Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Aholi punktlarini borish kiyin boʻlgan va togʻli hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (AV tomonidan 11.11.2008 y. 1868-son bilan roʻyхatga olingan 14.10.2008 y. MV 101-son, "Yergeodezkadastr" qoʻmitasi 113-son, DSQ 2008-43-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 11 noyabrda 1868-son

bilan roʻyхatga olingan

Moliya vazirligi, Yer resurslari,

geodeziya, kartografiya va davlat

kadastri davlat qoʻmitasi,

Davlat soliq qoʻmitasining

2008 yil 14 oktyabrdagi

101, 113, 2008-43-son qarori bilan

TASDIQLANGAN


Aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va toli

hududlar tarkibiga kiritish tartibi toʻrisida

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi "Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatiga olish va hisobga qoʻyishning хabardor qilish tartibini joriy etish toʻrisida"gi PQ-357-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 20-21-son, 174-modda) va 2007 yil 12 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi PQ-744-sonli qarorlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52-son, 534-modda) muvofiq borish qiyin boʻlgan va toli hududlarda tashkil etilayotgan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojlarini undirish, shuningdek mazkur aholi punktlarida oʻz faoliyatlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun belgilangan yagona soliq toʻlovlarining tabaqalashgan tizimini qoʻllash maqsadida aholi punktlarini borish qiyin boʻlgan va toli hududlar tarkibiga kiritish tartibini belgilaydi.


1. Quyidagi qishloq aholi punktlari borish qiyin boʻlgan hududlar tarkibiga kiradi:

a) yaqin joylashgan tuman markazlari va shahar chegaralaridan 50 kilometrdan ortiq masofada joylashgan hududlar;

b) mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan tumanlar chegarasida joylashgan hududlar.


2. Mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida koʻrsatilgan tumanlar chegarasidagi dengiz sathidan 1000 metr balandlikdagi zonalarda joylashgan qishloq aholi punktlari toli hududlarda joylashgan hisoblanadi.


3. Aholi punktlarining uzoqligini aniqlashda, masofasi yaqin joylashgan tuman markazi yoki shahar chegarasidan to qishloq, shaharcha va ovul chegarasigacha boʻlgan eng yaqin avtomobil yoʻllari boʻylab hisoblangan masofa qabul qilinadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari "Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan aholi punktlari chegaralaridan kelib chiqib, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli iqtisodiyot va moliya hamda soliq organlari bilan kelishilgan holda, borish qiyin boʻlgan va toli hududlarda joylashgan aholi punktlarining roʻyхatini mazkur Yoʻriqnoma 1-bandining a) kichik bandi va 2-bandiga muvofiq ravishda tasdiqlaydilar hamda roʻyхatdan oʻtkazuvchi va soliq organlariga yuboradilar.

5. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan.





Yoʻriqnomaga

1-ILOVA



Borish qiyin boʻlgan tumanlar

ROʻYXATI

T/r

Tumanlar nomi


QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

1.

Qonlikoʻl


2.

Muynoq


3.

Shumanay


JIZZAX VILOYaTI

1.

Forish


QAShQADARYo VILOYaTI

1.

Dehqonobod


NAVOIY VILOYaTI

1.

Tomdi


2.

Uchquduq


FARONA VILOYaTI

1.

Soʻх






Yoʻriqnomaga

2-ILOVA



Dengiz sathidan 1000 metr balandlikdagi

zonalar mavjud tumanlar

ROʻYXATI

T/r

Tumanlar nomi


JIZZAX VILOYaTI

1.

Baхmal


2.

allaorol


3.

Zomin


4.

Yangiobod


NAMANGAN VILOYaTI

1.

Pop


2.

Yangiqoʻron


QAShQADARYo VILOYaTI

1.

Yakkabo


2.

Qamashi


3.

Kitob


4.

Shahrisabz


SAMARQAND VILOYaTI

1.

Qoʻshrabot


2.

Urgut


SURXONDARYo VILOYaTI

1.

Denov


2.

Boysun


3.

Oltinsoy


4.

Qumqoʻron


5.

Sariosiyo


6.

Uzun


7.

Sherobod


TOShKENT VILOYaTI

1.

Ohangaron


2.

Boʻstonliq


FARONA VILOYaTI

1.

Farona


       

        

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 46-son, 458-modda.