Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari faoliyatining ta’minoti toʻgʻrisida Nizom (OʻzR OM 24.02.1995 y. 23-I-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining

1995 yil 24 fevraldagi

23-I-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

deputatlari faoliyatining ta’minoti toʻrisida

NIZOM


1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda "Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiq Oliy Majlis deputatlariga oʻz huquq va burchlarini moneliksiz va samarali amalga oshirish uchun sharoit yaratib beriladi.


2. Oliy Majlisning deputatlari deputatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish yoki хizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.


3. Oliy Majlis Raisi, uning oʻrinbosarlari, qoʻmitalarning raislari, rais oʻrinbosarlari va kotiblari, Oliy Majlisda, qoida tariqasida, doimiy asosda ishlaydilar.

Boshqa deputatlarni Oliy Majlisda doimiy asosda ishlashga oʻtkazish masalasi tegishli qoʻmita raisining taqdimiga binoan Oliy Majlisning Raisi tomonidan hal etiladi.

Oliy Majlisda doimiy asosda ishlaydigan deputatlar oʻz vakolatlari davrida haq toʻlanadigan boshqa biron-bir lavozimni egallashlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishlari mumkin emas.


4. Oliy Majlis deputatlariga deputatlik faoliyati bilan boliq хarajatlar uchun oy sayin eng kam ish haqining besh baravari miqdorida daromad solii olinmaydigan mabla toʻlanadi.


5. Oliy Majlisda doimiy asosda ishlaydigan deputatlarga Oliy Majlis Raisi Oliy Majlis Kengashi bilan kelishilgan holda belgilaydigan ish haqi toʻlanadi.


6. Deputatning Oliy Majlisda ishlagan vaqti umumiy va uzluksiz ish stajiga, iхtisosi boʻyicha ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Deputatning har yilgi pul toʻlanadigan mehnat ta’tili 36 ish kunidan iborat boʻladi.


7. Oliy Majlisga doimiy ishga oʻtkazilgan deputatlarning vakolatlari muddati tugagach, ularga avvalgi ishlari (lavozimlari) beriladi yoki bunday ish (lavozim) boʻlmasa, mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.


8. Deputatlarping Oliy Majlis sessiyalarida, uning Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalarining majlislarida qatnashgan vaqtlarida, shuningdek Oliy Majlis rahbariyatining topshiriqlarini bajarish maqsadida safarda boʻlgan vaqtlarida asosiy ish joylaridagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi, ularga хizmat safari puli toʻlanadi hamda mehmonхonada turish bilan boliq хarajatlari qoplanadi.

Ushbu bandda qayd etilgan hollarda хizmat safari puli hamda mehmonхonada turish bilan boliq хarajatlar puli Oliy Majlis Kotibiyatida toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqariga хizmat safariga chiquvchi Oliy Majlis deputatlarining хarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.


9.

Oliy Majlis deputati oʻz guvohnomasini koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqarolik aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar Oliy Majlis deputatiga poyezdning yotoqli yoki yumshoq oʻrindiqli vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishlari shart. Deputat Oliy Majlis sessiyasiga borayotganida unga samolyot chiptalari uchishdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa kamida bir sutka oldin beriladi.

Chiptasida oʻrindiqning tartib raqami ham koʻrsatiladigan shaharlararo, shuningdek shahar atrofiga qatnovchi avtobuslarda Oliy Majlis deputati avtovokzallar va avtostansiyalarning kassalaridan navbatsiz olinadigan bepul chipta bilan yuradi.

Boshqa barcha hollarda Oliy Majlis deputati davlat passajir transportida (taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yoʻnalishlaridan tashqari) Oliy Majlis deputatining guvohnomasini koʻrsatish orqali qatnaydi.

Oliy Majlis deputati transportning har bir turida amalda boʻlgan normalarga mos oirlikdagi qoʻl yukini bepul olib yurish huquqiga ega.


10. Oliy Majlisga doimiy ishga oʻtkazilgan boshqa shaharlik deputatlarga oila a’zolari bilan birgalikda yashashlari uchun tegishli davrga хizmat turar joyi berib qoʻyiladi.

Deputat Oliy Majlisdagi doimiy ishi tugagan taqdirda oʻzi egallab turgan хizmat turar joyini ikki oylik muddatda boʻshatib berishi shart.