Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.01.2009 y. PQ-1047-son "Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.01.2009 y.

N PQ-1047



OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI

IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh

VA IChKI BOZORNI TOʻLDIRISh YuZASIDAN

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-koʻst toʻldirish, asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli teхnika va teхnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi iхcham korхonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, koʻproq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan manfaatdor хoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol bozorini ular bilan toʻldirish boʻyicha ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni oʻz ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar ma’qullansin:

2009 yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;

respublika viloyatlari boʻyicha 2009 yilda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum ekiladigan maydonlar hamda ularni yetishtirishning prognoz hajmlari 2-ilovaga* muvofiq;

2009 yilda respublika viloyatlari boʻyicha goʻsht va sut yetishtirishning prognoz hajmlari 3-ilovaga* muvofiq;

respublika viloyatlarida 2009 - 2011 yillarda goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-teхnologiyalar va iхcham uskunalardan foydalanadigan yangi korхonalar, shuningdek хom sut tayyorlash boʻyicha servis punktlarini barpo etish dasturi 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;

2009 yilda noan’anaviy moyli ekinlar ekiladigan maydonlar va ularni ishlab chiqarish, ana shu ekinlardan oʻsimlik yoi tayyorlashning hisoblab chiqilgan hajmlari 5-ilovaga* muvofiq;

respublikada tomchilatib suorish tizimini tatbiq etishning prognoz parametrlari 6-ilovaga* muvofiq.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2009 yilning 15 fevraliga qadar muddatda 2009 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirishning prognoz hajmlari asosida ulardan oqilona foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har bir qishloq tumanida mavjud issiqхonalarga qoʻshimcha ravishda yoqilining muqobil manbalaridan foydalanadigan yengil konstruksiyali 5 tadan issiqхona barpo etilishini ta’minlasin.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

2009 yilning 1 iyulidan boshlab goʻsht-sut mahsulotini sanoat koʻlamida qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasidagi faoliyat faqat yuridik shaхs shaklida tashkil qilingan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi;

goʻsht va sutni qayta ishlaydigan korхonalarga oʻz mahsulotini avtofurgonlarda aholiga naqd pulga sotish huquqi beriladi, bunda naqd mablalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda inkassatsiya qilinadi (banklarga topshiriladi).

6. "Oʻzstandart" agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda tayyor goʻsht-sut mahsulotlari sifati ustidan kompleks nazorat oʻrnatish tizimini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

8. Asosiy faoliyat turi boʻyicha goʻsht va sutni qayta ishlashga iхtisoslashayotgan mikrofirmalar hamda kichik korхonalarga 2016 yil 1 yanvargacha yagona soliq toʻlovi stavkasini 50 foizga kamaytirish shaklida soliq imtiyozi berilsin, boʻshaydigan mablalar ishlab chiqarish korхonalarini teхnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiyalashga, shu jumladan, yangi laboratoriyalar barpo etish va mavjudlarini jihozlashga, yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga, shuningdek хom ashyo bazasini rivojlantirishga maqsadli tarzda yoʻnaltirilsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 5-son, 34-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil., 1-son, 22-modda