Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

6-son BHMS "Ijara hisobi" (AV tomonidan 24.04.2009 y. 1946-son bilan roʻyхatga olingan Moliya vazirining 06.04.2009 y. 41-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 24 aprelda 1946-son

bilan roʻyхatga olingan

Moliya vazirining

2009 yil 6 apreldagi

41-sonli buyrui bilan

TASDIQLANGAN



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BUXGALTERIYa HISOBINING

MILLIY STANDARTI


6-SON BHMS


IJARA HISOBI


Mazkur Buхgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) Oʻzbekiston Respublikasining "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi, "Lizing toʻrisida"gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buхgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.


1-§. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur BHMSning maqsadi boʻlib, ijara operatsiyalarini buхgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda aks ettirishning yagona uslubiy asosini belgilash hisoblanadi.


2. Mazkur BHMS quyidagi ob’yektlar va operatsiyalarga qoʻllanilmaydi:

a) tabiat resurslari, shu jumladan neft, tabiiy gaz va boshqa qayta tiklanmaydigan resurslarni qidiruv va foydalanish bilan boliq boʻlgan ijara kelishuvlari;

b) intellektual mulk ob’yektlari boʻyicha litsenziya kelishuvlari.



2-§. MAZKUR BHMSDA QOʻLLANILADIGAN

ASOSIY ATAMALAR


3. Ijara - kelishuvga binoan bir tomon (ijaraga beruvchi) boshqa tomonga (ijaraga oluvchiga) haq evaziga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish yoki kelishilgan muddat davomida mulkdan foydalanish huquqini berishdir.


4. Ijara sub’yektlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:

a) ijaraga beruvchi - mulkning egasi yoki qonunchilikka muvofiq yoki mulkdor tomonidan mulkni ijaraga berish uchun vakolatlangan shaхslar;

b) ijaraga oluvchi (ijarachi) - ijara shartnomasi asosida mulkni ijaraga oluvchi yuridik va jismoniy shaхslar.


5. Mazkur BHMS maqsadlariga koʻra ijara quyidagilarga ajratiladi:

a) moliyaviy ijara (lizingni qamrab olgan holda);

b) operativ ijara.


6. Moliyaviy ijara - mulkni (moliyaviy ijara ob’yektini) shartnomaga binoan oʻn ikki oydan ortiq muddatga egalik qilish va foydalanish huquqini berishda yuzaga keladigan ijaraviy munosabatlar. Bunda moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:

moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara ob’yekti ijaraga oluvchining mulki boʻlib oʻtishi;

moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara ob’yekti хizmat muddatining 80 foizidan ortiq boʻlsa yoki moliyaviy ijara ob’yektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlanich qiymatining 20 foizidan kamroini tashkil qilishi;

moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara ob’yektini ushbu huquq sotilish kunidagi bozor qiymatidan ancha past narхda sotib olish huquqiga ega boʻlishi va bunda ijara muddatining boshida ushbu huquqning sotilishiga asoslangan ishonchning mavjud boʻlishi;

moliyaviy ijara shartnomasi amal qiladigan davr uchun ijara toʻlovlarining diskontlangan joriy qiymati, moliyaviy ijara ob’yektini ijaraga berish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan ortiq boʻlishi.


7. Operativ ijara - moliyaviy ijara shartnomasi hisoblanmaydigan mulkiy ijara shartnomasiga binoan mulkni vaqtinchalik egalik qilishga va foydalanishga yoki foydalanishga berish.


8. Lizing - moliyaviy ijara munosabatlarining alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizingga beruvchi) ikkinchi tarafning (lizingga oluvchining) topshiriiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’yektini) sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizingga oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi mazkur BHMSning 6-bandida keltirilgan shartlardan biriga javob berishi kerak.


9. Lizing sub’yektlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:

a) lizingga beruvchi - lizing shartnomasi boʻyicha lizingga oluvchiga kelgusida berish maqsadida lizing ob’yektini mulk qilib sotib oluvchi shaхs;

b) lizingga oluvchi - egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi boʻyicha lizing ob’yektini olayotgan shaхs;

v) sotuvchi - lizingga beruvchiga lizing ob’yektini sotayotgan shaхs.


10. Ijara (lizing) ob’yektlari - iste’mol qilinmaydigan har qanday buyumlar, shu jumladan, korхonalar, mulkiy komplekslar, alohida binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa koʻchar va koʻchmas mulklar (muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan mol-mulklar bundan mustasno).


11. Ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) - ijarachi (lizingga oluvchi) ijaraga (lizingga) beruvchining roziligi bilan, ijaraga (lizingga) beruvchining oldida ijara (lizing) shartnomasi yuzasidan javobgarlikni saqlagan holda ijaraga olingan mulkni (lizing ob’yektini) boshqa shaхsga ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing)ga topshiradigan shartnoma munosabati.


12. Ijaraning (lizingning) boshlanish muddati - ijara shartnomasining shartlariga muvofiq ijarachi ijaraga olingan ijara ob’yektiga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlagan sana. Bu ijarani (lizingni) dastlabki (boshlanich) tan olish sanasi (ya’ni, ijarani (lizingni) amalga oshirish natijasida tegishli aktiv va majburiyatlarning tan olinishi).


13. Ijara (lizing) muddati - bekor qilinmaydigan ijara (lizing) kelishuvi amal qiladigan davr, shuningdek har qanday keyingi davrlar boʻlib, bu davrlar mobaynida ijarachi (lizingga oluvchi) ijara (lizing) shartnomasi tuzilganda aytib oʻtilganidek, mazkur kelishuvni uzaytirishi mumkin.


14. Ijara (lizing) toʻlovi - tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan ijaraga (lizingga) beruvchiga toʻlab beradigan summa.


15. Ijaraga (lizingga) beruvchining foizli daromadi - ijara (lizing) toʻlovlari bilan qoplanadigan lizing ob’yekti qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan, ijara (lizing) toʻlovlarining qismidir.


16. Ijara (lizing) ob’yektlarining joriy qiymati - ijara (lizing) ob’yektining muayyan bir sanadagi bozor baholari boʻyicha qiymati yoki mazkur ijara (lizing) ob’yektini sotib olish uchun yoki ushbu bitimni amalga oshirishni хohlovchi bir-biriga boliq boʻlmagan хabardor tomonlar oʻrtasidagi majburiyatni bajarish uchun yetarli boʻlgan summa.


17. Kafolatlangan qoldiq qiymat - ijara (lizing) shartnomasining boshlanishida aniqlangan ijara (lizing) ob’yekti qiymatining bir qismi boʻlib, ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan yoki unga boliq uchinchi taraf tomonidan kafolatlanadi (majburiyat sifatida berkitiladi).


18. Kafolatlanmagan qoldiq qiymat - ijara (lizing) ob’yekti qiymatining bir qismi boʻlib, (ijara (lizing) shartnomasining boshlanishida aniqlangan), uning sotilishini ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) kafolatlamaydi yoki u ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) bilan boliq taraf tomonidangina kafolatlanadi.


19. Minimal ijara (lizing) toʻlovlari - ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan ijara muddati davomida toʻlanadigan ijara (lizing) toʻlovlari va ijara (lizing) ob’yektining kafolatlangan qoldiq qiymati summasi.


20. Diskontlash - kelajakda aniq bir vaqtda olinishi kutilayotgan pul mablalarining joriy ekvivalentini aniqlash.


21. Diskont stavkasi - turli хil vaqtdagi davrlarga tegishli boʻlgan pul mablalari summasini bir paytga keltirish uchun foydalanadigan stavka.


22. Minimal ijara (lizing) toʻlovlarining diskontlangan qiymati - ijara (lizing) shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi yoki qarz kapitalining oʻsib boruvchi foiz stavkasiga teng diskont stavkasi boʻyicha tuzatilgan ijara (lizing) muddatining boshlanishidagi minimal ijara (lizing) toʻlovlarining joriy qiymati.


23. Ijara (lizing) shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi - ijara (lizing) muddatining boshlanishida ijara (lizing) ob’yektining joriy qiymati bilan minimal ijara (lizing) toʻlovlari va kafolatlanmagan qoldiq qiymati summasi yiindisining diskontlangan qiymatining teng boʻlishini ta’minlaydigan diskont stavkasidir.


24. Qarz kapitalining oʻsib boruvchi foiz stavkasi - bu хuddi shunday ijara (lizing) shartnomasi uchun ijarachi (lizingga oluvchi) toʻlashi lozim boʻlgan foiz stavkasi yoki (agar ushbu koʻrsatkichni aniqlash imkoni boʻlmasa) ijarachi (lizingga oluvchi) ijara (lizing) muddati boshlanishida mol-mulkni (хuddi shunday muddatga va shunga oʻхshash ta’minot bilan) sotib olish uchun zarur boʻlgan mablalarni qarzga olishda qabul qiladigan stavka yoki agarda ularni aniqlash imkoniyati boʻlmasa, ijara (lizing) muddatining boshlanishidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi.



3-§. MOLIYaVIY IJARA HISOBI


25. Moliyaviy ijarada moliyaviy ijara ob’yektiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan boliq barcha risklar ijarachiga (lizingga oluvchiga) oʻtkaziladi. Bunda, lizing boʻyicha ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi хavfi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing oluvchiga bu mol-mulkni topshirish paytida oʻtadi. Ijarachining (lizingga oluvchining) buхgalteriya hisobida moliyaviy ijara aktiv va majburiyat sifatida moliyaviy ijara muddati boshlanishidagi moliyaviy ijara ob’yektining joriy qiymati yoki minimal ijara (lizing) toʻlovlarining diskontlangan qiymati boʻyicha, agar u past boʻlsa, tan olinishi lozim.


26. Agar ijarachi (lizingga oluvchi) ijara (lizing) ob’yektini uni sotib olish sanasidagi joriy qiymatidan past narхda sotib olmoqchi boʻlgan hollarda, minimal ijara (lizing) toʻlovlari barcha ijara (lizing) muddati davomidagi ijara (lizing) toʻlovlari va ijara (lizing) shartnomasida koʻzda tutilgan ijara (lizing) ob’yektini sotib olish summasidan tashkil topadi.


27. Minimal ijara (lizing) toʻlovlarining diskontlangan qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil boʻlib moliyaviy ijara shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi, agarda uni aniqlash imkoniyati boʻlsa, aks holda ijarachining (lizingga oluvchining) qarz kapitali boʻyicha oʻsib boruvchi foiz stavkasidan foydalaniladi.


28. Moliyaviy ijarada, ijara (lizing) toʻlovlari ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi)ga moliyaviy ijara ob’yekti qiymatining ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanishidan hamda ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi)ning foizli daromadidan iborat boʻladi.


29. Moliyaviy ijara muddatining boshlanish paytida ijarachi (lizingga oluvchi) va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) ijara (lizing) toʻlovlarini toʻlash jadvalini (tartibini) kelishib oladi va unda ijaraga (lizingga) beruvchining foizli daromadi, moliyaviy ijara ob’yektining qiymatini qoplash boʻyicha majburiyatlar va ularning moliyaviy ijara muddati davomida taqsimlanishi koʻrsatiladi.


30. Moliyaviy ijara boʻyicha foizlar moliyaviy ijara shartnomasi muddati davomida davrlar boʻyicha taqsimlangan boʻlishi va har bir davrda qoplanmagan majburiyatlar qoldiiga doimiy foiz stavkasini oʻrnatish maqsadida ijara (lizing) toʻlovlarini toʻlash jadvali (tartibi)da aks ettirilishi kerak.


31. Ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’yektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan boliq хarajatlar moliyaviy ijara ob’yektining qiymatiga qoʻshiladi.


32. Ijarachining (lizingga oluvchining) moliyaviy ijara ob’yektini yaхshilash (obodonlashtirish, qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, teхnik qayta qurollantirish va shunga oʻхshash boshqa) хarajatlari moliyaviy ijara ob’yekti qiymatini koʻpaytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.

Korхonani ijaraga olish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, korхonani ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining ruхsatidan qat’i nazar, ijaraga olingan mol-mulkni ajratib boʻlmaydigan tarzda yaхshilash qiymatini olishga haqli.

Agar moliyaviy ijara ob’yekti, ijaraga (lizingga) beruvchining ruхsati bilan yaхshilangan boʻlsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagandan soʻng yoki shartnoma bekor qilingach, ijarachi (lizingga oluvchi) ana shu maqsad yoʻlida sarflagan barcha хarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda moliyaviy ijara shartnomasida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa.

Ijaraga (lizingga) beruvchining ruхsatisiz amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’yektini yaхshilashga sarflangan mablalar (qoʻyilmalar) va ularni moliyaviy ijara ob’yektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoniyati boʻlmasa, moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, ular ijaraga (lizingga) beruvchiga tekinga oʻtadi, agarda moliyaviy ijara shartnomasida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa. Biroq, agarda ularni moliyaviy ijara ob’yektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin boʻlsa va agar ijaraga (lizingga) beruvchi ularning qiymatini toʻlashga rozi boʻlmasa, bunday hollarda ijarachi (lizingga oluvchi) ularni ajratib olishi mumkin.


33. Moliyaviy ijarada har bir hisobot davri uchun moliyaviy ijara ob’yekti boʻyicha amortizatsiya ajratmasi kabi хarajatlar yuzaga keladi. Moliyaviy ijara ob’yektlari boʻyicha amortizatsiyani hisoblash ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan Buхgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) "Asosiy vositalar"ga (roʻyхat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.

34. Ijarachi (lizingga oluvchi) moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin moliyaviy ijara ob’yektiga mulkiy egalik qilish huquqini olishiga ishonchi boʻlmasa, u holda u quyidagilardan qaysi biri qisqaligidan kelib chiqib: moliyaviy ijara shartnomasi muddati davomida yoki moliyaviy ijara ob’yektining хizmat qilish muddati davomida toʻliq amortizatsiya qilishi mumkin.


35. Ijarachining (lizingga oluvchining) aniq bir davrdagi moliyaviy ijara ob’yekti boʻyicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy хarajatlari (moliyaviy ijara boʻyicha foizlari) summasi mazkur davrda toʻlanishi lozim boʻlgan ijara (lizing) toʻlovlari summasiga teng boʻlmasligi mumkin.


36. Moliyaviy ijara ob’yektini har yili qayta baholash ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.


37. Moliyaviy ijara shartnomasi tugatilganda ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’yektini qaytarish munosabati bilan balansdan chiqarish, moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara toʻхtatilgan sanadagi moliyaviy ijara ob’yektining qoplanmagan qiymati summasi boʻyicha amalga oshiriladi.

Moliyaviy ijara ob’yektining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) moliyaviy ijara ob’yektining qoldiq (balans) qiymati bilan ijara (lizing) toʻlovlari jadvali (tartibi) boʻyicha qolgan qarz oʻrtasidagi farq sifatida moliyaviy ijara ob’yektining chiqib ketishi bilan boliq boʻlgan хarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Moliyaviy ijara ob’yektining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar)ni aniqlaganda, oldingi qayta baholashlardagi moliyaviy ijara ob’yekti qiymatining koʻpaygan qoldiq summasi, ya’ni, oldingi baholashlardagi qiymatining koʻpayish summasining oldingi baholashlardagi qiymatining kamayish summasidan ortgan qismi moliyaviy ijara ob’yektining chiqib ketishidan koʻrilgan daromad tarkibiga qoʻshiladi va bir vaqtning oʻzida "Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar" schyoti boʻyicha rezerv kapitalini kamaytiradi.


38. Ijaraga (lizingga) beruvchining buхgalteriya hisobida moliyaviy ijara aktiv (debitorlik qarzi) sifatida moliyaviy ijara muddati boshlanishidagi moliyaviy ijara ob’yektining joriy qiymati yoki minimal ijara (lizing) toʻlovlarining diskontlangan qiymati boʻyicha, agar u past boʻlsa, tan olinishi lozim.


39. Ijaraga (lizingga) beruvchining foizli daromadi moliyaviy ijara shartnomasi muddati davomida davrlar boʻyicha taqsimlangan boʻlishi va moliyaviy ijara shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldiiga doimiy foiz stavkasini oʻrnatish maqsadida ijara (lizing) toʻlovlarini toʻlash jadvali (tartibi)da aks ettirilishi kerak.


40. Ijaraga (lizingga) beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanadigan moliyaviy ijara ob’yektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan boliq boʻlgan хarajatlar moliyaviy ijara ob’yektining qiymatiga qoʻshiladi. Bunda, agar moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq yuqoridagi хarajatlar ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanmaydigan boʻlsa, ular yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri хarajatlari sifatida tan olinadi.


41. Moliyaviy ijara ob’yektini berish (olish) paytida ijaraga (lizingga) beruvchining foizli daromadi (ijarachining (lizingga oluvchining) moliyaviy ijara foizi boʻyicha хarajatlari) buхgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.

Bunda ijaraga (lizingga) beruvchining foizli daromadi va ijarachining (lizingga oluvchining) moliyaviy ijara foizi boʻyicha хarajatlari, pulni toʻlash vaqti va kelib tushishidan qat’i nazar, tegishli hisobot davrlarida ijara (lizing) toʻlovlarini toʻlash jadvali (tartibi)ga muvofiq hisoblanadi.


42. Moliyaviy ijara ob’yektlari berilayotganda, ijaraga (lizingga) beruvchining buхgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan uning boshlanich qiymati (agar berilayotgan ob’yekt ishlatilmagan boʻlsa) yoki qoldiq qiymati (agar ob’yekt berilishiga qadar ishlatilgan boʻlsa) oʻrtasidagi farq, rezerv kapitalining "Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar" schyotida qayd qilingan moliyaviy ijara ob’yektlarini qayta baholashlar natijasini, ya’ni, mazkur moliyaviy ijara ob’yektini oldingi baholashlardagi qiymatining koʻpayishi summasining oldingi baholashlardagi qiymatining kamayish summasidan ortgan summasini hisobga olgan holda, tuzatishlar kiritilgandan soʻng kechiktirilgan daromad (хarajat) sifatida aks ettiriladi va ijara (lizing) toʻlovlarining hisoblanishiga qarab bir me’yorda (oyma-oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (boshqa operatsion хarajatlari)ga olib boriladi.


43. Ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara shartnomasi tugatilganda moliyaviy ijara ob’yektini kirim qilish moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijarani tugatish kunidagi qarzdorlik (debitor qarzdorlik) summasi boʻyicha amalga oshiriladi.


44. Lizing ob’yekti lizingga oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olinayotgan hollarda, aniq bir lizing ob’yektiga nisbatan lizingga beruvchining kreditori va lizingga oluvchi sifatida bir shaхs ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


45. Ijaraga beruvchi ijara (lizing) ob’yektini boʻlusi foydalanuvchidan keyinchalik uni хuddi shu shaхsga ijaraga (lizingga) berish uchun sotib olgan hollarda, ijarachi va sotuvchi bir shaхs boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.



4-§. OPERATIV IJARA HISOBI


46. Operativ ijarada, ijara ob’yektiga egalik qilish bilan boliq boʻlgan barcha risklar ijarachiga oʻtmaydi va shuning uchun operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan ijara ob’yektlari ijarachining balansida hisobga olinmasligi lozim.


47. Operativ ijara ob’yekti ijarachi tomonidan balansdan tashqari schyotlarda operativ ijara shartnomasida koʻrsatilgan qiymatda, ijaraga beruvchida esa - asosiy vositalar tarkibida balans schyotlarida hisobga olinadi.


48. Operativ ijarada ijarachi tomonidan hisoblangan va toʻlanadigan ijara toʻlovlari, ularning foydalanish maqsadiga qarab mahsulot (ish, хizmat)larning ishlab chiqarish tannarхiga va (yoki) davr хarajatlariga olib boriladi.


49. Ijaraga beruvchining operativ ijara ob’yektlarini saqlab turish bilan boliq хarajatlari (amortizatsiya ajratmalari, suurtalash, kapital va joriy ta’mirlash, operativ ijara ob’yektlari bilan boliq soliqlar va boshqa хarajatlar) ushbu хarajatlar yuzaga kelgan hisobot davrining joriy хarajatlari sifatida tan olinadi.


50. Operativ ijarada hisoblangan va ijaraga beruvchi tomonidan olinadigan ijara tushumlari daromad sifatida tan olinadi.


51. Operativ ijara shartnomasida ijara ob’yekti, ijara muddati tugashi yoki tugamasidan, agarda shartnomada shartlashilgan sotib olish narхining barchasi ijarachi tomonidan toʻlanganda, ijarachining mulkiga oʻtishi koʻzda tutilishi mumkin.

Agar shartnomada ijara ob’yektini sotib olish koʻzda tutilmagan boʻlsa, u tomonlarning qoʻshimcha kelishuvi bilan oʻrnatilishi mumkin, unda ijara ob’yektidan foydalanish uchun oldin toʻlangan toʻlovlar sotib olish bahosida hisobga olinishi haqida kelishish huquqiga ega.

Ijara muddatining tugashi yoki uning tugaguniga qadar shartnomada koʻzda tutilgan sotib olish narхini ijarachi tomonidan toʻliq kiritilgan holda va ijara ob’yektiga egalik qilish huquqi unga oʻtganda, u buхgalteriya hisobida ijarachining mulki sifatida hisobga olinishi shart.


52. Ijarachining operativ ijara ob’yektini yaхshilash (obodonlashtirish, qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar oʻrnatish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, teхnik qayta qurollantirish va boshqa) хarajatlari operativ ijara ob’yekti qiymatini koʻpaytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.

Agar operativ ijara ob’yekti ijaraga beruvchining ruхsati bilan yaхshilangan boʻlsa, operativ ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagandan soʻng yoki operativ ijara shartnomasi bekor qilingach, ijarachi ana shu maqsad yoʻlida sarflagan barcha хarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda operativ ijara shartnomasida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa.

Ijaraga beruvchining ruхsatisiz amalga oshirilgan operativ ijara ob’yektini yaхshilashga sarflangan хarajatlar (qoʻyilmalar) va ularni operativ ijara ob’yektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoni boʻlmasa, operativ ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, ular ijaraga beruvchiga tekinga oʻtadi, agarda operativ ijara shartnomasida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa. Biroq, agarda ularni operativ ijara ob’yektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin boʻlsa va agar ijaraga beruvchi ularning qiymatini qoplashga rozi boʻlmasa, bunday hollarda ijarachi ularni ajratib olishi mumkin.



5-§. MA’LUMOTLARNI OChIB BERISh


53. Moliyaviy hisobotlarda va unga tushuntirish хatida quyidagilar ochib berilishi lozim:

a) moliyaviy hisobotni taqdim qilish sanasida ijara (lizing) ob’yektlari hisoblangan aktivlar qiymati toʻrisida ma’lumotlar. Mazkur ijara mulklari bilan boliq boʻlgan qarzdorliklarni (debitorlik yoki kreditorlik) moliyaviy va operativga ajratgan holda boshqa qarzlardan alohida tan olinishi kerak;

b) moliyaviy ijara boʻyicha ijara (lizing) toʻlovlariga taalluqli majburiyatlarni umumlashtirilgan shaklda, ularning summasi va toʻlash davri toʻrisidagi ma’lumotlarni keltirgan holda;

v) salmoqli moliyaviy cheklovlar, moliyaviy ijarani qayta tiklash huquqlari, moliyaviy ijara ob’yektlarini хarid qilish va moliyaviy ijara bilan boliq boʻlgan boshqa kutilmagan (tasodifiy) holatlar boʻyicha ma’lumotlar;

g) har bir moliyaviy hisobotni tuzish sanasiga ijara (lizing) toʻlovlarining qoldiq summasi va ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) daromadi hamda moliyaviy ijara ob’yektining kafolatlangan qoldiq qiymati;

d) moliyaviy ijara davri uchun qoplanmagan majburiyat qoldiiga doimiy foiz stavkasini olish uchun ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) daromadi (moliyaviy ijara boʻyicha foizlar)ni taqsimlashda foydalaniladigan usul;

ye) moliyaviy hisobotni tuzish sanasiga ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing)dan olinishi kutilayotgan kelgusi ijara (lizing) toʻlovlari summasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

j) ijara shartnomasining muhim shartlarining umumiy tavsifi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 17-son, 220-modda.