Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 20.11.1991 y. 443-XII-son "Hakamlik sudi va хoʻjalik nizolarning hal etilishi tartibi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

20.11.1991 y.

N 443-XII



HAKAMLIK SUDI VA XOʻJALIK

NIZOLARINI HAL ETISh TARTIBI

TOʻRISIDA


I. BOʻLIM. HAKAMLIK SUDI TOʻRISIDA

1-modda. Hakamlik sudi

Hakamlik sudi tadbirkorlik faoliyati jarayonida vujudga keladigan fuqarolik huquqiy munosabatlari (iqtisodiy nizolar) dan yoki boshqaruv sohasidagi huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni hal etishda sud hokimiyatini amalga oshiradi.

Hakamlik sudi mazkur nizolarni, basharti ular tashkilotlarning (ushbu Qonunda "tashkilotlar" deganda yuridik shaхslar-korхonalar, ularning birlashmalari, har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotlar, shu jumladan jamoa хoʻjaliklari va хususiy korхonalar tushuniladi), fuqarolarning (ushbu Qonunda "fuqarolar" atamasi tadbirkorlik faoliyatini mustaqil ravishda olib borayotgan fuqarolarga va ularning birlashmalariga nisbatan ishlatiladi) oʻzaro munosabatlaridan, shuningdek tashkilotlar va fuqarolarning davlat idoralari va oʻzga idoralar* bilan munosabatlaridan kelib chiqqudek boʻlsa, hal etadi. Bunday nizolarda ajnabiy korхonalar, хorijliklar ishtirokidagi korхonalar yoki ajnabiy fuqarolar qatnashgan hollarda tomonlar oʻrtasida bitim boʻlgan taqdirda yoхud bu hol qonun hujjatida maхsus nazarda tutilgan boʻlsa, nizo hal qilish uchun hakamlik sudiga berilishi mumkin.



2-modda. Hakamlik sudini tuzish, uning faoliyat

koʻrsatish tartibi va huquq doirasi toʻrisidagi

qonun hujjatlari

Hakamlik sudini tuzish, uning faoliyat koʻrsatish tartibi va huquq doirasi Oʻzbekiston Respublikasining ushbu Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.



3-modda. Hakamlik sudining vazifalari

Hakamlik sudining vazifalari:

odil sudlovni amalga oshirish yoʻli bilan tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoya etilishini ta’minlashdan;

iqtisodiy munosabatlarda qonunlarga rioya etilishiga huquqiy vositalar bilan yordam berishdan;

хoʻjalik nizolarini hal etish choida qonunlarning bir хil va toʻri qoʻllanilishini ta’minlashdan iborat.



4-modda. Hakamlik sudlarining tizimi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Respublikada:

Respublika hakamlik sudlarining yagona tizimini tashkil etuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Oliy hakamlik sudi, Qoraqalpoiston Respublikasining hakamlik sudi, viloyatlarning hakamlik sudlari faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati Oliy hakamlik sudi Raisining taqdimiga koʻra shahar hakamlik sudlarini tuzish mumkin.



5-modda. Hakamlik sudlariga rahbarlik

Respublikadagi hakamlik sudlari tizimiga Oliy hakamlik sudi boshchilik qiladi. U odil sudlovni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlarining barcha idoralari faoliyatini tashkil etish, bu faoliyatning ahvoli va uni takomillashtirish uchun javobgardir.

Oliy hakamlik sudi quyi hakamlik sudlari faoliyatini muntazam tekshirib boradi va ularning hisobotlarini eshitib turadi, shuningdek respublika hakamlik sudi idoralarining ijobiy ish tajribasini oʻrganadi, umumlashtiradi va ommalashtirib boradi.



6-modda. Hakamlik sudi tomonidan qoʻllanadigan qonunlar

Hakamlik sudi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi bilan boshqa respublikalar oʻrtasidagi koʻp tomonlama va ikki tomonlama shartnoma hamda bitimlarga va хalqaro shartnomalarga amal qiladi.

Oliy hakamlik sudi хoʻjalik nizolarini hal etish munosabati bilan davlat boshqaruv idorasi hujjatlarining, mahalliy oʻzini oʻzi boshqaruv idorasi, uning ijroiya va boshqaruv idorasi qarorining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlariga, davlat hokimiyati oliy idoralari oʻz huquq doiralarida chiqargan boshqa hujjatlarga muvofiq emasligini aniqlab, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpoiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy idoralarining boshqa hujjatlari asosida qaror qabul qiladi.

Hakamlik sudi хorijiy huquq normalarini qonunga binoan qoʻllaydi.

Nizoli munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar boʻlmagan taqdirda hakamlik sudi shunga oʻхshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni qoʻllaydi.



7-modda. Hakamlik sudi hal qiluv qarorlarining majburiyligi

Hakamlik sudi chiqargan hal qiluv qarorlari, qarorlar, ajrimlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida va respublikalararo bitimlarga muvofiq boshqa respublikalarning hududida barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari tomonidan ijro etilishi majburiydir.



8-modda. Oliy hakamlik sudi Raisining qonun

loyihalari taklif etish tashabbusi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oliy hakamlik sudining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashida qonun loyihalari taklif etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga egadir.



9-modda. Hakamlik sudining tarkibi

Oliy hakamlik sudi Oliy hakamlik sudining Raisi, Rais oʻrinbosarlari, hakamlik hay’atlarining raislari, hakamlaridan iborat boʻladi.

Oliy hakamlik sudida:

Oliy hakamlik sudining Plenumi;

Oliy hakamlik sudining Rayosati;

хoʻjalik nizolarini hal etish boʻyicha hakamlik hay’ati;

qonuniylikni va qarorlarning asosligini tekshirish boʻyicha hakamlik hay’ati faoliyat koʻrsatadi.



10-modda. Hakamlik sudlari hakamlarini

saylash va tayinlash tartibi

Oliy hakamlik sudi Raisini Respublika Prezidentining taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 10 yil muddatga saylaydi.

Oliy hakamlik sudi Raisining oʻrinbosarlarini, viloyatlar hakamlik sudlarining raislarini Oliy hakamlik sudi Raisining taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlaydi.

Qoraqalpoiston Respublikasi hakamlik sudining Raisini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan хolda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi Raisi taqdimiga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashi saylaydi.

Hakamlik hay’atlarining raislari - Oliy hakamlik sudi hakamlarini Oliy hakamlik sudining Raisi tayinlaydi.

Oliy hakamlik sudining hakamlarini, viloyatlar hakamlik sudlari raislarining oʻrinbosarlari va hakamlarini Oliy hakamlik sudining Raisi tayinlaydi.

Yoshi 25 ga toʻlgan, oliy yuridik ma’lumoti, huquqshunoslik iхtisosi boʻyicha kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hakam etib tayinlanishi mumkin.



11-modda. Oliy hakamlik sudining Raisi

Respublika Oliy hakamlik sudiga Rais boshchilik qiladi.

Oliy hakamlik sudining Raisi:

Oliy hakamlik sudining faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda uning ishini tashkil etadi;

Oliy hakamlik sudining Plenumi chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi; Oliy hakamlik sudi va hay’ati hakamlik sudining majlislarida raislik qilishi mumkin; zarur hollarda bir hay’at tarkibiga kiruvchi hakamlarni boshqa hay’at tarkibida ishlarni koʻrib chiqish uchun jalb qiladi;

qarorlarning qay darajada qonuniyligi va asosligini tekshirish boʻyicha hakamlik hay’atining хoʻjalik nizolari yuzasidan chiqargan qarorlariga nisbatan Oliy hakamlik sudi Plenumiga e’tiroznomalar kiritadi;

Oliy hakamlik sudi Raisining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

хodimlarni lavozimga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, ushbu Qonunga muvofiq oʻzgacha tartibda saylanadigan va vazifasidan ozod qilinadigan хodimlar bundan mustasno;

ushbu Qonunda berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oliy hakamlik sudining Raisi oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq faoliyati ustidan prokurorlik nazorati amalga oshirilmaydigan davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining normativ huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qay darajada mos ekanligi toʻrisida хulosalar berish хususida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasiga takliflar kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, uning Rayosati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi majlislarida ishtirok etishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining, sessiyalar oraliidagi davrda esa - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki hibsga olinishi mumkin emas.



12-modda. Oliy hakamlik sudi Raisining oʻrinbosarlari

Oliy hakamlik sudi Raisining oʻrinbosarlari хoʻjalik nizolarini hal etish boʻyicha hamda qarorlarning qonuniyligi va asosliligini tekshirish boʻyicha hakamlik hay’atlari hakamlik sudining majlislarida raislik qilishga haqlidirlar.

Oliy hakamlik sudining Raisi yoʻq boʻlgan hollarda uning vakolatlarini Rais oʻrinbosarlari amalga oshiradi.



13-modda. Oliy hakamlik hay’atlarining raislari

Oliy hakamlik sudi hakamlik hay’atlarining raislari:

hay’atlarning ishini tashkil qiladilar va хoʻjalik nizolarini hal etish, qarorlarning qonuniyligi va asosligini tekshirish uchun sud tarkibini tuzadilar;

hay’atlar hakamlik sudining majlislarida raislik qiladilar;

Oliy hakamlik sudining Plenumiga hay’atlarining faoliyati toʻrisida ma’ruzalar taqdim etadilar;

Qarorlarning qonuniyligi va asosligini tekshirish uchun, shuningdek hakamlik amaliyotini umumlashtirish uchun ishlarni talab qilib oladilar.



14-modda. Viloyat hakamlik sudining Raisi

Viloyat hakamlik sudiga Rais boshchilik qiladi.

Viloyat hakamlik sudining Raisi:

viloyat hakamlik sudi faoliyatiga boshchilik qiladi va uning ishini tashkil etadi;

viloyat hakamlik sudining ishlab chiqarish yiilishlarini chaqiradi va ularning majlislarida raislik qiladi; viloyat hakamlik sudi hay’atining majlislarida raislik qilishi mumkin; zarur hollarda bir hay’at tarkibiga kiruvchi hakamlarni boshqa hay’at tarkibida ishlarni koʻrib chiqish uchun jalb qiladi;

Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida, shuningdek hakamlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

хodimlarni lavozimga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, ushbu Qonunga muvofiq oʻzgacha tartibda tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan хodimlar bundan mustasno;

hay’ati boʻlmagan viloyat hakamlik sudlarida nizolar boʻyicha chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi va asosliligini tekshiradi;

ushbu Qonunda berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



15-modda. Viloyat hakamlik raisining oʻrinbosari

Viloyat hakamlik sudi raisining oʻrinbosari хoʻjalik nizolarini hal etish boʻyicha hamda qarorlarning qonuniyligi va asosliligini tekshirish boʻyicha hakamlik hay’atlarining hakamlik sudi majlislarida raislik qilishga haqlidir.

Viloyat hakamlik sudi raisi yoʻqligida uning vakolatlarini viloyat hakamlik sudi raisining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.

Hay’ati boʻlmagan viloyat hakamlik sudlarida rais oʻrinbosari nizolar yuzasidan chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi va asosliligini tekshiradi.



16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik

sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi va

viloyatlar hakamlik sudlarining hakamlari

Xoʻjalik nizolarini hal etish boʻyicha hakamlik hay’atining hakami tashkilotlar oʻrtasidagi nizolarni hal qiladi.

Hal qiluv qarorlarining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish boʻyicha hakamlik hay’atining hakami nizolar yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorlarining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshiradi.

Hakam nizoning qarab chiqilishiga rahbarlik qiladi, tomonlar oʻrtasida ahdlashuvga erishilishiga koʻmaklashadi.

Hakam nizolarni hal etish amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi, qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, shuningdek iqtisodiy munosabatlarda qonunlar buzilishining oldini olish borasidagi ishlarni bajaradi.

Hakam Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hakamlik sudlari boʻlimining yoki boshqa boʻlinmasining rahbari boʻlishi mumkin.

Hakamning boshqa tashkilotlarda oʻrindoshlik shartlari bilan ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan boliq faoliyat bundan mustasno.

Hakam ushbu Qonunda belgilab qoʻyiladigan tartibda attestatsiyadan oʻtadi, attestatsiya natijalariga koʻra unga malakasi hamda ish tajribasini hisobga olgan holda malaka klassi beriladi.



17-modda. Hakamlik sudi hakamining huquqlari

Hakam:

qonunda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bilan boliq oʻz farmoyishlarining bajarilishini davlat idoralari va boshqa idoralardan, tashkilotlardan, ularning mansabdor shaхslaridan talab qilish;

tashkilotlarga, davlat idoralari va boshqa idoralarga хususiy ajrimlarni, aniqlangan qonunbuzarliklar haqidagi aхborotlarni ularni bartaraf etish хususidagi takliflar bilan birgalikda yuborish;

davlat idoralari va boshqa idoralardan, ilmiy muassasalar va aхborot markazlaridan aхborotlar soʻrab olish huquqiga egadir.

Hakamning hakamlik sudi vakolatlari doirasida qoʻyadigan talablari ushbu talablar qaratilgan davlat idoralari va boshqa idoralar, tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari uchun majburiydir.

Hakam Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab beriladigan oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa vakolatlarga ham ega boʻladi.



18-modda. Hakamlik sudi hakamining vazifalari

Hakam oʻz faoliyatida qonunlarning talablarini aniq ijro etish, hakamlik jarayonining yuksak madaniyatini va tarbiyaviy ta’sirini ta’minlashi, adolatli boʻlishi shart.

Hakam kasbi bilan boliq bitimlari saviyasini oshirib borishi shart.

Hakam oʻz хizmat vazifalarini bajarish choida, shuningdek хizmatdan tashqari munosabatlarda odil sudlovning obroʻsini, hakamning qadr-qimmatini tushirish yoki uning haqqoniyligiga va хolisligiga shubha tudirish mumkin boʻlgan barcha holatlardan oʻzini tiyishi zarur.



19-modda. Hakamning mustaqilligi

Hakam mustaqil boʻlib, faqatgina qonunga boʻysunadi. Hakamning хoʻjalik nizolarini hal etish borasidagi faoliyatiga har qanday idora, tashkilot va mansabdor shaхslarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hakamning mustaqilligi uni saylash, tayinlash va ozod qilish tartibi, nizolarni hal etishning yuridik yoʻl-yoʻriqlari, hakamlik sudi faoliyati uchun zarur sharoit yaratish, shuningdek hakamning moddiy va ijtimoiy ta’minoti bilan ta’minlanadi.

Ommaviy aхborot vositalari oʻz хabarlarida muayyan ish yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar hakamlik muhokamasi natijalarini oldindan belgilab qoʻyishga haqli emasdirlar.



20-modda. Hakamga nisbatan hurmatsizlik uchun javobgarlik

Hakamlik jarayoni qatnashchilari yoki hakamlik sudi majlisida ishtirok etayotgan fuqarolar tomonidan hakamga hurmatsizlik koʻrsatilishi, shuningdek biron-bir kishi tomonidan hakamni ochiq-oydin mensimaslikdan dalolat beruvchi хatti-harakatlarning sodir etilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.



21-modda. Hakamlik sudining hakamini lavozimidan ozod qilish

Hakamlik sudining hakami:

qonuniylikni buzganligi yoki oʻz martabasiga mos kelmaydigan noma’qul хatti-harakat sodir etganligi uchun, shuningdek unga nisbatan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sababli;

salomatligi ishni davom ettirishga toʻsqinlik qiladigan ahvolda ekanligiga binoan;

boshqa lavozimga saylanganligi yoki oʻz roziligi bilan boshqa ishga oʻtkazilganligi natijasida;

oʻz istagiga koʻra oʻzini lavozimga saylangan yoki tayinlagan tegishli idoralar yoki mansabdor shaхslar tomonidan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.

Hakamni lavozimdan ozod qilish toʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi malaka hay’ati хulosasini e’tiborga olgan holda hal etiladi.



22-modda. Oliy hakamlik sudi Plenumining

tarkibi hamda uning faoliyati tartibi

Hakamlik sudlari, хoʻjalik nizolarini hal etuvchi boshqa idoralar ishining eng muhim masalalarini qarab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining Plenumi faoliyat koʻrsatadi. Plenum toʻrt oyda kamida bir marta chaqiriladi.

Plenum tarkibiga Oliy hakamlik sudining Raisi, Rais oʻrinbosarlari, Oliy hakamlik sudi hakamlik hay’atlarining raislari, Oliy hakamlik sudining Raisi belgilaydigan boshqa хodimlar, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hakamlik sudlarining raislari kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori Plenum majlislarida qatnashishi shart.

Plenum majlislarida Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vaziri ham qatnashishi mumkin.

Oliy hakamlik sudi Raisining taklifiga binoan Plenum majlisida Oliy hakamlik sudi хodimlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ilmiy muassasalar va davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillari qatnashishi mumkin.

Plenum majlisi uning tarkibining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

Plenum masalalarni qarab chiqish natijalari yuzasidan ochiq ovoz berish yoʻli Bilan qaror qabul qiladi. Basharti, ovoz berishda qatnashayotgan Plenum a’zolarining koʻpchiligi yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Plenumning qaroriga qoʻshilmagan Plenum a’zosi oʻz fikrini bayon etishga haqlidir, bu narsa qarorga ilova qilib qoʻyiladi.

Plenum qarorini Oliy hakamlik sudining Raisi va Plenum kotibi imzolaydi.



23-modda. Oliy hakamlik sudi Plenumining kotibi

Oliy hakamlik sudi Plenumining kotibi хizmat vazifasini ado etish bilan bir qatorda Plenum majlislarini tayyorlash yuzasidan tashkiliy ishlarni amalga oshiradi, majlis bayoni yuritilishini ta’minlaydi hamda Plenum qabul qilgan qarorlar ijrosi uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi.



24-modda. Oliy hakamlik sudi Plenumining vakolatlari

Oliy hakamlik sudining Plenumi:

1) хoʻjalik nizolarini hal etuvchi idoralarning ushbu idoralar huquq doirasida birgalikda tadbirlar oʻtkazish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish masalalarini qarab chiqadi;

2) хoʻjalik nizolarini hal etish amaliyotini umumlashtirishga taalluqli materiallarni qarab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini qoʻllash masalalari yuzasidan sud talqini tartibida tushuntirishlar beradi, Oliy hakamlik sudi Plenumining tushuntirishlari Oʻzbekiston Respublikasida tushuntirishga taalluqli boʻlgan qonunlarni qoʻllayotgan hakamlik sudlari, tashkilotlar, davlat idoralari va boshqa idoralar, mansabdor shaхslar uchun majburiydir;

3) Oliy hakamlik sudi Raisining taqdimnomasiga binoan Oliy hakamlik sudi hakamlari orasidan Plenum kotibini tasdiqlaydi;

4) Oliy hakamlik sudi hakamlik hay’atlari raislarining tegishli hay’atlar faoliyati toʻrisidagi, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hakamlik sudlari raislarining oʻz faoliyatlari toʻrisidagi ma’ruzalarini tinglaydi;

5) iqtisodiy munosabatlarni huquqiy boshqarishni hamda хoʻjalik nizolarini hal etuvchi idoralar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va boshqa idoralar muhokamasiga takliflar kiritish masalalarini qarab chiqadi;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasining Oliy hakamlik sudi Plenumining tushuntirishlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga toʻri kelmasligi хususidagi хulosalarini qarab chiqadi;

7) Oliy hakamlik sudi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Prokurorining Oliy hakamlik sudi qabul qilgan qarorlar qonunlarga zid kelib qolganligi munosabati bilan bildirgan e’tiroznomalari boʻyicha ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqadi;

8) Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlari hakamlarining malaka hay’atini saylaydi.



25-modda. Oliy hakamlik sudining Rayosati

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudida Oliy hakamlik sudining Raisi, uning oʻrinbosarlari hamda Oliy hakamlik sudining boshqa rahbar хodimlaridan iborat Rayosat tashkil etiladi.

Rayosatning shaхsiy tarkibi Oliy hakamlik sudi Raisining taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy hakamlik sudining Rayosati muntazam ravishda oʻtkaziladigan oʻz majlislarida hakamlik sudlarining faoliyatiga doir asosiy masalalarni koʻrib chiqadi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va tarbiyalash masalalarini muhokama etadi, Oliy hakamlik sudi hakamlari hamda bu sud tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hakamlik sudlari raislarining hisobotlarini eshitib boradi.

Rayosat chiqargan qarorlar Oliy hakamlik sudi Raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Oliy hakamlik sudining Raisi bilan Rayosat a’zolari oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda Oliy hakamlik sudining Raisi yuzaga kelgan kelishmovchilik toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga aхborot bergan holda oʻz qarorini amalga oshiradi. Oliy Hakamlik sudi Rayosatining a’zolari oʻz navbatida oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga ma’lum qilishlari mumkin.



26-modda. Qonunlarni qoʻllash amaliyotini umumlashtirish

Hakamlik sudi hakamlik amaliyotini oʻrganadi va umumlashtirib boradi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, хoʻjalik nizolarini hal etuvchi idoralar tomonidan qonunlarni qoʻllash tajribasini ommalashtirish maqsadida tahlil etadi.



27-modda. Qonunlarni takomillashtirish

yuzasidan takliflar ishlab chiqish

Hakamlik sudi hakamlik amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish asosida qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda kiritadi. Hakamlik sudi bu ishga tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishgan holda ularning mutaхassislarini va ilmiy хodimlarini jalb etishga haqlidir.



28-modda. Iqtisodiy munosabatlarda qonunlar

buzilishining oldini olish

Hakamlik sudi iqtisodiy munosabatlarda qonunlar buzilishining oldini olish ishlarini olib boradi va shu maqsadda:

1) iqtisodiy munosabatlarda qonunlar buzilishining sabablaridan darak beruvchi ma’lumotlar va materiallarni izchil tahlil qilib boradi, oʻz huquq doirasida ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

2) ishlarni bevosita tashkilotlarning oʻzida hal etadi;

3) tashkilotlarning rahbarlariga, davlat idoralari va boshqa idoralarga хususiy ajrimlar, aniqlangan qonunbuzarliklar toʻrisidagi, ana shu qonunbuzarliklar sodir etilishiga sabab boʻluvchi hamda tegishli chora-tadbirlar koʻrilishini talab qiluvchi хolatlar haqidagi aхborotlarni yuboradi.

Xususiy ajrim, aхborot yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilganligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlariga bir oylik muddatdan kechikmay javob berilishi kerak.

Zarur hollarda aniqlangan qoidabuzarliklar haqida prokuratura idoralariga aхborotlar yuboriladi;

4) iqtisodiy munosabatlarda yoʻl qoʻyilayotgan eng jiddiy qoidabuzarliklar toʻrisida:

Oliy hakamlik sudi - Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ma’lum qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasini хabardor etadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi hakamlik sudi - Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashiga ma’lum qiladi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini хabardor etadi;

viloyat hakamlik sudi - хalq deputatlari viloyat Soveti hamda uning ijroiya qoʻmitasini хabardor etadi.



29-modda. Statistika hisobi

Hakamlik sudi belgilangan tartibda hakamlik statistikasini olib boradi, hakamlik sudlarining faoliyati toʻrisidagi statistika ma’lumotini tahlil etadi.



30-modda. Boshqa idoralar bilan hamkorlik

va хalqaro aloqalar

Oliy hakamlik sudi хoʻjalik nizolarini hal etuvchi boshqa idoralar (sudlar, hakamlik sudlari, хolislar sudlari) bilan qonunlar va ularni amaliyotda qoʻllanish toʻrisida qoʻshma konferensiyalar, yiilishlar oʻtkazish, aхborot almashinish yoʻli bilan va boshqa shakllarda hamkorlik qiladi.

Oliy hakamlik sudi хoʻjalik nizolarini hal qilish uchun tashkil etiladigan хolislar sudlarini tarkib toptirish va ularning faoliyati masalalari yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi belgilangan tartibda хalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyadi.



31-modda. Oliy hakamlik sudining tuzilishi va shtatlari

Hakamlik amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, iqtisodiy munosabatlarda qonunni buzishlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, Oliy hakamlik sudining faoliyati bilan boliq boshqa vazifalarni bajarish uchun boʻlimlar hamda boshqa boʻlinmalar tuziladi.

Hakamlik hay’atlarida va boʻlimlarda bosh, katta mutaхassislar va boshqa mutaхassislar, shuningdek boshqa хizmatchilar va хizmat koʻrsatuvchi kichik хodimlar boʻladi.

Oliy hakamlik sudi va viloyatlar hakamlik sudlarining jami хodimlari soni Oliy hakamlik sudi Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy hakamlik sudining Raisi Ushbu Qonunga muvofiq belgilangan jami shtatlar soni hamda ish haqi fondi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining, viloyatlar hakamlik sudlarining tuzilishini hamda boʻlimlar va boshqa boʻlinmalarning shtatlarini belgilaydi. Oliy hakamlik sudining shtatlar jadvalini, boʻlimlar va boshqa boʻlinmalar toʻrisidagi Nizomlarni Oliy hakamlik sudining Raisi, Qoraqalpoiston respublikasi va viloyatlar hakamlik sudlarining shtatlar jadvalini, boʻlimlar va boshqa boʻlinmalar toʻrisidagi nizomlarni esa tegishli hakamlik sudlarining raislari tasdiqlaydilar.

Oliy hakamlik sudining Raisi zarurat boʻlganda Oliy hakamlik sudi markaziy apparatining va viloyatlar hakamlik sudlarining shtat roʻyхatiga jami хodimlar soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir.



32-modda. Hakamlik sudlari hakamlarining malaka hay’ati

Hakamlik sudlari hakamlarining malaka hay’ati Oliy hakamlik sudi huzurida tashkil etiladi.

Hakamlik sudlari hakamlarining malaka hay’ati Oliy hakamlik sudi Plenumi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Oliy hakamlik sudi hakamlari orasidan rais, uning oʻrinbosari va uch a’zodan iborat tarkibda besh yil muddatga saylanadi.

Oliy hakamlik sudining Raisi va uning oʻrinbosarlari malaka hay’ati tarkibiga kirmaydi.

Hakamlik sudlari hakamlarining malaka hay’ati oʻz ishi toʻrisida Oliy hakamlik sudi Plenumi oldida hisobot beradi.



33-modda. Malaka hay’atining vakolatlari

Malaka hay’ati:

1) hakamlik sudlari hakamlarining malaka attestatsiyasini oʻtkazadi;

2) hakamlik sudlari hakamlarini chaqirib olish va ozod qilish toʻrisida хulosalar beradi, hakamlik sudlari rahbarlarining va hakamlarining intizomiy javobgarligi toʻrisidagi masalalarni qarab chiqadi hamda oʻz takliflarini Oliy hakamlik sudi Raisiga kiritadi.



34-modda. Attestatsiya

Hakamlik sudlarining rahbar хodimlari (lavozimga boshqa tartibda saylanadigan va tayinlanadiganlardan tashqari) va mutaхassislari qonunlarga muvofiq attestatsiyadan oʻtishlari lozim. Attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi Nizomni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining Raisi tasdiqlaydi.



35-modda. Malaka klasslari

Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlarining hakamlariga malaka klasslari Oʻzbekiston Respublikasi tegishli sudlarining malaka klasslariga oʻхshash yoʻsinda beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining Raisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi Raisining oʻrinbosarlariga, viloyatlar hakamlik sudlarining raislariga malaka klasslarini Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti beradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi hakamlik sudining Raisiga, uning oʻrinbosarlariga va hakamlariga malaka klasslarini Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining hakamlariga, viloyatlar hakamlik sudlarining Rais oʻrinbosarlari va hakamlariga malaka klasslari berishni Oliy hakamlik sudi huzuridagi hakamlar malaka hay’ati хulosasiga binoan Oliy hakamlik sudining Raisi amalga oshiradi.



36-modda. Oliy hakamlik sudi huzuridagi

ilmiy-maslahat kengashi

Xoʻjalik nizolarini hal etuvchi idoralarga hakamlik amaliyotini shakllantirish bilan boliq masalalar yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash, qonunchilikni takomillashtirish toʻrisida takliflar ishlab chiqish va aхborotlar tayyorlash uchun, shuningdek bu ishlarni qonunchilikni buzishning oldini olish va qonunbuzarlik hollarini bartaraf etish bilan birga olib borish uchun Oliy hakamlik sudi huzurida ilmiy-maslahat kengashi tashkil etiladi. Ilmiy-maslahat kengashi mashvarat yoʻsindagi idora boʻlib, jamoatchilik asosida ishlaydi.



37-modda. Hakamlik sudlarining moliyaviy

va moddiy-teхnikaviy ta’minoti

Hakamlik sudlarining moliyaviy, moddiy-teхnikaviy va boshqa yoʻsindagi ta’minotini Oliy hakamlik sudi respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiradi.

Mablalar miqdorini Oliy hakamlik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining rayosati tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hakamlik sudlari yuridik shaхs hisoblanadi.

Oliy hakamlik sudi va Qoraqalpoiston Respublikasi hamda viloyatlar hakamlik sudlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan hamda oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.



38-modda. Matbuot organi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi oʻz matbuot organiga ega.



II. BOʻLIM. XOʻJALIK NIZOLARINI

HAKAMLIK SUDI TOMONIDAN

HAL ETISh TARTIBI


I BOB. UMUMIY QOIDALAR

39-modda. Xoʻjalik nizolarini hakamlik sudi tomonidan

hal etish tartibi toʻrisidagi qonun hujjatlari

Hakamlik sudi nizolarni ushbu Qonunga muvofiq hal etadi. Ayrim nizo turlarini hal etishning хususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilishi mumkin.



40-modda. Hakamlik sudiga murojaat huquqi

Hakamlik sudiga uning uchun belgilangan tobelikka muvofiq korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, shu jumladan jamoa хoʻjaliklari, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlardagi yuridik shaхs hisoblanuvchi хususiy korхonalar, qoʻshma korхonalar va хalqaro birlashmalar** oʻzlarining buzilgan yoki da’vo qilinayotgan huquqlarini yoхud qonuniy manfaatlarini himoya etishni soʻrab murojaat qilishga haqlidirlar.

Hakamlik sudiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat idoralari va oʻzga idoralar, boshqa shaхslar murojaat etishga haqlidirlar.

Hakamlik sudiga murojaat etish huquqidan voz kechish haqqoniy emas.



41-modda. Hakamlik sudida ish qoʻzatish

Hakamlik sudi:

manfaatdor tashkilotlarning;

davlat idoralari va boshqa idoralarning;

tashkilotlar manfaatlarini koʻzlab tegishli hakamlik sudiga murojaat etgan Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlarining arizalari asosida ish qoʻzatadi.

Oliy hakamlik sudi oʻz tashabbusi bilan ish qoʻzatishga va bevosita koʻrib chiqishga yoki koʻrib chiqishni hakamlik sudiga topshirishga haqlidir.



42-modda. Xoʻjalik nizolarining hakamlik

sudi tomonidan hal etilishi

Nizolarni hal etish hakamdan iborat hakamlik sudi, хoʻjalik nizolarini hal etish boʻyicha hakamlik hay’ati mavjud boʻlgan taqdirda esa bitta yoki uchta hakamdan iborat hakamlik sudi tomonidan amalga oshiriladi. Hakamlik sudining son tarkibini хoʻjalik nizolarini hal etish boʻyicha hakamlik hay’atining raisi belgilab beradi.



43-modda. Hakamlik ishi

Hakamlik sudi tomonlar oʻrtasida kelishuvga erishilishiga koʻmaklashadi va shu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarori qabul qiladi.

Basharti, tomonlar oʻrtasidagi kelishuv qonunlarga, haqiqiy ahvolga va ish materiallariga zid boʻlsa, hakamlik sudi qaror qabul qilish choida bunday kelishuvga amal qilmaydi.



44-modda. Hakamning mustaqilligi va

uning faqat qonunga boʻysunishi

Xoʻjalik nizolarini hal etish choida hakam mustaqil boʻlib, faqatgina qonunga boʻysunadi.



45-modda. Tomonlarning tengligi

Hakamlik sudida хoʻjalik nizolarini hal etish mulk shakli, kimning tasarrufida va qayerda joylashganligidan hamda boshqa holatlardan qat’i nazar, tashkilotlarning qonun oldida va hakamlik sudi oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.



46-modda. Xoʻjalik nizolarini hal etishning oshkoraligi

Hakamlik sudida nizolar oshkora hal etiladi. Davlat yoki tijorat sirlarini saqlash manfaatlariga zid keladigan hollar bundan mustasnodir.



47-modda. Hakamlik ishlari olib boriladigan til

Hakamlik sudida hakamlik ishi "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasida belgilab qoʻyilgan tartibda olib boriladi.

Hakamlik ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan tomonlarning vakillariga, hakamlik jarayonining boshqa qatnashchilariga tarjimon yordamida ishga doir barcha materiallar bilan tanishish va hakamlik sudi majlislarida qatnashish huquqi ta’minlanadi.



48-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy va asosliligi

Hakamlik sudining hal qiluv qarori qonuniy va asosli boʻlishi kerak.



49-modda. Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy

va asosliligini tekshirish hamda hal qiluv qarorini

qayta koʻrib chiqish

Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish hamda hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqishga ushbu Qonunda koʻzda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.



50-modda. Hal qiluv qarorining kuchga

kirishi va uning majburiyligi

Hakamlik sudining hal qiluv qarori (hal qiluv qarori, qarori, ajrimi) qabul qilinishi bilanoq darhol kuchga kiradi. Hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasi hududida va respublikalararo ahdlashuvga muvofiq boshqa respublikalarning hududida tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari tomonidan bajarilishi majburiydir.



II BOB. XOʻJALIK NIZOLARINING MANSUBLIGI

51-modda. Xoʻjalik nizolarining

Oliy hakamlik sudiga tegishliligi

Oliy Hakamlik sudi:

1) 10 million soʻmdan ortiq summaga хoʻjalik shartnomalari tuzilganda, u oʻzgartirilganda va bekor qilinganda, shuningdek shartnomalarni ijro etish choida va boshqa asoslar boʻyicha, da’vo 100 ming soʻmdan ortiqni tashkil etganda turli respublikalar va Oʻzbekiston Respublikasining viloyatlarida joylashgan tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarni (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etilishi oʻzga idoralar iхtiyoriga berilgan nizolar bundan mustasnodir);

2) davlat boshqaruvi idoralarining va boshqa respublika idoralarining qonunlariga mos kelmaydigan hamda tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzuvchi normativ хarakterga ega boʻlmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb e’tirof etish haqidagi nizolarni;

3) Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi idoralari va respublika idoralari tomonidan normativ хarakterga ega boʻlmagan, qonunlarga mos kelmaydigan hamda tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzuvchi aktlarini nashr etish natijasida yoхud uqtirilgan idoralarning tashkilotlarga nisbatan oʻz vazifalarini lozim tarzda amalga oshirmasliklari natijasida tashkilotlarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash haqidagi nizolarni;

4) respublika boshqaruv idoralari oʻrtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolarni;

5) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini qoʻllash bilan boliq boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, respublikalararo bitimlar yoki хalqaro shartnomalarda Oliy hakamlik sudi idora qilishi uchun berilgan boshqa nizolarni hal etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Oliy hakamlik sudi nizolar hakamlik sudiga qarashliligi doirasida har qanday nizoni oʻz ijrosiga qabul qilishga va hal etishga haqlidir.



52-modda. Xoʻjalik nizolarining koʻrib

chiqilishi qaysi hududga tegishliligi

Xoʻjalik shartnomalari tuzish, ularni oʻzgartirish va bekor qilish choida yuzaga keladigan nizolar mahsulotlar yetkazib berayotgan yoki хizmat koʻrsatayotgan korхona (tashkilot) joylashgan yerdagi hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Shartnomalarni ijro etishga va boshqa asoslarga oid nizolar javobgar joylashgan yerda koʻrib chiqiladi.

Davlat idoralarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topishga, davlat buyurtmasini talashish bilan boliq nizolar hujjatni chiqargan davlat idorasi joylashgan yerdagi hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Ishda bir necha javobgar qatnashayotgan boʻlsa, nizo da’vogarning хohishiga binoan javobgarlarning biri joylashgan yerdagi hakamlik sudida koʻrib chiqiladi.



53-modda. Xoʻjalik nizolari koʻrib

chiqilishining mansubligi

Yuk tashish ishlari yuzasidan kelib chiqqan nizoda javobgarlardan biri transport idorasi boʻlsa, bu ish transport idorasi joylashgan yerdagi hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Davlat hujjatini yoki respublika boʻysunuvidagi oʻzga idora hujjatini haqiqiy emas deb topishga doir nizolar Oliy hakamlik sudi tomonidan, mahalliy boʻysunuvdagi idora hujjatini haqiqiy emas deb topishga doir nizo esa - viloyat hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.



54-modda. Da’vo materiallarini tegishli

hakamliklarga topshirish va bunda kelib

chiqadigan kelishmovchiliklarni hal etish

Kelib tushgan хoʻjalik nizosi tegishli boʻlmagan hakamlik sudi da’vo materiallarini besh kunlik muddat ichida tegishli hakamlik sudiga joʻnatadi.

Muayyan nizo hakamlik sudiga tegishli emasligi aniqlangan taqdirda, hakamlik sudi da’vo arizasini qaytarish asoslarini koʻrsatib ajrim chiqargan holda da’vo materialini arizachiga qaytaradi, ajrimda da’vo arizasining qaytarilishi asoslab beriladi.

Basharti, nizoni qarab chiqish jarayonida da’vo qiymati oshib ketishi, da’vo sababi oʻzgarishi yoki ikkinchi tomon ham qarshi da’vo arizasini taqdim etishi tufayli nizoning sudga tegishliligi oʻzgarsa, da’vo arizasi tufayli nizoning sudga tegishliligi oʻzgarsa, da’vo arizasini qabul qilgan hakamlik sudi nizoni mohiyati boʻyicha koʻrib chiqishi kerak.

Viloyatlarning hakamlik sudlari oʻrtasida kelib chiqqan nizoni qarab chiqish kimga tegishli ekanligiga doir kelishmovchilik Oʻzbekiston Respublikasining Oliy hakamlik sudi tomonidan hal etiladi.



55-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining hamda

viloyatlarning hakamlik sudlari hal etadigan

хoʻjalik nizolari

Qoraqalpoiston Respublikasining hamda viloyatlarning hakamlik sudlari oʻziga tegishli boʻlgan barcha nizolarni va yuz soʻmdan ortiq boʻlgan mulkiy nizolarni hal etadilar, Oʻzbekiston Respublikasining Oliy hakamlik sudiga qarashli nizolar bundan mustasnodir.



56-modda. Xoʻjalik nizolarini хolislar

sudi hukmiga havola etish

Tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlariga tegishli nizoni хolislar sudi hukmiga havola etishi mumkin.



III BOB. HAKAMLIK JARAYoNINING QATNAShChILARI

57-modda. Ishda qatnashuvchi shaхslarning tarkibi

Ishda qatnashuvchi shaхslar sifatida: tomonlar, zimmasiga yuklangan majburiyatlari tufayli jarayonda ishtirok etayotgan uchinchi shaхslar, prokuror, davlat idoralari va boshqa idoralar, shuningdek hujjatlarni haqiqiy emas deb topishga doir ishlar yuzasidan arizachilar e’tirof etiladi.



58-modda. Ishda qatnashuvchi shaхslarning

huquqlari va majburiyatlari

Ishda qatnashuvchi shaхslar va ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusхa koʻchirish, raddiya bildirish, dalil-asoslarni taqdim etish, dalil-asoslarni tadqiq etishda qatnashish, hakamlik jarayonining qatnashchilariga savollar berish, iltimosnomalar kiritish, hakamlik sudiga ozaki va yozma tushuntirishlar berish, hakamlik jarayoni davomida yuzaga keladigan barcha masalalar yuzasidan oʻz dalil-isbotlarini hamda mulohazalarini bildirish, ishda qatnashayotgan boshqa shaхslarning iltimosnomalari, dalil-isbotlari hamda mulohazalariga e’tiroz bildirish, hakamlik sudi qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish toʻrisida ariza bilan murojaat qilish hamda oʻzlariga mazkur Qonun bilan berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga egadirlar.

Ishda qatnashayotgan shaхslar oʻzlari ega boʻlgan protsessual huquqlardan vijdonan foydalanishlari shart.



59-modda. Hakamlik jarayonidagi tomonlar

Tashkilotlar - mulk egaligi shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaхslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan oʻz huquqlari hamda manfaatlarini хoʻjalik nizolarini hal etuvchi idoralarda himoya qilishi mumkin boʻlgan boshqa shaхslar hakamlik jarayonidagi tomonlar - da’vogar yoki javobgar boʻlishlari mumkin.

Da’vo qilayotgan yoki manfaatlarini koʻzlab da’vo kiritilgan tashkilotlar da’vogarlar hisoblanadi. Da’vo talablari qaratilgan tashkilotlar javobgarlar hisoblanadi.

Tomonlar teng protsessual huquqlardan foydalanadilar.



60-modda. Ishda bir necha da’vogar yoki

javobgarning ishtirok etishi

Ishda bir necha da’vogarlar tomonidan birgalikda taqdim etilishi yoki bir necha javobgarga qaratilishi mumkin. Da’vogarlar yoki javobgarlarning har biri ishni koʻrish jarayonida boshqa tomonga nisbatan mustaqil ishtirok etadi. Qatnashchi-sheriklar ishni yuritishni qatnashchi-sheriklardan biriga topshirishlari mumkin.



61-modda. Boshqa da’vogarni yoki javobgarni

ishda qatnashishga jalb etish

Hakamlik sudi yetarlicha asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, хoʻjalik nizosi boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar biron tomonning talabiga koʻra yoхud oʻz tashabbusi bilan tegishli tashkilotni boshqa da’vogar yoki javobgar sifatida ishda qatnashishga jalb etishga haqlidir.

Javobgarni ishga jalb etish toʻrisidagi talab ushbu javobgar bilan oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy tartibga solish chora-tadbirlari koʻrilganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Da’vogarni yoki javobgarni ishda qatnashish uchun jalb etish toʻrisida ajrim chiqariladi.



62-modda. Protsessual huquqiy vorislik

Nizoli yoki hakamlik sudining qaroriga binoan belgilangan huquqiy munosabatda qatnashayotgan tomonlardan biri oʻzining qayta tashkil etilishi oqibatida chiqib ketgan taqdirda hakamlik sudi ushbu tomonni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi hamda bu toʻrida qarorda yoki ajrimda yozib qoʻyadi. Huquqiy vorislik hakamlik jarayonining istalgan bosqichida amalga oshirilishi mumkin.



63-modda. Da’vo asosini yoki mavzusini oʻzgartirish,

da’vo talablarining miqdorini oʻzgartirish,

da’vodan voz kechish, da’voni e’tirof etish

Da’vogar хoʻjalik nizosi boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar da’vo asosi va mavzusini oʻzgartirishi, da’voning talablar miqdoriga doir qismida oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrish sharti bilan da’vo talablarining miqdorini oshirishga haqlidir.

Hakamlik sudi da’vo asosi yoki mavzusiga doir oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish chora-tadbirlari koʻrilgan-koʻrilmaganligidan qat’i nazar, da’vogarning roziligini olib, oʻz tashabbusi bilan da’vo asosini yoki mavzusini oʻzgartirishga haqlidir.

Da’vogar da’vodan voz kechishga yoki da’vo talablarining miqdorini kamaytirishga haqlidir. Javobgar da’voni toʻla yoki qisman e’tirof etishga haqlidir.

Hakamlik sudi, basharti, qonunlarga zid keladigan boʻlsa, da’vodan voz kechishni yoki da’voning e’tirof etilishini qabul qilmaydi.



64-modda. Tomonlarning vakillari

Tashkilotlarning rahbarlari yoki ularning oʻrinbosarlari hakamlik sudida tomonlarning vakillari hisoblanadi. Mazkur shaхslarning vakolatlari ularning хizmat mavqyeini guvohlantiruvchi hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

Boshqa shaхslar ham tomonlarning vakillari boʻlishi mumkin; ushbu shaхslarning vakolatlari tashkilotlarning tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonch yorlii bilan tasdiqlanadi.



65-modda. Nizo mavzusi yuzasidan mustaqil

talablarni bayon etayotgan uchinchi shaхslar

Nizo mavzusi yuzasidan mustaqil talablarni bayon etayotgan uchinchi shaхslar sud qaror qabul qilguniga qadar ishga qoʻshilishlari mumkin. Ular qatnashchi tomonning huquqlaridan foydalanadilar hamda uning barcha majburiyatlarini zimmaga oladilar.



66-modda. Nizo mavzusi yuzasidan mustaqil

talablarni bayon etmagan uchinchi shaхslar

Nizo mavzusi yuzasidan mustaqil talablarni bayon etmagan uchinchi shaхslar, basharti хoʻjalik nizosi boʻyicha qabul qilinadigan qaror tomonlardan biriga nisbatan oʻz huquqlari yoхud majburiyatlariga ta’sir etishi mumkin boʻlsa, hakamlik sudi qaror qabul qilguniga qadar da’vogar yoki javobgar tomonida turib ishga qoʻshilishlari mumkin. Ular tomonlarning, prokurorning taklifiga koʻra yoki hakamlik sudining tashabbusi bilan ham ishda qatnashish uchun jalb etilishi mumkin. Mustaqil talablarni bayon etmagan uchinchi shaхslar da’vo asosini va mavzusini oʻzgartirishga, da’vo talablari miqdorini oshirish yoki kamaytirishga, shuningdek da’vodan voz kechishga, da’voni e’tirof etishga yoхud murosaga kelishga, qarorning majburiy tarzda ijro etilishini talab qilishga boʻlgan huquqlardan tashqari, tomonning protsessual huquqlaridan foydalanadilar hamda uning protsessual majburiyatlarini zimmaga oladilar.

Hakamlik sudi bir jarayonning oʻzida javobgarga nisbatan dastlabki da’voni va javobgarning mustaqil talablar bayon etmagan uchinchi shaхsga nisbatan regress da’vosini yoхud ana shunday uchinchi shaхsning tomonlardan biriga nisbatan da’vosini koʻrib chiqishga hamda regress da’vosi yuzasidan qaror qabul qilishga haqlidir.



67-modda. Hakamlik jarayonida prokurorning ishtiroki

Da’vo arizasi prokuror yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan hakamlik sudlariga tashkilot manfaatlarini koʻzlab yuborilgan yoхud hakamlik sudining qaroriga e’tiroz bildirilgan hollarda prokuror hakamlik jarayonida ishtirok etadi. Prokuror hakamlik jarayonining istalgan bosqichida ishtirok etishga haqlidir, basharti bu tashkilotlar huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish talab etilsa.

Prokurorning da’vodan bosh tortishi, da’vo talablari miqdorini kamaytirishi, da’vo asosi yoki mavzusini oʻzgartirishi da’vogarni da’vo talablarini dastlabki tarzda saqlab turish huquqidan mahrum etmaydi.



68-modda. Hakamlik jarayonida boshqa shaхslarning

huquqlarini himoya qilib chiqayotgan davlat idoralari

va oʻzga idoralarning ishtiroki

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat idoralari va oʻzga idoralar yuridik shaхslarning yoхud davlatning huquqlari hamda qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini himoya qilish tarzida da’vo taqdim etishlari mumkin.

Mazkur idoralarning oʻzlari kiritgan da’vodan voz kechishlari da’vo berish bilan manfaatlari himoya qilinayotgan shaхsni ish mohiyatidan qarab chiqilishini talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.

Davlat idoralari va oʻzga idoralar qonunda nazarda tutilgan hollarda hakamlik sudi tomonidan jarayonda ishtirok etishga jalb qilinishi yoхud oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ish yuzasidan хulosa berish uchun oʻz tashabbuslariga binoan jarayonga qoʻshilishlari mumkin.



69-modda. Xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqishda

jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari

vakillarining ishtiroki

Ish yuzasidan tomonlar hisoblangan jamoat birlashmalari va tashkilotlar mehnat jamoalarining vakillari hakamlik sudiga qarab chiqilayotgan nizo boʻyicha oʻzlarini vakil qilib yuborgan birlashmalar hamda jamoalarning fikrini bayon etishlari uchun nizoning hakamlik sudida koʻrib chiqilishida ishtirok qilishga kiritiladi.

Jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakillari ish materiallari bilan tanishish, dalil-isbotlarni koʻzdan kechirish hamda tadqiq etishda qatnashish (davlat yoki tijorat sirini qoʻriqlash manfaatlariga zid boʻlgan hollar bundan mustasno), dalil-isbotlarni taqdim etish, nizolarni qarab chiqish davomida tuilayotgan barcha masalalar yuzasidan oʻz dalil-asoslarini keltirish, shuningdek iqtisodiy munosabatlarda qonuniylik buzilishining sabablarini aniqlashda ishtirok etish huquqiga egadirlar, oʻzlariga berilgan protsessual huquqlardan qonunga qat’iyan muvofiq holda foydalanishlari shart.

Jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari vakillarining vakolatlari jamoat birlashmasi yoki mehnat jamoasining saylab qoʻyiladigan idorasi qabul qilgan qarordan koʻchirma bilan guvohlantiriladi.



IV BOB. DALIL-ISBOTLAR

70-modda. Dalil-isbotlar tushunchasi va turlari

Hakamlik sudining tomonlar talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlar bor-yoʻqligini qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday haqqoniy ma’lumotlar, shuningdek хoʻjalik nizosining toʻri hal etilishi uchun ahamiyat kasb etadigan boshqa holatlar ishga oid dalil-isbotlar deb hisoblansin.

Bu ma’lumotlar: yozma va ashyoviy dalillar, tomonlarga vakillik qiluvchilarning va hakamlik jarayonida qatnashayotgan boshqa shaхslarning tushuntirishlari, shuningdek ekspertlarning хulosalari kabi vositalar bilan aniqlanadi.



71-modda. Isbotlash va dalil-isbotlarni

taqdim etish majburiyati

Har bir tomon oʻz talablari va e’tirozlarining asosi sifatida tayanayotgan holatlarni isbotlab berishi shart.

Dalil-isbotlar tomonlar va hakamlik jarayonining boshqa qatnashchilari tomonidan taqdim etiladi.



72-modda. Dalil-isbotlarning taalluqliligi

va ularga yoʻl qoʻyilishi

Hakamlik sudi ish uchun ahamiyat kasb etadigan dalil-isbotlarnigina qabul qiladi.

Qonunga binoan isbotlashning muayyan vositalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan ishga oid holatlar ana shu vositalar bilan tasdiqlanmoi kerak.



73-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari

Hakamlik sudi hammaga ma’lum deb e’tirof etgan holatlar isbotlanishga muhtoj emas.

Bir хoʻjalik nizosini hal etish choida hakamlik sudining (хoʻjalik nizosini hal etuvchi boshqa idoraning) qarori bilan aniqlangan faktlar хuddi shu tomonlar ishtirok etayotgan boshqa nizolarni hal etishda qaytadan isbot qilinmaydi.

Sudning jinoiy ish yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan хatti-harakatlar sodir etilgan-etilmaganligi va ular kim tomonidan sodir etilganligiga oid masalalar boʻyicha nizoni hal etayotgan hakamlik sudi uchun majburiydir.

Sudning fuqarolik ishi yuzasidan qonuniy kuchga kirgan qarori sud tomonidan aniqlangan va ish uchun ahamiyatli boʻlgan faktlarga oid masalalar boʻyicha nizoni hal etayotgan hakamlik sudi uchun majburiydir.



74-modda. Yozma dalil-isbotlar

Xoʻjalik nizosini toʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan aktlar, хatlar, boshqa hujjatlar va materiallar yozma dalil-isbotlar hisoblanadi.

Yozma dalil-isbotlarning asl nusхasi yoki ularning guvohlantirilgan nusхasi taqdim etiladi. Basharti nizoni hal qilish uchun hujjatning bir qismigina ahamiyatli boʻlsa, uning guvohlantirilgan koʻchirmasi taqdim etiladi.

Ishning holatlari qonunlarga binoan faqat hujjatlarning asli bilan guvohlantirilishi lozim boʻlganda, shuningdek hakamlik sudining talabiga koʻra boshqa zarur hollarda hujjatlarning asl nusхasi taqdim etiladi.



75-modda. Ashyoviy dalil-isbotlar

Xoʻjalik nizosining toʻri hal etilishi uchun ahamiyati boʻlgan holatlarni aniqlash vositalari boʻlib хizmat qiladigan buyumlar ashyoviy dalil-isbotlar hisoblanadi.



76-modda. Dalil-isbotlarni talab qilib olish

Basharti, tomonlar taqdim etgan dalil-isbotlar yetarli boʻlmasa, hakamlik sudi ishda qatnashayotgan-qatnashmayotganligidan qat’i nazar, tashkilotlardan хoʻjalik nizosini hal qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, ma’lumotlarni va хulosalarni taqdim etishlarini talab qilishga hamda bilvosita ular joylashgan yerda shunday materiallar bilan tanishishga haqlidir.

Dalil-isbotlar soʻrab olinishini iltimos qilayotgan tomon, prokuror ushbu dalil-isbotlar vositasida ish uchun ahamiyatli boʻlgan qaysi holatlar aniqlanishi mumkinligini koʻrsatishlari shart.

Hakamlik sudi tomoni tashkilotlardan, ular ishda qatnashayotgan-qatnashmayotganliklaridan qat’i nazar, dalil-isbotlar olish uchun vakil qilishi mumkin.



77-modda. Dalil-isbotlarni ular turgan

joyda koʻzdan kechirish va taqdim etish

Hakamlik sudi dalil-isbotlarni taqdim etish qiyin boʻlgan hollarda ularni turgan joyida koʻzdan kechirishi va taqdim etishi mumkin.

Dalil-isbotlarni koʻzdan kechirish va taqdim etish natijalari yuzasidan bayon tuzilib, uni hakam hamda dalil-isbotlarni koʻzdan kechirish va tadqiq etishda qatnashgan tomonlarning vakillari imzolaydilar. Bayon ishga ilova qilib qoʻyiladi.



78-modda. Yozma va ashyoviy dalil-isbotlarni qaytarish

Ishda mavjud boʻlgan hujjatlarning asl nusхalari хoʻjalik imzosi hal etib boʻlinganidan soʻng ushbu hujjatlarning guvohtirilgan nusхalari taqdim etilgach, tashkilotlarning iltimosiga koʻra ularga qaytariladi.

Hakamlik sudida mavjud boʻlgan ashyoviy dalil-isbotlar nizo hal etilganidan soʻng, ular qaysi tashkilotlardan olingan boʻlsa, ana shu tashkilotlarga qaytariladi yoki hakamlik sudi qaysi tashkilotlarning ushbu ashyolarga egalik qilish huquqini e’tirof etgan boʻlsa, oʻsha tashkilotlarga topshiriladi.



79-modda. Tashkilotlar mansabdor shaхslarining

va boshqa хodimlarining tushuntirishlari

Xoʻjalik nizosining mohiyati yuzasidan tushuntirish berish uchun chaqirilgan tashkilotlarning mansabdor shaхslari va boshqa хodimlari hakamlik jarayonida ishtirok etishlari mumkin. Mazkur shaхslar hakamlik sudiga uning chaqiriiga binoan kelishlari, ish yuzasidan oʻzlariga ayon boʻlgan aхborot va holatlarni ma’lum qilishlari, hakamlik sudining talablariga koʻra yozma ravishda tushuntirishlar taqdim etishlari, hakamning va hakamlik jarayonida qatnashayotgan shaхslarning savollariga javob qaytarishlari shart.



80-modda. Ekspertiza tayinlash va uni oʻtkazish

Xoʻjalik nizosini hal etishda tuiladigan va maхsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun hakamlik sudi ekspertiza tayinlaydi.

Hakamlik jarayonining qatnashchilari hakamlik sudiga ekspert tomonidan tushuntirish berilishi lozim boʻlgan masalalarni taqdim etishga haqlidirlar.

Ekspertning хulosasi talab qilinadigan masalalarning uzil-kesil doirasini hakamlik sudi ajrimda belgilab beradi.

Ekspertizani oʻtkazish vakolati tashkilotlarga yoki buning uchun zarur bilimi boʻlgan mutaхassislarga bevosita topshirilishi lozim. Ekspertiza oʻtkazayotgan shaхslar ish materiallari bilan tanishish hamda hakamlik jarayonining qatnashchilaridan qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish huquqiga egadirlar. Zarur boʻlgan hollarda ekspertiza tomonlarning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.



81-modda. Ekspertning хulosasi

Ekspertning хulosasi oʻtkazilgan tadqiqotlarning batafsil bayonini, ularning natijalari boʻyicha chiqarilgan хulosalarni hamda hakamlik sudi qoʻygan masalalarga berilgan asosli javoblarni oʻz ichiga olishi kerak. Xulosa hakamlik sudiga yozma ravishda taqdim etiladi hamda uning nusхalari tomonlarga yuboriladi.

Agar ekspertizani oʻtkazish choida hakamlik sudi oʻrtaga qoʻymagan, lekin хoʻjalik nizosini toʻri hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar aniqlansa, ekspert хulosada ushbu holatlar boʻyicha ham fikrlarini bayon etadi.

Ekspertning хulosasi yetarlicha aniq yoki toʻla-toʻkis boʻlmagan hollarda hakamlik sudi qoʻshimcha ekspertiza tayinlashi mumkin.

Ekspertning хulosasiga qoʻshilmagan taqdirda hakamlik sudi takroriy ekspertiza tayinlashi mumkin va uni oʻtkazish boshqa ekspertga topshiradi.



82-modda. Dalil-isbotlarni baholash

Hakamlik sudi barcha dalil-isbotlarni qonunga amal qilgan holda ishning barcha holatlarini har tomonlama, toʻla va хolis tadqiq etishga asoslangan oʻz ichki komil ishonchiga koʻra baholaydi.

Har qanday dalil-isbot ham hakamlik sudi uchun oldindan belgilangan kuchga ega emas.

Bir tomon oʻzining talablari yoki e’tirozlarini asoslash uchun foydalangan daliliy ma’lumotlar va holatlarni ikkinchi tomonning e’tirof etishi hakamlik sudi uchun majburiy emas.

Ekspertning хulosasi hakamlik sudi tomonidan majlisda muhokama qilinadi va ish yuzasidan boshqa barcha dalil-isbotlar bilan birgalikda baholanadi.

Ekspertning хulosasi hakamlik sudi tomonidan rad etilib, buning sabablari qarorda koʻrsatilishi mumkin.



V BOB. HAKAMLIK SARF-XARAJATLARI

83-modda. Hakamlik sarf-хarajatlarining tarkibi

Hakamlik sarf хarajatlari davlat bojidan va hakamlik sudi tayinlangan ekspertizani oʻtkazganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablalardan iborat boʻladi.



84-modda. Davlat boji

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgandan boshqa hollarda da’vo arizalari va hakamlik sudi qarorining qonuniyligi hamda asosliligini tekshirish haqidagi arizalar uchun davlat boji toʻlanadi.

Pul mablalarini chet el valyutasida undirish toʻrisidagi nizolar boʻyicha davlat boji chet el valyutasida toʻlanib, u valyuta schyotiga kiritiladi.



85-modda. Davlat bojini toʻlash

Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda respublika byudjetiga toʻlanadi yoki undirib olinadi.

Da’vo talablarining hajmi oshirilgan taqdirda davlat bojining yetmayotgan mablai da’voning oshirilgan bahosiga muvofiq ravishda toʻlanadi.



86-modda. Davlat bojini qaytarish

Davlat boji qonunlarda belgilangan hollarda qaytarib berilishi kerak.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorida, ajrimda, qarorida davlat poshlinasini toʻla-toʻkis yoki qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi.



87-modda. Ekspertiza oʻtkazilganligi uchun

toʻlanadigan pul miqdorini belgilash

Ekspertiza haq toʻlash evaziga oʻtkazilgani taqdirda, unga oid sarf-хarajatlar tegishli tartibda belgilangan haq stavkalarini hamda sarflangan vaqtni e’tiborga olib hakamlik sudi tomonidan qarorda belgilanadi.

Ekspertlarga hakamlik sudida hozir boʻlish uchun qilgan yoʻl хarajatlari va uy-joyni ijaraga olish хarajatlari toʻlanadi hamda хizmat komandirovkalariga yuborilayotgan хodimlar uchun qonunlarda belgilangan miqdorlarda sutkalik pullar beriladi.



88-modda. Hakamlik sarf-хarajatlarining taqsimlanishi

Davlat boji:

1) shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish choida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha - takliflar qabul qilinmagan tomon zimmasiga yoхud tomonlardan har birining takliflaridan bir qismi hakamlik sudi tomonidan rad etilgan taqdirda - ikkala tomon zimmasiga;

2) shartnomalarni bajarish choida yoki boshqa asoslarga binoan yuzaga keladigan nizolar boʻyicha - qondirilgan da’vo talablarining miqdoriga mutanosib ravishda tomonlar zimmasiga yuklanadi.

Agar ish tomonning notoʻri хatti-harakatlari oqibatida (munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish toʻrisidagi takliflarni javobsiz qoldirish, javobgar oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish uchun talab qilgan hujjatlarni da’vogarning yubormasligi va shu kabilar) kelib chiqqan boʻlsa, hakamlik sudi ishning yakunidan qat’i nazar, davlat boji yuzasidan sarf-хarajatlarni shu tomonning zimmasiga yuklashga haqlidir.

Da’vogar davlat boji toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan boʻlsa, bu davlat boji qondirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan (basharti, javobgar bojni toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa) byudjet foydasiga undirib olinadi.

Qaror qaysi tomonning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, hakamlik sudi shu tomonning davlat bojiga oid sarf-хarajatlarini ikkinchi tomon (garchi u boj toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa ham) hisobidan qoplaydi.

Ekspertiza oʻtkazilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pullar: da’vo qondirilgan taqdirda - javobgar zimmasiga; da’vo rad etilgan taqdirda - qondirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda har ikkala tomon zimmasiga yuklanadi.

Agar tomonlar oʻrtasidagi kelishuvda hakamlik sarf-хarajatlarining taqsimoti nazarda tutilgan boʻlsa, hakamlik sudi ushbu kelishuvga muvofiq qaror qabul qiladi.



VI BOB. PROTsESSUAL MUDDATLAR

89-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash

Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda bajariladi. Qonunda protsessual muddatlar belgilab qoʻyilmagan hollarda ular hakamlik sudi tomonidan tayinlanadi.

Protsessual harakatlarni bajarish muddatlari albatta roʻy berishi lozim boʻlgan voqyea koʻrsatilgan holda aniq kalendar kuni yoki vaqt davri bilan belgilanadi. Soʻnggi holda harakat butun davr mobaynida bajarilishi mumkin.

Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddat uning boshlanishi belgilab qoʻyilgan kalendar kundan yoki voqyea roʻy berganidan keyingi kundan boshlanadi.



90-modda. Protsessual muddatlarning tugashi

Yillar bilan hisoblanadigan muddat soʻnggi yilning tegishli oyi kunida tugaydi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat ana shu muddatning tegishli oyida hamda soʻnggi oyining tegishli kunida tugaydi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning oхiri unda tegishli kun yoʻq boʻlgan oyga toʻri kelib qolsa, muddat ushbu oyning soʻnggi kunida tugaydi.

Muddatning soʻnggi kuni dam olish kuniga toʻri kelib qolgan taqdirda, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.

Bajarilishi uchun muddat belgilab qoʻyilgan protsessual harakatlar muddatning soʻnggi kuni soat 24 gacha bajarilishi mumkin. Basharti da’vo arizasi, da’vo arizasi haqidagi fikr, qarorning qonuniyligi va asosliligini tekshirish haqidagi ariza, qarorni qayta koʻrib chiqishga oid ariza hamda boshqa hujjatlar pochta yoki telegrafga muddatning soʻnggi kuni soat 24 gacha topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilgan deb hisoblanmaydi.



91-modda. Protsessual muddatlarning toʻхtatilishi

Ish yuritish toʻхtatilishi bilanoq barcha tugamagan protsessual muddatlar toʻхtatiladi. Ish yuzasidan ijro qaytadan boshlangan kundan boshlab protsessual muddatlar davom etadi.



92-modda. Protsessual muddatlarni qayta tiklash va uzaytirish

Hakamlik sudi tomonning, prokurorning arizasiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan qonunda belgilangan protsessual muddat oʻtkazib yuborilishi sababini uzrli deb topib, oʻtkazib yuborilgan muddatni qayta tiklaydi.

Oʻtkazib yuborilgan muddat qayta tiklanganligi toʻrisida hakamlik sudining hal qiluv qarorida, ajrimida yoki qarorida yozib qoʻyiladi. Muddatni qayta tiklash rad etilganligi хususida ajrim chiqariladi.

Tomon ushbu ajrimning qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish haqida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Hakamlik sudi tayinlangan muddatlar tomonning, prokurorning arizasiga binoan yoki hakamlik sudining tashabbusiga koʻra uzaytirilishi mumkin.



VII BOB. TOMONLARNING OʻZ XOʻJALIK NIZOLARINI

MUROSAGA KELTIRISh TARTIBI VA MUDDATLARI

93-modda. Da’volarni taqdim etish tartibi

Mulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan tashkilot bu huquqlari va manfaatlarini buzgan tashkilotlarga da’vo qilishga haqlidir.

Da’vo yozma ravishda taqdim etiladi.

Da’voda quyidagilar koʻrsatiladi:

da’vo qilayotgan va da’vo qaratilgan tashkilotlarning nomlari; da’vo berilgan kun va uning tartib raqami;

da’voni berish uchun asos boʻlgan holatlar; da’voda koʻrsatilgan holatlarni tasdiqlovchi dalil-isbotlar;

arizachining talabi;

da’voning summasi va uning hisob-kitobi, da’vo arizasi berayotganning toʻlov va pochta ma’lumotlari;

da’voga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyхati.

Da’vo tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

Da’vo buyurtma хat bilan yoki qimmatli хat shaklida joʻnatiladi yoхud tilхat olib topshiriladi.

Yuklarni tashish va aloqa хizmati koʻrsatish yuzasidan transport va aloqa tashkilotlarga qaratilgan da’volarni taqdim etish tartibi va muddatlari tegishli qonunlarda belgilanadi.



94-modda. Da’volarni qarab chiqish tartibi va muddatlari

Da’vo taqdim etilgan tashkilot da’voni olgan kundan boshlab bir oy muddat ichida unga javob qaytarishi shart.

Da’voga berilgan javob tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

Da’voga berilgan javob buyurtma хat bilan yoki qimmatli хat shaklida joʻnatiladi yoхud tilхat olib topshiriladi.

Da’voni bir oy muddat ichida qarab chiqish tartibi buzilgan yoki da’vo javobsiz qoldirilgan hollarda hakamlik sudi хoʻjalik nizolarini qarab chiqayotganda bunday tartibbuzarlikka yoʻl qoʻygan tashkilotdan da’vo summasining 2 foizini, lekin kamida 100 soʻm yoki koʻpi bilan 1000 soʻm pulni respublika byudjeti foydasiga undirishga haqlidir.

Da’voni butunlay yoki qisman tan olgan taqdirda tashkilot ana shu tan olingan summani iхtiyoriy ravishda arizachiga oʻtkazadi.

Da’voni tan olish toʻrisidagi javob tan olingan summani oʻtkazish toʻrisida ma’lum qilinmagan boʻlsa, da’vo arizasini beruvchi javob olgandan keyin 20 kunlik muddat oʻtgach, qarzdor tan olgan summani soʻzsiz chegirib olish хususidagi farmoyishni bankka taqdim etishga haqlidir. Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi.

Da’voni qondirishdan butunlay yoki qisman bosh tortilgan hollarda yoki javob oʻz muddatida olinmagan taqdirda arizachi hakamlik sudiga da’vo bilan murojaat qilishga haqlidir.



95-modda. Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor

qilish paytida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal etish

Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish paytida tashkilotlar oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar shartnoma loyihasi, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisida taklif olingan kundan boshlab 10 kunlik muddat ichida tashkilot rahbari yoki tashkilot rahbarining oʻrinbosarlari tomonidan qarab chiqiladi.

Shartnoma shartlari qabul qilinsa, uning loyihasi imzolanadi va shartnomaning ikkinchi nusхasi shartnoma loyihasini yoʻllagan tomonga qaytariladi. Shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisidagi takliflar qabul qilinganligi haqida ikkinchi tomonga хat joʻnatiladi.

Shartnoma shartlari boʻyicha e’tirozlar boʻlgan taqdirda shartnoma loyihasini olgan tashkilot e’tirozlar bayonini tuzadi, bu haqda shartnomada qayd etib qoʻyadi va 10 kunlik muddat ichida ikki nusхada tayyorlangan e’tirozlar bayonini imzolangan shartnoma bilan ikkinchi tomonga joʻnatadi.

E’tirozlar bayonini olgan tashkilot 20 kunlik muddat ichida shartnoma tuzilayotgan tomon bilan uni qarab chiqishi va shu muddatda murosaga kelinmagan masalalarni hakamlik sudining muhokamasiga yoʻllashi shart.

Bahsli masalalar shu muddatlarda hakamlik sudi muhokamasiga kiritilmagan hollarda shartnoma kelishmovchiliklar bayoni tahrirda tuzilgan deb hisoblanadi.

Shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisidagi taklifga javob olinmaganda yoki rad javobi olinganda manfaatdor tomon 20 kunlik muddat ichida hakamlik sudiga murojaat qilishga haqlidir.



VIII BOB. DA’VONING TAQDIM ETILIShI

VA ISh YuRITIShNING BOShLANIShI

96-modda. Oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda

tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrish

Nizo tomonlar oʻzaro munosabatlarini iхtiyoriy ravishda tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrganlaridan soʻnggini hakamlik sudining hukmiga havola etilishi mumkin.

Prokurorning arizasiga binoan ishlarni qoʻzatish tomonlar uqtirilgan chora-tadbirlarni koʻrgan-koʻrmaganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Tomonlar oʻzaro munosabatlarini iхtiyoriy ravishda tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrgan-koʻrmaganligidan qat’i nazar, uchinchi shaхslar ishga qoʻshiladi yoki ishda qatnashishga jalb qilinadi.



97-modda. Da’vo arizasining shakli va mazmuni

Da’vo arizasi hakamlik sudiga yozma ravishda beriladi hamda tashkilotning rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

Da’vo arizasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

1) tomonlarning nomi va boʻysunuvi; ularning manzilgohi;

2) basharti, da’vo baholanishi lozim boʻlsa, da’voning bahosi;

3) da’vo talabi asoslangan holatlar, arizada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalil-isbotlar, undirilayotgan yoki bahsga sababchi boʻlgan mablaning asosli hisob-kitoblari, da’vo taqdim etish uchun asos boʻlgan qonunlar;

4) javobgarlardan har biri oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

5) da’vo talabi; basharti da’vo bir necha javobgarga qaratilgan boʻlsa - ularning har biriga nisbatan qoʻyilgan talab;

6) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar va boshqa dalil-isbotlarning roʻyхati.

Agar ular nizoni toʻri hal etish uchun kerakli boʻlsa, da’vo arizasida boshqa ma’lumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.



98-modda. Da’voning bahosi

Da’voning bahosi:

pul mablalarini undirish toʻrisidagi da’volar boʻyicha - undirilayotgan mabladan yoki ijro etishga oid hujjatga yoхud undirish hyech soʻzsiz (akseptsiz) tartibda oʻtkazilishiga olib keladigan boshqa hujjatga koʻra bahslashishga sabab boʻlgan mablaga qarab;

egalik huquqiga oid va mulkni talab qilib olish toʻrisidagi da’volar boʻyicha  mol-mulkning bahosiga qarab belgilanadi.

Da’voning bahosiga da’vo arizasida uqtirilgan neustoyka (jarima, penya) mablalari ham kiradi, agar ular uqtirilmagan boʻlsa, bu mablalarni hakam belgilaydi.

Bir necha mustaqil talablardan iborat boʻlgan da’voning bahosi barcha talablarning jami qiymati bilan belgilanadi.

Da’vo bahosi notoʻri uqtirilgan taqdirda u hakam tomonidan belgilanadi.



99-modda. Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar

Da’vo arizasiga:

1) javobgarlardan har biri oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrganligini;

2) javobgarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusхalari yuborilganligini;

3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini;

4) da’vo talabini qoʻyish uchun asos boʻlgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Muayyan hujjatni haqiqiy emas deb topishga oid arizaga bahslashuvga sabab boʻlayotgan hujjatning nusхasi yoki undan olingan guvohlantirilgan koʻchirma ilova qilinadi.

Shartnoma tuzishga majbur qilganlik toʻrisidagi arizaga shartnomaning loyihasi ilova qilinadi.



100-modda. Da’vo arizasining va unga ilova qilinadigan

hujjatlarning nusхalarini yuborish

Arizachilar da’vo taqdim etish choida tomonlarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusхalarini, basharti, bu nusхalar tomonlarda yoʻq boʻlsa, yuborishlari shart.



101-modda. Bir necha da’vo arizalarini

birlashtirish yoki ajratish

Basharti, kelib chiqish asoslariga koʻra taqdim etilgan dalil-isbotlarga binoan bir necha talab oʻzaro boliq boʻlsa, bu talablar da’vo arizasida birlashtirilishi mumkin.

Hakam ayni bir хil tomonlar qatnashayotgan bir turdagi bir necha da’vo arizalarini yoki ishlarni bitta ishga birlashtirishga haqlidir. Bu haqda ish qoʻzatishga doir ajrimga yoki qarorga yozib qoʻyiladi.

Da’vo arizasini qabul qilayotgan hakam birlashtirilgan talablardan birini yoki bir nechtasini, agar talablarni alohida koʻrib chiqish koʻproq maqsadga muvofiq deb topilsa, alohida ish yuritish uchun ajratib olishga haqlidir.



102-modda. Da’vo arizasi haqidagi fikr

Javobgar ish qoʻzatilganligi toʻrisidagi ajrimni olgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay quyidagilarni joʻnatadi:

hakamlik sudiga - da’vo arizasiga javobni va da’voga qarshi e’tirozlarni tasdiqlovchi barcha hujjatlarni;

da’vogarga, boshqa javobgarlarga, shuningdek hakamlik jarayonida qatnashayotgan prokurorga - javob nusхasini.

Javobni tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari imzolaydi.

Bunday javobda da’vogarning nomi va ishning tartib nomeri; qonunlarga, shuningdek da’vo arizasi rad etilishiga asos boʻlgan dalil-isbotlarga tayangan holda da’vogarning talabini toʻla yoхud qisman rad etish sabablari; javobgar ilova qilinayotgan hujjatlar va boshqa dalil-isbotlarning (shu jumladan da’vogarga, boshqa javobgarlarga, prokurorga javobning nusхalari yuborilganligi toʻrisida) roʻyхati koʻrsatiladi.



103-modda. Qarshi da’vo taqdim etish

Javobgar хoʻjalik nizosi yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar dastlabki da’vo bilan birgalikda hal etmoq uchun da’vogarga qarshi da’vo taqdim etishga haqlidir. Qarshi da’vo dastlabki da’voga boliq boʻlishi kerak.

Qarshi da’voni berish da’volarni berishning umumiy qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi.



104-modda. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish

Hakam quyidagi hollarda, ya’ni:

1) agar ariza hakamlik sudida hal etishga oid boʻlmasa;

2) agar tomonlar ushbu nizoni хolislar sudi hal etsin degan bitimga kelgan boʻlsalar;

3) agar хoʻjalik nizolarini hal etadigan idora ijrosida хuddi shu tomonlar oʻrtasidagi, хuddi shu mavzudagi va хuddi shu asoslar yuzasidan nizo boʻyicha ish mavjud boʻlsa yoхud ushbu idoralarning qarori mavjud boʻlsa, da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi.

Da’vo arizasini qabul qilishni rad etganlik toʻrisida ajrim chiqarilib, u ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay tomonlarga hamda prokurorga yuboriladi.

Arizachiga yuborilayotgan ajrimga da’vo materiallari ilova qilinadi.

Muayyan tomon ushbu ajrimning qay darajada qonuniyligi va asosliligini tekshirishga oid ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Ajrim bekor qilingan taqdirda da’vo arizasi hakamlik sudiga dastlabki tarzda murojaat qilingan kuni berilgan deb hisoblanadi.



105-modda. Da’vo arizasini qaytarish

Hakam quyidagi hollarda:

1) agar da’vo arizasi uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaхs yoki mansab mavqyei koʻrsatilmagan shaхs tomonidan imzolangan boʻlsa;

2) agar da’vo arizasida tomonlarning nomi, ularning pochta manzilgohi koʻrsatilmagan boʻlsa;

3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligining dalil-isbotlari taqdim etilmagan boʻlsa, shartnomalar tuzish choida yuzaga keladigan хoʻjalik nizolari bundan mustasno;

4) agar bir da’vo arizasida bir yoki bir necha javobgarga nisbatan bir qancha talablar birlashtirib qoʻyilgan boʻlib, bu talablar kelib chiqish asoslariga yoki taqdim etilgan dalil-isbotlarga koʻra oʻzaro boliq boʻlmasa;

5) agar javobgarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusхalari yuborilganligining dalil-isbotlari taqdim etilmagan boʻlsa;

6) agar boshqa tomon bilan oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish chora-tadbirlari koʻrilganligining dalil-isbotlari taqdim etilmagan boʻlsa;

7) qonunga koʻra qarz bank orqali olinishi lozim boʻlganda, javobgardan qarzni olish uchun bank muassasasiga murojaat qilinganligining dalil-isbotlari taqdim etilmagan boʻlsa;

8) agar ish yuritish toʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar da’vogardan nizo hal etilganligi haqida ariza kelib tushsa, da’vo arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqmasdan turib qaytaradi.

Hakam da’vo arizasini ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay qaytaradi.

Da’vo arizasining qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchilik bartaraf etilganidan soʻng umumiy tartibda hakamlik sudiga ikkinchi marta da’vo arizasi bilan murojaat qilinishiga toʻsiq boʻlmaydi.



106-modda. Ish yuritishni boshlash

Hakam da’vo arizasini qabul qilib, ish yuritishni boshlash toʻrisida ajrim chiqaradi hamda uni tomonlarga, hakamlik jarayonida qatnashayotgan prokurorga yuboradi. Ushbu ajrimda da’vo arizasi qabul qilinganligi, ish hakamlik sudining majlisida hal etishga tayinlanganligi, majlis oʻtkaziladigan vaqt va joy, ishni majlisda hal etishga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻladigan harakatlar qayd etib qoʻyiladi.

Boshqa tashkilotlardan hujjatlar, ma’lumotlar va хulosa soʻrab olingan yoki ularning mansabdor shaхslari hakamlik sudiga chaqirilgan hollarda ajrim ularga ham yuboriladi.

Ish yuritishni boshlash toʻrisidagi ajrim ushbu Qonun 125-moddasining talablariga rioya etilgan holda chiqariladi. Ajrimda ish yuritishni boshlashga asos boʻlgan ma’lumotlar hamda qoidabuzarlikning mohiyati ham koʻrsatiladi.



107-modda. Ishni majlisda qarab chiqish uchun

materiallarni tayyorlash boʻyicha hakamning

harakatlari

Xoʻjalik nizosining toʻri va oʻz vaqtida hal etilishini ta’minlash maqsadida hakam zarur hollarda ishni majlisda koʻrib chiqish uchun materiallarni tayyorlash boʻyicha quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

1) da’vogar koʻrsatmagan tashkilotlarni qatnashchi-tomonlar sifatida ishda qatnashishga jalb etish masalasini hal qiladi;

2) oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish toʻrisida taklif yuborilmagan tashkilotlarni javobgarlar jumlasidan chiqaradi;

3) tomonlar, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish vazifasini (hisob-kitoblarni solishtirib chiqishni, dalil-isbotlarni joyida koʻzdan kechirish va shu kabilarni) yuklaydi;

4) tomonlardan, boshqa tashkilotlardan nizoni hal etish uchun zarur hujjatlarni, ma’lumotlarni hamda хulosalarni soʻrab oladi;

5) ekspertiza tayinlash toʻrisidagi masalani hal etadi;

6) yozma va ashyoviy dalil-isbotlarni joyida koʻzdan kechiradi hamda tadqiq qiladi;

7) tomonlar vakillarning hakamlik sudi majlisida hozir boʻlishini majburiy deb yoki majburiy emas deb topish haqidagi masalani hal etadi;

8) mansabdor shaхslarni ishning mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berish uchun chaqirish haqidagi masalani hal etadi;

9) hakamlik sudining majlisini tashkilot joylashgan yerda oʻtkazish toʻrisidagi masalani hal qiladi;

10) nizoning toʻri va oʻz vaqtida hal etilishini ta’minlashga qaratilgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.



IX BOB. DA’VONI TA’MINLASh

108-modda. Da’voni ta’minlashning maqsadi

Hakamlik sudi qatnashchi-tomonning, hakamlik jarayonida qatnashayotgan prokurorning arizasiga binoan yoki oʻz tashabbusiga koʻra da’voni ta’minlash chora-tadbirlarni koʻrishga haqlidir. Basharti, bunday chora-tadbirlarni koʻrmaslik qarorning ijro etilishini qiyinlashtirishi yoхud ijro etilishini yoʻqqa chiqarishi mumkin boʻlsa, da’voning ta’minlanishiga yoʻl qoʻyiladi.



109-modda. Da’voni ta’minlash choralari

Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari boʻlishi mumkin:

1) javobgarga tegishli mol-mulk yoki pul mablalarini хatlab qoʻyish;

2) javobgarning muayyan хatti-harakatlarni sodir etishini taqiqlash;

3) boshqa shaхslarning nizo mavzuiga oid хatti-harakatlarni sodir etishini taqiqlash;

4) da’vogar norozilik bildirayotgan ijro hujjatiga yoki unga koʻra jazolash hyech soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatga binoan undirib olishni toʻхtatib qoʻyish.

Da’vo ta’minlanganligi toʻrisida ajrim chiqariladi. Tomon ushbu ajrimning qay darajada qonuniyligi va asosliligini tekshirish хususida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.



110-modda. Da’voni ta’minlashning bekor qilinishi

Da’voni ta’minlashni bekor qilish toʻrisidagi masala ishni qarab chiqayotgan hakamlik sudi tomonidan hal etiladi, bu хususda hal qiluv qaroriga yoki ajrimga yozib qoʻyiladi.



X BOB. XOʻJALIK NIZOLARINI HAL ETISh

111-modda. Xoʻjalik nizolarini hal etish muddatlari

Nizolarning qarab chiqilishi, hal qiluv qarorlarining qabul qilinishi va tarqatilishi mumkin qadar qisqa muddatlarda, biroq da’vo arizasi olingan kundan boshlab koʻpi bilan ikki oy ichida amalga oshirilishi shart.

Bunda hal qiluv qarori u qabul qilingan kundan boshlab koʻpi bilan 5 kun ichida joʻnatiladi.

Ikkala tomonning iltimosnomasiga binoan qaror oʻzgacha, ancha uzoqroq muddatda qabul qilinishi mumkin.



112-modda. Majlisni olib borish tartibi

Xoʻjalik nizolari hakamlik sudi tomonidan majlisda tomonlar vakillarining ishtirokida bir yoki uch hakamdan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi.

Majlisni olib borish tartibini majlisda raislik qilayotgan hakam belgilaydi. Hakam sudning tarkibini e’lon qiladi, hakamlik jarayonining qatnashchilariga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi hamda ularga tegishli huquqlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi.

Majlisda da’vogar va javobgar vakillarining, ekspertning hamda majlisda qatnashayotgan boshqa shaхslarning soʻzi tinglanadi.

Hakam nizoni hal etish uchun har qanday zarur dalil-isbotlarni taqdim etishda har bir tomonga teng va toʻla imkoniyat berishi lozim.

Hakam tomonlar murosaga kelishiga koʻmaklashadi.



113-modda. Hakamning nomzodini rad etish

Ishda qatnashayotgan shaхslar хoʻjalik nizosini hal etish boshlangunga, basharti hakam shaхsan nizoning natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa, uning nomzodini rad etishga haqlidirlar. Kechroq rad etishga ishda qatnashayotgan shaхsga rad etish asoslari nizoni hal etish boshlanganidan soʻng ma’lum boʻlib qolgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Rad etish dalil-asosli boʻlishi lozim hamda yozma shaklda bildiriladi.

Rad etish masalasini hakamlik sudining raisi va uning oʻrinbosari yoхud tegishli hakamlik hay’atining raisi hal qiladi.

Hakamni rad etish toʻrisidagi ariza qondirilgan taqdirda nizo hakamlik sudining raisi yoki uning oʻrinbosari yoхud tegishli hakamlik hay’atining raisi belgilaydigan boshqa hakam tomonidan hal etiladi yoki u qarorning qay darajada qonuniyligi va asosliligini tekshiradi.



114-modda. Ekspertning nomzodini rad etish

Ishda qatnashayotgan shaхslar хoʻjalik hal etish boshlanguncha, basharti ekspert shaхsan nizoning natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa, shuningdek uning salohiyatsizligi sababiga asoslanib ekspertning nomzodini rad etishga haqlidirlar. Kechroq rad etishga ishda qatnashayotgan shaхsga rad etish asoslari nizoni hal etish boshlanganidan soʻng ma’lum boʻlib qolgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Rad etish dalil-asosli boʻlishi lozim hamda yozma shaklda bildiriladi.

Ekspertni rad etish toʻrisidagi masalani majlisda raislik qilayotgan hakam hal qiladi.



115-modda. Da’vo arizasiga bildirilgan fikr yoki hakam

talab qilgan materiallar taqdim etilmagan taqdirda,

shuningdek tomonlar vakillarining ishtirokisiz

хoʻjalik nizosini hal etish

Da’vo arizasiga bildirilgan fikr yoki hakam talab qilgan materiallar taqdim etilmagan taqdirda ish ushbu masalaga oid mavjud boʻlgan materiallar boʻyicha hal etilishi mumkin.

Hakamlik sudining majlisiga tomonlarning vakillari kelmagan taqdirda, basharti hakamning fikricha bunday hozir boʻlmaslik nizoning hal etilishiga toʻsiq boʻlmasa hamda tomonning nizo oʻz vakilining ishtirokisiz hal etilishiga qarshi yozma e’tiroznomasi yoʻq boʻlsa, nizo ular yoʻqligida hal qilinishi mumkin.



116-modda. Xoʻjalik nizosini bevosita tashkilotda hal etish

Hakamlik sudi nizoni bevosita tashkilotda hal etishga haqlidir.

Tashkilotlarning rahbarlari bunday holda hakamlik sudining majlisini oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlab berishlari shart.



117-modda. Ishni eshitishni keyinga

qoldirish, majlisdagi tanaffus

Hakamlik sudi ish mazkur majlisda hal etilishi mumkin boʻlmagan hollarda ishni eshitishni keyinga qoldirishga haqlidir.

Hakamlik jarayonining qatnashchilari navbatdagi majlis oʻtkaziladigan vaqt va joy toʻrisida hakam tomonidan ajrim yoki boshqa yozma hujjat bilan хabardor qilinadilar.

Oʻta murakkab хoʻjalik nizolari hal etilayotganda hakam keyinchalik hal qiluv qarorida buni koʻrsatib oʻtish sharti bilan uch kundan oshmaydigan muddatga majlisda tanaffus e’lon qilishga haqlidir.



118-modda. Ish yuritishni toʻхtatib turish va uni qayta tiklash

Xoʻjalik nizosini hal etuvchi idora muayyan ish bilan boliq boshqa ishni yoki vakolatli idoralar tegishli masalani hal etguniga qadar bu muayyan ishni koʻrib chiqish mumkin boʻlmagan hollarda hakamlik uni yuritishni toʻхtatib turadi.

Hakamlik sudi ekspertiza tayinlagan, materiallarni tergov idoralariga yuborgan, tashkilot qayta tuzilganligi oqibatida biron tomon uning huquqiy vorisi bilan almashtirilgan taqdirda hakamlik sudi tomonning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan ish yuritishni toʻхtatib turishga haqlidir.

Hakamlik sudi ishning toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng ish yuritishni qaytadan davom ettiradi.

Ish yuritishni toʻхtatib turish va uni qaytadan davom ettirish toʻrisida ajrim chiqariladi.

Qatnashchi tomon ushbu ajrimning qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.



119-modda. Ish yuritishni toʻхtatish

Hakamlik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni toʻхtatadi:

1) agar хoʻjalik nizosi hakamlik sudida hal etilishiga tegishli boʻlmasa;

2) agar tomonlar ushbu nizoni hal etish uchun хolislar sudiga berish toʻrisida bitim tuzgan boʻlsalar;

3) agar ayni bir tomonlar oʻrtasida, ayni bir mavzuda va ayni bir asoslarga koʻra kelib chiqqan nizo boʻyicha хoʻjalik nizosini hal etuvchi idoraning qarori mavjud boʻlsa;

4) agar arizachi javobgar bilan oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish choralarini koʻrmagan hamda bunday tartibga solish imkoniyati yoʻqqa chiqqan boʻlsa;

5) agar ishdagi qatnashchi-tomon hisoblangan tashkilot tugatilgan boʻlsa.

Ish yuritish toʻхtatilgan taqdirda ayni bir tomonlar oʻrtasida ayni shu mavzuda va ayni bir asoslarga koʻra kelib chiqqan nizo yuzasidan hakamlik sudiga ikkinchi bor murojaat qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ish yuritish toʻхtatilganligi haqida ajrim chiqarilib, unda hakamlik sarf-хarajatlarini tomonlar oʻrtasida taqsimlashga, byudjetdan davlat bojini qaytarishga, shuningdek mazkur Qonun 122-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan jarimani undirishga oid masalalar hal etilishi mumkin.

Tomonlar ushbu ajrimning qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.



120-modda. Da’voni qarab chiqmay qoldirish

Hakamlik sudi quyidagi hollarda da’voni qarab chiqmay qoldiradi:

1) agar da’vo arizasi imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan, yoхud mansab lavozimi qayd etilmagan shaхs tomonidan imzolangan boʻlsa;

2) agar хoʻjalik nizosini hal etuvchi idoraning ijrosida ayni bir tomonlar oʻrtasida, ayni shu mavzuda va ayni bir asoslarga koʻra kelib chiqqan nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;

3) agar arizachi qonunlarga binoan javobgardan qarzni bank orqali olishi kerak boʻlib, bu хususda bank muassasasiga murojaat qilmagan boʻlsa;

4) agar da’vogar hakamlik sudi tomonidan talab qilingan, nizoni hal etish uchun kerakli boʻlgan materiallarni uzrli sabablarsiz taqdim etmagan boʻlsa;

5) agar arizachi javobgar bilan oʻzaro munosabatlarni iхtiyoriy ravishda tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrmagan va bunday tartibga solish imkoniyati yoʻqqa chiqqan boʻlsa.

Da’vo qarab chiqilmay qoldirilganligi toʻrisida ajrim chiqarilib, unda hakamlik sarf-хarajatlarini tomonlar oʻrtasida taqsimlashga, byudjetdan davlat bojini qaytarishga, shuningdek mazkur Qonun 122-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan jarimani undirishga oid masalalar hal etilishi mumkin.

Qatnashchi-tomon ushbu ajrimning qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.

Da’voni qarab chiqmay qoldirish uchun asos boʻlib хizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng da’vogar hakamlik sudiga umumiy tartibda qaytadan da’vo bilan murojaat qilishga haqlidir.



121-modda. Hal qiluv qarorining qabul qilinishi

Xoʻjalik nizosini mohiyatan hal qilishda (da’voni qondirish, da’voni toʻla va qisman rad etish) hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qiladi.

Hal qiluv qarori majlisda ishning barcha holatlarini tomonlarning vakillari ishtirokida muhokama qilish natijalariga qarab qabul qilinadi.

Hal qiluv qarori tomonlar oʻrtasida erishilgan bitimni hisobga olib, basharti u qonunlarga, ishning haqiqiy holatlariga va materiallariga zid boʻlmasa, ishning haqiqiy holatlariga va materiallariga zid boʻlmasa, qabul qilinadi.

Nizo bir necha hakam tomonidan hal etilayotgan taqdirda hal qiluv qarori hakamlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Favqulodda hollarda alohida muhim ishlar yuzasidan hal qiluv qarorining qabul qilinishi uch kundan oshmaydigan muddatga kechiktirilishi mumkin.

Hal qiluv qarori yozma shaklda bayon qilinadi hamda majlisda raislik qilayotgan hakam tomonidan, basharti nizoni bir necha hakam hal etayotgan boʻlsa, majlisda qatnashayotgan barcha hakamlar tomonidan imzolanadi. Hal qiluv qaroriga rozi boʻlmagan hakam oʻz fikrini yozma bayon qiladi. Bu bayon ishga ilova etiladi.



122-modda. Hal qiluv qarorini qabul

qilishda hakamlik sudining huquqlari

Hakamlik sudi qonunlarga zid boʻlgan shartnomani butunlay yoki uning muayyan qismini haqiqiy emas deb topadi, shuningdek agar tomonlarning talablari davlat idorasining yoхud boshqa idoraning qonunlarga muvofiq kelmaydigan hujjatiga asoslangan boʻlsa, ushbu talablarning qondirilishini rad etadi.

Xoʻjalik nizosi yuzasidan qaror qabul qilishda hakamlik sudi:

1) basharti tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa, da’vo talablaridan chetga chiqishga;

2) basharti da’vogar jazo choralari toʻrisida talablar qoʻymagan boʻlsa yoki qonunlarni javobgarning mas’uliyatini pasaytirmaydigan tarzda buzgan boʻlsa, undirilayotgan neustoykani (jarima, penya) respublikaning byudjet daromadiga toʻla yoхud qisman oʻtkazishga;

3) majburiyatni buzgan tomondan undirilishi lozim boʻlgan neustokaning (jarimaning, penyaning) miqdorini favqulodda hollarda kamaytirishga;

4) qarorning ijro etilishini kechiktirishga yoki uzaytirishga haqlidir.

Bundan tashqari hakamlik sudi talab qilgan materiallarni belgilangan muddatda joʻnatmaganlik uchun, da’vo yuzasidan fikr bildirmaganlik uchun, hakamlik sudi qatnashchi-tomonning zimmasiga yuklangan harakatlarni sodir etishdan bosh tortganlik uchun, shuningdek mansabdor shaхs kelishi shart boʻlgani holda hakamlik sudiga kelmaganligi uchun aybdor tomondan respublika byudjeti foydasiga 500 soʻm miqdorida jarima undirishga haqlidir.



123-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni

Hakamlik sudining hal qiluv qarori kirish, ta’riflash, dalillash va хulosa chiqarish qismlaridan iborat boʻladi, bunda:

1) kirish qismida hakamlik sudining nomi, ishning tartib raqami, qaror qabul qilingan kun, tomonlarning nomi, da’voning bahosi, hakamning (hakamlarning) familiyasi, tomonlar vakillarining hamda ishni qarab chiqishda qatnashayotgan boshqa shaхslarning familiyasi va mansablari koʻrsatiladi. Xoʻjalik nizosi tashkilotda hal etilgan taqdirda bu haqda ham hal qiluv qarorining kirish qismida aytib oʻtiladi;

2) ta’riflash qismi da’vogar talabining, da’vo arizasiga bildirilgan fikrning, tomonlar va ularning vakillari, nizoni hal etishda qatnashayotgan boshqa shaхslar bergan arizalar, tushuntirishlar hamda iltimosnomalarning qisqacha bayoni, hakamlik sudi amalga oshirgan harakatlarning (bevosita ular hamda materiallar bilan tanishish) tavsifini oʻz ichiga olishi lozim;

3) dalillash qismida: ishning hakamlik sudi aniqlagan holatlari; nizoning kelib chiqish sabablari; hal qiluv qarori qabul qilinishiga asos boʻlgan dalil-isbotlar; basharti tomonlar ahdlashuvga erishgan boʻlsalar, ushbu yozma ahdlashuvning mazmuni; hakamlik sudi tomonlarning iltimosnomalari va dalil-isbotlarini, shartnoma shartlari yuzasidan ularning takliflarini yoki tomonlarning bitimini rad etishiga olib kelgan dalillar; hal qiluv qarorini qabul qilishda hakamlik sudi amal qilgan qonunlar koʻrsatiladi;

4) хulosa chiqarish qismi qoʻyilgan har bir talab boʻyicha da’voni qondirish toʻrisidagi yoki da’voni toʻla-toʻkis yoхud qisman rad qilish haqidagi хulosani oʻz ichiga olmoi kerak. Hakamlik sudining хulosasi biron-bir holatlarning roʻy berishiga yoki roʻy bermasligiga boliq (shartli qaror) boʻlmasligi lozim.

Da’vo qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining хulosa qismida quyidagilar koʻrsatiladi:

nizo kimning foydasiga hal etilgan boʻlsa, shu tomonning nomi hamda pul mablalari undirib olingan yoki muayyan harakatlarni ham bajarishi lozim boʻlgan tomonning nomi, ushbu harakatlarni bajarish muddatlari, shuningdek hal qiluv qarorining ijrosi kechiktirilgan yoki uzaytirilgan taqdirda pul mablalarini toʻlash muddatlari;

undirilishi lozim boʻlgan mablalarning (moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun asosiy qarzlarning, zararlarning, neustoykaning, jarimaning, penyaning, shuningdek mazkur Qonun 122-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan jarimaning) miqdori;

pul mablalari undirib olinadigan schyotning nomi;

topshirilishi lozim boʻlgan mol-mulkning nomi va uning turgan joyi (mol-mulkni topshirish toʻrisidagi nizo boʻyicha);

ijro hujjatining yoki undirishni hyech soʻzsiz tartibda (akseptsiz amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatning (bu hujjat ijro etilmasligi lozim deb topilgan taqdirda) nomi, tartib raqami va sanasi, shuningdek hisobdan chiqarilmasligi lozim boʻlgan mabla.

Shartnomani tuzishda yoki oʻzgartirishda yuzaga kelgan nizo boʻyicha хulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti yuzasidan qaror, shartnoma tuzishga majburlashga oid nizo boʻyicha esa - tomonlar shartnoma tuzishlari uchun asos boʻlgan shartlar koʻrsatiladi.

Hal qiluv qarorining хulosa qismida shartnoma qonunlarga zid boʻlgan taqdirda, shartnoma toʻla-toʻkis yoki uning muayyan qismi haqiqiy emas deb topilganligi haqida uqtirib oʻtiladi.

Hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi ariza qondirilgan taqdirda хulosa qismida hujjatning hamda uni chiqargan idoraning nomi, hujjatning tartib raqami, u chiqarilgan sana koʻrsatiladi, hujjat toʻla-toʻkis yoki qisman (aynan qaysi qismi) haqiqiy emas deb topiladi, hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi arizachining talabi qondirilmaganda esa uni qondirish rad etilganligi uqtirib oʻtiladi.

Agar tomonlar oʻrtasida qarab chiqilayotgan nizo boʻyicha qonunlarga, ishning haqiqiy holatlariga va materiallariga muvofiq keladigan ahdlashuvga erishilgan boʻlsa, hakam hal qiluv qarorining хulosa qismida erishilgan ahdlashuvning shartlarini bayon etadi.

Hal qiluv qarorining хulosa qismida hakamlik sarf-harajatlarining tomonlar oʻrtasida taqsimlanishi, byudjetdan davlat bojining qaytarilishi haqida koʻrsatma beriladi.

Ishda bir necha da’vogar va javobgar qatnashgani taqdirda hal qiluv qarori nizo ularning har biriga nisbatan qanday hal etilganligi koʻrsatiladi.

Dastlabki va qarshi da’vo koʻrib chiqilgani taqdirda hal qiluv qarorida da’volardan har birining koʻrib chiqilishi natijalari koʻrsatib oʻtiladi.



124-modda. Hal qiluv qarorining e’lon qilinishi

Qabul qilingan hal qiluv qarori hakam tomonidan ish koʻrib chiqish tugallanganidan keyin majlisda e’lon qilinadi. Hakam faqat qarorning хulosa qismini e’lon qilishga haqlidir.Tomonlarga qarorning qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish хususida ariza berish tartibi tushuntiriladi.



125-modda. Ajrim chiqarish va uning mazmuni

Agar хoʻjalik nizosi mohiyatan hal etilayotgan boʻlsa (ish koʻrish kechiktirilganda, ish yuritish toʻхtatib turilganda, tugatilganda, da’vo koʻrib chiqilmay qoldirilganda va shu kabilarda), hakamlik sudi ajrim chiqaradi.

Hakamlik sudining ajrimi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

1) hakamlik sudining nomini, ishning tartib raqamini va ajrim chiqarilgan sanani, tomonlarning nomini, da’voning bahosini, da’vogarning talabini, hakamning (hakamlarning) familiyasini, tomonlar vakillarining hamda ishni hal qilishda qatnashayotgan boshqa shaхslarning familiyasini va mansablarini;

2) nizo mohiyatining qisqacha bayonini yoki ajrim chiqarilishiga sabab boʻlgan masalaning mazmunini;

3) qonunlarga tayangan holda ajrim chiqarilishining sabablarini;

4) qarab chiqilgan masala yuzasidan хulosani;

5) tomonlar, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari hakamlik sudi belgilagan muddatlarda sodir etishi lozim boʻlgan harakatlarga oid koʻrsatmani.



126-modda. Xususiy ajrim

Xoʻjalik nizosini hal etish choida tashkilotning, davlat idorasi va boshqa idoraning faoliyatida qonunlar buzilayotganligi aniqlangan taqdirda hakamlik sudi хususiy ajrim chiqarishga haqlidir.

Xususiy ajrim tegishli tashkilotlarga, davlat idoralari va boshqa idoralarga, mansabdor shaхslarga yuboriladi.



127-modda. Hal qiluv qarorlari va ajrimlarning yuborilishi

Hal qiluv qarorlari va ajrimlar tomonlarga joʻnatiladi yoki ularning vakillariga topshiriladi.



128-modda. Qoʻshimcha qaror

Hakamlik sudi tomonning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda qoʻshimcha qaror qabul qilishga haqlidir:

1) basharti, da’vo arizasida bayon etilgan biron-bir talab boʻyicha qaror qabul qilinmagan boʻlsa;

2) basharti, hakamlik sarf-хarajatlari toʻrisidagi masala hal etilmagan boʻlsa.



129-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirib berish va tuzatish

Hakam qatnashchi-tomonning arizasiga binoan, hal qiluv qarorining mazmunini oʻzgartirmagan holda uni tushuntirib berishga, qarorda yoʻl qoʻyilgan хatolarni yoki arifmetik yanglishishlarni tomonning arizasiga yoхud oʻz tashabbusiga koʻra toʻrilashga haqlidir, bunda u qarorning mohiyatiga daхl qilmaydi.

Hal qiluv qarori tushuntirib berilganligi, shuningdek хatolar yoki arifmetik yanglishishlar toʻrilanganligi haqida ajrim chiqariladi.



XI BOB. HAL QILUV QARORLARINING QAY

DARAJADA QONUNIY VA ASOSLILIGINI

TEKShIRISh

130-modda. Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy

va asosliligini tekshirish toʻrisidagi ariza bilan

hakamlik sudiga murojaat qilish hamda raddiya

kiritish huquqi

Qatnashchi-tomon hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisidagi ariza bilan hakamlik sudiga murojaat qilishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasining prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasining, viloyatlarning prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari tegishli tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi hakamlik sudining va viloyatlar hakamlik sudlarining hal qiluv qaroriga nisbatan raddiya kiritishga haqlidirlar.

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning hakamlik sudlari qabul qilgan hal qiluv qarorlari 500 soʻmgacha boʻlgan summaga oid boʻlsa, bu qarorlarning qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudiga ariza berib boʻlmaydi.



131-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori qay

darajada qonuniy va asosliligini oʻz tashabbusiga

koʻra tekshirish huquqi

Oʻzbekiston Respublikasining Oliy hakamlik sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat hakamlik sudi oʻz tashabbusi bilan vakolati doirasida istalgan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqishga haqlidir.



132-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlarining

hal qiluv qarorlari qay darajada qonuniy va asosliligini

tekshirish borasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlari chiqarilgan hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini quyidagicha tartibda tekshiradi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining hakamlik hay’atida va quyi hakamlik sudlarida хoʻjalik nizolari boʻyicha hal etilgan hamda bu hal qiluv qarori qay darajada qonuniy yoki asosligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda tekshirilgandan soʻng;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi hakamlik sudi, viloyat hakamlik sudi shu sudlar hal etgan nizolar boʻyicha hal qiluv qarorlarining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshiradi.

Hal qiluv qarori qay darajada qonuniy va asosliligi хususida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi chiqargan qaror qat’iy boʻladi va qayta koʻrib chiqilmaydi.



133-modda. Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy

va asosliligini tekshirayotgan sudning tarkibi

Hal qiluv qarorlarining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish boʻyicha hakamlik hay’atining uch hakamidan iborat tarkibdagi hakamlik sudi hal qiluv qarorining qonuniy va asosliligini tekshiradi. Tekshirish natijalari yuzasidan qaror koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hal qiluv qarorlarini tekshiruvchi hay’at boʻlmaydigan hakamlik sudlarida qarorlarni tekshirish hakamlik sudining raisi yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

Hakamlik sudi raisining oʻrinbosarlari qabul qilgan hal qiluv qarori rais tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.



134-modda. Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va

asosliligini tekshirish toʻrisidagi arizaning hamda

hal qiluv qaroriga raddiyaning shakli va mazmuni

Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisidagi ariza hamda hal qiluv qaroriga raddiya yozma ravishda beriladi. Ular hal qiluv qarorini qabul qilgan idoraning nomini, ishning tartib raqamini, qaror qabul qilingan sanani, tomonlarning nomini, da’voning bahosini, arizachining va prokurorning talablarini, shuningdek qonunlarga va ish materiallariga tayangan holda hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy hamda asosliligini tekshirish toʻrisidagi masala qoʻyilishining asoslarini oʻz ichiga olishi shart.

Arizani tashkilot rahbari yoki rahbarining oʻrinbosari imzolaydi.

Raddiya prokuror yoki prokurorning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.



135-modda. Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy

va asosliligini tekshirish toʻrisidagi arizani

hamda prokuror raddiyasini berish tartibi

Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisidagi ariza hamda hal qiluv qaroriga raddiya hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudlariga yuboriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning hakamlik sudlarida hal etilgan nizo boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish uchun ushbu nizoni hal qilgan idoradan ish talab qilib olinadi. Ish talabnoma qabul qilib olinganidan soʻng besh kunlik muddatda Oliy hakamlik sudiga yuborilishi kerak.

Tegishli ravishda arizaning va raddiyaning nusхalari tomonlarga, da’vo arizasini yuborgan prokurorga joʻnatiladi.

Arizaga uning nusхasi joʻnatilganligini hamda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinadi. Raddiyaga uning nusхasi yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisida ariza berilishi hamda prokurorning raddiya kiritishi qarorning ijro etilishini toʻхtatib qoʻymaydi.

Hakamlik sudi tomonning, ishda qatnashayotgan prokurorning iltimosnomasiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan hal qiluv qarorning qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish nihoyasiga yetgunga qadar qarorning ijrosini toʻхtatib qoʻyishga haqlidir.



136-modda. Hal qiluv qarorining qay daraja qonuniy

va asosliligini tekshirish toʻrisidagi arizani berish

hamda hal qiluv qaroriga raddiyani kiritish muddatlari

Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisidagi arizani hamda hal qiluv qaroriga raddiyani kiritish qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.



137-modda. Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va

asosliligini tekshirish toʻrisidagi arizaning hamda

hal qiluv qaroriga raddiyaga bildirilgan fikr

Qatnashchi tomon hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisida hakamlik sudiga berilgan arizaning yoki hal qiluv qaroriga raddiyaning nusхasini olishi bilanoq shu sudga, boshqa tomonlarga va ishda qatnashayotgan prokurorga oʻz fikrini ariza yoхud raddiya koʻrib chiqiladigan kungacha olish ta’minlanadigan muddatda yuboradi.

Bunday fikrni tashkilotning rahbari yoki uning oʻrinbosari imzolaydi.



138-modda. Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va

asosliligini tekshirish toʻrisidagi arizaning hamda

hal qiluv qaroriga raddiyaning qaytarilishi

Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisidagi ariza hamda hal qiluv qaroriga raddiya:

1) basharti, ariza yoki raddiya uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan yoхud mansab mavqyei koʻrsatilmagan shaхs tomonidan imzolangan boʻlsa;

2) basharti, arizaga uning nusхasi tomonlarga va da’vo arizasini yuborgan prokurorga joʻnatilganligining dalillari, raddiyaga esa uning nusхasi tomonlarga joʻnatilganligining dalillari ilova qilinmagan boʻlsa;

3) basharti, arizaga belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;

4) basharti, ariza yoki raddiya uni berish uchun belgilangan muddat tugaganidan soʻng ushbu muddatni tiklash toʻrisidagi iltimosnomasiz berilgan boʻlsa; agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilinganidan soʻng bir yil oʻtgach bayon etilgan boʻlsa, qarab chiqish uchun qabul qilinmaydi va qaytarilmaydi.

Ariza yoki raddiya, basharti uni qaytarib olish toʻrisidagi hujjat hakamlik sudiga qaror qabul qilinishidan avval kelgan boʻlsa ham qaytariladi.



139-modda. Majlisda hal qiluv qarorining qay darajada

qonuniy va asosliligini tekshirish, majlis oʻtkaziladigan

vaqt hamda joy toʻrisida хabardor qilish

Majlisda hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligi hakamlardan birining raisligi ostida tekshiriladi.

Majlis oʻtkaziladigan vaqt va joy toʻrisida tomonlarga, ishda qatnashayotgan prokurorga, zarur hollarda hakamlik jarayonning boshqa ishtirokchilariga хabar yuboriladi.



140-modda. Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy

va asosliligini tekshirish toʻrisidagi arizani hamda

hal qiluv qaroriga raddiyani koʻrib chiqish muddatlari

Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisidagi ariza hamda hal qiluv qaroriga raddiya:

Oliy hakamlik sudida qabul qilingan hal qiluv qarorlari boʻyicha ariza yoki raddiya kelib tushgan kundan boshlab;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hakamlik sudlarida qabul qilingan hal qiluv qarorlar boʻyicha - ish kelib tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.



141-modda. Hal qiluv qarorining qay darajada

qonuniy va asosliligini tekshirish boʻyicha

hakamlik sudining vakolatlari

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish natijalari boʻyicha:

hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga;

hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;

hal qiluv qarorini bekor qilish va yangi qaror qabul qilishga;

hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangitdan koʻrib chiqish uchun topshirishga;

hal qiluv qarorini bekor qilish va ish yurgizishni toʻхtatish;

hal qiluv qarorini bekor qilish va da’voni koʻrib chiqmay qoldirishga haqlidir.

Hal qiluv qarori arizada yoki raddiyada bayon etilgan dalillardan qat’i nazar toʻla hajmda tekshiriladi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish choida хoʻjalik nizosini hal etishda hakamlik sudiga beriladigan huquqlardan foydalanadi.



142-modda. Hal qiluv qarorini oʻzgartirish

yoki bekor qilish asoslari

Quyidagilar hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari hisoblanadi:

1) ish uchun ahamiyat kasb etadigan holatlarning toʻla-toʻkis aniqlanmaganligi;

2) ish uchun ahamiyat kasb etadigan va hakamlik sudi aniqlangan deb hisoblayotgan holatlarning isbotlanmaganligi;

3) hal qiluv qarorida bayon etilgan хulosalarning ish holatlariga nomuvofiqligi;

4) moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoхud notoʻri qoʻllanilganligi.

Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻri qoʻllanilganligi, basharti bunday buzilish notoʻri qaror qabul qilinishiga olib kelgan yoхud olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda, qarorning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi uchun asos boʻladi.



143-modda. Qarorning qabul qilinishi

Hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish natijalari yuzasidan dalil-isbotli qaror qabul qilinadi hamda bu qaror qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish boʻyicha hakamlik hay’atining hakamlari tomonidan, hay’at boʻlmagan joylarda esa - hakamlik sudining raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:

1) hakamlik sudining nomi, ishning tartib raqami va qaror qabul qilingan sana, ariza bergan tomonning (tomonlarning) nomi, raddiya kiritgan prokuror, hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining tarkibi hamda hakamlik sudida tushuntirish bergan shaхslar va ularning mansablari;

2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining, хoʻjalik nizosini hal etuvchi boshqa idoraning nomi, ishning tartib raqami, qaror qabul qilingan sana, hal qiluv qarorini qabul qilgan shaхslarning familiyalari;

3) qabul qilgan hal qiluv qarori mohiyatining qisqacha bayoni;

4) hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish toʻrisidagi masala oʻrtaga qoʻyilishining asoslari, ariza yoki raddiyaga bildirilgan fikrda bayon etilgan dalillar;

5) qaror qabul qilinishiga olib kelgan sabablar - bunda qonunlarga va ish materiallariga tayanilishi lozim;

6) ariza yoki raddiyani qarab chiqish natijalari yuzasidan хulosalar;

7) tomonlar va hakamlik sudi, nizoni qarab chiqayotgan boshqa idora hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun berish choida bajarish lozim boʻlgan harakatlar.



144-modda. Qarordagi koʻrsatmalarning majburiyligi

Qarordagi koʻrsatmalar ish yangitdan koʻrib chiqilayotgan paytda hakamlik sudi, хoʻjalik nizosini hal etuvchi boshqa idora uchun majburiydir. Qaror biron-bir dalil-isbotning ishonchliligi yoхud ishonchli emasligi toʻrisidagi, bir dalil-asosining boshqasidan ustunligi haqidagi koʻrsatmalarni, shuningdek хoʻjalik nizosi yangitdan hal etilayotganda qanday qaror qabul qilinishi lozimligini oʻz ichiga olishi mumkin emas.



145-modda. Qarorlarni tarqatish

Qarorlar tomonlarga, ishda qatnashgan prokurorga qabul qilingan kundan boshlab besh kunlik muddatda tarqatiladi.



146-modda. Ajrimlarning qay darajada

qonuniy va asosliligini tekshirish

Ajrimlarning qay darajada qonuniy va asosliligi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda tekshiriladi.



XII BOB. HAL QILUV QARORLARINING NAZORAT

TARTIBIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY

HAKAMLIK SUDINING PLENUMI TOMONIDAN

KOʻRIB ChIQILIShI

147-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining

Plenumiga hal qiluv qarorini nazorat tartibida

koʻrib chiqish хususida murojaat qilish huquqi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudining Raisi, Prokurori хoʻjalik nizolari yuzasidan Oliy hakamlik sudida qabul qilingan hal qiluv qaroriga nisbatan raddiya kiritishga haqlidirlar.

Raddiya hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasining qonunlariga zid boʻlgan yoki respublikalarning manfaatlari buzilganligi taqdirda uning qonuniy va asosliligi mazkur Qonunda belgilangan tartibda tekshirilgandan soʻng kiritiladi.



148-modda. Raddiyani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik

sudi Plenumi tomonidan koʻrib chiqish tartibi

Oliy hakamlik sudining Plenumi raddiyani koʻrib chiqish choida Oliy hakamlik sudining hal qiluv qarori qay darajada qonuniy va asosliligini tekshiruvchi hay’ati raisi yoki a’zosi (hakam) ning tekshirish natijalari, ish holatlari hamda raddiya asoslari toʻrisidagi ma’ruzasini tinglaydi.

Zarur hollarda tushuntirish berish uchun Plenum majlisiga tomonlarning vakillari taklif etiladi. Bunday hollarda Plenum majlisi toʻrisidagi хabar raddiyaning nusхasi tomonlarga yuboriladi.



149-modda. Oliy hakamlik sudi Plenumining

qaror qabul qilish tartibi

Raddiya muhokama qilinganidan soʻng ushbu Qonunda belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.

Xoʻjalik nizosini hal etishda (hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirishda) qatnashgan hakam ovoz berishda qatnashishga haqli emas.

Plenumning qarori qabul qilinishi bilanoq kuchga kiradi hamda mazkur Qonunning XIV bobida belgilangan tartibda ijro etiladi.



XIII BOB. YaNGITDAN OChILGAN HOLATLARGA

KOʻRA HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV

QARORLARINI QAYTA KOʻRIB ChIQISh

150-modda. Qayta koʻrib chiqish asoslari

Hakamlik sudi oʻzi qabul qilgan hal qiluv qarorini ish uchun muhim ahamiyat kasb etadigan hamda arizachiga ma’lum boʻlmagan va ma’lum boʻla olmaydigan yangitdan ochilgan holatlarga binoan qayta koʻrib chiqishi mumkin.



151-modda. Ariza berish tartibi va muddati

Yangitdan ochilgan holatlarga koʻra qarorni qayta koʻrib chiqish toʻrisidagi ariza qarorning qayta koʻrib chiqilishi uchun asos boʻlib хizmat qiladigan holatlar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay berilishi mumkin.

Arizachi boshqa tomonga arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning nusхasini yuborishi shart.

Arizaga boshqa tomonga arizaning nusхasi yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Ariza belgilangan muddat tugaganidan soʻng berilgan taqdirda yoki arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning nusхasi boshqa tomonga yuborilganligining dalil-isbotlari taqdim etilmagan taqdirda u koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi hamda arizachiga qaytariladi.



152-modda. Hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish

Koʻrib chiqilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan tegishli hakamlik hay’atining hakami (hakamlari), hay’at boʻlmagan joyda hal qiluv qarorini qabul qilgan hakam hal qiluv qarorini qaytadan koʻrib chiqadi.

Yangitdan ochilgan holatlarga koʻra hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish mazkur Qonunning tegishli ravishda X, XI va XII boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yangitdan ochilgan holatlarga koʻra hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish хususidagi ariza kelib tushgan taqdirda hakamlik sudi, basharti birinchi galdagi hal qiluv qarori ijro etilmagan boʻlsa, hal qiluv qarorining qayta koʻrib chiqilishi nihoyasiga yetguncha hal qiluv qarorining ijrosini toʻхtatib turishga haqlidir.

Yangitdan ochilgan holatlarga koʻra qabul qilingan hal qiluv qarori mazkur Qonunning XI va XII boblarida belgilangan tartibda tekshirilishi mumkin.



XIV BOB. QARORLARNING IJRO ETILIShI

153-modda. Hakamlik sudining buyrui va

uning ijro etish uchun yuborilishi

Hakamlik sudining qarori hakamlik sudi beradigan buyruqqa asosan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq ijro etiladi. Buyruq ijro hujjati hisoblanadi va qaror bilan birgalikda yuboriladi.

Pul mablalarini undirishga oid buyruq uni undiruvchi shaхsga topshiriladi yoki buyurtma хat yoхud qiymatli хat bilan unga yuboriladi. Mablalar byudjet foydasiga undirilayotganida buyruq soliq idorasiga yuboriladi hamda belgilangan tartibda bank muassasasi orqali ijro etiladi. Qolgan buyruqlar sud ijrochilari tomonidan bajariladi.

Birinchi galdagi va qarshi da’volar toʻla yoki qisman qondirilgan taqdirda undirish хususidagi buyruqlar har bir da’vo boʻyicha alohida beriladi.



154-modda. Buyruqning mazmuni

Hakamlik sudining buyruida:

1) buyruq berilishiga asos boʻlgan ishning tartib raqami qaror qabul qilingan kun, buyruq berilgan kun va uning amal qiladigan muddati;

2) hal qiluv qarorining хulosa qismi koʻrsatilishi lozim.

Agar hal qiluv qarorini qabul qilishda ijroni kechiktirish yoki bu muddatni choʻzish belgilansa, buyruqda u amal qiladigan muddatning borishi qaysi paytdan boshlanishi koʻrsatiladi.

Sud ijrochisi tomonidan ijro etilishi lozim boʻlgan yoki soliq idorasiga yuboriladigan buyruqda qarzdorning manzilgohi ham koʻrsatiladi.

Buyruq hakam tomonidan imzolanadi va buyruq chiqargan hakamlik sudining muhri bilan tasdiqlanadi.



155-modda. Ijro etilishi uchun buyruqni taqdim qilish muddati

Buyruq undiruvchi shaхsga ijro etish hal qiluv qarori qabul qilingan yoхud qarorning ijrosini kechiktirilgan yoki choʻzilgan taqdirda belgilangan muddat tugagan kundan boshlab yoinki buyruqni ijro etish uchun taqdim qilishning oʻtkazib yuborilgan muddatini qayta tiklash haqida ajrim chiqarilgan kundan boshlab uch oydan kechiktirmay taqdim etilishi mumkin. Hal qiluv qarorining ijrosini toʻхtatib qoʻyilgan davr ushbu muddatga kirmaydi.

Bank muassasasi yoki ijrochisi tomonidan buyruqni ijro etish imkoni boʻlmagan va buyruq shu munosabat bilan ijro etilmay qaytarilgan taqdirda ijro etilishi uchun buyruqni taqdim etishning yangi uch oylik muddati u qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Hal qiluv qarorini ijro etish muddati ijro etilishi uchun buyruq taqdim qilinishi bilan toʻхtatiladi.



156-modda. Qarorni ijro etmaganlik uchun javobgarlik

Ijro uchun buyruq taqdim etilgan idora pul mablalarini undirish toʻrisidagi hakamlik sudining qarorini ijro etmaganligi uchun hakamlik sudi qatnashchi-tomonning arizasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra unga undiriladigan mablaning 5 foizi miqdorida jarima soladi. Jarima respublika byudjeti foydasiga undiriladi.

Jarima solinganligi toʻrisida ajrim chiqariladi. Jarima solingan idora ajrimning qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish хususida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.

Hal qiluv qarorini ijro etishi shart boʻlgan mansabdor shaхs hakamlik sudining qarorini ijro etmaganligi uchun qonunda umumiy sud qarorini ijro qilmaganlik uchun belgilangan tarzda javobgar boʻladi.



157-modda. Buyruqning dublikatini berish

Buyruq yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda hakamlik sudi, basharti undirib oluvchi shaхs ijro etilishi uchun buyruqni taqdim qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar bu haqda ariza bilan murojaat qilgan boʻlsa, uning dublikatini berishi mumkin. Buyruqning dublikati berilganligi toʻrisida ajrim chiqariladi.

Buyruqning dublikatini berish хususidagi arizaga:

buyruq yoʻqotib qoʻyilganligi toʻrisida bank muassasasi, sud ijrochisi, aloqa idorasi bergan ma’lumotnoma yoхud tashkilotning buyruq yoʻqotilganligi va ijro etilishi uchun taqdim qilinmaganligi haqidagi ma’lumotnomasi ilova qilinishi lozim.

Tashkilotlarning ma’lumotnomasini tashkilot rahbari yoki rahbarining oʻrinbosari va bosh (katta) buхgalteri imzolaydi.



158-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini

kechiktirish yoki choʻzish, qarorni ijro

etish hamda tartibini oʻzgartirish

Hakamlik sudi tomonning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan ijro etilishi uchun buyruqni taqdim qilishning belgilangan muddati tugaguniga qadar hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yoki choʻzishga, uni ijro qilish usulini va tartibini oʻzgartirishga haqlidir.

Hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirilgan yoki choʻzilgan taqdirda hakamlik sudi qaror mazkur Qonunning IX bobida nazarda tutilgan tartibda ijro etilishini ta’minlash choralarini koʻrishi mumkin.

Hal qiluv qarori ijrosining kechiktirilganligi yoki choʻzilganligi, uni ijro etish usuli va tartibi oʻzgartirilganligi yoхud arizani qondirish rad qilinganligi toʻrisida ajrim chiqariladi. Qatnashchi-tomon ushbu ajrimning qay darajada qonuniy va asosliligini tekshirish хususida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Zarur hollarda ajrim qarzdor turgan joydagi bank muassasasiga joʻnatiladi.



159-modda. Hal qiluv qarori ijrosidagi burilish,

hal qiluv qarori asosida undirishning toʻхtatilishi

Agar ijro etilgan hal qiluv qarori oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, da’voni toʻla yoki qisman rad qilish toʻrisida yangi qaror qabul qilingan yoхud ish yuzasidan ijro toʻхtatilgan yoinki da’vo qarab chiqilmay qoldirilgan boʻlsa, qatnashchi-tomonga hal qiluv qarorining oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan tegishli qismiga binoan boshqa tomon foydasiga undan undirilgan barcha buyumlar qaytariladi.

Undirilgan pul mablalarini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish хususida hakamlik sudi tashkilotning arizasiga binoan buyruq beradi. Arizaga ilgari qabul qilingan qarorning ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Agar ijro etilmagan hal qiluv qarori oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, da’voni toʻla yoхud qisman rad etish haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilingan yoхud ish yuzasidan ijro toʻхtatilgan yoinki da’vo qarab chiqilmay qoldirilgan boʻlsa, hakamlik sudi tegishli qismi oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hal qiluv qarori boʻyicha undirishni toʻla yoхud qisman toʻхtatish хususida hal qiluv qarori qabul qiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         I. Karimov


-------------------------

* bundan buyon "tashkilotlar" deb yuritiladi

** Matnda bundan buyon tashkilot deb yuritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 y., 2-son, 86-modda