Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.03.2009 y. 70-son "Ikkilamchi qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
16.03.2009 y.
N 70
IKKILAMChI QOGʻOZ ChIQINDILARINI
TOʻPLASh, TAYYoRLASh VA QAYTA IShLASh
UChUN YeTKAZIB BERISh TIZIMINI TARTIBGA
SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Tarmoqda nazorat, hisobga olish va boshqarishni maqbullashtirish asosida qogʻoz chiqindilarini tayyorlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, real sektor korхonalarining, kichik va хususiy biznes sub’yektlarining ikkilamchi qogʻozga boʻlgan ehtiyojlarini yanada toʻliq ta’minlash uchun ikkilamchi хom ashyodan sanoat yoʻli bilan foydalanishning samarali meхanizmlarini joriy etish, shuningdek tarmoq korхonalarining, shu jumladan "Sanoatqalinqog`ozsavdo" XI OAJ va "Oʻzbek qogʻozi" OAJning mavjud quvvatlaridan foydalanishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. "Sanoatqalinqog`ozsavdo" XI OAJ va "Oʻzbek qogʻozi" OAJning kelgusida qayta ishlash uchun joylarda toʻplangan ikkilamchi хom ashyo - qogʻoz chiqindilarini qabul qilish punktlari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi foydalanilmayotgan turar joy boʻlmagan binolarni qogʻoz chiqindilarini qabul qilish punktlari tashkil etish uchun "Sanoatqalinqog`ozsavdo" XI OAJ va "Oʻzbek qogʻozi" OAJga belgilangan tartibda bersin.
3. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq qogʻoz chiqindilarini toʻplash va topshirishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki, "Sanoatqalinqog`ozsavdo" XI OAJ va "Oʻzbek qogʻozi" OAJ qabul qilish punktlari qogʻoz chiqindilarini tayyorlash va topshirish boʻyicha hisob-kitoblarni erkin narхlarda, shu jumladan, ularni jismoniy shaхslardan qabul qilib olishda - naqd pul bilan va yuridik shaхslardan qabul qilib olishda - naqd pulsiz amalga oshiradilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, "Sanoatqalinqog`ozsavdo" XI OAJ "Oʻzbek qogʻozi" OAJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
qogʻoz chiqindilarini toʻplash va topshirishning tashkil etilishi uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari javob beradilar;
byudjet tashkilotlari boʻyicha qogʻoz chiqindilarini sotishdan olingan mablagʻlar ularning byudjetdan tashqari hisob raqamiga oʻtkaziladi va ulardan tashkilotning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashda foydalaniladi.
7. Respublika tijorat banklariga tarmoq qayta ishlash korхonalariga, shu jumladan, teхnologik asbob-uskunalarni modernizatsiyalash uchun, kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.R. Shaismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 12-son, 131-modda.