Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 01.05.1998 y. 619-I-son "Yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

01.05.1998 y.

N 619-I



YaNGI TAHRIRDAGI "VIJDON ERKINLIGI

VA DINIY TAShKILOTLAR TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonunga muvofiq holga keltirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining ushbu Qonunga zid boʻlmagan qonun hujjatlari qoʻllanilaveradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddat ichida yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonunga muvofiq diniy tashkilotlar qayta roʻyхatdan oʻtishini ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                      E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1998 y., N 5-6, 100-modda