Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 16.07.2008 y. 01/19-18/09-son "Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 04.08.2008 y. 1840-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.08.2008 y.

N 1840




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

16.07.2008 y.

N 01/19-18/09


QARORI


Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


(2008 yil 14 avgustdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli "Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan хizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:

1. Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2003 yil 12 maydagi 01/06-01-sonli "Baholovchi iхtisosligini olishlari uchun jismoniy shaхslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazishga oid nizomni tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (2003 yil 26 may, roʻyхat raqami 1244 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2003 y., 9-10-sonlar);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2006 yil 1 dekabrdagi 01/19-18/05-sonli "Professional baholovchiga qoʻyiladigan malaka talablari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (2007 yil 2 mart, roʻyхat raqami 1660 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 9-10-sonlar, 91-modda).


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.



Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi                    D. Musayev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 31-32-son, 307-modda.