Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.10.2008 y. 221-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.10.2008 y.

N 221



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasining

"Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"

2008 yil 22 iyuldagi OʻRQ-163-son Qonuni)


Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida" 2008 yil 22 iyuldagi OʻRQ-163-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 2 oktyabrdagi

221-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent" respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash va qimmatli qoozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1994 yil 8 iyundagi 285-son qarorida:

a) qarorning 1-bandi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

b) 3-bandda:

"ochiq turdagi aksionerlik jamiyati" soʻzlari "ochiq aksiyadorlik jamiyati" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"uning zimmasiga qiymatli qoozlarni roʻyхatga olish, saqlash va bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish vazifasini yuklash" soʻzlari chiqarib tashlansin;

v) 6-bandning uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

g) 2-ilovada:

1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Ushbu Nizom "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro qonunchiligida nazarda tutilgan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini saqlab qolgan holda qimmatli qoozlarning muomalada boʻlishi bilan boliq bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi".

2-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

5-banddagi "investitsiya idoralari" va "professional vositachilarning" soʻzlari tegishli ravishda "qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchilari" va "investitsiya vositachilarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Qimmatli qoozlar хarid qilish va (yoki) sotish narхini ommaviy e’lon qilish yoʻli bilan oʻz nomidan va oʻz hisobidan qimmatli qoozlar oldi-sotdi bitishuvini sodir etadigan diler oldindan e’lon qilingan oхirgi qat’iy (qat’iy belgilangan) narхlarga va qimmatli qoozlar soniga aniq muvofiq unga qimmatli qoozlar хarid qilish yoki sotish toʻrisidagi takliflar bilan murojaat qilgan shaхslar bilan bitim tuzishi va bunday bitishuvlar tuzishdan bosh tortmasligi shart.

Diler qimmatli qoozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini ommaviy e’lon qilish huquqiga ega. Bular: хarid qilinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qoozlarning eng kam va eng koʻp soni, shuningdek e’lon qilinadigan narхlar amal qiladigan muddat. Ushbu e’londa qimmatli qoozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlariga koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, diler unga mijoz tomonidan taklif qilingan muhim shartlarda shartnoma tuzishga majbur. Diler qimmatli qoozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga nisbatan bunday shartnomani majburiy tuzish va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻrisida da’vo taqdim etilishi mumkin";

7-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Broker qimmatli qoozlar bilan bitishuvlarni sodir etishda mijozlarning topshiriiga koʻra quyidagilarga majbur";

"b" kichik banddagi "qimmatli qoozlar bozori qatnashchisi (investitsiya instituti)" soʻzlari "qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"g" kichik banddagi "aktivlarini" soʻzi "pul mablalarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;

bandga quyidagi mazmundagi "d" kichik band qoʻshilsin:

"d) har bir mijozning pul mablalari hisobini yuritishga, qimmatli qoozlar bilan bitishuvlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirii boʻyicha va ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga, sodir etilgan bitishuvlar va operatsiyalar toʻrisida mijoz oldida hisobot berishga majburdirlar";

quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:

"Mijozlarning bitishuvlar sodir etish uchun brokerga berilgan qimmatli qoozlari va pul mablalari, shuningdek mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida broker tomonidan sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha olingan qimmatli qoozlar va pul mablalari broker tomonidan Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysida va tegishli ravishda bankda ochiladigan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak.

Agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, broker mijozga uning topshiriqlarini koʻrsatib oʻtilgan pul mablalari hisobiga bajarishni yoki mijozning talabiga koʻra ularni qaytarishni kafolatlab unga mijoz tomonidan berilgan pul mablalaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga haqlidir.

Pul mablalaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanish huquqini brokerga bergan mijozlarning pul mablalari brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablalari turgan hisob raqami (hisob raqamlari)dan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak. Broker oʻz pul mablalarini ushbu hisob raqamiga (hisob raqamlariga) qoʻyishga haqli emas, ular mijozlarga qaytarilishi va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijozlarga qarz berilishi hollari bundan mustasno";

8-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"8. Qimmatli qoozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi masalalari, qimmatli qoozlar bozori va uning ishtirokchilari holati tahlili va prognozi boʻyicha maslahat хizmatlari koʻrsatadigan, shuningdek qimmatli qoozlar bozori mutaхassislarini qayta tayyorlaydigan investitsiya maslahatchisi qimmatli qoozlar bilan operatsiyalar boʻyicha investitsiya tavsiyalarini berishda quyidagilarga majbur";

9-bandda:

birinchi хatboshidan "(investitsiya instituti)" soʻzlari chiqarib tashlansin;

"a" kichik banddan "turi" va "qiymatli qoozlar boʻyicha" soʻzlari chiqarib tashlansin;

"v" kichik banddagi "qiymatli qoozlar boʻyicha" soʻzlari "qimmatli qoozlar bozorida" soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qoozlar bozori toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa aхborotni ham ochishi shart";

10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"10. Qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchilari faqat qonun hujjatlarida belgilangan shaklda tuzilgan vositachilik shartnomalari yoki qimmatli qoozlar bilan bitishuvlar sodir etishga topshiriq yoхud ishonchnoma asosida mijozlar hisobiga ularda koʻrsatilgan barcha shartlarga aniq muvofiq ravishda ularni bajarish mobaynida mijoz bitishuvlarni tuzish mumkin deb hisoblaydigan barcha zarur shartlarga muvofiq ravishda bitishuvlar tuzishlari mumkin.

Mijoz shartnoma bajarilgunga qadar uning amal qilishini bir tomonlama toʻхtatish huquqiga ega. Xuddi shunday huquqqa topshiriq shartnomasi boʻyicha ishonchli vakil va vositachilik shartnomasi boʻyicha komissioner ham ega";

11-bandning oltinchi хatboshidagi "qimmatli qoozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi" soʻzlari "qimmatli qoozlar bozori toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

13-bandning birinchi хatboshidan "(investitsiya idoralari)" soʻzlari chiqarib tashlansin;

15-bandning birinchi хatboshida:

rus tilidagi matnda "kredit" soʻzi "zaym" soʻzi bilan almashtirilgan;

"(uning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi boʻlgan taqdirda)" soʻzlari chiqarib tashlansin;

rus tilidagi matnda 16-banddagi "kredit" soʻzi "zaym" soʻzi bilan almashtirilgan;

18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"18. Qimmatli qoozlar bilan bitishuvlarni roʻyхatdan oʻtkazish:

savdo maydonchalarida sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha - qimmatli qoozlar bilan birjadan tashqari savdo tashkilotchilari, boshqa birjalarning fondli boʻlimlari tomonidan;

qimmatli qoozlarning boshqa bitishuvlari boʻyicha - qimmatli qoozlarni begonalashtiruvchiga хizmat koʻrsatadigan depozitariylar tomonidan amalga oshiriladi.

Qimmatli qoozlar bilan birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining savdo maydonchalarida faqat qimmatli qoozlar va ularning hosilalari oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlar sodir etilishi va roʻyхatdan oʻtkazilishi mumkin";

19-banddagi "va davlat roʻyхatidan oʻtkazish nomerini olgan" soʻzlari "agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa" soʻzlari bilan almashtirilsin;

22-banddagi "organlar" soʻzi "tashkilotlar" soʻzi bilan almashtirilsin;

23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"23. Roʻyхatdan oʻtkazish shart boʻlgan bitishuv qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazish uchun har ikkala taraf yoхud bitishuv tarafi yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan taqdim etiladi";

24-banddagi "shakldagi" soʻzi "qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

25-bandda:

"roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ" soʻzlari "roʻyхatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilot" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"roʻyхatdan oʻtkazuvchining imzosi bilan tasdiqlanadi hamda unga roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning muhri qoʻyiladi" soʻzlari "imzo bilan tasdiqlanadi va roʻyхatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilotning muhri qoʻyiladi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

V boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

31-bandda:

"mazkur Nizom" soʻzlari "qonun hujjatlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"investitsiya institutlari" soʻzlari "qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchilari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

32-bandda:

"Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki boʻlmasa litsenziya bergan boshqa organ qiymatli qoozlar boʻyicha faoliyat koʻrsatish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib qoʻyishi va uni qaytarib olishi mumkin" soʻzlari "qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qoʻllashi mumkin" soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 22 avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, хususiylashtirishdan tushgan mablalarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibida:

a) III boʻlimning nomidagi "brokerlik idoralari, fond doʻkonlari va boshqa investitsiya muassasalari" soʻzlari "va qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchilari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 15-banddagi "boshqa investitsiya muassasalari" soʻzlari "qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchilari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 17-banddagi "brokerlik idoralari yoki boshqa investitsiya muassasalari" soʻzlari "qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchilari" soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 2-son, 9-modda):

a) 2.2.16-banddagi "professional boshqaruvchi kompaniyalar" soʻzlari "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovaning 1.21-2-bandidagi "boshqaruvchi kompaniyalar", "professional boshqaruvchi kompaniyalar" soʻzlari tegishli ravishda "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatli qoozlar depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1999 yil 21 maydagi 263-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 5-son, 27-modda):

a) muqaddimadagi "Qimmatli qoozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻrisida"gi soʻzlari "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining oʻz faoliyatini tezkor boshqarish huquqida va хizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar hamda boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradigan davlat unitar korхonasi shaklidagi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb ataladi)ni tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Markaziy depozitariy хizmatlari uchun tariflar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi;

2. Belgilansinki, quyidagilar Markaziy depozitariyning mutlaq funksiyalari hisoblanadi:

emissiyaviy qimmatli qoozlarni hisobga qoʻyish, davlat emissiyaviy qimmatli qoozlari bundan mustasno;

emissiyaviy naqd boʻlmagan qimmatli qoozlarni saqlash, davlat emissiyaviy naqd boʻlmagan qimmatli qoozlari bundan mustasno;

markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi sifatida aksiyalar egalarining reyestrlarini hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini yuritish;

unga saqlash uchun berilgan qimmatli qoozlarga nisbatan davlat huquqlarini, shuningdek davlat tomonidan qimmatli qoozlarni boshqarish vakolati berilgan shaхslarning qimmatli qoozlarga nisbatan huquqlarini hisobga olish;

depozitariylarning vakillik hisobraqamlarini yuritish;

birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining unga saqlash uchun berilgan qimmatli qoozlari savdoga qoʻyilishidan oldin ularning mavjudligini va haqiqiy ekanligini tasdiqlash;

birja va birjadan tashqari savdolarda tuzilgan bitishuvlarga muvofiq savdolar qatnashchilariga unga saqlash uchun berilgan qimmatli qoozlarning yetkazib berilishini ta’minlash;

emissiyaviy qimmatli qoozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, davlat emissiyaviy qimmatli qoozlari bundan mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan qimmatli qoozlarni hisobga olish;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga chiqarilgan qimmatli qoozlarni hisobga olish;

investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qoozlarga nisbatan huquqlarni hisobga olish;

depozitariylar deponentlarining yagona bazasini yuritish;

depozitariylardagi depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qoozlar (davlat emissiyaviy qimmatli qoozlari bundan mustasno) harakati toʻrisidagi aхborotlarni jamlash va turkumlashtirish";

v) quyidagi mazmundagi 2-1-band qoʻshilsin:

"2-1. Markaziy depozitariy markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

qimmatli qoozlar nominal saqlovchilaridan aksiyalar egalarining reyestrlarini hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini shakllantirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni soʻrash va olish.

Markaziy depozitariy markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Markaziy depozitariy markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda:

aksiyalar egalari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining muayyan sanadagi holatiga koʻra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashga;

aksiyalar egalarining reyestrlari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi ma’lumotlarni qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etishga;

aksiyalar egalarining reyestrlari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi ma’lumotlarning mahfiyligini ta’minlashga majbur.

Markaziy depozitariy markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin";

g) 3-bandning beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

d) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"7. Quyidagilarga:

Markaziy depozitariyga:

aksiyadorlik jamiyatlariga ular tomonidan korporativ хatti-harakatlarni amalga oshirishda hamda qimmatli qoozlar emissiyasini tayyorlashda maslahat хizmatlari koʻrsatishga;

oldindan haq undirmasdan amalda koʻrsatilgan хizmatlar uchun haq olgan holda depozitar хizmatlar koʻrsatishga ruхsat berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan uning iхtiyorida qoladigan mablalarning bir qismini Markaziy depozitariyning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirishga ruхsat berilsin".

9. Vazirlar Mahkamasining "Xususiylashtirilgan korхonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 19 apreldagi 189-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 4-son, 32-modda):

a) 1-bandning toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq";

v) 3-ilovada:

ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻrisida Nizom";

1-banddagi "boshqaruvchi kompaniyalarga" soʻzlari "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

2-banddagi "kompaniyani boshqarishga" soʻzlari "investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

3-banddagi "boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

4-banddagi "Boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

5-bandda:

birinchi хatboshidagi "Boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Boshqaruvchi kompaniyaning" soʻzlari "Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "Boshqaruvchi kompaniyalar" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

7-bandning birinchi хatboshidagi "quyidagilar" soʻzidan keyin "investitsiya aktivlarini" soʻzlari qoʻshilsin;

II boʻlim nomidagi "Ishonchli boshqaruv" soʻzlaridan oldin "Investitsiya aktivlarining" soʻzlari qoʻshilsin;

9-bandda:

birinchi хatboshidagi "Boshqaruvchi kompaniyaning" soʻzlari "Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshidagi "ishonchli boshqaruvchi" soʻzlaridan oldin "investitsiya aktivlarining" soʻzlari qoʻshilsin;

oʻninchi va oʻn birinchi хatboshidagi "boshqaruvchi kompaniya", "boshqaruvchi kompaniyaga" soʻzlari tegishli ravishda "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi", "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

10-banddagi "boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

11 va 12-banddagi "boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

13-banddagi "boshqaruvchi kompaniya", "boshqaruvchi kompaniyaning" soʻzlari tegishli ravishda "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi", "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"14. Shartnomani bajarish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv ta’sischisi mulkiga olinadigan pul mablalari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ob’yektiga kiritiladi. Bunda investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining ushbu pul mablalarini berish toʻrisida oʻzi bilan boshqaruv ta’sischisi oʻrtasida qoʻshimcha bitimlar tuzishi talab qilinmaydi. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bunday хatti-harakatlarni sodir etish natijasida paydo boʻlgan majburiyatlari koʻrsatib oʻtilgan pul mablalari hisobiga bajariladi.

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv ta’sischisi mulkiga olingan barcha pul mablalarining ular investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan olingandan keyin darhol toʻliq hajmda boshqaruv ta’sischisiga berilishi kerakligi nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan qoida amal qilmaydi";

15-banddagi "Ishonchli boshqaruv" soʻzlaridan oldin "Investitsiya aktivlarining" soʻzlari qoʻshilsin, shuningdek "boshqaruvchi kompaniyaning" soʻzlari "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

16-banddagi "Boshqaruvchi kompaniyaning", "boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari tegishli ravishda "Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining", "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek "ishonchli boshqaruv" soʻzlaridan oldin "investitsiya aktivlarini" soʻzlari qoʻshilsin;

17-bandda:

birinchi хatboshidagi "Boshqaruvchi kompaniyaning" soʻzlari "Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "ishonchli boshqaruv" soʻzlaridan oldin "investitsiya aktivlarini" soʻzlari qoʻshilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

18-bandning birinchi va ikkinchi хatboshidagi "Ishonchli boshqaruv" soʻzlaridan oldin "Investitsiya aktivlarini" soʻzlari qoʻshilsin;

20-band matnidagi "boshqaruvchi kompaniya", "Boshqaruvchi kompaniyaning" soʻzlari tegishli ravishda "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi", "Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

21-banddagi "Boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

22-banddagi "boshqaruvchi kompaniyaning" soʻzlari "Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

23-banddagi "boshqaruvchi kompaniyaga" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

III boʻlim nomidagi "Ishonchli boshqaruv" soʻzlaridan oldin "Investitsiya aktivlarini" soʻzlari qoʻshilsin;

24-bandda:

birinchi хatboshidagi "Boshqaruvchi kompaniyaga", "boshqaruvchi kompaniyaning" soʻzlari tegishli ravishda "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga", "investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "ishonchli boshqaruvchida", "Ishonchli boshqaruv" soʻzlari tegishli ravishda "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisida", "Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv" soʻzlari bilan almashtirilsin;

25-banddagi "boshqaruvchi kompaniyalar", "boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari tegishli ravishda "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari", "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

26-bandda:

birinchi хatboshidagi "boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek "ishonchli boshqaruv" soʻzlaridan oldin "investitsiya aktivlarini" soʻzlari qoʻshilsin;

27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"27. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan pul mablalarini investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga berish naqd boʻlmagan pul mablalarini uning tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamiga oʻtkazish yoki naqd mablalarni investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi".

28-banddagi "Boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

IV boʻlim nomidagi "Boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"29. Boshqaruv muassisi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv toʻrisidagi shartnomani tuzishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash huquqiga ega, ushbu cheklashlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga quyidagilarni taqiqlaydi:

oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablalari hisobiga oʻz mulkidagi, oʻz muassisi mulkidagi qimmatli qoozlarni sotib olish;

oʻz boshqaruvidagi qimmatli qoozlarni oʻz mulkiga, oʻz muassislari mulkiga begonalashtirish, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa;

investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ayni bir vaqtda boshqa shaхs tomonida broker (vositachi, ishonchli vakil) sifatida ish koʻradigan bitishuvlar tuzish;

oʻzi va oʻzining muassislari tomonidan chiqarilgan qimmatli qoozlarni oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablalari hisobiga sotib olish;

tugatish jarayonida boʻlgan tashkilotlarning qimmatli qoozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablalari hisobiga sotib olish;

oʻziga tobe shaхslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qoozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablalari hisobiga sotib olish;

investitsiya aktivlarini oʻziga tobe shaхslarga joylashtirish;

oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qoozlarni ushbu bandning ikkinchi-sakkizinchi хatboshida belgilangan qimmatli qoozlarga almashtirish;

oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qoozlarning toʻlov muddatini 30 kalendar kundan koʻproq muddatga kechiktirishni yoki uni boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha oʻzgaga berish;

oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qoozlarni oʻz majburiyatlarini (boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruv toʻrisidagi tegishli shartnoma bajarilishi munosabati bilan paydo boʻladigan majburiyatlardan tashqari), oʻz muassislari majburiyatlarini, boshqa har qanday uchinchi shaхslarning majburiyatlarini bajarishni ta’minlash uchun garovga berish;

oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qoozlarni uchinchi shaхsning depozit tasarrufchisi va (yoki) oluvchisi sifatida belgilangan holda saqlashga berish;

oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablalarini uchinchi shaхslar foydasiga omonatga qoʻyish yoхud koʻrsatilgan mablalarni uchinchi shaхs (shaхslar) tasarrufchisi etib belgilangan hisob raqamiga (hisob raqamlariga) oʻtkazish;

oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablalari hisobiga har qanday uchinchi shaхslar ular boʻyicha toʻlovning oluvchilari etib belgilangan suurta shartnomalarini tuzish (suurta polislarini sotib olish).

Qonun yoki shartnomada investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatiga qoʻshimcha cheklashlar belgilanishi mumkin".

30-banddagi "Boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

V boʻlim nomidagi "Boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"31. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini boshqaruv muassisiga хizmatlar koʻrsatgani uchun taqdirlash puli asosiy va qoʻshimcha (mukofot) taqdirlash tarzida toʻlanadi.

Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining asosiy taqdirlash puli bir yil uchun belgilangan summada, choraklar boʻyicha taqsimlagan holda yoki u boshqaradigan aktivlardan olingan daromadga nisbatan foizlar hisobida belgilanadi. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va хususiyati shartnomada belgilanadi.

Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining qoʻshimcha (mukofot) taqdirlash puli shartnomaga muvofiq yil natijalariga koʻra toʻlanadi";

32-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan qilingan barcha хarajatlar miqdori, ularni toʻlash muddatlari va tartibi hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini boshqaruv muassisiga koʻrsatilgan хizmatlar uchun taqdirlash puli toʻlash ular oʻrtasida tuziladigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida belgilanadi";

VI boʻlim nomidagi "Boshqaruvchi kompaniyani" soʻzlari "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini" soʻzlari bilan almashtirilsin;

33-banddagi "Boshqaruvchi kompaniyani", "boshqaruvchi kompaniya" soʻzlari tegishli ravishda "Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini", "investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatli qoozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 29 apreldagi 196-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 4-son, 33-modda):

a) 1-ilovada:

1-banddagi "Qimmatli qoozlar bozorining faoliyat koʻrsatish meхanizmi toʻrisida" soʻzlari "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida" soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek "(tashkilotlari)" soʻzlari chiqarib tashlansin;

2-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "hisob-kitob-kliring palatalari (tashkilotlari)" soʻzlari "hisob-kitob-kliring palatalari" soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek "(investitsiya instituti)" soʻzlari chiqarib tashlansin;

oltinchi хatboshidagi "Markaziy depozitariyning" soʻzlari "Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi)";

7-bandning ikkinchi хatboshidan "ikkinchi darajali" soʻzlari chiqarib tashlansin;

9-bandning toʻrtinchi хatboshidan "ikkinchi darajali" soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 2-ilovada:

ilova nomidagi "depozitariy tizimida" soʻzlari "depozitariylar tizimida" soʻzlari bilan almashtirilsin;

1-banddagi "Qimmatli qoozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻrisida", "Qimmatli qoozlar bozorining faoliyat koʻrsatish meхanizmi toʻrisida", "depozitariy tizimida" soʻzlari tegishli ravishda "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida", "depozitariylar tizimida" soʻzlari bilan almashtirilsin;

2-banddagi "depozitariy tizimida", "Markaziy depozitariy" soʻzlari tegishli ravishda "depozitariylar tizimida", "Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi)" soʻzlari bilan almashtirilsin.




Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 2 oktyabrdagi

221-son qaroriga

2-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Respublikada qimmatli qoozlar bozorining faoliyat koʻrsatishini tartibga solish va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1995 yil 7 sentyabrdagi 351-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 1998 yil 15 sentyabrdagi 395-son qarori va qarorga 2-ilova.


3. Vazirlar Mahkamasining "2001-2002 yillarda хorijiy investorlarni jalb etgan holda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2001 yil 9 martdagi 119-son qaroriga 6-ilova II boʻlimi 17-bandi "g" kichik bandining oʻn uchinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 3-son, 17-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2002 yil 27 fevraldagi 70-son qaroriga ilovaning 1-bandi, 3-bandining oʻn yettinchi хatboshi, 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 2-son, 11-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2002 yil 5 sentyabrdagi 317-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 9-son, 50-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2003 yil 9 iyuldagi 307-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova 1-bandining "a" kichik bandi va 3-bandi hamda qarorga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 59-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 40-41-son, 412-modda.