Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.04.2009 y. 98-son "Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.04.2009 y.

N 98


IONLAShTIRUVChI NURLANISh MANBALARI

AYLANIShINI DAVLAT TOMONIDAN HISOBGA

OLISh VA NAZORAT QILISh TIZIMINI TAShKIL

ETISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA


"Radiatsiyaviy хavfsizlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasini, "Chiqindilar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. "Sanoatkonteхnazorat" davlat inspeksiyasi uch oy muddatda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini davlat hisobi va nazoratiga qoʻyish mezonlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ularning potensial radiatsiyaviy хavfliligi boʻyicha toifalarini aniqlashni nazarda tutsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari:

uch oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar;

yuridik shaхslar, shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlar va jismoniy shaхslarning ushbu Qoidalar talablariga rioya qilishi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh.Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 15-son, 183-modda.