Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirining 03.07.2008 y. 70-son "Cheklangan tariflar boʻyicha shaharda muntazam yoʻlovchi tashishlarni bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 16.07.2008 y. 963-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.07.2008 y.

N 963-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRINING

03.07.2008 y.

N 70


BUYRUI



Cheklangan tariflar boʻyicha shaharda muntazam

yoʻlovchi tashishlarni bajarish bilan band boʻlgan

tashuvchilarni moliyalash toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


(2008 yil 26 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish toʻrisida"gi 2001 yil 4 iyundagi PF-2871-sonli farmoni, "Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi 2006 yil 11 yanvardagi PF-3713-sonli farmoni, "Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻrisida"gi 2006 yil 9 martdagi PQ-303-sonli qaroriga binoan, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000 yil 7 avgustda 76-son bilan tasdiqlangan "Cheklangan tariflar boʻyicha shaharda muntazam yoʻlovchi tashishlarni bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻrisidagi nizom"ga (2000 yil 30 avgust, roʻyхat raqami 963 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2000 yil, 16-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtgan paytdan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.



Moliya vaziri                                                                         R. Azimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 29-30-son, 288-modda.