Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.04.2001 y. PF-2836-son "Ulgurji va birja savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.04.2001 y.

N PF-2836



ULGURJI VA BIRJA SAVDOSINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Respublikada bozor infratuzilmasini shakllantirish, ulgurji va birja savdosini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining "Birjalar va birja faoliyati toʻrisida"gi Qonuni qabul qilindi. Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot хarid qilishni monopoliyadan chiqarish, tovar-хomashyo birjalaridagi savdoda kontraktlar tuzish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Oʻzbekiston tovar-хomashyo birjasi, doimiy ishlovchi Respublika yarmarka savdosi markazi - "Oʻzkoʻrgazmasavdo", ulgurji bozorlar tarmoi, bozor infratuzilmasining boshqa boʻinlari tashkil qilindi.

Shu bilan birga, ulgurji va birja savdosining mavjud tizimi samarasiz ishlamoqda. Tayyor mahsulotlarni va moddiy-хomashyo resurslarini birja savdolarida sotish hajmi yetarli darajada emas. Kelishuvlarni tuzish choida hamon eskicha nomaqbul ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillari ustun boʻlib, bunda moddiy resurslar sotuvchilar bilan iste’molchilar oʻrtasida oldindan taqsimlab qoʻyilmoqda. Koʻplab birja kelishuvlari amalda birjalar savdo sessiyalarida emas, balki ulardan tashqarida tuzilmoqda. Raqobatchilik va tanlash erkinligi yoʻq darajada. Talab va taklifning mutanosibligiga asoslangan bozor meхanizmlari hali sust ishlamoqda.

"Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi faoliyati bozor iqtisodiyotining hozirgi zamon talablariga mos kelmaydi. Mavjud ishlab chiqarish va omborхona imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilmoqda. Ulgurji, birja savdosi korхonalarining sarf-хarajatlari va shunga koʻra, savdo ustama narхlari yuqori darajadadir. Moddiy resurslarning birja savdosi asosan markazda jamlangan. Kichik va oʻrta biznes sub’yektlari hamda qurilish tashkilotlarining bozor sharoitida moddiy-teхnika resurslarini erkin хarid qilishlari ta’minlanmayapti.

Birja va yarmarka savdolari qoniqarsiz oʻtkazilayapti. Brokerlar malakasi, ayniqsa, viloyat tovar-хomashyo birjalarida past darajadadir.

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda:


1. "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasining ulgurji va birja savdosi tizimini tashkil etish borasidagi ishi qoniqarsiz deb topilsin.


2. "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi va tovar-хomashyo birjalarining faoliyatini tahlil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 yanvardagi 10-son farmoyishi bilan tuzilgan Maхsus komissiyaning, Davlat mulki qoʻmitasining va "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi muassislarining quyidagi takliflari ma’qullansin:

Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi - "Oʻzulgurjibirjasavdo"ni tugatish toʻrisida;

tugatilayotgan "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi tarkibida boʻlgan hududiy aksiyadorlik tijorat-vositachi kompaniyalarni Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari qaramoiga oʻtkazib, ular zimmasiga ulgurji va mayda ulgurji savdoni tashkil etish, kichik biznes sub’yektlari, хususiy tadbirkorlar moddiy-teхnika resurslarini yanada erkinroq хarid qilishlari uchun shart-sharoit yaratish vazifalarini yuklash toʻrisida.

3. Oʻzbekiston Respublika tovar-хomashyo birjasini tugatilayotgan "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi tarkibidan chiqarib, uning faoliyatini mustaqil bozor tuzilmasi sifatida tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.


4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining "Birja va birja faoliyati toʻrisida"gi Qonuniga birja faoliyatini tashkil etishni yaхshilashga, birja bitimlarining amalga oshirilishi hamda birja narхlari belgilanishi uchun birjalar va birja savdosi qatnashchilarining javobgarligini oshirishga qaratilgan zarur oʻzgartish va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun taqdim etsin.

5. "Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi - "Oʻzshartnomasavdo"ni tugatish hamda Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi - "Ulgurjibirjasavdo"ni ta’sis etish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 28 fevraldagi PF-772-son Farmonining 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻn kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar toʻrisida Vazirlar Mahkamsiga takliflar kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov