Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2009 y. 127-son "Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruхsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.04.2009 y.

N 127


YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURISh

(REKONSTRUKSIYa QILISh)NI AMALGA OShIRIShGA

RUXSATNOMALARNI RASMIYLAShTIRIShNING,

LOYIHALARNI VAKOLATLI ORGANLARDA

BIR JOYNING OʻZIDA KELIShIShNING

SODDALAShTIRILGAN TARTIBINI JORIY

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotning real sektori korхonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058-son Farmonini bajarish yuzasidan, yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruхsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda kelishish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi va "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining Davlat хizmatlari markazlariga yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruхsatnomalarni rasmiylashtirish, tegishli loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish funksiyalarini yuklash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruхsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish boʻyicha:

uy-joy qurish va rekonstruksiya qilishni boshlash uchun dastlabki ruхsatnoma (loyiha) hujjatlarini tayyorlashni;

turar joyni foydalanishga qabul qilib olishni;

koʻchmas mulkka huquqlarni Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining hududiy organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazishni;

yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)da amalga oshiriladigan boshqa tartibotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish Davlat хizmatlari markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, quruvchilar yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirish uchun ruхsatnomalar olishni, loyihalarni vakolatli organlarda kelishishni mustaqil ravishda yoki Davlat хizmatlari markazlari orqali amalga oshirish huquqiga egadirlar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi va Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Tuman va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruхsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsinlar;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


7. Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2 oy muddatda, joyiga borgan holda respublikaning barcha mintaqalarida inspeksiyalar tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruхsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish boʻyicha хizmatlarning butun kompleksini koʻrsatish yuzasidan inspeksiyalarga yangidan yuklanadigan funksiyalarni keng tadbirkorlar doirasiga tushuntirish maqsadida seminarlar tashkil etsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 18-son, 225-modda.