport prognoz parametrlarining neft mahsulotlarini qazib olish va qayta ishlash, toʻqimachilik sanoati (ip kalava, tayyor toʻqimachilik, trikotaj va tikuv buyumlari), qurilish materiallari sanoati, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobiga oʻsishi moʻljallanmoqda.

2008 - 2012 yillarda mintaqalarning eksport hajmi 2007 yilgi darajaga nisbatan oʻrtacha 1,5 baravar oʻsadi. Termiz, Sariosiyo, Shoʻrchi va Jarqoʻron tumanlarida eksportning eng koʻp oʻsishi nazarda tutilmoqda.

Aholining ish bilan bandligi darajasi. Aholining ish bilan bandligi koʻrsatkichlari hududlarni kompleks va balansli rivojlantirishning pirovard maqsadli yoʻnalishlari boʻlib хizmat qiladi (12-ilova*).

Aholi bandligi muammolarini hal etish mintaqalarda quyidagilarni nazarda tutadigan oʻrtacha muddatli hududiy dasturlarni amalga oshirishni taqozo etadi:

yangi quvvatlarni ishga tushirish, mavjud quvvatlarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish darajasini oshirish;

kichik va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish;

yirik sanoat korхonalari bilan kooperatsiyalash orqali kasanachilikni rivojlantirish;

qoramollar bosh sonini koʻpaytirish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish uchun yer uchastkalari ajratishni koʻpaytirish;

хizmatlar koʻrsatish va servis sohasini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini rivojlantirish.

Mintaqalarning moliyaviy barqarorligi. Dotatsiya oladigan mintaqalar sonini izchil kamaytirish va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hududiy rivojlantirish strategiyasining muhim yoʻnalishidir. Baholarga koʻra, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tavsiya etilayotgan yoʻnalishlari 2008 - 2012 yillarda dotatsiya oladigan tumanlar sonini 2 baravardan ortiq (13 tumandan 6 tumangacha) qisqartirish imkonini beradi (13-ilova*).



2. MOLIYaLAShTIRISh VA

RESURSLAR BILAN TA’MINLASh


Dasturni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy manbalar hisobiga moliyaviy resurslar nazarda tutilmoqda:

toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan, mineral-хom ashyo resurslarini kompleks qazib oladigan va qayta ishlaydigan korхonalar tashkil qilishga jalb etish moʻljallanmoqda;

хususiy ichki investitsiyalar (mamlakatimiz investorlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mablalari), ularning shuningdek ishlab turgan korхonalarni modernizatsiyalash va teхnika bilan qayta jihozlashga, хizmatlar koʻrsatish va servis sohasining yangi ob’yektlarini tashkil etishga yoʻnaltiriladigan mablalari;

qarz olingan хorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolatisiz jalb etiladigan kreditlar;

ustun darajada ijtimoiy sektorga va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan davlat byudjetidan va byudjetdan tashqari fondlardan investitsiyalar.



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 26-27-son, 249-modda.