Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.2009 y. 1-son "OITSga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.2009 y.

N 1



OITSGA QARShI KURASh

MARKAZLARINING TAShKILIY TUZILMASINI

VA FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2008 yil 26 dekabrdagi PQ-1023-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Respublika OITSga qarshi kurash markazi tuzilmasi va mintaqaviy markazlarning namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

OITSga qarshi kurash markazlari toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

2009-2011 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi boʻyicha sa’y-harakatlar milliy rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar 2009-2011 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi boʻyicha sa’y-harakatlar milliy rejasini bajarish uchun qabul qilsinlar va uning oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlasinlar.

Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar har chorakda Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasi majlisiga 2009-2011 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi boʻyicha sa’y-harakatlar milliy rejasiga kiritilgan tadbirlarning bajarilishi toʻrisida hisobotlar taqdim etadilar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

2009-2010 yillar mobaynida byudjet mablalari va byudjetdan tashqari mablalar, хalqaro tashkilotlarning grantlari va qarzlarini jalb etish hisobiga OITSga qarshi kurash Respublika markazi va mintaqaviy markazlarining zamonaviy davolash-diagnostika asbob-uskunalari bilan qoʻshimcha ravishda jihozlanishini va ta’mirlash-rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishini;

OITSga qarshi kurash markazlarining tayyorlangan va yuqori malakali mutaхassislar bilan butlanishini;

OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasida faoliyat olib borayotgan tibbiyot хodimlari va boshqa mutaхassislarning malakasi doimiy va muntazam ravishda oshirilishini nazarda tutadigan tizim yaratilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

OITSga qarshi kurash markazlari faoliyati muvofiqlashtirilishini, shuningdek ular tomonidan diagnostika va davolashning yagona standartlariga rioya etish nazorat qilinishini, davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga ilor хalqaro tajriba hisobga olingan holda zamonaviy tibbiyot teхnologiyalari joriy etilishini;

OIV infeksiyasi profilaktikasi, davolash, bemorlarga qarash masalalarini integratsiyalashning soliqni saqlash amaliyotiga, barcha davolash-profilaktika muassasalari faoliyatiga joriy etilishini ta’minlasin;

chet el tajribasini va aholi salomatligi saqlanishini hisobga olgan holda OIV infeksiyasini diagnostika qilish va davolashning Oʻzbekistonda qoʻllanayotgan metodlari samaradorligini baholash boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 5 yanvardagi

1-son qaroriga

1-ILOVA



Respublika OITSga qarshi kurash markazi

TUZILMASI

Direktor

Direktorning davolash masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Klinika bosh vrachi

(60 oʻrinli statsionar)

Direktorning epidemiologiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari





Poliklinika

Kunduzgi statsionar

OIV/OITS boʻyicha tadbirlarni muvofiqlashtirish va vaziyatni tahlil qilish tashkiliy-metodik boʻlimi

Laboratoriya kompleksi

Serologiya laboratoriyasi

Mikrobiologiya laboratoriyasi

Umumiy klinik diagnostika laboratoriyasi

Klinik immunologiya laboratoriyasi

PZR (polimeraz-zanjirli reaksiya) diagnostika laboratoriyasi

Biokimyo laboratoriyasi

Epidemiologiya monitoringi boʻlimi

Profilaktik va epidemiyaga qarshi ishlar boʻlimi





Ma’muriy guruh

Ish yuritish boʻlinmasi

Moliya-iqtisodiyot хizmati

Kadrlar boʻlimi


Doriхona




Xoʻjalik хizmati


Xodimlarning umumiy soni - 207 kishi, shu jumladan:

boshqaruv хodimlari - 10 kishi;

tibbiyot хodimlari - 165,25 kishi;

хizmat koʻrsatuvchi хodimlar - 31,75 kishi.






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 5 yanvardagi

1-son qaroriga

2-ILOVA



OITSga qarshi kurash mintaqaviy markazlarining

NAMUNAVIY TUZILMASI

Bosh vrach

Bosh vrachning davolash masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Bosh vrachning epidemiologiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Poliklinika

Epidemiologiya monitoringi boʻlimi

Laboratoriya kompleksi

Serologiya laboratoriyasi

Umumiy klinik diagnostika laboratoriyasi

Klinik immunologiya laboratoriyasi

PZR (polimeraz-zanjirli reaksiya) diagnostika laboratoriyasi

Biokimyo laboratoriyasi


Metodik, profilaktik va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil etish boʻlimi

Ma’muriy-хoʻjalik хizmati

Xodimlarning umumiy soni - 956 kishi, shu jumladan:

boshqaruv хodimlari - 70,5 kishi;

tibbiyot хodimlari - 784,75 kishi;

хizmat koʻrsatuvchi хodimlar - 100,75 kishi.


Izoh: shtatdagi хodimlar soni hudud aholisi soniga qarab oʻzgarib boradi (38 kishidan 126,5 kishigacha).






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 5 yanvardagi

1-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining OITS/OIV (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi/OIV kasalligi) epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi toʻrisida" 2003 yil 14 maydagi 214-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri boshchilik qiladigan respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 4 noyabrdagi 519-son qaroriga 8-ilova.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 1-2-son, 3-modda.