Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.10.2008 y. 230-son "Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.10.2008 y.

N 230


MEHRIBONLIK UYI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psiхologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalari hosil qilishiga va jamiyatga uyunlashuviga koʻmaklashish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar yili" Davlat dasturi toʻrisida" 2008 yil 29 fevraldagi PQ-805-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Mehribonlik uyi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

uch oy muddatda Mehribonlik uylari faoliyatini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiqlashtirsin;

Mehribonlik uylari faoliyati muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha sutkalik maqbul me’yorlarini tasdiqlasin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Ta’lim muassasalari haqidagi nizomlarni tasdiqlash toʻrisida" 1995 yil 18 fevraldagi 59-son qarori 1-bandining toʻrtinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 2-son, 5-modda) va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 43-son, 435-modda.