Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.03.2009 y. 58-son "Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaхs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.03.2009 y.

N 58



QONUN HUJJATLARIDA BELGILANGAN TARTIBDA

FAQAT YuRIDIK ShAXS ShAKLIDA TAShKIL ETILGAN

TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARI TOMONIDAN AMALGA

OShIRILADIGAN FAOLIYaTNING AYRIM TURLARI

ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oziq-ovqat

mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki

bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar

toʻrisida" 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 noyabrdagi 380-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaхs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyхatiga 2009 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi mazmundagi 17 va 18-bandlar qoʻshilsin:

"17. Goʻshtli yarimfabrikatlarni sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va ishlab chiqarish, shuningdek kolbasa mahsulotlari, goʻsht va baliq konservalarini sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarish.

18. Xom sutni sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va sut mahsulotlari (pasterizatsiya qilingan sut, slivka, qaymoq, tvorog, qatiq mahsulotlari), shu jumladan pishloq, brinza, mol yoi, bolalar quruq sut mahsulotlari, sutli bolalar taomlari, quruq sut, muzqaymoq va quyiltirilgan sut ishlab chiqarish".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 10-11-son, 111-modda.