Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2009 y. PQ-1052-son "Andijon viloyatidagi "Gulbahor 1K" nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.02.2009 y.

N PQ-1052



"ANDIJON VILOYaTIDAGI "GULBAHOR 1K"

NASOS STANSIYaSINI REKONSTRUKSIYa

QILISh" INVESTITsIYa LOYIHASINI

AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yilgi Investitsiya dasturi toʻrisida" 2008 yil 2 oktyabrdagi PQ-969-sonli qaroriga muvofiq hamda Shanхay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakalar uchun Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan beriladigan kredit mablalaridan foydalangan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan "China National Machinery Import & Export Corporation" korporatsiyasi oʻrtasida "Andijon viloyatidagi "Gulbahor 1K" nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida uskunalar, ehtiyot qismlar yetkazib berish, shef-montajni amalga oshirish, sozlash va oʻqitish boʻyicha qiymati 5,76 mln. AQSh dollari miqdoriga teng shartnoma tuzilgan;

mazkur shartnomani moliyalash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, XXR Eksimbankining 5 yillik imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda, 20 yil muddatga berilgan 5,76 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz mablalarini qayta moliyalash yoʻli bilan amalga oshiriladi.


2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi kredit mablalaridan maqsadli foydalanish va loyihani samarali amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi agentlik, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi;

asosiy qarzni uzish, kreditga хizmat koʻrsatish va moliyalashni tashkil etish bilan boliq foizlar, komissiyalar va хarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


3. Quyidigilar:

"Andijon viloyatidagi "Gulbahor 1K" nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish" loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslari uning asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan 1-ilovaga* muvofiq;

loyihani amalga oshirish uchun investitsiyalarni amalga oshirish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;

XXR Eksimbanki qarz mablalarini uzish, loyiha boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani moliyalash uchun XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini hamda XXR Eksimbanki qarz mablalarini qayta moliyalash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi bilan kredit shartnomasini tuzsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga - Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kafolat berishga vakil etib tayinlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yakka tartibdagi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda Oʻzbekiston Respublikasining kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.


7. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida:

XXR Eksimbanki - Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi toʻlov manbaidan undiriladigan foyda solii toʻlashdan;

XXR Hukumatining kredit liniyasi mablalari hisobiga хarid qilinadigan tovarlar boʻyicha - bojхona toʻlovlari toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislarning kirish vizalari konsullik yiimlari undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyхatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin, ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.


10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil., 2-son, 37-modda