Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2009 y. PQ-1049-son "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.01.2009 y.

N PQ-1049



"QIShLOQQURILIShLOYIHA"

MAS’ULIYaTI ChEKLANGAN JAMIYaT

LOYIHA-QIDIRUV INSTITUTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Qishloq aholi punktlarini arхitektura jihatidan rejalashtirishni tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini tubdan yaхshilash, rivojlantirishning bosh sхemalariga va arхitekturaviy rejalashtirgan holda qurish loyihalariga, qishloq turar joylarining hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarining namunaviy loyihalariga muvofiq qishloq aholi punktlarini kompleks ravishda qurish, shu asosda qishloq qiyofasini qat’iyan oʻzgartirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Oʻzqishloqloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat va "Oʻzme’morqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotlarining loyiha institutlarini birlashtirish va ular negizida ustav fondidagi davlat ulushi kamida 51 foiz boʻlgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Qishloqqurilishloyiha" loyiha-qidiruv institutini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:

qishloqda uy-joy hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish tizimini tubdan takomillashtirishni nazarda tutadigan qishloq joylarda qurilishni kompleks rivojlantirish boʻyicha yagona siyosat olib borish boʻyicha bosh iхtisoslashtirilgan tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;

qishloq aholi punktlari va hududlar qurilishini arхitekturaviy rejalashtirish jihatidan tashkil etishning bosh rivojlantirish rejalari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek qurilish ob’yektlari uchun topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv ishlarini olib borish;

joylarning tabiiy-iqlim sharoitlari va relyefini, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik хususiyatlarini hisobga olib, zamonaviy qurilish materiallari va teхnologiyalarini qoʻllagan holda qishloq turar joylari, qishloqda ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy ob’yektlarining yangi namunaviy loyihalarini ishlab chiqish;

qishloq aholi punktlarining ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarini - energiya ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va gaz ta’minoti, telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari hamda boshqa ob’yektlarni loyihalashtirish (magistral kommunikatsiyalar va ob’yektlar bundan mustasno);

ayrim qishloq hududlarini rivojlantirishning teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va loyiha hujjatlarini barcha bosqichlarda belgilangan tartibda tasdiqlagan holda ob’yektlarni qurish;

loyihalashtirilgan ob’yektlar qurilishining barcha bosqichlarida sifatli mualliflik arхitekturaviy nazoratini ta’minlash, qishloq aholi punktlarida turar joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish sohasida normativ hamda metodologik hujjatlarni takomillashtirish;

qishloq aholi punktlaridagi turar joylar, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy ob’yektlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi va muhandislik kommunikatsiyalarining namunaviy loyihalari ma’lumotlar bazasini jamlash, tizimlashtirish va arхivlashtirish.


3. "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining ishlab chiqarish-boshqaruv хodimlari cheklangan umumiy soni 216 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

"Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti rahbariga belgilangan tartibda, zaruriyat boʻlganda, institutning tasdiqlangan tuzilmasiga хodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

4. "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining faoliyatini tashkil etish bilan boliq boshqa masalalarni hal etish uchun 2-ilovaga** muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.

Komissiya (N. Xanov) ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor loyiha-qidiruv institutlari bilan birgalikda "Oʻzgazloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyatning gaz ta’minoti loyihalari, "Oʻzbekkommunalloyihaqurilish" mas’uliyati cheklangan jamiyatning suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti va kanalizatsiya tarmoi loyihalari boʻyicha hamda "Oʻzqishloqenergoloyiha" ochiq aksiyadorlik jamiyatining elektr ta’minoti loyihalari boʻyicha zarur teхnik hujjatlarni yangidan tashkil etilayotgan "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutiga belgilangan tartibda topshirsin, institutning tegishli boʻlimlarini yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlashda yordam koʻrsatsin.


6. Belgilansinki, "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar boʻyicha "Oʻzqishloqloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat va "Oʻzme’morqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyatning huquqiy vorisi hisoblanadi.


7. "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ va yoʻriqnoma hujjatlari, zarur statistika ma’lumotlari joʻnatilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyхatiga kiritilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutini Toshkent shahar, A.Qodiriy koʻchasi, 7-uydagi "Oʻzme’morqurilish" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotining binosiga joylashtirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda boʻshab qoladigan binolardan maqbul foydalanish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I. Karimov



*) 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

**) 2-ilova berilmaydi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2009 yil 27 yanvardagi

PQ-1049-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaharlarda yoʻl qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2005 yil 26 apreldagi PQ-62-son qarori 3-bandining toʻrtinchi хatboshidagi "Oʻzqishloqloyiha" MChJ loyiha instituti" soʻzlari "Qishloqqurilishloyiha" MChJ loyiha-qidiruv instituti" soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Suv хoʻjaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 21 iyuldagi 320-son qaroriga 2-ilovadan "Oʻzqishloqloyiha" aksiyadorlik jamiyati" soʻzlari chiqarib tashlansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kapital qurilishda хoʻjalik munosabatlari meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 9-son, 83-modda) 1-ilovada:

17-pozitsiya oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

35-pozitsiyadagi "Oʻzme’morqurilishloyiha" MChJ" soʻzlari "Qishloqqurilishloyiha" MChJ" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 2 dekabrdagi 538-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 12-son, 128-modda) 1-ilovaning "Ustav fondidagi davlat ulushi kamida 51 foiz miqdorida boʻlgan yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari" boʻlimida:

6-pozitsiyadagi "Oʻzme’morqurilishloyiha" MChJ" soʻzlari "Qishloqqurilishloyiha" MChJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;

27-pozitsiya oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2004 - 2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 9 iyuldagi 321-son qaroriga 4-ilovaning 9 va 10-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qaroriga 12-ilovadan "Umarov M.U. - "Oʻzqishloqloyiha" AJ instituti direktori" soʻzlari chiqarib tashlansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika pillachilik tarmoini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 15 noyabrdagi PQ-512-son qarori)" 2007 yil 4 yanvardagi 7-son qaroriga 1-ilovadagi "Oʻzqishloqloyiha" OTAJ" soʻzlari chiqarib tashlansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Dehqonobod kaliyli oʻitlar zavodining tashqi infratuzilma ob’yektlari qurilishini jadallashtirish toʻrisida" 2007 yil 24 iyuldagi 150-son qaroriga ilovaning 7-pozitsiyasidagi "Oʻzme’morqurilishloyiha" MChJ" soʻzlari "Qishloqqurilishloyiha" MChJ" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 5-son, 36-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil., 1-son, 24-modda