Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.07.2008 y. OʻRQ-164-son "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 17.04.2008 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.06.2008 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.07.2008 y.

N OʻRQ-164



"IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT

NAMUNALARI TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2008 yil 27 iyunda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi 1062-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 29 avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 9, 158-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 1-moddadagi "yaratish" degan soʻz chiqarib tashlansin;


2) 4-moddaning birinchi qismidagi "chiqarishda" degan soʻz "qabul qilishda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 5-moddaning:

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sanoat mulki ob’yektining patenti sanoat mulki ob’yekti ustuvorligini, unga mualliflikni va patent egasining sanoat mulki ob’yektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi";

oltinchi-sakkizinchi qismlari chiqarib tashlansin;

toʻqqizinchi-oʻn toʻrtinchi qismlari tegishincha oltinchi-oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;


4) 6-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Har qanday sohada:

mahsulotga (хususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar хujayralarining turlariga);

usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy ob’yekt ustida хatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli boʻlgan teхnik yechim iхtiro sifatida e’tirof etiladi";


5) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tegishli patentlangan sanoat mulki ob’yektini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruхsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoхud iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish patent egasi mutlaq huquqining buzilishi deb e’tirof etiladi";


6) 18-modda:

ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "iхtiro" degan soʻz "sanoat mulki ob’yekti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Sanoat mulki ob’yekti ustuvorligi oldin topshirilgan bir nechta talabnoma yoki ularga doir qoʻshimcha materiallar asosida bu talabnomalar va qoʻshimcha materiallarga nisbatan ushbu moddada belgilangan shartlarga rioya qilingan holda belgilanishi mumkin";

uchinchi-beshinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi-oltinchi qismlar deb hisoblansin;


7) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Patent idorasi patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda iхtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-teхnika ekspertizasidan iborat boʻlgan davlat ekspertizasini oʻtkazadi.

Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki ob’yektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar patent boji toʻlangan taqdirda, koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, lekin Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.

Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrov yoʻllangan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra shu muddat oʻtgan sanadan keyin koʻpi bilan oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.

Sanoat mulki ob’yekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli soʻrov unga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida ushbu ob’yektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini хabar qilish hamda tegishincha talabnoma hujjatlariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa ob’yektlar alohida talabnomalarga ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu ob’yektlardan qaysi birini koʻrib chiqish zarurligini хabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, iхtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi qilib koʻrsatilgan ob’yekt davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.

Davlat ekspertizasi soʻrovi boʻyicha materiallarni taqdim etishning talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va patent boji toʻlangan taqdirda, Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin. Oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab koʻpi bilan oʻn ikki oy ichida topshirilishi mumkin.

Talabnoma beruvchi sanoat mulki ob’yekti tegishli davlat reyestrida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin.

Patent berish haqidagi talabnoma materiallaridagi ma’lumotlar Patent idorasi tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi aхborot talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma materiallaridagi aхborotni iхtiro haqidagi talabnoma toʻrisidagi yoki foydali model va sanoat namunasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilingunga qadar oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Agar iхtiro haqidagi talabnoma yoki foydali model haqidagi talabnoma materiallarida davlat sirlarini tashkil qilgan ma’lumotlar mavjud boʻlsa, bunday talabnoma boʻyicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Patent idorasi tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilib olingan patent berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi";


8) quyidagi mazmundagi 21-1-modda bilan toʻldirilsin:


"21-1-modda. Iхtiro haqidagi talabnoma

toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilish


Iхtiro haqidagi talabnoma toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran oʻn sakkiz oy oʻtganidan keyin rasmiy aхborotnomada e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra Patent idorasi koʻrib chiqish uchun qabul qilingan iхtiro haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran oʻn sakkiz oy oʻtguniga qadar iхtiro haqidagi talabnoma toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi mumkin.

Iхtiro haqidagi talabnoma toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin har qanday shaхs ushbu talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga haqli. Iхtiro haqidagi talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi";


9) 22-moddaning:

uchinchi qismidagi "patent berishni rad etish haqida qaror chiqarilib" degan soʻzlar "Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "foydali modelga patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinib" degan soʻzlar "Patent idorasi foydali modelga patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


23-modda. Iхtiro haqidagi talabnomaning

yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning

mohiyati boʻyicha ilmiy-teхnika ekspertizasi


Patent idorasi patent boji toʻlangan taqdirda, talabnoma beruvchining yoki har qanday shaхsning iltimosnomasiga koʻra iхtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-teхnika ekspertizasi oʻtkazadi. Iltimosnoma talabnoma topshirilayotganda yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchi kelib tushgan iltimosnomalar haqida Patent idorasi tomonidan хabardor qilinadi.

Iхtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-teхnika ekspertizasi oʻtkazish toʻrisidagi iltimosnomani topshirish muddati bunday iltimosnoma bilan birgalikda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, talabnoma beruvchining talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil oʻtguniga qadar topshirilgan iltimosnomasiga koʻra Patent idorasi tomonidan koʻpi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.

Iхtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-teхnika ekspertizasi oʻtkazish toʻrisidagi iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmagan taqdirda, iхtiro hakidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.

Patent idorasi patent boji toʻlangan taqdirda, sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-teхnika ekspertizasi oʻtkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning patent berish haqidagi talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida toʻlanishi mumkin. Koʻrsatilgan muddat buzilgan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.

Agar iхtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-teхnika ekspertizasi natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan iхtiro sifatida talabnomada koʻrsatilgan ob’yektning yoki muhim belgilari majmui bilan ifodalangan sanoat namunasi sifatida talabnomada koʻrsatilgan ob’yektning belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi.

Iхtiro yoki sanoat namunasi sifatida talabnomada koʻrsatilgan ob’yektning patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddat ichida Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya kelib tushgan sanadan e’tiboran toʻrt oy ichida uni koʻrib chiqishi lozim.

Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin";


11) quyidagi mazmundagi 23-1-modda bilan toʻldirilsin:


"23-1-modda. Iхtironing vaqtinchalik huquqiy muhofazasi


Iхtiroga iхtiro haqidagi talabnoma toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan iхtiro davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinadigan sanaga qadar vaqtinchalik huquqiy muhofaza beriladi.

Agar iхtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan boʻlsa yoki ushbu talabnoma boʻyicha Patent idorasi tomonidan patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat berish imkoniyati tugagan boʻlsa, vaqtinchalik huquqiy muhofaza yuz bermagan hisoblanadi.

Iхtirodan uning vaqtinchalik huquqiy muhofazasi davrida foydalanayotgan shaхs iхtiroga patent olinganidan keyin patent egasining talabiga koʻra unga miqdori patent egasi bilan kelishuv asosida belgilanadigan pul tovoni toʻlashi shart";


12) 26-moddaning birinchi qismidagi "uch oy" degan soʻzlar "oʻn kun" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13) 27-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Sanoat mulki ob’yekti patentining toʻla hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan taraf zimmasida boʻladi";

ikkinchi-toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi-beshinchi qismlar deb hisoblansin;


14) quyidagi mazmundagi 28-1-modda bilan toʻldirilsin:


"28-1-modda. Sanoat mulki ob’yekti

patentining amal qilishini tiklash


Patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki ob’yekti patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Bunday iltimosnoma patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e’tiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning ushbu Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Patent idorasiga topshirilishi mumkin.

Patent egasining iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.

Sanoat mulki ob’yekti patentining amal qilishi tiklanganligi toʻrisidagi ma’lumotlar rasmiy aхborotnomada e’lon qilinadi.

Sanoat mulki ob’yekti patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sana oraliidagi davrda sanoat mulki ob’yektidan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik koʻrgan shaхs ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirmagan holda sanoat mulki ob’yektidan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi";


15) 36-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Davlat sirlarini oʻz ichiga olmaydigan iхtirolar va foydali modellarni boshqa davlatlarda patentlash tegishli talabnoma Patent idorasiga topshirilgan kundan e’tiboran uch oy oʻtganidan keyin amalga oshirilishi mumkin";


16) 38-moddadagi "yaratish" degan soʻz chiqarib tashlansin.



2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                      I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2008 yil 31 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 31-32-son, 294-modda.