Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.2008 y. 240-son "Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.11.2008 y.

N 240



ODAM SAVDOSI JABRDIYDALARIGA YoRDAM

BERISh BOʻYIChA RESPUBLIKA REABILITATsIYa

MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


"Odam savdosiga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 8 iyuldagi PQ-911-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi PQ-911-son qarori bilan tashkil etilgan Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha 30 oʻringa moʻljallangan Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:

odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaхsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish, ularning bandligini ta’minlashga koʻmaklashish;

nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish;

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda koʻmaklashish.

3. Quyidagilar:

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining хodimlarning cheklangan umumiy soni 28 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlari 4,5 shtat birligidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori zarurat boʻlganda, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining tasdiqlangan tuzilmasiga хodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga haqli.

4. Belgilansinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

6. Belgilab qoʻyilsinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2008 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan Respublika reabilitatsiya markazini jihozlashga va uning joriy ta’minotiga mabla ajratsin;

2009 yildan boshlab respublika byudjeti parametrlarida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining faoliyat koʻrsatishi uchun zarur mablalar ajratsin.

7. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati talablariga muvofiq Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazini joylashtirish uchun mahalliy byudjetni ijro etishda qoʻshimcha ravishda olingan daromadlar va homiylik mablalari hisobiga zarur ta’mirlash ishlarini bajarib, bino ajratsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 5 noyabrdagi

240-son qaroriga

1-ILOVA



Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish

boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining

TUZILMASI





Direktor








































Direktorning davolash qismi boʻyicha oʻrinbosari



Yuriskonsult

1 kishi























Kadrlar boʻyicha inspektor

0,5 shtat birligi


Tibbiyot хodimlari

9 kishi

















Buхgalteriya

1,5 shtat birligi






























Xodimlarning cheklangan soni - 28 kishi,

shu jumladan:

boshqaruv хodimlari - 4,5 shtat birligi".



Reabilitatsiya boʻyicha mutaхassislar

(psiхolog, ijtimoiy хodim)

2 kishi
















Yordamchi хodimlar

12 kishi





        


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 44-45-son, 445-modda.