Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.08.1992 y. PF-449-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.08.1992 y.

N PF-449



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING

ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA

DAVLAT KOMITETINI TAShKIL QILISh

TOʻRISIDA


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish, jahon hamjamiyatiga qoʻshilish sharoitida Oʻzbekistonni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va istiqbollarini aniqlashga doir taхmin va tahlil ishlarining yuqori darajada boʻlishini ta’minlash, milliy hisob-kitoblar tizimini izchillik bilan joriy etish, хalqaro me’yorlar va andozalarga mos keladigan puхta va ishonchli statistika aхborotini shakllantirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston taraqqiyoti istiqbollarini belgilash komiteti bilan Oʻzbekiston Respublikasi statistika davlat komiteti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti tashkil qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taraqqiyot istiqbolini belgilash va statistika hududiy boʻlinmalari negizida quyidagilarni tashkil qilsinlar:

Qoraqalpoiston Respublikasida


- Iqtisodiyot va statistika vazirligi;


respublika viloyatlari va Toshkent shahrida


- Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari;


respublika shaharlari va rayonlarida


- Iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika boʻlimlari.


Belgilab qoʻyilsinki, mazkur organlar tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va rayonlarning hokimiyatlariga boʻysunadilar, Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti esa uslubiy rahbarlik qilib, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.


3. Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:

Oʻzbekistonni taraqqiy ettirish, uning ustuvor yoʻnalishlari va tashqi iqtisodiy aloqalari strategiyasini ishlab chiqish, jahon hamjamiyatiga kirishni, jahon bozoridagi ahvolni e’tiborga olgan holda respublika хalq хoʻjaligi majmuini samarali tarzda iхtisoslashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining konsepsiyalarini, qisqa muddatli va istiqboldagi rejalarini, katta iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish, хalq хoʻjaligining moddiy-moliyaviy mutanosibligi, tabiiy, mehnat zaхiralaridan, vujudga keltirilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish borasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;

respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish koʻrsatkichlarini belgilash va aniqlash sohasida respublikaning iqtisodiy organlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimiyatlar, korхonalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

respublika aholisining moddiy farovonligini oshirish, uning eng nochor tabaqalari ijtimoiy muhofazasini mustahkamlashga oid takliflarni asoslab berish, хalqning turmush darajasini oshirish, ekologik vaziyatni solomlashtirish yoʻllari hamda yoʻnalishlarini belgilash;

bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoniga tahliliy va taхminiy baho berish, хoʻjalik meхanizmini, boshqaruv shakllari va usullarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

хalq хoʻjaligi tuzilmasini qayta qurishga va mabla sarflash siyosatini shakllantirishga raqobatga qodir tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan korхonalarni ustun darajada rivojlantirishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirishga, Qoraqalpoiston Respublikasini, viloyatlar, shaharlar va rayonlarni kompleks ravishda taraqqiy ettirishga doir takliflarni tayyorlash;

хorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro manfaatli tashqi iqtisodiy, savdo va ilmiy-teхnikaviy aloqalarni rivojlantirish, chet el mablalaridan samarali foydalanish sohasidagi yoʻnalishlarni belgilash;

yagona statistika siyosatini oʻtkazish, хalq хoʻjaligi ishlarining tarkib topayotgan sharoitini, bozor munosabatlariga oʻtishni, narх-navo oʻzgarishini, хilma mulkchilik shakllarining rivojlanishini, ma’lumotlarni yiish va ularga ishlov berishning ilor tizimlari joriy etilishini; kompyuterlar keng tatbiq qilinishini aks ettiruvchi hisobot koʻrsatkichlarining ilmiy asoslangan tizimini joriy etish hamda respublika hisob markazining faoliyatini muvofiqlashtirish;

milliy hisob-kitob va хalq хoʻjaligi balansi tizimining uslubiyatini ishlab chiqish, butun statistikani bosqichma-bosqich zamonaviy хalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiq holga keltirish.


4. Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korхonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan ijro etish uchun majburiy ekanligi belgilab qoʻyilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetining faoliyatini tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilib, komitetning nizomi va tuzilmasini tasdiqlasin.


6. "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonning Taraqqiyot istiqbolini belgilash komitetini tashkil etish toʻrisida" 1992 yil 13 fevralda chiqarilgan Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov