Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.11.2008 y. 256-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.11.2008 y.

N 256



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining

kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion

faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"

2008 yil 16 oktyabrdagi PQ-986-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 16 oktyabrdagi PQ-986-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki oʻz Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 25 noyabrdagi

256-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 19 apreldagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 4-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuvchi kengashi toʻrisidagi Namunaviy nizomning 1-bandida:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Ushbu Nizomning amal qilishi aksiyadorlik tijorat banklariga tatbiq etilmaydi";

ikkinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.

3. Vazirlar Mahkamasining "Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan Tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻrisida" 2000 yil 11 iyuldagi 265-son qarori 1-bandining toʻrtinchi va beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin.






Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 25 noyabrdagi

256-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 iyuldagi 265-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2001 yil 19 fevraldagi 83-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 19 fevraldagi 83-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2001 yil 4 iyuldagi 286-son qarori.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 48-son, 476-modda.