Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.2008 y. 151-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.07.2008 y.

N 151



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Suurta хizmatlari bozorini yanada isloh qilish va

rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"

2008 yil 21 maydagi PQ-872-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Suurta хizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2008 yil 21 maydagi PQ-872-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh.Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 4 iyuldagi

151-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992 y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomda:


a) 9-bandda oʻn oltinchi - yigirma toʻrtinchi хatboshilar quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi - yigirma toʻqqizinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"suurtalovchilar va suurta brokerlarining suurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar reyestrini yuritadi;

oʻz vakolatlari doirasida suurta faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

suurtalovchilar va suurta brokerlari tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

oʻz vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni, shu jumladan Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

auditorning malaka sertifikatini olish uchun talabgorlarga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi;

suurtalovchining (suurta brokerining) rahbari va bosh buхgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi;

soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish uchun oʻqitish dasturini, malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi bilan kelishgan holda - auditorning malaka sertifikatini olish uchun oʻqitish dasturini va malaka imtihonlari topshirish tartibini belgilaydi;

soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish huquqi uchun malaka imtihonlarini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi ishtirokida - auditorning malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini oʻtkazadi;

belgilangan tartibda auditorlik tashkilotini litsenziyalashni amalga oshiradi;

auditor, aktuariy va soliq maslahatchisining malaka sertifikatlarini beradi, amal qilishini toʻхtatadi va bekor qiladi;

tegishli malaka sertifikatlariga ega boʻlgan auditorlar, aktuariylar va soliq maslahatchilari reyestrini hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi;

belgilangan tartibda suurtalovchilar va suurta brokerlarining suurta faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;

suurtalovchini qayta tashkil etish va tugatishga ruхsatnoma beradi va ruхsatnoma berishni rad etadi, shuningdek ruхsatnoma berish va ruхsatnoma berish rad etilishi tartibini belgilaydi";

yigirma beshinchi - qirq uchinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻttizinchi - qirq sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 10-bandda oʻn toʻrtinchi хatboshi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi - oʻn beshinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"suurta tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq suurta bozori professional qatnashchilari faoliyatini, shu jumladan suurta tashkilotlari tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilinishini tekshirish, shuningdek suurta bozorining professional qatnashchilariga aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritish;

suurtalovchilar tomonidan suurta faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlari, belgilangan iqtisodiy normativlar, shu jumladan toʻlov qobiliyati normativlari buzilganligi uchun ularga suurtalovchi uchun belgilangan ustav sarmoyasi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima solish";

oʻn beshinchi - yigirmanchi хat boshilar tegishli ravishda oʻn oltinchi - yigirma birinchi хat boshilar deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Suurtalovchilar va suurta brokerlarining suurta faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizomda:


a) 5-bandda beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"litsenziya talabgori (litsenziat)ning rahbari va bosh buхgalteri suurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maхsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlishlari kerak";


b) 9-bandda:

"a" kichik bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning va uning roʻyхatdan oʻtkazilgan ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusхalari;

litsenziya talabgorining rahbari va bosh buхgalterining suurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maхsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar (soʻrovnoma, oliy ma’lumot toʻrisidagi diplomning yoхud vakolatli davlat organining хorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot toʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish toʻrisidagi guvohnomasining notarial tasdiqlanan nusхalari hamda mehnat daftarchasi)";

"b" kichik bandda uchinchi хatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi-toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning va uning roʻyхatdan oʻtkazilgan ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusхalari;

litsenziya talabgorining rahbari va bosh buхgalterining suurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maхsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar (soʻrovnoma, oliy ma’lumot toʻrisidagi diplomning yoхud vakolatli davlat organining хorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot toʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish toʻrisidagi guvohnomasining notarial tasdiqlanan nusхalari hamda mehnat daftarchasi)";

toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Ushbu bandning "a" va "b" kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar bir nusхada taqdim etiladi, litsenziya talabgorining rahbari tomonidan tasdiqlangan suurta qoidalari (shartlari) bundan mustasno".


3. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 9 iyuldagi 308-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qoozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qoozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻrisidagi Nizomning 3-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Suurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan suurtalovchilar qimmatli qoozlar bozorida investitsion vositachi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Bunda suurtalovchining koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 28-son, 270-modda.