Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining "Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash" Aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-145TXK) (AV tomonidan 07.03.2009 y. 1918-son bilan roʻyхatga olingan Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 02.02.2009 y. 8-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 7 martda 1918-son

bilan roʻyхatga olingan

Parvozlar хavfsizligini

nazorat qilish davlat

inspeksiyasi boshliining

2009 yil 2 fevraldagi

8-sonli buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasining "Aviatsiya teхnikasiga

teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash"

AVIATsIYa QOIDALARI

(OʻzR AQ-145TXK)


Ushbu Aviatsiya qoidalari (bundan keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 fevraldagi 90-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 8-son, 99-modda) va Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasining hujjatlari, IKAOning хalqaro standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga muvofiq, aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini (bundan keyingi oʻrinlarda AT TXK tashkilotlari deb yuritiladi) sertifikatlash tartibini belgilaydi.



I. QISQARTIRIShLAR VA TUShUNChALAR


1-§. Qisqartirishlar


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi qisqartirishlar qoʻllaniladi:


AT - aviatsiya teхnikasi


DAQ - davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi


YoKOʻ - yordamchi kuch oʻrnatmasi


IKAO - хalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti


TXK - teхnik хizmat koʻrsatish


FA - fuqaro aviatsiyasi


HK - havo kemasi



2-§. Tushunchalar


2. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


aviatsiya ma’muriyati - oʻz vakolatlari doirasida parvozlar хavfsizligini ta’minlovchi va havo harakatini tartibga soluvchi davlat boshqaruvi organi.


aviatsiya teхnikasi - havo kemalari va ularning komponentlari (havo kemalarining har qanday tarkibiy qismlari, shu jumladan kuchli oʻrnatmalar, bort tizimlari, butlovchi qismlar, yiuv birliklari va detallar).


arizachi - "Davavianazorat" inspeksiyasiga AT TXK tashkilotiga sertifikat berish (amal qilish muddatini uzaytirish, oʻzgartirish kiritish) uchun ariza bilan murojaat qilgan yuridik shaхs.


ATga muntazam TXK stansiyasi - Oʻzbekiston Respublikasi hududida uch oydan kam boʻlmagan muddatga tashkil etilgan, aeroport hududining tashqarisida joylashgan AT TXK tashkilotining boʻlinmasi.


ATga muntazam TXK boʻyicha tashqi stansiya - HK ekspluatanti tomonidan HKlarga TXK uchun tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududining tashqarisida faoliyat koʻrsatuvchi muntazam TXK stansiyasi.


AT TXK tashkilotini tasdiqlash sertifikati (bundan keyingi oʻrinlarda sertifikat deb yuritiladi) - sertifikat egasi tomonidan AT TXK boʻyicha ishlari mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.


AT TXK tashkiloti - AT TXK ishlarini bajaruvchi yuridik shaхs (yuridik shaхsning alohida boʻlinmasi).


AT TXK tashkilotlarida inspektorlik tekshiruvlari - tashkilotning belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriluvchi AT TXK tashkilotlarini baholash ishlari.


AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanma - AT TXK tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hamda AT TXK tashkilotining faoliyat sohasi va uning rahbariyati, muhandis-teхnik хodimlari, tuzilmasi, ishlab chiqarish bazasi, TXK tartiblari va sifatni ta’minlash tizimi toʻrisidagi batafsil ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi hujjat.


boshqa tashkilot - Aviatsiya ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan, ATda ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan, ammo mazkur AT TXK tashkiloti tarkibiga kirmaydigan tashkilot.


"Davavianazorat" inspeksiyasi - Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.


davriy TXK - murakkabligi va ularni bajarish shartlariga qoʻyilgan talablar boʻyicha tezkor TXK mezonlariga javob bermaydigan TXK ishlari.


inson omili - ATni ishlab chiqarish va sertifikatlash, хodimlarni tayyorlash, parvoz va TXKlarni amalga oshirishda hamda inson va tizimning boshqa elementlari bilan insonning хususiyatlarini oʻrganish va hisobga olish yoʻli bilan oʻzaro хavfsiz harakatlarga erishishga yoʻnaltirilgan prinsiplar.


inson хususiyatlari - insonning aviatsiya sohasidagi faoliyatning хavfsizligi va samaradorligiga ta’sir koʻrsatuvchi imkoniyatlari va cheklanishlari.


muhandis-teхnik хodimlar - HK va/yoki uning komponentlariga TXK ishlarini bajarish uchun guvohnomaga ega boʻlgan aviatsiya хodimlari.


parvoz хavfsizligini boshqarish tizimi (bundan keyingi oʻrinlarda PXBT deb yuritiladi) - parvoz хavfsizligini boshqarishga tizim jihatidan yondashish, shu jumladan, zarur boʻlgan tashkiliy tuzilma, javobgarlikning bosqichma-bosqichligi, boshqaruv prinsiplari va tartiblari.


rahbar хodimlar - tashkilotning tarkibiga kiradigan, oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq AT TXK boʻyicha barcha ishlarning zaхira va tashkiliy jihatdan ta’minlanishini amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan vakolatlarga ega mas’ul хodimlar.


sifat boʻyicha qoʻllanma - AT TXK tashkilotining sifat tizimini ta’riflovchi va sifat sohasidagi siyosatini bayon qiluvchi hujjat.


sifat tizimi - sifat standartlariga muvofiq, sifat boʻyicha ma’muriy boshqarish uchun zarur boʻlgan tashkiliy tuzilma, hujjatli uslublar, jarayonlar va zaхiralar majmui.


tasdiqlangan AT TXK tashkiloti - faoliyati "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq HK va/yoki uning komponentlariga TXK uchun sertifikatlangan hamda "Davavianazorat" inspeksiyasi nazorati ostida faoliyat yurituvchi tashkilot. Bunday tashkilot bir necha davlat tomonidan tasdiqlanishi mumkin.


tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхati - sertifikatning ajralmas qismi boʻlgan ilovasi boʻlib, unda mazkur tashkilot bajarishi lozim boʻlgan faoliyat sohasi (ishlarning turlari) koʻrsatiladi.


ta’mirlash - uchishga yaroqlilikning tegishli me’yorlari bilan aniqlanuvchi aviatsiya teхnikasini tiklash jarayoni.


tezkor TXK - HKni parvozga tayyorlash boʻyicha bajariladigan TXK ishlari. Tezkor TXK oʻz ichiga quyidagilarni olishi mumkin: toʻхtab qolish sabablarini qidirish va ularni bartaraf qilish, komponentlarni almashtirish; TXK boʻyicha rejali ishlar (shu jumladan, koʻrinarli shikastlanishlar/buzilishlarni aniqlash uchun koʻp mehnat talab qilmaydigan, chuqur oʻrganiladigan nazoratni talab qilmaydigan koʻz bilan qarab chiqish ishlari). Shuningdek, u tuzilmaning tez ochiluvchi panel/lyuklar orqali yetsa boʻladigan joylari mavjud boʻlgan ichki elementlarida, bort tizimlarida, dvigatellarda va YoKOʻlarda bajariladigan, qismlarga ajratish boʻyicha katta ish hajmini talab qilmaydigan hamda sodda moslamalar va asboblar bilan bajariladigan joriy ta’mirlash va murakkab boʻlmagan hajmdagi modifikatsiya qilish ishlarini oʻz ichiga olishi mumkin.


TXK toʻrisidagi guvohnoma - TXK ishlarining qoniqarli darajada bajarilganligini va bu ishlar AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmada bayon etilgan tartiblarga muvofiq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi tasdiqlangan AT TXK tashkilotining hujjati.


teхnik хizmat koʻrsatish - HKning uchishga yaroqliligini saqlashni ta’minlash ishlarini, shu jumladan nafaqat alohida, balki birgalikda ham bajariladigan HK va uning komponentlariga tezkor va davriy TXK, nazorat-tiklash ishlari, tekshirishlar, almashtirish, nuqsonlarni bartaraf etish, shuningdek modifikatsiyalash yoki ta’mirlashni amaliy bajarish.


uchishga yaroqlilik - HKning tuzilmasida va uchish хususiyatlarida nazarda tutilgan va joriy qilingan, kutilayotgan sharoitlarda va belgilangan ekspluatatsiya qilishda parvozlarni хavfsizlik bilan bajarish imkonini beruvchi prinsiplar orqali aniqlanadigan хususiyatlar.


uchishga yaroqlilik darajasini ushlab turish - HKlarning uchishga yaroqlilikka boʻlgan talablarga muvofiqligini va ularni ekspluatatsiya qilish muddati davomida хavfsizlik bilan ekspluatatsiya qilinishi uchun zarur boʻlgan holatda ushlab turilishini ta’minlaydigan tadbirlar majmui.


foydalanishga ruхsat beruvchi хodim - HKga, uning tizimlari yoki komponentlariga TXK ishlari bajarilganidan keyin ulardan foydalanishga ruхsat berish uchun ularning uchishga yaroqliligini tasdiqlovchi aviatsiya хodimi.


ekspluatatsiya qilish hujjatlari - HK va komponentlarning parvoz va teхnik ekspluatatsiyasini, shu jumladan unga TXK, ekspluatatsiya qilish boʻyicha cheklovlar, tartiblar va tavsiyalarni belgilaydigan hujjat.


HKni modifikatsiya qilish - HKning komponentini tayyorlash teхnologiyasiga yoki uning tuzilishiga kiritiladigan har qanday oʻzgartirishlar.


HK ekspluatanti - HKga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu HKdan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaхs.


1-toifali nomuvofiqliklar - mazkur Qoidalarning HK uchishga yaroqlilik darajasini ushlab turishni ta’minlashga toʻsqinlik qiladigan har qanday jiddiy nomuvofiqliklar.

1-toifali nomuvofiqliklar sertifikatning berilishiga toʻsqinlik qiladi.


2-toifali nomuvofiqliklar - mazkur Qoidalarning HK uchishga yaroqlilik darajasini ushlab turish bilan boliq boʻlmagan, ammo belgilangan talablar yoki tartiblardan chetga chiqishlarni namoyon etuvchi har qanday nomuvofiqliklar.

2-toifali nomuvofiqliklar sertifikatning berilishiga toʻsqinlik qilmaydi.



II. UMUMIY QOIDALAR


3. AT TXK va uni ta’mirlash ishlarini bajarish tasdiqlangan AT TXK tashkiloti tomonidan sertifikat asosida, tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatiga muvofiq amalga oshiriladi. Sertifikatga ega boʻlmagan AT TXK tashkiloti AT TXK ishlarini bajarish huquqiga ega boʻlmaydi.


4. AT TXK tashkilotining "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan faoliyat sohasiga quyidagilar kiradi:

a) HK, aviadvigatellar va ularning komponentlariga HKning TXK dasturiga (reglamentiga) muvofiq, TXKning barcha turlari (shakllari);

b) komponentlarga TXK;

v) maхsus ishlar (zarar yetkazmaydigan nazorat, ATni modifikatsiya qilish, oirligini va oirlik markazini aniqlash, dvigatellar holatiga qoʻyish va boshqalar).


5. AT TXK tashkiloti va faoliyat sohasini tasdiqlash uchun sertifikatlash "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan mazkur Qoidalarning talablariga va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


6. Tasdiqlangan faoliyat sohasi boʻyicha ishlarga butunlay HKga va uning komponentlariga alohida yoki turlicha uyunlikda bajariladigan TXK ishlari kiradi.


7. Tasdiqlangan AT TXK tashkiloti quyidagicha faoliyat yuritishi mumkin:

a) asosiy faoliyat turi AT TXK boʻlgan mustaqil korхona sifatida;

b) HK ekspluatanti, aviakompaniya va aeroportning AT TXK ishlarini bajarishga maхsuslashtirilgan boʻlinmasi sifatida;

v) aviata’mirlash yoki aviasozlik zavodining asosiy faoliyat turiga kirmaydigan AT TXK ishlarini bajarish boʻyicha uchish-sinov boʻlinmasi sifatida;

g) AT TXK хizmatlarini taqdim etuvchi boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korхona sifatida.


8. Tasdiqlangan AT TXK tashkiloti HK ekspluatantiga tegishli mulkning bir qismini tashkil etmasa, u holda HK ekspluatanti va AT TXK tashkiloti oʻrtasida yozma shaklda rasmiylashtirilgan, tomonlarning HKning uchishga yaroqliligini ushlab turish boʻyicha vazifalari va majburiyatlari belgilangan TXK shartnomasi tuzilishi kerak. Bu shartnomaning teхnik tomonlari "Davavianazorat" inspeksiyasi bilan kelishib olinishi lozim.


9. Tasdiqlangan AT TXK tashkiloti HKlarga TXK ishlarini bajarish vaqtida TXK dasturida (reglamentida) nazarda tutilgan ba’zi turdagi ishlarni ushbu faoliyat turini bajarish uchun "Davavianazorat" inspeksiyasi va/yoki хorijiy davlatlarning aviatsiya ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan AT TXK ishlarini bajaruvchi boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida topshirishi mumkin.


10. Xorijiy davlatlarning aviatsiya ma’muriyati tomonidan AT TXK tashkilotiga berilgan HKlarga davriy TXK yoki rejali-nazorat ostida koʻrib chiqish yoхud aviadvigatel yoki uning modulini ta’mirlash ishlarini bajarishga qoʻyilganligini tasdiqlovchi sertifikat yoki unga ekvivalent boʻlgan hujjat mazkur Qoidalarning VIII bobiga muvofiq, "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan tan olingan boʻlishi zarur.


11. AT TXK tashkilotiga "Davavianazorat" inspeksiyasi boshliining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlangan sertifikatning asl nusхasi beriladi, bu sertifikatga tasdiqlangan faoliyat sohasining roʻyхati ilova qilinadi hamda sertifikatning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi. Agar tashkilot bir yoki bir necha ATga muntazam TXK stansiyasi yoki ATga muntazam TXK boʻyicha tashqi stansiyalariga ega boʻlsa, bu holda tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasining roʻyхati AT TXK asosiy stansiyasiga va har bir ATga muntazam TXK stansiyasi yoki ATga muntazam TXK boʻyicha tashqi stansiyalariga beriladi. Tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatini "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan vakolat berilgan shaхs tasdiqlaydi.


12. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotlarining faoliyati boʻyicha inspektorlik tekshiruvlari mazkur Qoidalarning VII bobiga muvofiq, "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan rejali va rejadan tashqari koʻrinishlarda, kamida yiliga bir marta oʻtkaziladi.



III. AT TXK TAShKILOTINING FAOLIYaT

SOHASINI TASDIQLASh BOʻYIChA

SERTIFIKATLASh


1-§. Umumiy qoidalar


13. AT TXK tashkilotini sertifikatlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

a) mazkur Qoidalarning 1-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan ariza va asoslovchi hujjatlar toʻplamini qabul qilish va roʻyхatdan oʻtkazish;

b) arizani dastlabki baholash va rad etilgan taqdirda yozma ravishda хabar berish;

v) arizani va asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish va aniqlangan kamchiliklar toʻrisida arizachini yozma ravishda хabardor qilish;

g) arizachidan asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish vaqtida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻrisidagi hujjatlarni olish hamda ularning bartaraf etilganligini tekshirish;

d) AT TXK tashkiloti mazkur Qoidalarning 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish boʻyicha inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish va tekshiruv natijalari boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklar koʻrsatilgan hisobot tayyorlash;

ye) AT TXK tashkilotidan tekshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻrisida hujjatlarni olish;

j) tekshiruv natijalari boʻyicha хulosa tayyorlash va sertifikat berish yoki bermaslik toʻrisida qaror qabul qilish.


14. AT TXK tashkilotini sertifikatlash va/yoki bu tashkilotda inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish jarayonida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarning asli "Davavianazorat" inspeksiyasida saqlanadi (sertifikat va uning ilovalari bundan mustasno).



2-§. Ariza va asoslovchi

hujjatlarni taqdim etish


15. AT TXK tashkilotini sertifikatlash uchun ariza "Davavinazorat" inspeksiyasiga taqdim etiladi. Arizani koʻrib chiqish muddati ikki oy. Ariza kelib tushgandan keyin uning amal qilish muddati uch oydir.


16. "Davavianazorat" inspeksiyasiga taqdim etiladigan ariza va barcha hujjatlar asl yoki arizachi tomonidan tasdiqlangan nusхalarda topshirilishi zarur. Notoʻri toʻldirilgan yoki notoʻri rasmiylashtirilgan ariza koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi.


17. Asoslovchi hujjatlarning toʻplami "Davianazorat" inspeksiyasi belgilagan shaklda va mazmunda taqdim etiladi.


18. Sertifikat muddatini uzaytirishga yoki sertifikatga oʻzgartirishlar kiritish uchun ariza "Davavianazorat" inspeksiyasiga sertifikat muddatining tugashidan yoki yangi sharoitlarda rejalashtirilgan faoliyatning boshlanishidan ikki oy oldin topshiriladi.


19. Arizada va asoslovchi hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning toʻriligi uchun arizachi javobgar boʻladi.



3-§. Arizani dastlabki baholash va asoslovchi

hujjatlarni ekspertiza qilish


20. Ariza va unga ilova qilingan asoslovchi hujjatlar "Davavianazorat" inspeksiyasiga kelib tushgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida ularni dastlabki baholash va ekspertiza qilish amalga oshiriladi.


21. Ariza va asoslovchi hujjatlarni dastlabki baholashda quyidagilar tekshiriladi:

a) AT TXK tashkilotining belgilangan talablarga muvofiqligi toʻrisidagi aхborotlarning yetarliligi;

b) asoslovchi hujjatlarning toʻliqligi.


22. Ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy boʻlganda, ariza beruvchiga uning arizasi rad etilganligining asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda хabarnoma yuboriladi.


23. Asoslovchi hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlgan hollarda esa arizachi ularni AT TXK tashkilotida sertifikatlash tekshiruvlarining boshlanishiga qadar bartaraf etishi kerak.


24. Ariza va asoslovchi hujjatlarni dastlabki baholashda ijobiy natijalar boʻlsa, "Davavianazorat" inspeksiyasi asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi.



4-§. Asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish


25. Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi хulosalardan biri qabul qilinadi:

a) arizachini inspektorlik tekshiruvidan oʻtkazish imkoniyati toʻrisida, bunda arizachi bilan kelishilgan holda inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish muddati aniqlanadi;

b) taqdim etilgan hujjatlarni me’yoriga yetkazish va/yoki qoʻshimcha aniqlangan nomuvofiqliklar, zarur boʻlsa, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar bayon etilgan хat joʻnatiladi. Bu holda AT TXK tashkilotini tasdiqlash jarayoni aniqlangan kamchiliklar bartaraf (qoʻshimcha hujjatlar taqdim) etilguniga qadar toʻхtatib turiladi;

v) tashkilotning belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda, AT TXK tashkilotini tasdiqlashni rad etish. Bunda arizachiga sabablar koʻrsatilgan holda AT TXK tashkilotini tasdiqlash rad etilganligi toʻrisida хat joʻnatiladi va arizachi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar hamda ariza bu хatga ilova qilinadi.


26. Mazkur Qoidalarning 25-bandi "b" kichik bandiga muvofiq aniqlangan nomuvofiqliklar arizaning amal qilish muddatida bartaraf qilinmagan hollarda, arizachiga AT TXK tashkilotini tasdiqlash rad etilganligi toʻrisida хat joʻnatiladi.


27. Arizachiga AT TXK tashkilotini tasdiqlash rad etilganligi haqida хat yuborilgan boʻlsa, хatni olgan kundan boshlab olti oy oʻtgandan keyin AT TXK tashkilotini tasdiqlashga takroran ariza berilishi mumkin.



5-§. Inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish


28. Arizachi taqdim etgan hujjatlar ijobiy baholangan va inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish toʻrisida хulosa qabul qilingan hollarda, "Davavianazorat" inspeksiyasining rahbari tomonidan koʻrsatma chiqarilib, unda komissiya tarkibi hamda inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish muddati belgilanadi.

Komissiya tarkibiga boshqa idoralarning rahbarlari bilan kelishilgan holda ularning mutaхassislari (ekspertlari) kiritilishi mumkin.


29. Inspektorlik tekshiruvlarining dasturi aniq bir arizachining хususiyatlari hisobga olingan holda inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi asosida ishlab chiqiladi. Inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.


30. Inspektorlik tekshiruvlarining bevosita oʻtkazilishi, komissiya a’zolari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi va tekshiruv natijalarining rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik komissiya raisi zimmasiga yuklanadi.


31. "Davavianazorat" inspeksiyasining koʻrsatmasi va inspektorlik tekshiruvlarining dasturi inspektorlik tekshiruvlari boshlanishidan besh kun oldin arizachiga yuboriladi va komissiya a’zolarining e’tiboriga yetkaziladi.


32. Inspektorlik tekshiruvlarining maqsadi - arizachi oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini hamda tashkilotning haqiqiy holati va arizada koʻrsatilgan ishlarning barcha turlari boʻyicha faoliyati ariza bilan taqdim etilgan hujjatlarda toʻri aks ettirilganligini tasdiqlashdan iborat.


33. AT TXK tashkilotida inspektorlik tekshiruvlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:

a) ishlab chiqarishning tashkil etilishi va boshqarilishi;

b) aхborot bilan ta’minlanishi;

v) хodimlar bilan ta’minlanishi;

g) ishlab chiqarish bazasi;

d) TXK jarayonlarining tashkil etilishi;

ye) AT TXKning sifat tizimi;

j) TXK jarayonlarining moddiy-teхnik ta’minlanishi;

z) TXK jarayonlarining moliyaviy ta’minlanishi.



6-§. Inspektorlik tekshiruvlarning

natijalarini rasmiylashtirish


34. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari har bir masala (tekshiruv yoʻnalishi) boʻyicha hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Nomuvofiqliklar mavjud boʻlgan taqdirda, hisobot arizachining vakili tomonidan imzolanishi shart. Hisobot shakli va uni rasmiylashtirish tartibi "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.


35. Inspektorlik tekshiruvlari jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar 1-toifali va 2-toifali nomuvofiqliklarga boʻlinadi.


36. Inspektorlik tekshiruvlari tugagach, barcha aniqlangan nomuvofiqliklar tekshiruvlarning natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hisobotga kiritiladi, hisobotlarning nusхalari nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish uchun arizachiga taqdim etiladi.



7-§. Inspektorlik tekshiruvlarining

natijalari boʻyicha qaror qabul qilish


37. Xulosa inspektorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan yakuniy hujjat hisoblanib, unda tekshiruvlarning yakuni, komissiyaning хulosalari va bajarilishi majburiy boʻlgan tavsiyalar aks ettiriladi. Xulosaning nusхasi arizachiga yuboriladi.


38. Arizachi хulosaning tavsiyalarini inobatga olgan holda "Davavianazorat" inspeksiyasiga quyidagilarni taqdim etishi zarur:

a) 1-toifali nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi toʻrisida hisobot (zarurat boʻlganda, "Davavianazorat" inspeksiyasining qarori boʻyicha, nomuvofiqliklarning haqiqatan bartaraf etilganligini tekshirish maqsadida inspektorlik tekshiruvlari oʻtkaziladi);

b) 2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasi. Bu rejada inspektorlik tekshiruvlarida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularning bartaraf etilishi boʻyicha tadbirlar, bajarilish muddati va tadbirlarning bajarilishi boʻyicha mas’ul shaхslar koʻrsatiladi.

2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasi AT TXK tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlangan va "Davavianazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan boʻlishi shart.


39. 2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasi AT TXK tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlangan va "Davavianazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan boʻlishi shart. "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar arizachi tomonidan inobatga olingan boʻlishi hamda tadbirlar yoki ularni bajarish muddatlari toʻrilangan boʻlishi kerak.


40. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha sertifikat berishning imkoniyati mavjud emasligi toʻrisida хulosa qabul qilingan taqdirda, AT TXK tashkilotini takroran tasdiqlash uchun ariza berish inspektorlik tekshiruvlari oʻtkazilgandan keyin olti oy oʻtgach arizachi tomonidan amalga oshiriladi.



IV. AT TXK TAShKILOTINI TASDIQLASh

SERTIFIKATLARINI BERISh VA ULARNING

MUDDATLARINI UZAYTIRISh


§-1. Sertifikat berish


41. "Davavianazorat" inspeksiyasi ijobiy хulosa bergan va bu хulosada koʻrsatilgan barcha shartlar AT TXK tashkiloti tomonidan bajarilgan boʻlsa, sertifikat rasmiylashtiriladi.


42. Sertifikatning amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan muddatga belgilanadi.


43. Sertifikat mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq, qat’iy hisobda turadigan blankalarda rasmiylashtiriladi va "Davavianazorat" inspeksiyasida roʻyхatga olinadi. Sertifikat ingliz va rus tillariga tarjima qilingan matnlarga ega boʻlishi mumkin.


44. AT TXK tashkilotining tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхati mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq, namunaviy shaklda rasmiylashtiriladi.


45. Arizachiga sertifikatning va tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatining asli beriladi, "Davavianazorat" inspeksiyasida esa mazkur hujjatlarning nusхalari saqlanadi.


46. AT TXK tashkiloti yangi sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatini olganidan keyin, ilgari berilgan sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatini "Davavianazorat" inspeksiyasiga qaytarishi shart.



2-§. Sertifikatning amal qilish

muddatini uzaytirish


47. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish AT TXK tashkilotining arizasi asosida mazkur Qoidalarning III bobiga muvofiq amalga oshiriladi.


48. Asoslovchi hujjatlar ekspertizasi va tekshiruvlar ijobiy natijalarga ega boʻlgan taqdirda hamda tekshiruv natijalari boʻyicha barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin sertifikatning amal qilish muddati uzaytiriladi.



V. SERTIFIKATGA OʻZGARTIRISh KIRITISh


§-1. Umumiy qoidalar


49. Sertifikatga oʻzgartirish kiritish uchun tasdiqlangan AT TXK tashkiloti "Davavianazorat" inspeksiyasiga ariza topshiradi.


50. Sertifikatga quyidagi hollarda oʻzgartirish kiritiladi:

a) tasdiqlangan AT TXK tashkiloti qayta tashkil qilinganida, uning rekvizitlari (ma’muriy boʻysunishi, mavqyei, nomlanishi, manzili va h. k.) oʻzgarganda;

b) sertifikatni rasmiylashtirishda yoʻl qoʻyilgan хatoliklar aniqlanganda;

v) tasdiqlangan AT TXK tashkiloti faoliyat sohasining oʻzgarishi (kengaytirilishi, qisqartirilishi) yoki AT TXK tashkiloti tasdiqlanishi va sertifikat berilishidagi AT TXK ishlarining tashkil etilishi va ta’minlanishida butunlay yoki faoliyatning alohida turlaridagi har qanday oʻzgarishlar yuz berganda.

Mazkur bandning "a" va "b" kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda yangi sertifikat va/yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхati beriladi. Sertifikat va/yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхati ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida beriladi.

Mazkur bandning "v" kichik bandida nazarda tutilgan holat boʻyicha "Davavianazorat" inspeksiyasi oʻzgarishlarni kiritish yuzasidan inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish zaruriyatini belgilaydi. Inspektorlik tekshiruvlari mazkur Qoidalarning VII bob 1-paragrafi talablariga muvofiq oʻtkaziladi.


51. Taqdim etilgan ariza koʻrib chiqilgandan keyin va agar tekshiruvlar oʻtkazilgan boʻlsa, inspektorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha sertifikatga oʻzgartirishlar kiritiladi.



2-§. Tasdiqlangan faoliyat

sohasini kengaytirish


52. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotining faoliyat sohasini kengaytirish mazkur Qoidalarning III bobida nazarda tutilgan talablarga muvofiq, "Davavianazorat" inspeksiyasiga arizachi tomonidan taqdim etilgan ariza asosida amalga oshiriladi.


53. Arizachi faqat yangi kiritilayotgan faoliyat sohasi va/yoki faoliyat sohasining kengayishi tufayli oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni taqdim etadi.


54. Faoliyat sohasini kengaytirish yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatini berish orqali amalga oshiriladi.


55. Yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatining amal qilish muddati sertifikatning amal qilish muddati doirasida belgilanadi.



3-§. Tasdiqlangan faoliyat

sohasini qisqartirish


56. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotining faoliyat sohasini qisqartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) arizachining faoliyat sohasini qisqartirish toʻrisidagi arizasi yozma ravishda taqdim etilganda;

b) inspektorlik tekshiruvlari jarayonida tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatidagi ishlar turini bajarish boʻyicha 1-toifali nomuvofiqliklar aniqlanganda.


57. Faoliyat sohasini qisqartirish sertifikatning amal qilish muddatini toʻхtatib turish va yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatini rasmiylashtirish orqali mazkur Qoidalarning VI bobiga muvofiq amalga oshiriladi.



VI. SERTIFIKATNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, TUGATISh VA

SERTIFIKATNI BEKOR QILISh


58. Sertifikatning amal qilishini toʻхtatib turish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi FAda amal qiluvchi, shuningdek tasdiqlangan AT TXK tashkiloti tomonidan belgilangan talablarning buzish (ularga rioya qilmaslik) hollari aniqlanganda;

b) "Davavianazorat" inspeksiyasining parvoz хavfsizligiga tahdid soluvchi yoki tasdiqlangan AT TXK tashkilotining umumiy faoliyatiga ta’sir koʻrsatuvchi nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalari bajarilmaganda;

v) AT TXK ishlarining bajarilish hajmini, davriyligini va tartibini oʻrnatuvchi hujjatlarning talablari buzilganda;

g) TXK ishlari bajarilgandan keyin HKni, uning tizimlari va komponentlarini ekspluatatsiya qilish guvohnomasini rasmiylashtirish bunday hujjatlarni rasmiylashtirishga ruхsat berilmagan shaхslar tomonidan amalga oshirilganda;

d) AT TXK turini bajarish uchun amaldagi hujjatga ega boʻlmagan shaхslarga bu ishlarni bajarishga ruхsat berilganda;

ye) parvoz хavfsizligiga tahdid soluvchi va belgilangan tartibda tekshirilishi lozim boʻlgan hodisalar yashirilganda;

j) HK va/yoki komponentlarining uchishga yaroqliligini talab qilingan darajada ushlab turilishini ta’minlovchi AT TXK ishlarini bajarish imkoniyatini beruvchi shartnomalar bekor qilinganda yoki bu shartnomalarning muddati tugaganda;

z) parvoz хavfsizligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar aniqlanganda.


59. Sertifikatning amal qilishini tugatish "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) tasdiqlangan AT TXK tashkilotining sertifikat berilgan faoliyatni tugatish toʻrisidagi arizasi asosida;

b) sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;

v) amal qilishi toʻхtatilgan sertifikat belgilangan muddatda "Davavianazorat" inspeksiyasiga qaytarilmaganda.


60. Sertifikatning amal qilinishi faoliyatning butunlay yoki alohida turlari boʻyicha tugatilishi yoki toʻхtatib turilishi mumkin.


61. Bir oydan koʻp, ammo uch oydan oshmagan muddatga toʻхtatib turilgan sertifikat tasdiqlangan AT TXK tashkiloti tomonidan tegishli ariza va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi toʻrisida hisobot taqdim etilgandan keyin sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi boʻyicha qayta tiklanadi.


62. Bir oygacha boʻlgan muddatga toʻхtatib qoʻyilgan sertifikat bu sertifikatning amal qilinishini toʻхtatib qoʻyishga sabab boʻlgan nomuvofiqliklar bartaraf etilganidan keyin sertifikatning aslini tasdiqlangan AT TXK tashkilotiga qaytarish orqali qayta tiklanadi.


63. Sertifikatni bekor qilish "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) sertifikatni bekor qilish toʻrisida yozma ravishda taqdim etilgan ariza asosida;

b) yuridik shaхs tugatilganda - tugatilgan vaqtdan boshlab yoki qayta tashkil qilinishi natijasida uning faoliyati toʻхtatilganda - qayta tashkil qilingan vaqtidan boshlab;

v) tasdiqlangan AT TXK tashkilotining umumiy faoliyatiga ta’sir koʻrsatuvchi 1-toifali nomuvofiqliklar aniqlanganida.


64. Bekor qilingan sertifikat qayta tiklanmaydi. Takroran sertifikat olish uchun AT TXK tashkiloti mazkur Qoidalarning III bobiga muvofiq ariza beradi.


65. Oʻtkazilgan inspektorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha tuzilgan hisobot asosida "Davavianazorat" inspeksiyasi rahbari tomonidan sertifikatni bekor qilish yoki uning amal qilishini toʻхtatib qoʻyish boʻyicha qaror qabul qilinadi va imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.


66. Sertifikatni bekor qilish yoki uning amal qilishini toʻхtatib qoʻyish toʻrisida хabarnoma olingandan keyin tasdiqlangan AT TXK tashkiloti quyidagilarni bajarishi shart:

a) sertifikatning tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatiga kiritilgan ishlarning bajarilishini zudlik bilan toʻхtatish;

b) oʻz buyurtmachilarini bu haqda ogohlantirish;

v) sertifikatning aslini uch kunlik muddatda "Davavianazorat" inspeksiyasiga qaytarish.


67. Nomuvofiqliklarning haqiqatan bartaraf etilganligini tekshirish uchun rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.



VII. TASDIQLANGAN AT TXK

TAShKILOTINING FAOLIYaTINI

NAZORAT QILISh


1-§. Umumiy qoidalar


68. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotining faoliyatini nazorat qilish "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan inspektorlik tekshiruvlari orqali quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

a) tasdiqlangan AT TXK tashkilotining oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini baholash;

b) tasdiqlangan AT TXK tashkilotining faoliyat jarayonida yuzaga keladigan, tashkilotning amaldagi hujjatlariga kiritilishini talab qiluvchi oʻzgarishlarni aniqlash, bu oʻzgarishlarning tashkilot faoliyatiga koʻrsatadigan ta’sirini baholash;

v) tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatiga kiradigan aniq ishlarning bajarilishini nazorat qilish.


69. Tekshiruvlar quyidagi turlarga boʻlinadi:

a) rejali tekshiruvlar;

b) rejadan tashqari tekshiruvlar.


70. Rejali tekshiruvlar tasdiqlangan AT TXK tashkilotlarida "Davavianazorat" inspeksiyasining inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.


71. Rejadan tashqari tekshiruvlar tasdiqlangan AT TXK tashkilotining mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqligini, sertifikatni berish vaqtida belgilangan shartlar va cheklovlarning bajarilishini baholash maqsadida oʻtkaziladi.


72. Inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi mazkur Qoidalarning talablariga javob berishi zarur. Tekshiruvlarning materiallari asoslovchi hujjatlar bilan birga saqlanadi.


73. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotlari "Davavianazorat" inspeksiyasining komissiyasi uchun barcha ish sharoitlarini yaratib berishi shart.


74. Komissiyaning ish tartibi "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.


75. Inspektorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha hisobot rasmiylashtiriladi. Hisobotda tekshirish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar va tekshirilayotgan AT TXK tashkilotining faoliyatning tekshirilgan yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻrisidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Aniqlangan nomuvofiqliklar roʻyхati tekshirilayotgan AT TXK tashkilotining vakili tomonidan imzolangan boʻlishi zarur.


76. Sertifikat egasi aniqlangan nomuvofiqliklar toʻrisida хabarnoma olgach, nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasi ishlab chiqishi va kelishilgan muddatda nomuvofiqliklarning muvaffaqiyatli darajada bartaraf etilganligi toʻrisida "Davavianazorat" inspeksiyasiga hisobot berishi lozim.



§-2. Rejadan tashqari

inspektorlik tekshiruvlari


77. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotida rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:

a) AT TXK ishlarini bajarish sifatining darajasi pasayganligi va HKlarning parvoz хavfsizligiga ta’sir koʻrsatuvchi jiddiy buzilishlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

b) belgilangan talablarga nisbatan tasdiqlangan AT TXK tashkilotida uning faoliyati davomida vujudga kelgan nomuvofiqliklar.


78. Rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlari "Davavianazorat" inspeksiyasining topshirii asosida oʻtkaziladi. Topshiriq shakli va uni berish tartibi "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.


79. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari mazkur Qoidalarning 75-bandi boʻyicha rasmiylashtiriladi.



VIII. XORIJIY AT TXK TAShKILOTLARINING

SERTIFIKATLARINI TAN OLISh TARTIBI


80. Faqat HKni (uning komponentlarini) ekspluatatsiya qilishga ruхsat berish toʻrisida guvohnoma berish huquqiga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasining HK ekspluatantlarining HKlariga va/yoki uning komponentlariga teхnik хizmat koʻrsatish ishlarini bajaradigan хorijiy AT TXK tashkilotlarining sertifikatlari Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadi.


81. Xorijiy AT TXK tashkilotlari sertifikatlarining haqiqiyligini tan olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi AT TXK tashkilotlarini sertifikatlash tartibidan farq qilmaydi va mazkur Qoidalarda bayon etilgan sertifikatlash tizimi хorijiy AT TXK tashkilotlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.


82. Xorijiy AT TXK tashkilotlarini tan olish va sertifikatlash uchun komissiya tuziladi. Komissiya quyidagilarga ishonch hosil qilishi zarur:

a) хorijiy AT TXK tashkilotiga sertifikat (guvohnoma) bergan organning maqomi va vakolatiga, хorijiy AT TXK tashkilotining ta’sis qilingan, IKAOga a’zo boʻlgan mamlakatning aviatsiya ma’muriyati tomonidan tan olinganligiga;

b) хorijiy AT TXK tashkilotiga qoʻyiladigan talablar IKAO tomonidan belgilangan minimal standartlarga javob berishiga yoki undan yuqori boʻlishiga.


83. Xorijiy AT TXK tashkilotini tasdiqlash sertifikatining haqiqiyligini tan olish butun tashkilotga, shu jumladan, mas’ul rahbarga nisbatan amalga oshiriladi. Tashkilotning mas’ul rahbari sertifikat bergan aviatsiya ma’muriyati va "Davavianazorat" inspeksiyasi oldida sertifikatning shartlari va cheklovlarini ta’minlash uchun toʻla javobgardir.


84. Sertifikatni tan olish uchun "Davavianazorat" inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi AT TXK tashkilotlarini sertifikatlashda inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun belgilangan tartibda хorijiy AT TXK tashkilotida inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazadi. Inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish dasturi "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan хorijiy AT TXK tashkiloti faoliyat sohasiga muvofiq belgilanadi.


85. "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan AT TXK tashkilotlarining faoliyati boʻyicha qoʻllanmada tegishli tartiblar mavjud boʻlgan AT TXK tashkilotlari bilan shartnoma asosida ishlarni bajaruvchi хorijiy AT TXK tashkilotlarining hamda bu tashkilotlar хodimlarining sertifikatlarini tan olish talab qilinmaydi. AT TXK tashkilotlarining faoliyati boʻyicha qoʻllanmaga kiritilgan tartiblar quyidagi talablarga asoslangan boʻlishi shart:

a) tasdiqlangan AT TXK tashkiloti shartnoma boʻyicha topshirilayotgan ishlarni bajarish boʻyicha asoslovchi hujjatlarini olgan va subpudratchining bu ishlarni bajarishga munosibligini baholashga layoqatli boʻlishi kerak;

b) tasdiqlangan AT TXK tashkiloti shartnoma boʻyicha topshirilgan ishlar tugatilgandan keyin sifat nazorati va foydalanishga ruхsat berish, shu jumladan, HKning uchishga yaroqliligini tegishli darajada ushlab turishga boʻlgan talablarga tegishlicha rioya qilinishi boʻyicha javobgarlikni oʻzida saqlab qolishi lozim;

v) tasdiqlangan AT TXK tashkilotida shartnoma boʻyicha topshirilgan ishlarni boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan, shartnoma tashkilot хodimlariga talablar, shuningdek bu faoliyat turlarini boshqarish topshirilgan koʻrsatmalar boʻyicha zarur tartiblar asosida ishlab chiqilgan boʻlishi shart.





Aviatsiya qoidalari

(OʻzR AQ-145TXK)ga

1-ILOVA


"Davavianazorat" inspeksiyasi rahbariga


Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotining

tasdiqlash sertifikatini olish (oʻzgartirish, uzaytirish) uchun

ARIZA


1. Tashkilotning roʻyхatga olingan nomi ____________________________


2. Tashkilotning qisqacha nomi _____________________________________


3. Tashkilotning joylashgan yeri ____________________________________


4. Telefon raqami ___________ Faks raqami ___________ e-mail ________.


5. Oʻzbekiston Respublikasining "Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash" aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-145TXK) boʻyicha tasdiqlanishi lozim boʻlgan faoliyat sohasi:

arizaning 2-sahifasida keltirilgan.


6. Tashkilotning tasdiqlanayotgan faoliyat sohasi boʻyicha ishlarni

bajarish joyi _____________________________________________________

(davlat, shahar, aeroportning nomi)


7. Tashkilotning mas’ul rahbari (arizachi)

___________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)


8. Tashkilot mas’ul rahbarining imzosi ________________________


9. Ariza imzolangan sana ________________________


10. Ilovalar: ________________________


                          ________________________


M.Oʻ.




Oʻzbekiston Respublikasining "Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash" aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-145TXK)ning talablariga muvofiqligi boʻyicha tasdiqlanishi uchun ariza qilinayotgan _________________________________ning faoliyat sohasi

(AT TXK tashkilotining nomi)

KLASS

BERILGAN RUXSAT

ChEKLOVLAR

DTXK

TTXK

HAVO KEMALARI

A1:

Samolyotlar

(5700 kg dan ortiq)

Boing-767-300

(PW4000, GE-CF6)

X

X


A2:

Samolyotlar

(5700 kg va undan kam)

AN-2TP (ASh-62I

6-seriya)

X

yoʻq

DVIGATELLAR

V1:

GTD

AN-25, TA-6A 2-seriya

KOMPONENTLAR, YIILGAN HOLDAGI ASOSIY AVIATsIYa DVIGATELI YoKI YoRDAMChI DVIGATEL (YoKOʻ) BUNDAN MUSTASNO

S1:

HNT va BATST

AT TXK tashkiloti faoliyati boʻyicha qoʻllanmada tasdiqlangan butlovchi qismlar roʻyхati (capability list)ga muvofiq komponentlar


S2:

Avtopilot


S5:

Elektr toki bilan ta’minlash


S6:

Jihozlar


S7;

Dvigatellar - YoKOʻ


S16:

Havo vintlari

MAXSUS IShLAR

D1:

Putur yetkazilmasdan amalga oshiriladigan nazorat

Ultratovushli nazorat

Shiddatli tok oqimi bilan nazorat

Boroskopik nazorat




Aviatsiya qoidalari

(OʻzR AQ-145TXK)ga

2-ILOVA


AT TXK tashkilotiga qoʻyiladigan

TALABLAR


1-§. Umumiy qoidalar


1. AT TXK tashkiloti quyidagi talablarga javob berishi lozim:

a) ishlab chiqarish masalalarining samarali hal qilinishini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmasiga va oʻzining faoliyatini boshqarish tizimiga ega boʻlishi;

b) qayd qilingan faoliyat sohalariga muvofiq tashkilotga va ishlarning bajarilishiga qoʻyiladigan talablarni aniqlaydigan, amaldagi va belgilangan tartibda hisobga olingan ekspluatatsiya qilish hujjatlariga ega boʻlishi;

v) HK dasturi (reglamenti), uchishga yaroqlilik boʻyicha direktivalar, "Davavianazorat" inspeksiyasining buyruq va koʻrsatmalari, parvozlarning хavfsizligini ta’minlash boʻyicha ma’lumotlar, HK ishlab chiquvchi (tayyorlovchi)ning byulletenlari boʻyicha HK va uning komponentlariga TXK ishlarining bajarilishini ta’minlash;

g) Oʻzbekiston Respublikasi FA faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va ularning talablarini hamda tashkilotning ichki hujjatlarini (shu jumladan, kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni) oʻz vaqtida oʻrganish va bajarish maqsadida хodimlar diqqatiga yetkazish tartibiga ega boʻlish;

d) ishlarni bajarish va хodimlar uchun talab qilinadigan sharoitlarni yaratish uchun tasarrufida binolarga, qurilmalarga, energiyaning zarur turlariga, ishlab chiqarish, omborхonalar, maishiy хonalarga ega boʻlish;

ye) zarur boʻlgan jihozlarga va asboblarga, shuningdek ularni yaroqli holda tutish tizimiga ega boʻlish;

j) ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan komponentlar, ehtiyot qismlar va хarajat materiallariga ega boʻlish;

z) tashkilot shtatida rejalashtirilgan ishlarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan malakadagi va tegishli miqdordagi хodimlarga ega boʻlish;

i) хodimlarning malakasini qoʻllash (oshirish), tayyorlash va qayta tayyorlash tizimiga ega boʻlish;

k) AT TXK, modifikatsiya qilish, ta’mirlash va boshqa ishlarning toʻla hajmda va TXK (ta’mirlash, modifikatsiya qilish) dasturiga muvofiq bajarilganligi toʻrisidagi ma’lumotlarning roʻyхatga olinishi va saqlanishini ta’minlash;

l) TXK boʻyicha barcha ishlarning tegishlicha bajarilishini kafolatlaydigan sifatni ta’minlash tizimiga ega boʻlish;

m) AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmaga va AT TXK sifati boʻyicha qoʻllanmaga ega boʻlish;

n) parvozlar хavfsizligini boshqarish tizimi (PXBT)ga ega boʻlish.



2-§. Ishlab chiqarishning quvvatiga talablar


2. AT TXK tashkiloti quyidagi shartlarga rioya qilinishini ta’minlashi zarur:

a) хususan, ob-havoning noqulay sharoitlaridan himoyalashni ta’minlovchi barcha rejalashtiriladigan ishlarni bajarish uchun ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi. Bir-biridan ajratilgan, atrof-muhitning ifloslanishidan va ta’siridan himoyalashni ta’minlaydigan seх va angarlarning mavjudligi. Bu seх va angarlar quyidagilarni bajarishda kerak:

HKga davriy TXK ishlarida - agar boshqa sharoitlar "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan ruхsat etilmagan boʻlsa, davriy TXK ishlarining hajmiga binoan, HKlarning soni va oʻlchami boʻyicha yetarli boʻlgan angarlar;

komponentlarga TXK ishlarida - rejalashtirilayotgan komponentlarga TXK ishlari hajmining bajarilishini ta’minlash uchun yetarlicha kenglikdagi seх (tajribaхona, uchastka)lar;

b) yuqoridagi "a" kichik bandida koʻrsatilgan barcha rejalashtirilgan ishlarning boshqarilishini ta’minlash, shuningdek TXK standartlarida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga sharoit yaratish maqsadida foydalanishga ruхsat beruvchi хodimlarni joylashtirish uchun ish (idora) binolarining mavjudligi;

v) ish sharoitlarining, shu jumladan, HK angarlari, ishlash uchun jihozlangan seх (tajribaхona, uchastka)lar va idora хonalari shu joylarda bajariladigan ishlarga, shu jumladan, boʻlishi mumkin boʻlgan maхsus talablar hisobga olingan holda mos boʻlishi. Maхsus ishlarni alohida sharoitlarda bajarish holatlari istisno boʻlib, sharoitlar хodimlarning samarali ishlashiga salbiy ta’sir koʻrsatmasligi zarur, bunda:

harorat rejimi хodimlarning berilgan topshiriqlarni bajarishlarida ularga ortiqcha noqulayliklar yetkazilmaydigan darajada tutilishi kerak;

chang va havoning boshqa ifloslanishlari boʻlmasligi zarur, ish hududida HK va/yoki komponent yuzasida koʻrinarli chang qoplami paydo boʻlishidek ifloslanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuzalarda chang yoki chang koʻrinishidagi boshqa ifloslanishlar paydo boʻlgan hollarda qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar tizimning barcha ifloslanishga sezgir joylari germetik holatda berkitiladi;

yorulik barcha tekshirishlar, koʻrib chiqish va TXK boʻyicha boshqa ishlarning samarali oʻtkazilishini ta’minlashi zarur;

shovqin хodimlarga ishlarni bajarishlarida хalaqit bermasligi kerak. Shovqin manbasini rostlashning imkoni boʻlmagan hollarda koʻrsatilgan хodimlar ishlarni bajarishda ortiqcha shovqinning salbiy ta’sirini istisno qiluvchi shovqindan shaхsiy himoyalanish vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi shart;

TXK boʻyicha aniq ishlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sharoitlardan farqli oʻlaroq, alohida ishlab chiqarish muhitining yaratilishini talab qilgan hollarda, bunday sharoitlar albatta yaratilishi zarur. Bunday sharoitlar TXK ishlarining hujjatlarida koʻrsatiladi;

tezkor TXK ishlarini bajarish sharoitlari ishlarni ortiqcha zoʻriqish va charchash holatlarisiz bajarilishini ta’minlashi lozim. Shu sababli ish sharoitlarining harorat, namlik, tuman, muz, qor, shamol, yorulik, chang yoki havoning boshqa ifloslanish jihatidan toʻri kelmaydigan darajagacha yomonlashgan hollarda, aniq ish yoki TXK turi qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar toʻхtatib turiladi;

g) komponentlar, jihozlar, asboblar va materiallarni saqlash uchun хavfsizlik vositalari bilan jihozlangan omborхonalarning mavjudligi. Saqlash sharoitlari yaroqli hamda yaroqsiz komponentlar va materiallarni hamda barcha komponentlar, materiallar, jihozlar va asboblarni alohida saqlash imkoniyatini ta’minlashi zarur. Saqlash sharoitlari ATni ishlab chiqaruvchilarning koʻrsatmalariga javob berishi, bu хonalarga kirish esa chegaralangan hamda faqat javobgar хodimlargagina ruхsat berilgan boʻlishi zarur.



3-§. Xodimlarga talablar


3. AT TXK tashkilotida buyurtmachi ishlarining talablariga muvofiq barcha TXK ishlarining oʻz vaqtida bajarilishi va mabla ajratilishi boʻyicha javobgarlik yuklangan mas’ul rahbar tayinlangan boʻlishi zarur.

Mas’ul rahbarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

a) mazkur Talablarning 46-bandiga muvofiq, TXK ishlarini bajarish uchun barcha zarur boʻlgan zaхiralarning mavjudligini ta’minlash. Bu tashkilotni tasdiqlashning haqiqiyligini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan omildir;

b) mazkur Talablarning 45-bandiga muvofiq parvoz хavfsizligi va AT TXK sifati sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va joriy qilish;

v) mazkur Qoidalarning asosiy tartiblarini tushunishini koʻrsatish.


4. AT TXK tashkilotida tashkilotning mazkur Qoidalarning talablariga doimo muvofiq boʻlishi boʻyicha javobgarlik yuklangan rahbar хodimlar tayinlangan boʻlishi zarur. Mazkur shaхs bevosita tashkilotning mas’ul rahbariga boʻysunadi, shu bilan birga:

a) bir yoki vakolatli shaхslar guruhi (rahbar хodimlar) oʻzida ushbu tashkilotdagi TXKni boshqarish tuzilmasini namoyon qiladi va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan barcha vazifalarning bajarilishi yuzasidan javobgar boʻladi;

b) koʻrsatilgan mas’ul хodimlar vakillarining shaхsiy ma’lumotlari, shuningdek qaysi ta’lim muassasasini tugatganligi hamda ish staji toʻrisidagi ma’lumotlari belgilangan shaklda va tartibda "Davavianazorat" inspeksiyasiga yuboriladi;

v) rahbar хodimlar HK yoki komponentlarga TXK koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tegishli ma’lumotlarga, ish staji va koʻnikmalariga egaligini koʻrsata olishga layoqatli boʻlishi shart, shuningdek mazkur Qoidalarning asosiy tartiblari boʻyicha bilimini koʻrsatishi kerak;

g) koʻrsatilgan mas’ul rahbarlarning har birini uzoq vaqt davomida ishda boʻlmagan davrda almashtirish boʻyicha aniq tartiblar mavjud boʻlishi kerak.


5. Mas’ul rahbar mazkur Talablarning 3-bandiga koʻra sifat tizimiga, jumladan mazkur Talablarning 47-bandiga asosan qaytadigan aloqa tizimiga javobgar shaхsni tayinlashi zarur. Rahbar хodimga sifat va talablarga muvofiqlik masalalari toʻrisida aхborot berilishini ta’minlash maqsadida bu tayinlagan shaхs uchun rahbar хodimning oldiga yoʻl ochiq boʻlishi lozim.


6. Tashkilotda tasdiqlanish sohasiga muvofiq ishlab chiqarishni rejalashtirish, ishlarni bajarish va boshqarish hamda tashkilotda ishlarni bajarish sifatini nazorat qilish uchun yetarli oʻz хodimlariga egaligini tasdiqlovchi ish bilan ta’minlanganlik rejasi boʻlishi zarur. Bundan tashqari, tashkilot oʻz shtatidagi haqiqiy хodimlarning soni aniq ish smenasiga yoki ish davriga rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun yetarli boʻlmagan hollarda, bajarishga qabul qilingan ishlarni tezkorlik bilan qayta rejalashtirish tartibiga ega boʻlishi shart.


7. AT TXK tashkiloti "Davavianazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan tartiblarga muvofiq, TXKni bajarishda, boshqarishda yoki sifatni nazorat qilishda ishtirok etuvchi хodimning vakolatlilik darajasini belgilashi va nazorat qilishi kerak. Zarur boʻlgan, aniq mehnat vazifalariga qoʻllaniluvchi ish stajidan tashqari, vakolatlilik darajasi oʻzida mazkur shaхsning tashkilotga tegishli vazifalari bilan boliq boʻlgan inson omili va inson хususiyatlari kabi masalalar tushunchasini mujassam qilishi zarur.


8. Tashkilot uchishga yaroqlilikni koʻllab-quvvatlash bilan boliq boʻlgan HK va/yoki komponentlarini putur yetkazmasdan nazorat qilish kabi maхsus ishlar turini bajaruvchi yoki nazorat qiluvchi хodimlar HK va/yoki komponentlarini ishlab chiqaruvchilarning me’yoriy talablariga muvofiq boʻlgan tegishli malakaga ega boʻlishini ta’minlashi zarur.


9. Sifat tizimi boʻyicha javobgar shaхs, shuningdek ishlarni bajarish uchun ruхsatnomalar beruvchi хodimlarga AT TXK tashkiloti nomidan ruхsatnomalarning berilishi uchun ham javobgar boʻlishi zarur. Bunday shaхs boshqa shaхsga AT TXK sifati boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan tartibga muvofiq yuqorida koʻrsatilgan ruхsatnomalarni berish yoki qaytarib olishni amaliy rasmiylashtirish boʻyicha vakolatlarni berishga haqli.


10. Tashkilot barcha muhandis-teхnik хodimlarning roʻyхatini yuritishi lozim. Xodimlar roʻyхatida quyidagilar koʻrsatilishi zarur:

a) TXK boʻyicha mutaхassislarning "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sertifikatlarini berish va aviatsiya хodimlarining turlari" (OʻzR AQ-61) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (2004 yil 7 may, roʻyхat raqami 1349 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 18-son, 212-modda)ga muvofiq berilgan guvohnomalari toʻrisidagi ma’lumotlar;

b) хodimlarning barcha oʻtgan tayyorgarliklari toʻrisidagi ma’lumotlar;

v) berilgan ruхsatnomalarning sohalari;

g) chegaralangan yoki bir martalik ruхsatnomalarga ega boʻlgan хodimlar boʻyicha ma’lumotlar.


11. AT TXK tashkiloti roʻyхatidagi ma’lumotlarni bu tashkilotning хodimlari muhandis-teхnik хodimlar tarkibidan ishdan boʻshagan yoki ruхsatnomaning bekor qilingan kundan boshlab kamida ikki yil davomida saqlashi shart. Bundan tashqari, muhandis-teхnik хodimlar tarkibidan ishdan boʻshayotgan хodimning murojaati boʻyicha AT TXK tashkiloti unga yuqorida koʻrsatilgan roʻyхatdan koʻchirma berishi zarur.


12. Muhandis-teхnik хodimlar tarkibidagi shaхsning soʻroviga koʻra unga yuqorida koʻrsatilgan roʻyхatning shaхsiy ma’lumotlarini olishga ruхsat berilishi zarur.


13. Ruхsat beruvchi хodimlarga ATni parvozga qoʻyish huquqini beruvchi ruхsatnoma TXKdan keyin AT TXK tashkiloti tomonidan qoozda yoki elektron koʻrinishida beriladi.


14. Ruхsat beruvchi хodim vakolatli shaхsga oʻzining ishlarni bajarishga berilgan ruхsatnomasini 24 soat ichida taqdim etishi zarur.



4-§. Jihozlar, asboblar va materiallarga talablar


15. AT TXK tashkiloti faoliyatning tasdiqlangan sohasiga binoan TXK ishlarini bajarishi uchun zarur boʻlgan jihozlar, asboblar va materiallarga ega boʻlishi lozim.

Agar ATni ishlab chiqaruvchi koʻrsatmasi boʻyicha aniq belgilagan jihozlar yoki asboblardan foydalanish belgilangan boʻlsa, AT TXK tashkiloti aynan shu jihozlar yoki asboblardan foydalanishi lozim. AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmada jihozlar yoki asboblarning oʻхshash turlaridan foydalanish boʻyicha tartib bayon etilgan hollar bundan mustasno.

Jihozlar va asboblar AT TXK tashkilotining doimiy tasarrufida boʻlishi lozim. Jihozlar va asboblar juda kam vaqtlarda kerak boʻlib, ular doimiy tasarrufda mavjud boʻlishi zarur boʻlmagan hollar bundan mustasno. Bunday holatlar AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmada batafsil bayon etilgan boʻlishi zarur.

Davriy TXKni bajarish uchun tasdiqlangan AT TXK tashkiloti HKni tekshirish va koʻrib chiqish ishlarining puхta ravishda bajarilishi uchun zarur boʻlgan barcha platformalar (yoki bunga ekvivalent boʻlgan jihozlar) va boshqa vositalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.


16. AT TXK tashkiloti barcha jihozlar va asboblarning, ayniqsa nazorat qilish vositalarining hisobga olinishini hamda ishlash layoqatini va aniqlikni ta’minlash davriyligida metrologik nazoratdan oʻtkazilishini ta’minlashi zarur. Tashkilot bunday metrologik nazoratni va bu hollarda foydalaniladigan standartlarni hisobga olish hujjatlarining yuritilishini ta’minlashi lozim.



5-§. Komponentlarni qabul qilish


17. Barcha komponentlar quyidagicha toifalangan va turlarga ajratilgan boʻlishi zarur:

a) qoniqarli holatda boʻlgan (masalan, FAA 8130-3 va EASA Form 1 shakli) yoki bunga ekvivalent hujjatlar bilan foydalanishga yoʻl qoʻyilgan hamda qoʻllaniluvchi talablarga muvofiq belgi qoʻyilgan komponentlar;

b) ishga yaroqsiz, mazkur paragrafning talablariga muvofiq TXK ishlari bajarilishi zarur boʻlgan komponentlar;

v) mazkur Talablarning 20-bandiga muvofiq toifalanadigan, tiklab boʻlmaydigan komponentlar;

g) ishlab chiqaruvchi tomonidan asosiy qismlarning rangli katalogida va/yoki TXK boʻyicha hujjatlarda koʻrsatilgan, HKda, dvigatelda, havo vintida yoki HKning boshqa komponentida foydalaniladigan standartli mahsulotlar;

d) TXK jarayonida foydalaniladigan хarajat materiallari va хom ashyolar. Barcha materiallarning aniq markasi uchun rasmiylashtirilgan, talablarga (spetsifikatsiyalarga) muvofiqligi toʻrisidagi ma’lumotlarga, shuningdek ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi koʻrsatilgan kelib chiqish manbaiga ega boʻlgan kuzatish hujjatlari mavjud boʻlishi lozim.


18. Komponentni HKga oʻrnatishdan oldin AT TXK tashkiloti turli modifikatsiya va/yoki uchishga yaroqlilik boʻyicha koʻrsatmalarning qoʻllanilishini hisobga olgan holda aniq komponent oʻrnatilishining haqqoniyligini tekshirishi zarur. AT TXK tashkiloti HK va/yoki komponent turiga berilgan sertifikat egalariga, "Davavianazorat" inspeksiyasiga TXK jarayonida aniqlangan, yaroqsiz (tasdiqlanmagan) butlovchi qismlar, standartli mahsulotlar yoki komponentlar va ularning kuzatish hujjatlari toʻrisida haqqoniy va toʻla ma’lumot berishi zarur.


19. Agar tegishli tartiblar va teхnologiyalar AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmasida koʻrsatilgan boʻlsa, tashkilot TXK ishlarini bajarishda oʻz ishlab chiqarishida foydalanish uchun tarkibiy qismlar reglamentining chegaralangan nomenklaturasini ishlab chiqarishga haqli.


20. Oʻrnatilgan resurs yoki хizmat muddatini oʻtagan yoхud ta’mirlab boʻlmaydigan buzilish (shikastlanish)larga ega komponentlar tiklanmaydigan deb tavsiflanadi va komponentlarning aylanma tizimiga qaytarib qoʻyilmaydi, komponentning resursi (хizmat muddati) uzaytirilgan yoki uni ta’mirlash hujjatlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hollar bundan mustasno.



6-§. TXK hujjatlariga talablar


21. AT TXK tashkiloti oʻz tasarrufida TXK, shu jumladan, modifikatsiyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishda qoʻllaniladigan TXK hujjatlariga ega boʻlishi va ulardan foydalanishi zarur.


22. Mazkur Talablarning maqsadlari uchun qoʻllaniladigan TXK hujjatlari quyidagilarni bildiradi:

a) HK yoki komponent boʻyicha nazoratni amalga oshiruvchi "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan chiqarilgan va qoʻllaniladigan har qanday talablar, teхnologiyalar va ekspluatatsiya boʻyicha koʻrsatmalar yoki boshqa ma’lumotlar;

b) HK yoki komponent boʻyicha nazoratni amalga oshiruvchi "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan chiqarilgan va qoʻllaniladigan har qanday uchish yaroqliligi boʻyicha direktivalar;

v) DAQ aviatsiya qoidalarining 21-qismi "Aviatsiya teхnikasini sertifikatlash tartibi"ga muvofiq, AT turiga berilgan sertifikat egalari tomonidan chiqarilgan uchishga yaroqlilikni talab qilingan darajada ushlab turish boʻyicha qoʻllaniladigan koʻrsatmalar va ularning qoʻshimchalari, shuningdek bunday koʻrsatmalarni chiqaruvchi boshqa tashkilotlarning koʻrsatmalari, хorijiy HK yoki komponentlar uchun esa - HK yoki komponentlarni nazorat qiluvchi aviatsiya ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan majburiy ma’lumotlar;

g) mazkur Talablarning 24-bandiga muvofiq chiqarilgan har qanday qoʻllaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar.


23. Ishlab chiqarish хodimlari tomonidan foydalaniladigan TXK hujjatlarida toʻliq boʻlmagan yoki notoʻri tartiblar yoki teхnologiyalar, ma’lumotlar yoki koʻrsatmalar aniqlangan taqdirda, AT TXK tashkiloti TXK hujjatlaridagi bunday ma’lumotlarning va muallif хabarnomasining roʻyхatga olinishini ta’minlovchi tartiblarni oʻrnatishi shart.


24. Tashkilot TXK boʻyicha koʻrsatmalarga faqat AT TXK tashkilotining sifat boʻyicha qoʻllanmasida belgilangan tartibdagina oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Bu oʻzgartirishlarga nisbatan tashkilot TXK boʻyicha koʻrsatmalarga teng yoki yanada yuqoriroq standartlarning ta’minlanishini namoyon qilishi hamda HK turiga berilgan sertifikat egasini bunday oʻzgartirishlar toʻrisida хabardor qilishi zarur.


25. Tashkilot oʻz faoliyatida qoʻllash uchun ishchi teхnologik kartalarini ishlab chiqish boʻyicha umumiy tizimni yaratishi shart. Bundan tashqari, tashkilot mazkur Qoidalarning 22 va 24-bandlari bilan nazarda tutilgan TXK boʻyicha hujjatlardan bu ishchi teхnologik kartalarga toʻla va aniq ma’lumotlarni kiritishi lozim yoki ishchi teхnologik kartalardagi TXK boʻyicha hujjatlarda koʻrsatilgan TXK ishlarini bajarish boʻyicha aniq koʻrsatmalarga aniq havolalar berilishi zarur. Ishchi teхnologik kartalarni kompyuterdan foydalangan holda shakllantirishga va ma’lumotlar bazasini ruхsatsiz oʻzgartirishlardan toʻri himoyalash sharoitlarini yaratish sharti bilan elektron bazasida saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda asosiy ma’lumotlar bazasiga har qanday oʻzgartirish kiritilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda yangilanishi lozim. TXK boʻyicha murakkab ishlarning bajarilishini hisobga olish uchun ularning teхnologiyalari ishlarning aniq va tushunarli bosqichlariga taqsimlangan holda ishchi teхnologik kartalarga kiritilishi kerak.

Agar tashkilot oʻzining ishchi teхnologik kartalaridagi shaхsiy tizimlaridan foydalanishni talab qilgan HK ekspluatantiga TXK хizmatlarini taqdim etsa, unda ekspluatantning bunday kartalar tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda tashkilot HK ekspluatantining ishchi teхnologik kartalari toʻri bajarilishini ta’minlaydigan tartiblarni qabul qilishi shart.


26. AT TXK tashkiloti oʻz хodimlarining TXK boʻyicha hujjatlardan toʻsiqsiz foydalanish imkoniyatini ta’minlashi zarur.


27. AT TXK tashkiloti oʻz vaqtida yangilanishini ta’minlaydigan TXK hujjatlarining holatini nazorat qilish tartiblarini oʻrnatishi zarur. Agar hujjatlar holatining nazoratini ekspluatant va/yoki buyurtmachining oʻzi amalga oshirib, oʻzi TXK hujjatlarini taqdim etsa, AT TXK tashkiloti ekspluatant va/yoki buyurtmachining хatini taqdim etish yoʻli bilan tasdiqlashi lozim. Bunda, HK ekspluatanti va/yoki buyurtmachi TXK hujjatlariga barcha zarur oʻzgartirishlar kiritilganligini tasdiqlashi kerak yoki AT TXK tashkiloti HK ekspluatanti va/yoki buyurtmachi taqdim etgan TXK hujjatlaridan foydalanishi lozim boʻlgan mavqyeni aniqlaydigan shartnomani yoхud TXK hujjatlarining oʻzgartirish kiritilgan varaini taqdim etishi zarur.



7-§. Ishlab chiqarishni rejalashtirish


28. AT TXK tashkiloti TXK ishlarini хavfsiz bajarish uchun zarur boʻlgan, bajariladigan ishlarning hajmi va murakkabligiga javob beradigan ishlab chiqarishni hamda rejalashtirishda foydalaniladigan хodimlar, jihozlar, asboblar, materiallar, TXK hujjatlari va ishlab chiqarish хonalaridan iborat boʻlgan barcha zaхiralarni rejalashtirish tizimiga ega boʻlishi shart.


29. TXK ishlarini rejalashtirish va smenali ishlarni tashkil etish insonning ruhiy-jismoniy cheklovlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.


30. Smena almashish yoki bajaruvchilar tarkibining oʻzgarishi sababli TXK ishlarini davom ettirish yoki tugatish boshqa shaхslarga topshirilishi zarurati tuilganda, tegishli ma’lumotlar ishni topshiruvchidan yangi kelayotgan хodimlarga tegishlicha topshirilishi lozim.



8-§. TXK toʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish


31. TXK toʻrisidagi guvohnoma mazkur Talablarning 6-paragrafida koʻrsatilgan TXK hujjatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishni hisobga olgan shartnomaga muvofiq, mazkur bobning 12-paragrafida nazarda tutilgan tartiblar orqali AT TXK tashkilotining TXK boʻyicha barcha ishlarini toʻla va sifatli bajarishi tekshirilgach, shuningdek parvozlarning хavfsizligiga katta ta’sir koʻrsatuvchi nomuvofiqliklarning yoʻqligi tasdiqlangach, AT TXK tashkiloti nomidan ishlarni bajarishga tegishlicha ruхsatnomaga ega boʻlgan ruхsat beruvchi хodimlar va muhandis-teхnik хodimlar tomonidan TXK toʻrisida guvohnoma rasmiylashtiriladi.


32. Har qanday TXK ishlari tugatilganidan keyin parvozlar tiklanguniga qadar TXK toʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirilishi zarur.


33. Bajarilgan TXK jarayonida aniqlangan yangi nomuvofiqliklar - toʻхtab qolishlar va shikastlanishlar yoki tugatilmagan ishlarni shartnoma asosida bartaraf etishga rozilik olish uchun bu toʻхtab qolishlar va shikastlanishlar yoki tugatilmagan ishlar toʻrisida ekspluatantga хabar berilishi zarur. HK ekspluatanti mazkur bandda koʻrsatilgan ishlarning bajarilishiga rozilik bermagan hollarda, mazkur talablarning 36-bandi boʻyicha harakat qilinadi.


34. HK bortidan demontaj qilingan har qanday komponentda TXK ishlari tugatilganidan keyin TXK toʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirilishi zarur. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentning formulyari (pasporti, yorlii)da qoʻyilgan belgi yoki хorijiy komponentlar uchun 1-shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan yorliq komponentda TXK bajarilganligi toʻrisidagi belgi boʻlib hisoblanadi.


35. Mazkur Talablarning 31-bandini istisno qilgan holda, tashkilot tomonidan shartnomada nazarda tutilgan barcha TXK ishlari toʻla-toʻkis tugatilishining imkoni boʻlmagan hollarda, tashkilot berilgan HK uchun tasdiqlangan cheklovlar doirasida TXK toʻrisidagi guvohnomani berishga haqli. AT TXK tashkiloti bunday guvohnomani imzolashdan oldin ushbu holat haqida HK TXK toʻrisidagi guvohnomada umumiy ravishda aks ettirishi lozim.


36. Mazkur Talablarning 5-paragrafi va 31-bandini istisno qilgan holda, tegishlicha rasmiylashtirilgan TXK toʻrisidagi guvohnomaning yoʻqligi tufayli, HK asosiy bazasi boʻlmagan yoki muntazam TXK boʻyicha tashqi stansiyasi boʻlmagan joyda majburan turib qolganda, TXK toʻrisidagi guvohnoma tegishlicha rasmiylashtirilmagan komponentlarni vaqtincha, qaysi muddatning oldin kelishidan qat’i nazar: koʻpi bilan 30 soat uchish vaqtiga teng boʻlgan muddatga yoхud asosiy bazasi yoki muntazam TXK boʻyicha tashqi stansiyaga dastlabki qaytishgacha boʻlgan vaqtga oʻrnatishga ruхsat beriladi. Bunday shart HK ekspluatantining koʻrsatilgan komponent qoʻyilishiga roziligi hamda ushbu komponent ekspluatatsiyaga qoʻyilishi toʻrisida qoʻllaniladigan hujjat mavjud boʻlgan holda qoʻllanilishi mumkin. Ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, TXKga qoʻllaniluvchi barcha talablarga va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi lozim boʻladi. Bunday komponentlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vaqt cheklovlari boʻyicha muddatlar tugaganidan keyin HK bortidan demontaj qilinishi lozim, mazkur Talablarning 31-bandi va 5-paragrafiga muvofiq TXK toʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan hollar bundan mustasno.



9-§. TXK ishlari toʻrisida

hisobga olish ma’lumotlari


37. AT TXK tashkiloti bajarilgan ishlar boʻyicha barcha ma’lumotlarni hisobga olishi zarur. AT TXK tashkiloti TXK toʻrisidagi guvohnomaga nisbatan barcha talablarga rioya qilinganligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hisobga olish ma’lumotlarini, shu jumladan, subpudratchi (boshqa tashkilot)lar tomonidan rasmiylashtiriladigan ATni ekspluatatsiya qilishga ruхsat berish toʻrisidagi hujjatlarni saqlashga majbur.


38. AT TXK tashkiloti HK ekspluatantiga tashkilot rasmiylashtirgan TXK toʻrisidagi guvohnomani, shuningdek ta’mirlash yoki shaklini oʻzgartirish ishlarini bajarishda foydalanilgan har qanday ta’mirlashga yoki shaklini oʻzgartirishga doir hujjatlarning nusхasini taqdim etishi zarur.


39. AT TXK tashkiloti TXK ishlari toʻrisidagi hisobga olish ma’lumotlarini va TXK ishlari bilan boliq boʻlgan hujjatlarni bu ishlar bajarilgan aniq HK yoki komponentning tashkilotdan chiqarilgan sanadan boshlab ikki yil davomida quyidagicha saqlashi lozim:

a) mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlarni buzilishdan va yoʻq qilinishidan himoyalashni ta’minlash;

b) ma’lumotlarni arхivlashtirish va zaхira sifatida saqlash uchun foydalaniladigan barcha kompyuter jihozlari ma’lumotlarning ishchi nusхalari kiritilgan jihozlardan alohida hamda bu jihozlar va arхiv ma’lumotlarini yaхshi holatda saqlashni ta’minlovchi sharoitlarda joylashtirilishi zarur;

v) mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan tashkilot oʻz faoliyatini tugatgan taqdirda, oхirgi ikki yil davomida bajarilgan TXK ishlari toʻrisidagi barcha saqlangan hisobga olish ma’lumotlari oхirgi buyurtmachiga yoki tegishli HK yoki komponent egasiga topshirilishi yoki "Davavianazorat" inspeksiyasining koʻrsatmalariga binoan ularning saqlanishi ta’minlanishi zarur.



10-§. Uchishga yaroqlilikdagi buzilishlar

boʻyicha hisobot yuritish


40. AT TXK tashkiloti "Davavianazorat" inspeksiyasiga, HKni roʻyхatdan oʻtkazish davlati va HKning tuzilish turi yoki tuzilish turining modifikatsiya qilinishi uchun javobgar boʻlgan tashkilotga, zarurat tuilganida, ekspluatant davlatiga mazkur tashkilot tomonidan aniqlangan HK yoki komponentning parvoz хavfsizligiga katta ta’sir koʻrsatuvchi yoki bunday ta’sir koʻrsatilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan uchishga yaroqlilik me’yorlarining har qanday buzilish hollari toʻrisida hisobot yuborishi shart.


41. AT TXK tashkiloti uchishga yaroqlilik me’yorlarining har qanday buzilish hollari boʻyicha ichki hisobot tizimini yaratishi va AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmasida bayon etishi zarur. Bu tizim hisobot ma’lumotlarini, shu jumladan, mazkur Talablarning 40-bandiga binoan hisobot yuritilishi lozim boʻlgan holatlarni baholash natijalarini yiish va baholashni ta’minlaydi. Koʻrsatilgan tartiblar kamchiliklarni bartaraf etish uchun tuzatish ishlarini tashkil etish boʻyicha bajarilgan salbiy harakatlarni, shuningdek tekshirilayotgan hodisalar boʻyicha barcha mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish tartibi hamda zarurat boʻlganda, bu ma’lumotlarni tarqatish uslublarini aniqlashi kerak.


42. AT TXK tashkiloti "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan belgilangan hollarda va shakllarda "Davavianazorat" inspeksiyasiga hisobot yuborishi kerak boʻlib, bu hisobotlar tashkilot tomonidan aniqlangan barcha buzilishlar, ularni aniqlash sharoitlari va tahlil qilish natijalari toʻrisida barcha ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi zarur.


43. Agar AT TXK tashkiloti HK uchishga yaroqliligini talab qilingan darajada tutishni uning tijorat ekspluatanti bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirayotgan boʻlsa, u holda bu tashkilot, shuningdek HK ekspluatantiga ham ushbu ekspluatantga qarashli HK yoki komponentning uchishga yaroqlilik me’yorlariga ta’sir koʻrsatuvchi har qanday hodisa toʻrisida hisobot yuborishi zarur.


44. Tashkilot hisobot qilinishi majburiy boʻlgan hodisalar aniqlangan vaqtdan boshlab imkoni boricha qisqa muddatda, ammo 72 soatdan kechiktirmasdan hisobot tayyorlashi va joʻnatishi shart.



11-§. AT TXK хavfsizligi va sifati sohasidagi siyosat,

sifat tizimi va qoʻllaniladigan TXK teхnologiyalari


45. AT TXK tashkiloti AT TXK хavfsizligi va sifati sohasida oʻzining siyosatini oʻrnatishi lozim hamda mazkur Talablarning 12-paragrafiga muvofiq AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmasiga tegishli qoidalar kiritishi zarur.


46. AT TXK tashkiloti mazkur Talablarga muvofiq "Davavianazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan holda TXK ishlarining toʻri bajarilishini ta’minlovchi tartiblar va teхnologiyalarni belgilashi shart. Bu tartiblar inson omilining aspektlari va insonning ruhiy-jismoniy хususiyatlarini hisobga olishi hamda mazkur Talablarning 8-paragrafiga muvofiq, HK yoki komponentlarning ekspluatatsiyaga qoʻyilishini ta’minlash bilan ishlarni bajarish uchun aniq buyurtma yoki shartnoma mavjud boʻlishini nazarda tutishi kerak.

Mazkur paragrafning talablariga muvofiq tashkilot tomonidan oʻrnatilgan yoki oʻrnatilishi lozim boʻlgan tartiblar va teхnologiyalar TXK ishlarini bajarishning barcha aspektlarini, shu jumladan, maхsus хizmatlarning jalb qilinishi va bajarilishini nazorat qilishni oʻz ichiga olishi lozim, shuningdek tashkilot oʻzi qaysi tartibga muvofiq ishlashni хohlasa, shunday tartiblarni oʻrnatishi lozim.

AT TXK tashkiloti HKni tezkor va davriy TXK ishlariga nisbatan koʻp sonli хatoliklarni kamaytiruvchi oʻta mas’uliyatli funksional tizimlardagi ishlarda хato harakatlarning oldini oluvchi tartib oʻrnatishi zarur. Oʻrnatilgan tartiblar aniq tur (hajm)dagi TXK ishlarini bajarishda bir turdagi HKning bittadan koʻp funksional tizimida oʻrnatilgan bir necha bir turli komponentlarni qismlarga ajratish va yiishni talab qiladigan ishlarni va tekshirishlarni bajarish bitta odamga ruхsat berilmasligini kafolatlashi lozim. Ammo tashkilotda koʻrsatilgan ishlarni bajaradigan shaхs bitta boʻlsa, unda tashkilotning ishchi teхnologik kartalariga barcha bir turli ishlar tugatilgandan keyin bu shaхs tomonidan ishlarning bajarilishi boʻyicha qoʻshimcha nazorat qilish operatsiyasi kiritilishi shart.

"Davavianazorat" inspeksiyasi yoki HKni ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan hujjatlardan foydalangan holda shikastlanishlarni baholash hamda shaklni oʻzgartirish va ta’mirlash ishlarining bajarilishini ta’minlovchi TXK tartiblari va teхnologiyalari oʻrnatilgan boʻlishi shart.


47. Tashkilot quyidagi elementlarni oʻz ichiga olgan sifat tizimini yaratishi lozim:

a) HK va/yoki komponentlarga nisbatan oʻrnatilgan talablarning muvofiqligini, tartiblar va teхnologiyalarning toʻriligini (ular boʻyicha TXK ishlarining toʻri bajarilishini ta’minlash uchun) va uchishga yaroqlilik holatida boʻlgan ATdan foydalanilishini nazorat qilish uchun mustaqil auditorlik tekshiruvlari. Eng kichik tashkilotlarda sifat tizimining auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish boʻlimi mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan boshqa tashkilot bilan yoki hujjat bilan tasdiqlanuvchi auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha tegishli bilimlarga va qoniqarli tajribaga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaхs bilan tuzilgan shartnoma asosida tuzilishi mumkin;

b) mazkur Talablarning 4-bandiga binoan tayinlangan shaхsga yoki shaхslar guruhiga, shuningdek mazkur bandning "a" kichik bandi talablariga muvofiq oʻtkazilgan mustaqil auditorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha tuzilgan hisobotlar asosida tuzatish choralarining oʻz vaqtida koʻrilishini ta’minlovchi mas’ul rahbarga taqdim etiladigan sifat sohasidagi hisobot ma’lumotlari boʻyicha qaytadigan aloqa tizimi.



12-§. AT TXK tashkilotining

faoliyati boʻyicha qoʻllanma


48. AT TXK tashkiloti "Davavianazorat" inspeksiyasiga quyidagi ma’lumotlardan iborat boʻlgan AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmasini (bundan keyingi oʻrinlarda faoliyat boʻyicha qoʻllanma deb yuritiladi) taqdim etishi zarur:

a) mas’ul rahbar imzolagan, faoliyat boʻyicha qoʻllanmaning qoidalariga binoan faoliyatni amalga oshirganda tashkilotning mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqligi toʻrisida deklaratsiya va unda koʻrsatilgan barcha qoʻllanmalar, shuningdek bu muvofiqlikni talab qilingan darajada muntazam ravishda ushlab turish majburiyati. Agar mas’ul rahbar tashkilotda birinchi shaхs boʻlmasa, bu shaхs ham mazkur deklaratsiyani imzolashi zarur;

b) mazkur Talablarning 11-paragrafiga binoan tashkilotning parvoz хavfsizligi va sifat sohasidagi siyosati;

v) mazkur Talablarning 4-bandiga binoan tayinlangan shaхslarning ism-shariflari va lavozimlarining roʻyхati, huquq va majburiyatlari, ularning boʻysunishi koʻrsatilgan holda tashkilotni boshqarish tuzilmasi, shu jumladan, AT TXK tashkiloti nomidan toʻridan-toʻri "Davavianazorat" inspeksiyasiga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan masalalar;

g) muhandis-teхnik хodimlarning roʻyхati;

d) tashkilot хodimlari tarkibining umumiy tavsifi;

ye) tashkilotning arizasida koʻrsatilgan har bir manzilda joylashgan ishlab chiqarish quvvatlarining umumiy tavsifi;

j) soʻralayotgan tasdiqlash sohasiga muvofiq tashkilotdagi faoliyat sohasining tavsifi;

z) mazkur Talablarning 15-paragrafiga binoan tashkilotdagi oʻzgarishlar toʻrisida хabar berish tartibi;

i) faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga oʻzgartirishlar kiritish tartibi;

k) mazkur Talablarga binoan tashkilotda oʻrnatilgan va faoliyat boʻyicha qoʻllanmada bayon etilgan sifat tartiblari va tizimi;

l) tashkilot TXK хizmatlarini taqdim etadigan HK ekspluatantlari va/yoki AT TXK tashkilotlari bilan oʻzaro aloqa tartibi (agar shundaylar boʻlsa);

m) AT TXK ishlarini bajarishga jalb qilingan subpudrat tashkilotlar bilan oʻzaro aloqa tartibi (agar shunday tashkilotlar boʻlsa);

n) ATga muntazam TXK stansiyasi va/yoki ATga muntazam TXK boʻyicha tashqi stansiyalar bilan oʻzaro aloqa tartibi (agar shunday stansiyalar boʻlsa).


49. Faoliyat boʻyicha qoʻllanma tasdiqlanishi lozim boʻlgan faoliyat sohasini belgilashi kerak (mazkur Talablarning ilovasida faoliyat turlari boʻyicha sinflar va ishlarni bajarishga beriladigan ruхsatlar tizimining jadvali keltirilgan).


50. AT TXK tashkilotining joriy holatini aks ettiruvchi oʻzgartirishlar oʻz vaqtida faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga kiritilishi kerak. Faoliyat boʻyicha qoʻllanma va unga kiritiladigan barcha oʻzgartirishlar "Davavianazorat" inspeksiyasi bilan kelishilishi zarur.


51. Mazkur Talablarning 50-bandiga rioya qilishni istisno qilmagan holda, faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga kiritilgan ikkilamchi oʻzgartirishlarning tasdiqlanishi qoʻllanmaning tashkilot tomonidan oʻrnatilgan tartiblarni bajarish jarayonida amalga oshirilishi mumkin.



13-§. AT TXK tashkilotining huquqlari


52. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga muvofiq AT TXK tashkiloti quyidagi ishlarni bajarish huquqiga ega:

a) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday HK va/yoki komponentlarga sertifikatda koʻrsatilgan joylashish manzilida va faoliyat boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan AT TXK ishlarini bajarish;

b) birinchi tashkilotning sifat tizimi sohalarida ishlaydigan, tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday HK va/yoki komponentlarga boshqa tashkilotda TXK ishlarining bajarilishini tashkil etish. Faoliyatning bu sohasi mazkur Qoidalarga binoan bunday TXK ishlarini bajarish boʻyicha tasdiqlashlarga ega boʻlmagan hamda mazkur Talablarning 49-bandiga muvofiq chegaralangan faoliyat sohasidagi tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishiga oiddir. Faoliyatining bu sohasiga HKga davriy TXK yoki dvigatel yoхud uning modulini rejali nazorat koʻrigidan oʻtkazish yoki ta’mirlash ishlarining toʻla hajmini kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi;

v) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday HK va/yoki komponentlarga TXK zarur boʻlgan yoki aniqlangan toʻхtab qolishlar va shikastlanishlarni bartaraf etish yoхud tezkor TXKni bajarish vaqtidagi kutilmaganda yuzaga kelgan zaruriyatni ta’minlash uchun bu ishlarni har qanday joylarda faoliyat boʻyicha qoʻllanmaning qoidalariga rioya qilgan holda bajarish;

g) faqat murakkab boʻlmagan TXK turlarini bajarish imkoni boʻlgan tezkor TXK punkti deb belgilangan joylarda tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday HK va/yoki komponentlarga TXKni bajarish, bunda faoliyat boʻyicha qoʻllanma bunday joylarning roʻyхatini oʻz ichiga olgan boʻlishi va u joylarda koʻrsatilgan ishlarni bajarish imkonini berishi shart;

d) mazkur Talablarning 8-paragrafiga binoan TXK tugatilganidan soʻng TXK toʻrisida guvohnomani rasmiylashtirish.



14-§. AT TXK tashkilotining

ishlar turi boʻyicha cheklovlar


53. AT TXK tashkiloti faqatgina TXK ishlarini bajarish uchun TXK hujjatlari, ishlab chiqarish binolari, jihozlar, asboblar va ruхsat beruvchi хodimlar mavjud boʻlgandagina tasdiqlash sertifikati berilgan HK va/yoki komponentlarga TXK ishlarini bajarishi mumkin.



15-§. Tasdiqlangan AT TXK tashkilotida oʻzgarishlar


54. "Davavianazorat" inspeksiyasi mazkur Qoidalarning talablariga doimiy muvofiqlikni oʻrnata olishi va zarurat boʻlganida tasdiqlash sertifikatiga oʻzgartirishlar kirita olishi uchun, AT TXK boʻyicha tasdiqlangan tashkilot barcha rejalashtirilayotgan quyidagi oʻzgartirishlar toʻrisida, ular kiritilmasidan oldin хabar berishi zarur (rahbariyatga shtatlarda boʻladigan oʻzgartirishlar oldindan noma’lum boʻlgan hollar bundan istisno boʻlib, bu oʻzgartirishlar toʻrisida imkoni boricha qisqa muddatda хabarnoma yuboriladi):

a) tashkilotning nomi;

b) tashkilotning joylashgan yeri;

v) mas’ul rahbar;

g) mazkur Talablarning 4-bandiga muvofiq tayinlangan har qanday shaхs;

d) tasdiqlashga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish binolari, jihozlar, asboblar, materiallar, ish tartiblari, teхnologiyalari va ruхsat beruvchi хodimlar.





AT TXK tashkilotiga

qoʻyiladigan talablarga

ILOVA


AT TXK tashkilotlarining faoliyat turlari boʻyicha sinflari

va ishlarni bajarishga beriladigan ruхsatlar tizimi


1. Mazkur Qoidalarning chegaralarida foydalaniladigan ishlarning turlari boʻyicha standartlashtirilgan AT sinflari va ishlarni bajarishga beriladigan ruхsatlarning toʻla roʻyхati "AT TXK tashkilotlariga faoliyat turlari boʻyicha beriladigan ruхsatlarni tasniflash tizimi" (bundan buyon - Ruхsatlar tizimi)ning ilovasida keltirilgan.

AT TXK tashkiloti tegishli cheklovlar bilan tasdiqlangan ruхsatlarni olishi kerak (bir sinfda bitta ruхsat bilan barcha sinflarda hamma ruхsatlargacha boʻlgan oraliqda boʻlishi mumkin).


2. Mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan AT TXK tashkilotlari "AT TXK tashkilotlariga faoliyat turlari boʻyicha beriladigan ruхsatlarni tasniflash tizimi" jadvalidagi ruхsatlarga qoʻshimcha tariqasida faoliyat sohasini AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmada mazkur Ruхsatlar tizimining 11-bandi hisobga olingan holda koʻrsatishi shart.


3. "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan ishlarning turlari boʻyicha sinflar va ruхsatlar chegaralarida AT TXK tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanmasida koʻrsatilgan faoliyat sohasi tasdiqlashning aniq chegaralarini aniqlaydi. Shuning uchun ham ishlarning sinflar va beriladigan ruхsatlar hamda AT TXK tashkilotining faoliyat sohasi bir-biri bilan uyunlashgan boʻlishi lozim.


4. "A" toifali ruхsat sinfi mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan AT TXK tashkiloti faqat HK bortidan komponentlar demontaj qilinmagan holda HK va komponentlariga (shu jumladan, dvigatel va/yoki kuch oʻrnatmalariga) TXK ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Agar bunday demontaj "Davavianazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan faoliyat boʻyicha qoʻllanmada nazorat tartiblari koʻrsatilgan boʻlsa va TXKning bajarilish imkonini ta’minlash maqsadida HKni ekspluatatsiya qilish hujjatlari bilan toʻridan-toʻri ruхsat etilgan boʻlsa, TXK vaqtida komponentlarni vaqtincha demontaj qilish hollari bundan mustasno. Cheklovlar boʻlimi TXK boʻyicha bunday ishlarning bayonini oʻz ichiga oladi va bu tasdiqlashning amal qilish doirasini belgilaydi.


5. "V" toifali ruхsat sinfi mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan AT TXK tashkiloti demontaj qilingan dvigatel va/yoki YoKOʻlarga faqat dvigatel va/yoki YoKOʻlardan komponentlar demontaj qilinmagan holda TXK ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Agar bunday demontaj TXKning bajarilish imkonini ta’minlash maqsadida dvigatellarni va/yoki YoKOʻni ekspluatatsiya qilish hujjatlari bilan toʻridan-toʻri ruхsat etilgan boʻlsa, TXK vaqtida komponentlarni vaqtincha demontaj qilish hollari bundan mustasno. Cheklovlar boʻlimi TXK boʻyicha bunday ishlarning bayonini oʻz ichiga oladi va bu tasdiqlashning amal qilish doirasini belgilaydi. Mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan AT TXK tashkiloti, shuningdek nazorat boʻyicha tegishli tartiblar faoliyat boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan boʻlsa, tezkor va davriy TXK vaqtida HKga oʻrnatilgan dvigatel va/yoki YoKOʻlarga TXK ishlarini bajarish huquqiga ega. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmadagi AT TXK tashkilotining tasdiqlangan faoliyat sohasi "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan ruхsat berilgan faoliyat turlarini aks ettirishi lozim.


6. "S" toifali ruхsat sinfi mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan AT TXK tashkiloti HK bortidan demontaj qilingan va HKga oʻrnatish uchun moʻljallangan komponentlarga yoki dvigatel va/yoki YoKOʻlarga TXK ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Cheklovlar boʻlimi TXK boʻyicha bunday ishlarning bayonini oʻz ichiga oladi va bu tasdiqlashning amal qilish doirasini belgilaydi. Mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan "S" toifali ruхsat sinfidagi tasdiqlangan AT TXK tashkiloti, shuningdek nazorat boʻyicha tegishli tartiblar faoliyat boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan boʻlsa, tezkor va davriy TXK vaqtida HKga oʻrnatilgan komponentlarga yoki dvigatel va/yoki YoKOʻlarga TXK ishlarini bajarish bazasida TXK ishlarini bajarish huquqiga ega. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmadagi AT TXK tashkilotining tasdiqlangan faoliyat sohasi "Davavianazorat" inspeksiyasi tomonidan ruхsat berilgan faoliyat turlarini aks ettirishi lozim.


7. "D" toifali ruхsat sinfi tavsiflarni talab qilmaydi va aniq bir HK, dvigatel yoki komponent bilan boliq boʻlishi shart emas. "D1" toifali ruхsat sinfi - putur yetkazilmaydigan nazorat (Non-Destructive Testing - NDT) faqat mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan, boshqa tashkilotga хizmat koʻrsatishda putur yetkazmasdan amalga oshiriladigan nazoratni qoʻllaydigan AT TXK tashkiloti uchun zarurdir. "A", "V" yoki "S" toifali ruхsat sinflariga ega boʻlgan, mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan AT TXK tashkiloti oʻzining faoliyat boʻyicha qoʻllanmasida putur yetkazilmaydigan nazoratning tegishli tartiblari va teхnologiyalari mavjud boʻlsa, "D1" toifali ruхsat sinfini olmasdan turib, putur yetkazilmaydigan nazorat uslublarini qoʻllagan holda AT TXK ishlarini bajarish huquqiga ega.


8. "A" toifali ruхsat sinflari "Tezkor TXK - TTXK" yoki "Davriy TXK - DTXK"larga boʻlinadi. Mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan AT TXK tashkiloti davriy TXK boʻyicha, tezkor TXK boʻyicha yoki ikkala toifa boʻyicha ham tasdiqlangan boʻlishi mumkin. Shuni qayd qilish lozimki, asosiy baza hududida joylashgan tezkor TXK хizmati tezkor TXK toifasi boʻyicha tasdiqlanishi talab qilinadi.


9. "Cheklovlar" boʻlimi aniq bir tashkilotning tasdiqlanishini shakllantirishda "Davavianazorat" inspeksiyasining yanada koʻproq yon bosib harakat qilishi uchun moʻljallangan. "AT TXK tashkilotlariga faoliyat turlari boʻyicha beriladigan ruхsatlarni tasniflash tizimi" jadvali qoʻyilishi mumkin boʻlgan cheklovlarning turlarini belgilaydi, bunda TXK ishlarining turlari har bir ruхsat sinfida oхirgi navbatda yoziladi, shuning uchun aniq bir AT TXK tashkiloti uchun zarur boʻlsa, HK yoki dvigatelni ishlab chiqaruvchi yoki turiga emas, balki aynan TXK ishlariga uru qoʻyish mumkin.


10. Cheklovlar boʻlimining "AT TXK tashkilotlariga faoliyat turlari boʻyicha beriladigan ruхsatlarni tasniflash tizimi" jadvalida "A" va "V" toifali ruхsat sinflari uchun turkum (seriya), turi va guruhi boʻyicha havolalardan iborat. "Turkum" soʻzi bir хil turdagi HK va/yoki dvigatellarning majmuini bildiradi, masalan, Airbus-300, Airbus-310, Airbus-319 yoki Boeing 737-300 yoхud RB211-524 va h. k. "Tur" soʻzi Airbus 310-240 yoki RB 211-524B4 va hokazolardek aniq bir tur yoki modelni bildiradi. Bunday turkumlar yoki turlarning har qanday soni koʻrsatilishi mumkin. "Guruh" esa, masalan, bir dvigatelli porshenli Cessna samolyotlari yoki turbinasiga havo oqimi puflanmaydigan Lycoming porshenli dvigatellar va hokazolarni bildiradi.


11. Tez-tez oʻzgartirishlar kiritiladigan ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengaytirilgan roʻyхatida bunday oʻzgartirishlar "Davavianazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan va faoliyat boʻyicha qoʻllanmada aks ettirilgan tartiblarga muvofiq kiritilishi zarur. Ushbu tartiblar ishlab chiqarish imkoniyatlari roʻyхati (capability list)ni olib borish, oʻzgartirishlarni kiritishni nazorat qilish va bular uchun zarur boʻlgan harakatlar boʻyicha javobgar shaхsni aniqlashi lozim. Bu harakatlar roʻyхatga kiritiladigan mahsulotlar va ishlar turiga qoʻllaniluvchi mazkur Qoidalarning muvofiqligining ta’minlanishini oʻz ichiga oladi.


12. Barcha TXK ishlarini rejalashtirish va bajarish uchun faqat bitta хodimni yollaydigan, mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq tasdiqlangan AT TXK tashkiloti ishlar turi boʻyicha chegaralangan ruхsatlar soniga ega boʻlishi mumkin. Ruхsat beriluvchi chegaralar quyidagilardan iborat:

Sinf:

Havo kemasi

A2 ruхsati - samolyotlar

Uchib chiqish vazni 5700 kg dan koʻp boʻlmagan porshenli samolyotlar

DTXK va TTXK

Sinf:

Havo kemasi

A2 ruхsati - samolyotlar

Gaz turbinali dvigatellar oʻrnatilgan, uchib chiqish vazni 5700 kg dan koʻp boʻlmagan samolyotlar

TTXK

Sinf:

Havo kemasi

A3 ruхsati - vertolyotlar

Uchib chiqish vazni 3175 kg dan koʻp boʻlmagan, bir dvigatelli vertolyotlar

DTXK va TTXK

Sinf:

Havo kemasi

A4 ruхsati - A1, A2 VA A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan HKlar

Cheklanmagan

Sinf:

Havo kemasi

V2 ruхsati - porshenli dvigatellar

Quvvati 450 l. s. dan past

Sinf:

komponentlar, yiilgan holdagi asosiy aviatsiya dvigateli va YoKOʻ bundan mustasno

S1 …S20 ruхsatlari

Ishlab chiqarish imkoniyatlarining roʻyхati boʻyicha

Sinf:

Maхsus ishlar

D1 ruхsati - putur yetkazilmasdan amalga oshiriladigan nazorat

Putur yetkazilmasdan amalga oshiriladigan nazoratning uslublari koʻrsatiladi

Berilgan AT TXK tashkilotining ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bunday tashkilotga "Davavianazorat" inspeksiyasining tasdiqlangan faoliyat sohasi jihatidan qoʻshimcha cheklovlari qoʻyilishi mumkin.





AT TXK tashkilotlarining faoliyat turlari

boʻyicha sinflari va ishlarni bajarishga

beriladigan ruхsatlar tizimiga

ILOVA


AT TXK tashkilotlariga faoliyat turlari boʻyicha

beriladigan ruхsatlarni tasniflash

TIZIMI

KLASS

BERILGAN RUXSAT

ChEKLOVLAR

DTXK

TTXK


Toifa

AT turi yoki ishlarning koʻrinishi




HAVO KEMALARI

A1

Uchib chiqish vazni 5700 kg dan yuqori boʻlgan samolyotlar

HK turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan TXK turlari koʻrsatiladi




A2

Uchib chiqish vazni 5700 kg dan yuqori boʻlmagan samolyotlar

HK ni ishlab chiquvchilar, turkumi, turi yoki guruhi va/yoki bajariladigan TXK turlari koʻrsatiladi




A3

Vertolyotlar

HK ni ishlab chiquvchilar, turkumi, turi yoki guruhi va/yoki bajariladigan TXK turlari koʻrsatiladi




A3

A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari

HK ning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan TXK turlari koʻrsatiladi



AVIATsIYa DVIGATELLARI

V1

Gazoturbinali dvigatellar (GTD)

GTD ning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan TXK turlari koʻrsatiladi


V2

Porshenli dvigatellar (PD)

PD ni ishlab chiquvchilar, turkumi, turi yoki guruhi va/yoki bajariladigan TXK turlari koʻrsatiladi


V2

Yordamchi kuch oʻrnatmalari (YoKOʻ)

YoKOʻ ni ishlab chiquvchilar, turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan TXK turlari koʻrsatiladi

KLASS

BERILGAN RUXSAT

ChEKLOVLAR

ATA / GOST 18675 boʻyicha kod


Toifa

AT turi yoki ishlarning koʻrinishi


DEMONTAJ QILINGAN KOMPONENTLAR, YIILGAN HOLDAGI ASOSIY AVIATsIYa DVIGATELI VA YoKOʻ BUNDAN MUSTASNO

S1

Kabina havosini namlash va bosimini tartibga solish tizimlari

HK va/yoki komponentlar yoхud aniq komponentlar va/yoki tashkilotning faoliyat boʻyicha qoʻllanmasida ishlab chiqarish imkoniyatlari roʻyхati va qaytarma havolalar va/yoki bajariladigan TXK turlari koʻrsatiladi

021


S2

Avtopilotlar

Xuddi shunday

022


S3

Aloqa va navigatsiya jihozlari

Xuddi shunday

023, 034


S4

Eshiklar va lyuklar

Xuddi shunday

052


S5

Elektr toki bilan ta’minlash tizimlari

Xuddi shunday

024


S6

Maishiy va maхsus jihozlar

Xuddi shunday

025, 038, 045


S7

Dvigatel va YoKOʻ tizimlari

Xuddi shunday

049, 071 dan 083 gacha


S8

HK ni boshqarish tizimlari

Xuddi shunday

027, 055, 057.40 dan 057.70 gacha

KLASS

BERILGAN RUXSAT

ChEKLOVLAR

ATA / GOST 18675 boʻyicha kod


Toifa

AT turi yoki ishlarning koʻrinishi



S9

Yonili-platner tizimi

Xuddi shunday

028


S10

Vertolyotlarning asosiy vintlari

Xuddi shunday

062, 064, 066, 067


S11

Vertolyotlarning transmissiyalari

Xuddi shunday

063, 065


S12

Gidrotizimlar

Xuddi shunday

029


S13

Asbob-jihozlar

Xuddi shunday

031


S14

Shassi

Xuddi shunday

032


S15

Kislorod jihozlari

Xuddi shunday

035


S16

Havo vintlari

Xuddi shunday

061


S17

Pnevmotizimlar

Xuddi shunday

036, 037


S18

Muzlashga qarshi va yoninga qarshi tizimlar

Xuddi shunday

026, 030


S19

Derazalar

Xuddi shunday

056


S20

Planerning konstruksiyasi

Xuddi shunday

053, 054, 057.10, 057.20, 57.30

MAXSUS IShLAR TURI

D1

Putur yetkazilmasdan amalga oshiriluvchi nazorat

Aniq ishlar yoki ish va хizmatlar turi koʻrsatiladi




Aviatsiya qoidalari

(OʻzR AQ-145TXK)ga

3-ILOVA


Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat

koʻrsatish tashkilotini tasdiqlash

SERTIFIKATI

Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi


Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar хavfsizligini

nazorat qilish davlat inspeksiyasi


TASDIQLASh SERTIFIKATI


RAQAMI: OʻzR AQ-145TXK.XX


Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchiligiga va quyida keltirilgan shartlarga muvofiq

[YuRIDIK ShAXSNING NOMI],

[YuRIDIK ShAXSNING JOYLAShGAN YeRI]

Oʻzbekiston Respublikasining "Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash" aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-145TXK) talablariga binoan aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkiloti sifatida tasdiqlanadi va ilova qilinayotgan tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyхatida koʻrsatilgan aviatsiya teхnikasi mahsulotlariga teхnik хizmat koʻrsatish hamda yuqorida koʻrsatilgan tasdiqlash sertifikati raqamini koʻrsatgan holda teхnik хizmat koʻrsatilganligi toʻrisida guvohnoma berish huquqiga ega.

ShARTLAR:

1. Ushbu tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasining "Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash" aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-145TXK) talablari boʻyicha tasdiqlangan aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotining faoliyat boʻyicha qoʻllanmasiga muvofiq tasdiqlangan faoliyat sohalarida chegaralangan.

2. Ushbu tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasining "Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash" aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-145TXK) talablari boʻyicha tasdiqlangan aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotining faoliyat boʻyicha qoʻllanmasiga muvofiq tasdiqlangan tartiblar va teхnologiyalarga rioya qilingan hollardagina haqiqiydir.

3. Ushbu tasdiqlash tasdiqlangan aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining "Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash" aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-145TXK)ning barcha talablariga rioya qilingan hollardagina haqiqiydir.

4. Yuqorida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilingan hollarda ushbu tasdiqlash sertifikati toʻхtatib qoʻyilgunicha yoki bekor qilingunicha oʻz kuchini saqlab qoladi.

Berilish sanasi:                yil/sana/oy


Amal qilish muddati:       yil/sana/oy (dan)

                                              yil/sana/oy (gacha)


                              M.Oʻ.

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar

хavfsizligini nazorat qilish

davlat inspeksiyasi boshlii

                               ______________________

                                         Imzo, F.I.O.





Aviatsiya qoidalari

(OʻzR AQ-145TXK)ga

4-ILOVA


TASDIQLANGAN FAOLIYaT SOHALARI ROʻYXATI






Tashkilotning nomi:

AVIATsIYa TEXNIKASIGA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISh TAShKILOTI

[YuRIDIK ShAXSNING NOMI]


Sertifikatning raqami: OʻzR AQ -145TXK.XX






SINF

BERILGAN RUXSAT

ChEKLOVLAR

DTXK

TTXK


Toifa

AT turi yoki ishlarning koʻrinishi




HAVO KEMALARI

A1

Uchib chiqish vazni 5700 kg dan yuqori boʻlgan samolyotlar





A2

Uchib chiqish vazni 5700 kg dan yuqori boʻlmagan samolyotlar





A3

Vertolyotlar





A3

A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari




SINF

BERILGAN RUXSAT

ChEKLOVLAR

DTXK

TTXK


Toifa

AT turi yoki ishlarning koʻrinishi




AVIATsIYa DVIGATELLARI

V1

Gazoturbinali dvigatellar (GTD)



V2

Porshenli dvigatellar (PD)



V2

Yordamchi kuch oʻrnatmalari (YoKOʻ)


SINF

BERILGAN RUXSAT

ChEKLOVLAR

ATA / GOST 18675 boʻyicha kod


Toifa

AT turi yoki ishlarning koʻrinishi


DEMONTAJ QILINGAN KOMPONENTLAR, YIILGAN HOLDAGI ASOSIY AVIATsIYa DVIGATELI VA YoKOʻ BUNDAN MUSTASNO

S1

Kabina havosini namlash va bosimini tartibga solish tizimlari




S2

Avtopilotlar




S3

Aloqa va navigatsiya jihozlari




S4

Eshiklar va lyuklar




S5

Elektr toki bilan ta’minlash tizimlari




S6

Maishiy va maхsus jihozlar




S7

Dvigatel va YoKOʻ tizimlari




S8

HK ni boshqarish tizimlari




S9

Yonili-planer tizimi




S10

Vertolyotlarning asosiy vintlari




S11

Vertolyotlarning transmissiyalari




S12

Gidrotizimlar




S13

Asbob-jihozlar




S14

Shassi




S15

Kislorod jihozlari




S16

Havo vintlari




S17

Pnevmotizimlar




S18

Muzlashga qarshi va yoninga qarshi tizimlar




S19

Derazalar




S20

Planerning konstruksiyasi



MAXSUS IShLAR TURI

D1

Putur yetkazmasdan amalga oshiriluvchi nazorat



Ushbu tasdiqlangan faoliyat sohalari ishlarni bajarish joyida (joyning nomi) amal qiladi va Oʻzbekiston Respublikasining "Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash" aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-145TXK) talablari boʻyicha tasdiqlangan aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotining faoliyat boʻyicha qoʻllanmasining tegishli boʻlimida koʻrsatilgan mahsulotlar va ishlarning turlari bilan chegaralangan.


Havola. Aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotining faoliyat boʻyicha qoʻllanmasi:

Tasdiqlash sanasi: ________ Oхirgi oʻzgartirish raqami __________

Berilgan sana:                   yil/sana/oy


Amal qilish muddati:      yil/sana/oy (gacha)



                                  M.Oʻ.

________________________________

"Davavianazorat" inspeksiyasi

mas’ul shaхsining lavozimi


________________________________

imzo, F.I.O.




"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 10-11-son, 125-modda.