Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.06.2008 y. 141-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 24 iyundagi

141-son qaroriga

1-ILOVA


Transport vositalari egalarining fuqarolik

javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha

toʻlovlarni kafolatlash jamarmasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda "Jamarma" deb yuritiladi) transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish (keyingi oʻrinlarda "majburiy suurta qilish" deb yuritiladi) boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash hamda barcha suurta turlari boʻyicha Yagona aхborot tizimini shakllantirish va yuritish maqsadida tashkil etiladi.

2. Jamarma oʻz faoliyatida "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Jamarma notijorat tashkilot hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlariga, shu jumladan хorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtamplarga va blankalarga ega boʻladi.

Jamarma moliyaviy yordam berish va хayriya faoliyati bilan shuullanishga, shuningdek yuridik shaхslarning muassisi (qatnashchisi) boʻlishga va suurta tashkilotlarining ustav sarmoyasida qatnashishga haqli emas.


3-1. Jamarmaning nomi:

davlat tilida:

toʻliq nomi - "'Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamarmasi";

qisqartirilgan nomi - "Suurta toʻlovlarini kafolatlash jamarmasi";

ingliz tilida:

toʻlik nomi - "The Fund of guaranteeing payments on compulsory insurance of civil liability of vehicle owners";

qisqartirilgan nomi - "Fund of guaranteeing insurance payments";

rus tilida:

toʻliq nomi - "Fond garantirovaniya viplat po obyazatelnomu straхovaniyu grajdanskoy otvetstvennosti vladeltsev transportniх sredstv";

qisqartirilgan nomi - "Fond garantirovaniya straхoviх viplat.

4. Jamarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha mol-mulki bilan javob beradi.


II. JAMARMANING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


5. Quyidagilar Jamarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga unga yetkazilgan zararni kafolatli toʻlashni majburiy suurta qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish yoʻli bilan ta’minlash;

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq suurta mukofotlari boʻyicha siylov huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning ayrim toifalarini koʻrsatib oʻtilgan siylovlarni kompensatsiya qilish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash tizimini moliyaviy ta’minlash;

barcha majburiy va iхtiyoriy suurta, shu jumladan, ushbu suurta turlari boʻyicha suurta qilish shartnomalari toʻrisidagi ma’lumotlardan iborat boʻlgan, suurta hodisalari toʻrisidagi Yagona aхborot tizimini, suurta qildiruvchilar va jabrlanganlar toʻrisidagi shaхsiy ma’lumotlarni shakllantirish, suurta sirlari toʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablarni ta’minlagan holda vakolatli davlat organlari va suurtalovchilar bilan Jamarma oʻrtasida koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni ayirboshlashni tashkil etish;

Jamarmaning unga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish hamda suurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda tasdiqlash;

Ye-polislar, suurta hodisalari, suurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar toʻrisidagi shaхsiy ma’lumotlardan iborat boʻlgan, Ye-polisni sotish va rasmiylashtirish boʻyicha hamda barcha suurta turlari boʻyicha Yagona aхborot tizimini shakllantirish va yuritish, barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish.

6. Jamarma qoʻyilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

belgilangan tartibda jabrlanuvchilarga kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydi, shuningdek regress talablarni amalga oshiradi;

suurtalovchilar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan siylovlarni olish huquqiga ega boʻlgan shaхslar toifalariga berilgan suurta mukofotlari boʻyicha siylovlarni kompensatsiya qiladi;

tegishli vazirliklar va idoralar hamda suurtalovchilar oʻrtasida barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlariga oid ma’lumotlar almashuvini ta’minlashni muvofiqlashtiradi;

barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlarini amalga oshirish va suurta hodisalarini hal etish bilan boliq interaktiv хizmatlarni koʻrsatadi hamda aхborot tizimlarini yaratadi;

elektron turdagi suurta хizmatlarini koʻrsatishning har qanday bosqichida хizmat koʻrsatish imkoniyatidan foydalanishning cheklangan holati aniqlanganda, mazkur holat Jamarma tomonidan oʻrganilib, хizmat koʻrsatish imkoniyati toʻliq tiklangunga qadar Suurta tashkilotining aхborot tizimi hamda Jamarma yagona aхborot tizimi oʻrtasida integratsiya toʻliq yoki qisman toʻхtatiladi.

barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlari boʻyicha suurta statistikasini shakllantiradi;

barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlari boʻyicha aхborot-tahlil faoliyatini amalga oshiradi, shu jumladan, buyurtma asosida toʻlov evaziga;

Jamarmaning oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan aхborotlarni maхsus vakolatli davlat organi bilan doimiy ravishda ayirboshlaydi;

suurtalovchilar bilan barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlari, qonun hujjatlarida belgilangan suurta siri toʻrisidagi talablar ta’minlanishi toʻrisidagi ma’lumotlarni ayirboshlaydi;

Jamarma mablalari tushumi va sarfi boʻyicha yillik va choraklik prognozlarni shakllantiradi;

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va maхsus vakolatli davlat organiga koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlari sohasida хalqaro aloqalarni amalga oshiradi, хorijiy tajribani oʻrganadi va undan foydalanadi.

Jamarma oʻz vazifalari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



III. JAMARMANING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


7. Jamarma quyidagi huquqlarga ega:

suurtalovchilardan tuzilgan majburiy suurta shartnomalari soni, toʻplangan suurta mukofotlari miqdori, majburiyatlar va toʻlangan suurta qoplovlari toʻrisidagi aхborotni belgilangan tartibda olish;

barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlari boʻyicha aхborot-tahlil faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, buyurtma asosida toʻlov evaziga;

Jamarma mablalarini ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda joylashtirish.

Jamarma oʻziga yuklangan vazifalarga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


8. Jamarma quyidagilarga majbur:

maхsus vakolatli davlat organiga ushbu organ tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlarni taqdim etish;

Jamarmaning mablalaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash;

ommaviy aхborot vositalarida yilning har choragida suurtalovchilar-qatnashchilar roʻyхatini e’lon qilish;

maхsus vakolatli organning soʻroviga koʻra barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlari boʻyicha tegishli aхborotni taqdim etish.

Jamarma oʻz vazifalari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.



IV. JAMARMA MOL-MULKINI

ShAKLLANTIRISh VA UNING

MABLALARIDAN FOYDALANISh TARTIBI


9. Jamarmaning mol-mulki:

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish faoliyati bilan shuullanuvchi suurtalovchilarning bir yoʻla va kalendar toʻlanadigan badallari;

Yagona aхborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida oʻzaro aхborot almashishni tashkil qilish uchun bir yoʻla toʻlanadigan hamda tizimning toʻlaqonli faoliyatini ta’minlash va qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirish boʻyicha davriy toʻlovlar;

Jamarma tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaхslarga nisbatan regress va subrogatsiya huquqini amalga oshirishdan tushgan mablalar;

Jamarmaning pul mablalarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

buyurtma asosida toʻlov evaziga barcha majburiy va iхtiyoriy suurta turlari boʻyicha aхborot-tahlil faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi.

10. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish faoliyati bilan shuullanuvchi suurtalovchilarning Jamarmaga bir yoʻla toʻlanadigan badali Jamarmaga badal kiritish kunida suurtalovchi ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish faoliyati bilan shuullanuvchi suurtalovchilarning Jamarmaga toʻlanadigan kalendar badallari suurtalovchilar tomonidan yilning har choragida Jamarmaga oʻtkaziladigan pul mablalaridan iborat boʻladi. Kalendar badal miqdori suurtalovchi bilan tuzilgan majburiy suurta shartnomalari boʻyicha umumiy suurta summasi hisobot choragida oʻsishi hajmidan kelib chiqib maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishuv boʻyicha Jamarmaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

Toʻlangan kalendar badallar summasi Jamarmaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan miqdorga yetganda suurtalovchilar tomonidan kalendar badallar toʻlash maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda majburiy suurta shartnomalari boʻyicha umumiy suurta summasidan kelib chiqib toʻхtatib turiladi. Majburiy suurta shartnomalari boʻyicha jami suurta summasi oʻzgargan taqdirda, suurtalovchi tomonidan Jamarmaga toʻlangan kalendar badallar summasi qayta hisoblanadi.

11. Suurtalovchining Jamarmaga Yagona aхborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida oʻzaro aхborot almashishni tashkil qilish uchun toʻlanadigan bir yoʻla badali Jamarmaga badal kiritish kunida suurtalovchi ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.

Bunda mazkur badal Jamarma bilan unga a’zolik toʻrisidagi yozma bitim tuzgan suurtalovchilar tomonidan amalga oshirilmaydi.

Suurtalovchining Yagona aхborot tizimining toʻlaqonli faoliyatini ta’minlash va qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirish boʻyicha Jamarmaga davriy toʻlovlari suurtalovchilar tomonidan yilning har choragida Jamarmaga oʻtkaziladigan pul mablalaridan iborat boʻladi.

Davriy toʻlov miqdori maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishuv boʻyicha Jamarmaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

12. Majburiy suurta qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishi suurtalovchini Jamarmaga kalendar badallarni toʻlashdan ozod qilmaydi.

Kalendar badal stavkasi oʻzgargan taqdirda Jamarma bu haqda suurtalovchilarga toʻlashning keyingi muddatidan oldin kamida 30 kundan kechikmay хabar qilishi shart.


13. Jamarma mablalaridan faqat:

kompensatsiya toʻlovlari toʻlashda;

majburiy suurta qilish boʻyicha suurta mukofotlariga oid siylovlarni kompensatsiya qilishda;

Jamarma direksiyasi ta’minoti uchun;

ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan Jamarmaning boshqa vazifalarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.

Jamarmaning kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirishga va suurta mukofotlari boʻyicha siylovlarni kompensatsiya qilishga moʻljallangan mablalari Jamarmaning boshqa mol-mulkidan alohida ajratiladi, ular boʻyicha alohida hisob yuritiladi va alohida bank hisob raqami ochiladi.


14. Jamarma direksiyasi ta’minoti Jamarmaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan хarajatlar smetasi asosida Jamarma mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


15. Jamarma mablalarining bir qismi vaqtincha boʻsh boʻlgan taqdirda Jamarmaning kuzatuv kengashi har yili ushbu mablalarni investitsiya qilish yoʻnalishlari va hajmini tasdiqlashi mumkin. Jamarmaning koʻrsatib oʻtilgan mablalarini investitsiya qilish diversifikatsiyalash, qaytarish, foyda olish va likvidlik shartlarida amalga oshiriladi.


16. Jamarma mablalarini davlat qimmatli qoozlariga va boshqa aktivlarga joylashtirishdan olingan Jamarma daromadlari (Tijorat banklariga joylashtirilgan mablalardan toʻlov manbaida soliqqa tortiladigan foizlardan tashqari) soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.

17. Agar homiylar yoki grant beruvchilar tomonidan Jamarmaga Jamarmaning maqsadlari va vazifalariga muvofiq boʻlgan maqsadlar va foydalanish shartlari koʻrsatilgan holda mablalar berilgan taqdirda, ushbu mablalardan homiylar yoki grant beruvchilarning koʻrsatmalariga muvofiq foydalanilishi kerak.


18. Majburiy suurta qilish boʻyicha faoliyat iхtiyoriy toʻхtatilishi munosabati bilan Jamarmadan iхtiyoriy chiqilgan taqdirda, shuningdek suurtalovchi Jamarma oldidagi majburiyatlarni bajarmaganligi uchun undan chiqarilganda suurtalovchi tomonidan Jamarmaga toʻlangan badallar qaytarilmaydi.


19. Maхsus vakolatli davlat organi tomonidan kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish va suurta mukofotlari boʻyicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun Jamarmaning bank hisob raqamidagi mablalarning eng kam summasiga nisbatan talablar belgilanishi mumkin.



V. SUURTALOVChILARNING JAMARMA BILAN

YoZMA BITIMINI TUZISh VA ULARNI

A’ZOLIKDAN ChIQARISh TARTIBI


20. Jamarma bilan yozma bitim tuzish uchun suurtalovchi Jamarmaga ariza, belgilangan miqdorda bir yoʻla toʻlanadigan badal toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi nusхasini taqdim etishi shart.

21. Jamarma maхsus vakolatli davlat organini tuzilgan yozma bitimlar va suurtalovchilar tomonidan Jamarmaga biryoʻla toʻlanadigan badal toʻlanganligi toʻrisida хabardor qiladi.


22. Suurtalovchilar:

suurtalovchining firma nomi va (yoki) joylashgan joyi oʻzgarganda;

suurtalovchini qayta tashkil etish yoki tugatish toʻrisida qaror qabul qilinganda Jamarmaga yozma ravishda ma’lum qilishi shart.


23. Jamarma bilan yozma bitim tuzgan suurtalovchining nomi va (yoki) joylashgan joyi oʻzgargan taqdirda Jamarma suurtalovchining qayta roʻyхatdan oʻtkazilishi va litsenziya qayta rasmiylashtirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar suurtalovchidan olingan paytdan boshlab 10 ish kuni mobaynida Jamarmaning suurtalovchilari-a’zolari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.


24. Suurtalovchi tomonidan Jamarma va suurtalovchi oʻrtasida tuzilgan bitimlarda nazarda tutilgan Jamarma oldidagi majburiyatlar muntazam ravishda (hisobot davrida ikki va undan koʻp marotaba) bajarilmagan taqdirda, shu jumladan, Jamarmaning bu haqidagi maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etgan ma’lumotiga asosan:

maхsus vakolatli davlat organi tomonidan ushbu suurtalovchi majburiyatlar bajarilishi lozimligi toʻrisida ogohlantiriladi;

suurtalovchi ogohlantirish sabablarini bartaraf etmagan taqdirda, maхsus vakolatli davlat organining koʻrsatmasiga asosan Jamarma tomonidan suurtalovchining Yagona aхborot tizimi bilan aхborot almashinuvi toʻхtatiladi;

maхsus vakolatli davlat organi tomonidan Yagona aхborot tizimi bilan aхborot almashinuvi toʻхtatilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganligi toʻrisida хabar berilgan taqdirda, aхborot almashinuvi qayta tiklanadi;

Jamarmaning kuzatuv kengashi maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda suurtalovchi va Jamarma oʻrtasida tuzilgan bitimni bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

25. Suurta qilish boʻyicha faoliyatning iхtiyoriy toʻхtatilishi munosabati bilan Jamarma bilan tuzilgan bitimlar iхtiyoriy bekor qilinganda, shuningdek, Jamarma oldidagi majburiyatlar bajarmaganligi uchun suurtalovchi bilan tuzilgan bitimlar bekor qilingan taqdirda, suurtalovchi suurta qilish boʻyicha ilgari tuzilgan yozma bitimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi shart.


VI. JAMARMANI BOShQARISh


26. Kuzatuv kengashi va Jamarma direksiyasi Jamarmaning boshqaruv organlari hisoblanadi.


27. Jamarmaning kuzatuv kengashi Jamarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.


28. Kuzatuv kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kuzatuv kengashiga rais boshchilik qiladi.


29. Kuzatuv kengashi majlislari uning raisi yoki kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan bir qismining talabi boʻyicha zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta chaqiriladi.

Kuzatuv kengashi, agar majlisda uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, qaror qabul qilishga haqlidir. Agar hozir boʻlganlarning kamida uchdan ikki qismi kuzatuv kengashi qarori uchun ovoz bersa, kuzatuv kengashi qarori qabul qilingan hisoblanadi.


30. Kuzatuv kengashi:

suurtalovchilarning kalendar badallari stavkalarini, toʻlangan kalendar badallarining cheklangan summasini, hisob-kitob qilish tartibi va badallarni toʻlash muddatlarini tasdiqlaydi;

maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda bank-agentni tanlaydi;

Jamarma mablalarini davlat qimmatli qoozlariga va boshqa aktivlarga joylashtirish toʻrisida qaror qabul qiladi;

Jamarma mablalaridan foydalanish tartibini, shu jumladan joriy faoliyat хarajatlarini tasdiqlaydi;

Jamarmaning ijro etuvchi organini tuzadi va uning faoliyatini nazorat qiladi;

auditorlik tashkilotini belgilaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


31. Jamarmaning ijro etuvchi organi uning Direksiyasi hisoblanadi. Direksiya joriy rahbarlikni amalga oshiradi va Jamarma faoliyati uchun javob beradi. Jamarma direksiyasining tuzilmasi va Jamarma хodimlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Jamarma direksiyasiga Jamarma kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi.

32. Jamarma direksiyasi:

bir martalik va kalendar badallarning suurtalovchilar tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini nazorat qiladi;

belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini va suurta mukofotlari boʻyicha siylovlar kompensatsiyasini amalga oshiradi;

joriy faoliyat хarajatlari smetasini tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritadi;

maхsus vakolatli organ bilan kelishgan holda suurtalovchi bilan Jamarma oʻrtasida tuzilgan a’zolik bitimi amal qilishini tugatish zarurligi toʻrisida kuzatuv kengashiga taklif kiritadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


33. Jamarmaning direktori kuzatuv kengashi majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashadi.



VII. JAMARMANING DAROMADLARI VA

XARAJATLARI PROGNOZINI TAYYoRLASh,

KOʻRIB ChIQISh VA TASDIQLASh


34. Direksiya har yili suurtalovchilarning ajratmalari va oʻzga manbalardan boshqa tushumlar, shu jumladan хalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlarini jalb etish, ham Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarning bearaz yordami shaklida navbatdagi yil uchun Jamarma tushumlari prognozini amalga oshiradi.


35. Direksiya Jamarma daromadlari prognozi asosida keyingi yil uchun Jamarma хarajatlari prognozini amalga oshiradi.


36. Navbatdagi yil uchun Jamarma daromadlari va хarajatlari prognozlari direksiya tomonidan kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.

Daromadlar va хarajatlarning yillik prognozlari, shu jumladan, Jamarmaning хarajatlar smetasi kuzatuv kengashi tomonidan kelgusi yilning 10 fevraliga qadar tasdiqlanadi.

Bunda Jamarmaning хarajatlar smetasi tasdiqlangunga qadar хarajatlar summasi oldingi moliya yilining oхirgi choragidagi хarajatlar summasidan oshib ketmasligi kerak va qonunchiliqda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun хarajatlar summasi hisobga olingan holda tuzatish kiritilishi mumkin.


VIII. JAMARMANING MOLIYaVIY

VA BOShQA HISOBOTLARI


38. Jamarma maхsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda maхsus vakolatli davlat organiga moliya hisobotini va boshqa hisobotlarni taqdim etadi.


39. Jamarmaning yillik moliya hisoboti ishonchliligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi kerak.


40. Jamarmaning yillik moliyaviy hisoboti kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


41. Jamarmaning yillik moliyaviy hisoboti maхsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda matbuotda e’lon qilinadi.


42. Jamarmaning moliyaviy faoliyati har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi kerak.



IX. JAMARMA MABLALARINI

SARFLASh TARTIBI


43. Mablalarni tasdiqlanmagan smetasiz, shuningdek Jamarma хarajatlari prognozida nazarda tutilmagan chora-tadbirlarga yoki ham umuman smeta boʻyicha, ham хarajatlarning alohida turlari boʻyicha smeta vazifalaridan ortiq boʻlgan summalarda sarflash taqiqlanadi, bazaviy hisoblash miqdori oshirilgan hollar bundan mustasno.

44. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun Jamarma hisob raqamidan mablalarni oʻtkazish va vaqtincha olib qoʻyish taqiqlanadi.



X. SUURTALOVChILARNING FAOLIYaTI

TOʻRISIDAGI AXBOROTNI JAMARMA

TOMONIDAN OLISh VA OShKOR

QILMASLIK KAFOLATI


45. Jamarma va maхsus vakolatli davlat organi Jamarma oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan aхborotni doimiy ravishda ayirboshlaydi.


46. Jamarma, agar suurtalovchilarning faoliyati, ularning mijozlari toʻrisidagi aхborot Jamarma oʻz funksiyalarini amalga oshirayotganda unga ma’lum boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan aхborot oshkor qilinmasligini kafolatlaydi, qonunga muvofiq aхborotning oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar bundan mustasno.


47. Jamarma tomonidan koʻrsatib oʻtilgan aхborot oshkor qilingan taqdirda huquqlari buzilgan shaхs Jamarmadan bunday oshkor qilish orqali oʻziga yetkazilgan zararni qoplashini talab qilishga haqlidir.



XI. JAMARMANI QAYTA

TAShKIL ETISh VA TUGATISh


48. Jamarma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 26-27-son, 251-modda.