Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 30.07.2008 y. 27-son "Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faхriylari pansionati, "Saхovat" va "Muruvvat" uylariga rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.08.2008 y. 1848-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
29.08.2008 y.
N 1848
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY
MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
30.07.2008 y.
N 27
BUYRUGʻI
Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faхriylari
pansionati, "Saхovat" va "Muruvvat" uylariga rasmiylashtirish
tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni tasdiqlash haqida
(2008 yil 8 sentyabrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 29-30-son, 277-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 apreldagi PQ-616 sonli "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 15-son, 156-modda) asosan BUYuRAMAN:
1. Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faхriylari pansionati, "Saхovat" va "Muruvvat" uylariga rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vaziri v.b. A. Haitov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 35-36-son, 353-modda.