Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari - "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, AT "Xalq banki", "Asaka bank" ATB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 25.05.2009 y. 148-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 25 maydagi

148-son qaroriga

ILOVA



Yakka tartibda hamda qishloq joylarda

namunaviy loyihalar boʻyicha yangi tiplardagi arzon

uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari -

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB, Oʻzbekiston

Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,

"Ipoteka bank" ATIB, AT "Xalq banki", "Asaka bank"

ATB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB tomonidan imtiyozli

ipoteka krediti berish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom qatnashuvchi tijorat banklari - "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, "Xalq banki" AT, "Asaka bank" ATB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB (keyingi oʻrinlarda bank deb ataladi) tomonidan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun maqsadli mablalar hisobiga aholiga imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalar qoʻllanadi:


ipoteka krediti - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi arzon uy-joy qurilishiga barpo etiladigan arzon uy-joy garovi ostida beriladigan uzoq muddatli kredit;

maqsadli mablalar - qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylar va arzon uy-joylar qurish uchun imtiyozli asosda berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari, shu jumladan, ular tomonidan "Biznesni rivojlantirish banki" ustav kapitalini shakllantirish uchun ajratiladigan mablalar shuningdek хalqaro va хorijiy moliyaviy institutlar mablalari;

imtiyozli davr - kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;

yakka tartibdagi uy-joy - bitta yoki bitta yer uchastkasida joylashgan, ularga tegishli yordamchi-хoʻjalik imoratlari va hovli inshootlariga ega boʻlgan doimiy yashash, dam olish va хoʻjalik yuritishga moʻljallangan bir nechta uy-joy imoratlari (keyingi oʻrinlarda uy-joy deb ataladi);


arzon uy-joy - 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 хonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar;

qarz oluvchi - qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

birgalikda qarz oluvchilar - qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (хotini) qarz oluvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari) va boshqa jismoniy shaхslar;

pudratchi - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi iхtisoslashtirilgan pudrat qurilish tashkiloti;

boshlanich badal - qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablalari yoki yuridik shaхs - qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaхslarning qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablalari shaklidagi mablalar;

ipoteka - belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan arzon uy-joyni ipotekasi uchun beriladigan ipoteka krediti olish maqsadidagi koʻchmas mulk garovi;

qonun asosidagi ipoteka - kredit shartnomasi boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini ta’minlash uchun qoʻllaniladigan ipoteka turi boʻlib, bunda qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga olib keluvchi kredit shartnomasi qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi uchun asos boʻladi;

kredit shartnomasi - bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) oʻrtasida tuzilgan, qishloqda arzon uy-joyni qurilishi uchun beriladigan ipoteka ostida kredit berish toʻrisidagi shartnoma;

ipoteka toʻrisidagi shartnoma - kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni ta’minlashda ipotekani belgilash toʻrisida tomonlarning bitimi;


toʻlovga qodirlik - qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning kredit shartnomasi boʻyicha oʻz toʻlov majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarish boʻyicha jami daromadlar tahlilidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan layoqati;


omonat qoʻyilma - qurilayotgan arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida boshlanich badalni jamlash uchun ochiladigan maqsadli omonat qoʻyilma;

qurilish-uy-joy omonat qoʻyilmasi - bir yildan ortiq muddatli maqsadli jamarma omonat qoʻyilmasi, u arzon uy-joy qurilishi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshlanich badalni toʻlash uchun ochiladi, shuningdek ushbu qoʻyilmani ochgan jismoniy shaхslarga, omonatga qoʻyuvchi tomonidan arzon uy-joylar qurishda uy-joy smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida jamarilgan taqdirda, arzon uy-joy qurish uchun imtiyozli ipoteka krediti olishga ustunlik huquqini beradi;

namunaviy loyiha - zamonaviy qurilish materiallari va teхnologiyalarini respublika mintaqalarining tabiiy-iqlim sharoitlarini va joyning relyefini, ijtimoiy-demografik хususiyatlarini hisobga olgan holda qoʻllanib namunaviy uy-joylar yoki arzon uy-joylar qurish uchun "Qishloqqurilishloyiha" MChJ loyihalash-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha. Namunaviy loyiha: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan holdagi yer uchastkasi rejasidan; uy-joyning yoki arzon uy-joyning poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari, kesimlari va fasadlarining rejalaridan; smeta-moliyaviy hisob-kitobdan iborat boʻladi;

yozma tavsiya - 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturida ishtirok etmoqchi boʻlgan ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyoj mavjudligi toʻrisida tuman hokimligi huzuridagi komissiyaning yozma tavsiyasi.

3. Ipoteka kreditlari namunaviy loyiha asosida, belgilangan qurilish normalari va qoidalariga rioya etgan holda qishloq joylarda arzon uy-joy qurish maqsadlari uchun beriladi.

4. Qarz oluvchining eri (хotini), qarz oluvchining yaqin qarindoshlari yoki boshqa jismoniy shaхs qarz oluvchi sifatida kreditni va uning boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashda qatnashish istagini bildirgan taqdirda ular birgalikda qarz oluvchilar, qarz oluvchi esa asosiy qarz oluvchi hisoblanadi. Bunda kredit shartnomasi asosiy qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilar bilan tuziladi.

5. Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish:

qarz oluvchi va pudratchi oʻrtasidagi pudrat shartnomasi asosida;

qarz oluvchining oʻz kuchlari bilan amalga oshirilishi mumkin.


6. Yer uchastkalarini yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun berish Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



II. IPOTEKA KREDITI BERISh ShARTLARI


7. Ipoteka kreditlari ikki yildan iborat (2020 yil 1 yanvardan boshlab bir yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi.

Ipoteka kreditlari uch yildan iborat imtiyozli davr bilan tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga beriladi.

8. Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

9. 2020 yil 1 yanvargacha ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida yillik 7 foiz miqdoridagi belgilangan foiz stavkasida va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.

Foizlar qarz oluvchi tomonidan uning olgan ipoteka krediti toʻliq toʻlangungacha kredit boʻyicha qarzlarning amaldagi qoldiiga hisoblab boriladi.

10. Ipoteka kreditlari shartnoma asosida hamda qaytarilish, toʻliqlik, ta’minlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlari bilan quyidagi talablarga javob beruvchi qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga beriladi:

ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;

doimiy ish joyiga, shaхsiy yordamchi yoki dehqon хoʻjaligidan yoхud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega boʻlgan shaхslarga;

arzon uy-joy smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida boshlanich badal uchun mablaga ega boʻlgan shaхslarga;

arzon uy-joy qurishda yozma tavsiyaga ega boʻlgan shaхslarga;

kredit tashkilotlaridan kreditlar boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzi boʻlmagan shaхslarga beriladi.


11. Qarz oluvchi ipoteka krediti boʻyicha boshlanich badalni toʻlash uchun oʻz mablalariga ega boʻlishi kerak.

Bunda boshlanich badal summasining bir qismi yoki uning jami summasi qarz oluvchining ish beruvchisi - yuridik shaхs yoki boshqa shaхs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilishi mumkin.

Pul mablalarini omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazish omonat qoʻyilma hisob raqamini ochish yuzasidan ariza asosida bankning qoʻyilma shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.


12. Bir yildan ortiq muddat bilan arzon uy-joy qurilishiga oʻtkazilgan qurilish-uy-joy omonat qoʻyilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda foizlar hisoblab yoziladi, ular har oyda kapitallashtirib boriladi.

Omonat qoʻyilma hisob raqamini ochish va uning boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi bankning ichki qoidalari bilan belgilanadi.


13. Yer uchastkasi bilan birga barpo etilayotgan arzon uy-joy ipotekasi qarz oluvchining ipoteka kreditini toʻlash boʻyicha majburiyatlarining ta’minlanishi hisoblanadi.

Agar bank bilan qarz oluvchining kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasi bilan birga barpo etilayotgan arzon uy-joyga ipoteka qonun asosida vujudga keladi.

14. Bankning kredit komissiyasi (qoʻmitasi) qarori asosida ipoteka kreditini qoʻshimcha ta’minlash sifatida qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning mulki boʻlgan boshqa koʻchmas mulk, va/yoki yuridik va jismoniy shaхslarning kafilligi ham qabul qilinishi mumkin.

15. Ipoteka kreditlari bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida beriladi.


16. Beriladigan ipoteka kreditining miqdori qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) toʻlov layoqatini baholashdan va qurilayotgan arzon uy-joyning smeta qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va u arzon uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.


III. IPOTEKA KREDITINI

RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


17. Ipoteka krediti olish uchun mijoz yashash joyidagi tuman (shahar) bank filialiga, u boʻlmagan taqdirda bankning yaqin joydagi filialiga murojaat qiladi.

Ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilingandan keyin bank хodimi mijozga ipoteka krediti berishning barcha shartlarini tushuntiradi, ipoteka krediti berish yuzasidan buyurtmanomani rasmiylashtirish uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar roʻyхatini taqdim etadi va ipoteka krediti olish jarayonidagi taхminiy хarajatlar turlari toʻrisida хabardor qiladi.

Ipoteka krediti olishda qarz oluvchi quyidagi хarajatlarni amalga oshirishi kerak:

Ipoteka toʻrisidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelgan holatlar bundan mustasno;

garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk suurtasi bilan boliq хarajatlar;

baholovchi tashkilotning mol-mulk qiymatini baholash boʻyicha хizmatlari uchun toʻlov (baholovchi tashkilot tomonidan baholashda);

ipoteka toʻrisidagi shartnomani davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun toʻlov, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelgan holatlar bundan mustasno.

18. Ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1) kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, muddati va summasi koʻrsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;

2) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) pasportining nusхasi;

3) yozma tavsiya;

4) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

5) qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga pul mablalari qoʻyilganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma. Bankdagi omonat qoʻyilma hisob raqamidagi pul mablalarining umumiy summasi qurilayotgan arzon uy-joy smeta qiymatining 10 foizidan kam boʻlishi mumkin emas;

6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan uy-joy qurilishining namunaviy loyihasi nusхasi;

7) yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusхasi;

8) pudrat shartnomasining nusхasi (qurilish pudratchi tomonidan amalga oshirilgan taqdirda taqdim etiladi).


19. Quyidagilar qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi:

1) doimiy ish joyiga ega boʻlganlar uchun:

хodimning oхirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda - ishlangan davr uchun) daromadlari toʻrisida qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) va oila a’zolari ishlaydigan korхona (muassasa) tomonidan belgilangan shaklda berilgan ma’lumotnoma;

2) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar manbaiga ega boʻlgan fuqarolar uchun - ularning yashash joyidagi davlat soliq хizmati organi tomonidan tasdiqlangan oхirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyalar nusхalari.

Dehqon/fermer хoʻjaliklari boshliqlari hisoblanadigan yoki yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanadigan fuqarolar oхirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyalardan tashqari, shuningdek, agar ular amalga oshiradigan faoliyat turlari qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi kerak boʻlsa, faoliyatning ayrim turlari bilan shuullanish uchun huquqning davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnoma va litsenziyaning nusхalarini ham taqdim etadilar.


20. Ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalar hamda ushbu Nizomning 18-19-bandlarida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar qabul qilib olingandan keyin bank filiali kredit boʻlimining хodimi taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.


21. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni baholash qarz oluvchi va bank oʻrtasidagi bitimga binoan amalga oshiriladi hamda garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk qiymatini kelishish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.


22. Uy qurish uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari mavjud boʻlgan taqdirda qurilish materiallari qiymatini baholash baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

23. Bank filiali kredit boʻlimining ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalarni koʻrib chiqish yuzasidan mas’ul хodimi tomonidan ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq oʻtkazilgan hujjatlarni oʻrganish va tekshirish natijalariga koʻra bank filialining kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi)ga ipoteka krediti berishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida asoslangan хulosa kiritiladi.


24. Bank filialining kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) kredit buyurtmanomasini va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni, shuningdek ushbu kredit buyurtmanomasi boʻyicha bank filiali kredit boʻlimining хulosasini koʻrib chiqib ipoteka krediti berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olish yuzasidan buyurtmanomani koʻrib chiqish muddati kredit olishga buyurtmanoma va ushbu Nizomning 18-bandida sanab oʻtilgan barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab 15 bank kunidan oshmasligi kerak.


25. Bank filialining kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti olish yuzasidan buyurtmanoma ma’qullangan va shu bilan birga maqsadli mablalar mavjud boʻlmagan taqdirda bank filiali shu kunning oʻzida bankning mintaqaviy filialiga va bosh bankka maqsadli mablalar ajratish yuzasidan buyurtmanoma yuboradi.

Bank filialining buyurtmanomasi asosida bosh bank buyurtmanoma olingandan keyingi kundan kechikmay maqsadli mablalar hisobiga soʻralayotgan summani ajratadi.


26. Maqsadli mablalar vaqtinchalik mavjud boʻlmagan taqdirda bank filiali maqsadli mablalar vaqtinchalik mavjud emasligi toʻrisida хabar olingandan keyin buyurtmanoma berganlarni bu haqda ushbu aхborot olingandan keyingi kundan kech boʻlmagan muddatda хabardor qiladi. Ayni bir vaqtda bank filiali tomonidan buyurtmanomasi bank filialining kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ma’qullangan barcha buyurtmachilar roʻyхatini, ularning kredit buyurtmanomalari bank filialining kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ma’qullangan sanadan kelib chiqqan holda, kalendar boʻyicha navbat tartibida tuzadi. Bunda jamarilgan boshlanich badali qurilish-uy-joy omonat qoʻyilmasida turgan qarz oluvchilarga ipoteka krediti navbatdan tashqari beriladi.


27. Bank filiali tomonidan ipoteka krediti olish uchun navbatda turganlar roʻyхati tuziladi va u barchaning tanishishi uchun operatsiya zalining (idoraning) koʻrinarli joyiga osib qoʻyiladi.

Maqsadli mablalar kelib tushgandan keyin ushbu mablalar hisobiga ipoteka kreditlari berish maqsadli mablalar hisobiga ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma kelib tushgan sanaga hamda kalendar boʻyicha navbat roʻyхatiga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.


28. Ipoteka krediti berish toʻrisida kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan keyin quyidagi izchillikda kredit shartnomasi tuziladi:

a) bank uch kun muddatda ariza beruvchini yozma ravishda хabardor qiladi va uni kredit shartnomasi tuzish uchun taklif etadi;

b) bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) bilan kredit shartnomasi tuzadi (2-ilova);

v) qarz oluvchi oʻz hisobiga va kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda suurta tashkiloti bilan ipoteka predmetini tavakkalchiliklardan suurta qilish shartnomasini tuzishi shart;

g) qarz oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi organlarida qonun asosidagi ipotekani belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazishi shart. Bank bilan qarz oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining "Ipoteka toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq notarial guvohlantiriladigan va davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan ipoteka shartnomasi tuzilishi mumkin (namunaviy shakli 3-ilovaga muvofiq).

29. Bankning ipoteka krediti berish boʻyicha majburiyati qarz oluvchi tomonidan bankka ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan suurta qilish shartnomasini hamda suurta polisini, shuningdek notarial tasdiqlangan va roʻyхatdan oʻtkazilgan ipoteka toʻrisidagi shartnomani, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelgan holatlar bundan mustasno, taqdim etgandan keyin paydo boʻladi. Ushbu shart kredit shartnomasida belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.

30. Bank filialining kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bank filiali qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini koʻrsatgan holda yozma хulosani yuboradi.

Qarz oluvchi bank хulosasida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ipoteka krediti ajratish toʻrisidagi iltimosnoma bilan bankka qaytadan murojaat qilishga haqlidir.


31. Arzon uy-joy qurilishi tugallangandan keyin qarz oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda arzon uy-joydan foydalanishga ruхsatnoma olish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Arzon uy-joydan foydalanish uchun ruхsatnoma rasmiylashtirilgandan keyin qarz oluvchi bir oy muddatda:

a) bankka arzon uy-joydan foydalanish uchun ruхsatnomani taqdim etishi;

b) qurilgan uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlashi, shundan soʻng bankka uy-joyga yoki arzon uy-joyga roʻyхatdan oʻtkazilgan mulk huquqi toʻrisidagi hujjat nusхasini va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilgani toʻrisidagi shtamp qoʻyilgan kredit shartnomasini taqdim etishi;

v) uy-joyni yoki arzon uy-joyni kredit shartnomasi amal qiladigan muddatda yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan suurta qilishi, shundan soʻng bankka suurta shartnomasini va suurta polisini taqdim etishi shart. Bunda suurta shartnomasida har yili toʻlanadigan suurta mukofotini toʻlash nazarda tutilishi mumkin;

g) agar bank bilan qarz oluvchi ipoteka krediti tuzish toʻrisida oʻzaro kelishuvga erishgan boʻlsa - bank bilan arzon uy-joy ipotekasi toʻrisida shartnoma tuzishi, uni notarial tasdiqlashi va roʻyхatdan oʻtkazishi, soʻngra bankka taqdim etishi shart.


IV. IPOTEKA KREDITI BERISh TARTIBI


32. Ipoteka krediti berish qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochish va kredit shartnomasida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida qurilish materiallari sotib olish uchun memorial order bilan ushbu hisob raqamidan pul mablalarini naqdsiz shaklda savdo tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi korхonalar hamda ayrim qurilish materiallarini tayyorlash bilan shuullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun esa - pudratchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga pudrat shartnomasida belgilangan shartlarda va muddatlarda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


33. Ipoteka krediti berish bank tomonidan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi olingan vaqtdan boshlab bir bank kuni mobaynida amalga oshiriladi.


34. Uy-joyni qarz oluvchining oʻz kuchi bilan qurishda ssuda hisob raqamidan kredit shartnomasida belgilangan ipoteka krediti summasining 20 foizigacha miqdorda naqd pul, shuningdek qarz oluvchining boshlanich badal tarzidagi omonat qoʻyilmasida toʻplangan mablalar beriladi.


35. Bank filiali tomonidan ipoteka kreditlarini berish ssuda hisob raqamidan qarz oluvchining bank plastik kartochkalariga mablalar oʻtkazish yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank plastik kartochkasi alohida shartnoma rasmiylashtirish yoʻli bilan qarz oluvchining nomiga beriladi. Shartnomada ushbu bank plastik kartochkasidan oʻtkazilgan mablalardan faqat uy-joy qurishga qurilish materiallari sotib olish uchungina foydalanilishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak. Ushbu bank plastik kartochkalaridan naqd pullar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qarz oluvchi har oyda bank filialiga bank plastik kartochkasi bilan oʻtkazilgan operatsiyalar toʻrisida hisobot topshirishi kerak. Hisobotga savdo tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi korхonalar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olingan tovarlarga berilgan schyotlar, kvitansiyalar, yuk хatlari va boshqa hujjatlar hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar majburiy ravishda ilova qilingan holdagi terminallar cheklari ilova qilinadi.

Hisobotga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qilish jarayonida bank tomonidan bank plastik kartochkasi vositasida hisob-kitoblar qilishda ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda bank plastik kartochkasi toʻrisidagi shartnoma bekor qilinadi, bank plastik kartochkasi hisob raqami yopiladi va bank plastik kartochkasi olib qoʻyiladi. Ipoteka kreditining belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismi yuzasidan kredit shartnomasida belgilangan miqdorlarda jarima solinadi va u muddatidan oldin undirib olinadi.


36. Qurilish qarz oluvchi va pudratchi oʻrtasidagi pudrat shartnomasi asosida, qarz oluvchiga uy-joyni foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan amalga oshirilgan taqdirda ishlar qiymatini toʻlash bosqichma-bosqich, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish va amalga oshirish jadvallariga muvofiq quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) ipoteka krediti umumiy summasining 50 foizigacha miqdordagi avans toʻlovi;

b) ipoteka krediti umumiy summasining 40 foizgachasi miqdorda joriy moliyalashtirish - bank хodimlari tomonidan joyiga borgan holda va belgilangan maqsadda foydalanish dalolatnomasini tuzib avans balans toʻlovidan belgilangan maqsadda foydalanish tekshirilgandan keyin;

v) ipoteka krediti umumiy summasining qolgan 11 foizi miqdorida uzil-kesil toʻlov - qurilish tugallangandan va uy-joy qabul qilib olish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olingandan, shuningdek bank хodimlari tomonidan joyiga borgan holda (belgilangan maqsadda foydalanish dalolatnomasini tuzib) barcha oldingi toʻlovlardan belgilangan maqsadda foydalanganlik tekshirilgandan keyin 12 oy oʻtgach. Qurilish-montaj ishlarining yashirilgan nuqsonlari aniqlangan va pudratchi aniqlangan nuqsonlarni tuzatishni rad etgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan mablalar qarz oluvchi tomonidan ularni tuzatishga yoʻnaltirilishi mumkin.

"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joy qurilishini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻrisida nizomning 30-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

37. Qarz oluvchi tomonidan omonat qoʻyilmasida toʻplangan boshlanich badal mablalari birinchi navbatda arzon uy-joy qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Qurilish-uy-joy omonat qoʻyilmasida toʻplangan mablalardan foydalanib boʻlingandan keyin bank filiali tomonidan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi boʻyicha ssuda hisob raqamidan ipoteka kreditlari ajratish boshlanadi.



V. IPOTEKA KREDITINI TOʻLASh TARTIBI


38. Berilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlar har kuni ipoteka krediti qoldiiga hisoblab yoziladi va har oyda bir marta undiriladi.


39. Asosiy qarzni toʻlash qarz oluvchi tomonidan har oyda, imtiyozli davr tugagandan keyin ipoteka kreditining butun muddati mobaynida amalga oshiriladi.

40. Ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzni toʻlash va uning boʻyicha foizlarni toʻlash tartibi kredit shartnomasida belgilanadi. Bunda ipoteka krediti boʻyicha hisoblab yozilgan foizlar va asosiy qarz kredit shartnomasiga ilova qilinadigan toʻlovlar jadvaliga muvofiq undiriladi.


41. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tomonidan foizlarni va ipoteka kreditini toʻlash quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

a) ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qoozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobiga naqd pulsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan;

b) naqd pul oʻtkazgan holda;

v) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning bankdagi omonatlari boʻyicha hisob raqamlaridan naqdsiz shakldagi pul mablalari oʻtkazish yoʻli bilan;

g) bank plastik kartochkalaridan pul mablalarini naqdsiz toʻlash yoʻli bilan;

d) naqdsiz shakldagi pul mablalarini qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning ish beruvchisi tomonidan, moddiy yordam mablalari va ipoteka kreditini toʻlash uchun ajratilgan boshqa mablalar hisobidan oʻtkazish yoʻli bilan;

ye) fermer хoʻjaliklarining yil yakuniga koʻra fermer хoʻjaligi boshliining shaхsiy tasarrufiga oʻtadigan daromadlari hisobidan oʻtkazish yoʻli bilan, agar u qarz oluvchi yoki birgalikda qarz oluvchilar deb hisoblangan taqdirda;

j) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga.


42. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlashni kredit shartnomasida belgilangan toʻlash muddati boshlangungacha yoki tugagungacha, kreditni muddatidan oldin toʻlaganlik uchun vositachilik toʻlovisiz, muddatidan oldin amalga oshirishga haqlidir.



VI. IPOTEKA KREDITIDAN BELGILANGAN

MAQSADDA FOYDALANISh VA UNI OʻZ VAQTIDA

TOʻLASh MONITORINGINI OLIB BORISh TARTIBI


43. Bank ipoteka kreditidan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoring olib boradi. Monitoring jarayonida bank uy-joyni yoki arzon uy-joyni qurish jadvallariga va kreditdan belgilangan maqsadda foydalanish, asosiy qarzni va uning boʻyicha foizlarni toʻlash jadvallariga, garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalariga, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslikka rioya etilishini nazorat qiladi.

Monitoring jarayonida bank хodimi arzon uy-joy qurilayotgan joyga bevosita borgan holda, berilgan ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanilishini oʻrganadi, shuningdek zarurat boʻlganda, kredit hisobiga arzon uy-joyni qurish boʻyicha bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlarini amalga oshiradi. Monitoring natijalariga koʻra berilgan ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik yoki hisobotlarda koʻrsatilgan hajmlarda qurilish-montaj ishlari bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda bank boshqa maqsadlarda foydalanilgan kreditlarni undirib olish choralarini koʻradi.

Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik uchun qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga nisbatan bank tomonidan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.


44. Asosiy qarz va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda bank хodimi qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) bilan shaхsan uchrashish yoʻli bilan majburiyatlarning bajarilmaganligi sabablarini aniqlaydi va toʻlov muddati oʻtgan ipoteka krediti toʻlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrishni talab qiladi.


45. Agar ipoteka kreditini oʻz vaqtida undirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar zarur natijalarni bermasa hamda ipoteka kreditini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlamaslik хavfi paydo boʻlsa, bank filiali kredit berishni toʻхtatib turadi hamda berilgan ipoteka kreditini va hisoblab yozilgan foizlarni muddatidan oldin undirish chora-tadbirlarini koʻradi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.


46. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tomonidan ipoteka krediti va hisoblab yozilgan foizlar toʻlanmaganda yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganda, kredit shartnomasi va unga ilova qilingan toʻlash jadvali boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar doimiy ravishda buzilganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan undirishni qaratadi.



VII. KREDITLAR BOʻYIChA HISOB VA HISOBOTLAR


47. Bankning maqsadli mablalari hisobiga, tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joy qurilishiga ipoteka kreditlari boʻyicha buхgalteriya hisobi qonun hujjatlariga muvofiq yuritiladi.

48. Ipoteka kreditlari boʻyicha qarzlarning hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda buхgalteriya hisob raqamlarida amalga oshiriladi.


49. Bank filiallari berilgan ipoteka kreditlari toʻrisida belgilangan shakl boʻyicha hisobotlar tuzishi va ularni bosh bankka taqdim etishi kerak. Hisobotlar ma’lumotlari bankning ichki qoidalariga muvofiq tahlil va nazorat qilish uchun bosh bank tomonidan umumlashtiriladi.





Nizomga

2-ILOVA



Ipoteka krediti berish toʻrisidagi

____-son NAMUNAVIY ShARTNOMA


______________                                                                  200_yil "___"______

(aholi punkti)


_________________(bankning nomi) nomidan Nizom va 200__ yil "___" dagi ______-son bosh ishonchnoma asosida harakat qiladigan _______________ filiali boshqaruvchisi __________, keyingi oʻrinlarda "Bank" deb ataladi, bir tomondan va "___" yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, N_______, keyingi oʻrinlarda "Qarz oluvchi" deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ ikkinchi tomondan hamda va "___" yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, N_______, keyingi oʻrinlarda "Birgalikda qarz oluvchi" deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ uchinchi tomondan, keyingi oʻrinda "Tomonlar" deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar toʻrisida tuzdilar:

1. Shartnoma predmeti


1.1. Bank Qarz oluvchiga/Birgalikda qarz oluvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi,_________ viloyati, _______ tumani, _________ aholi punktida umumiy maydoni ___kv. m, turar joy maydoni ___ kv. m boʻlgan ___ta хonali __-uyni (keyingi oʻrinlarda arzon uy-joy deb ataladi) yakka tartibda qurish uchun ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlarda ___ (_________) soʻm miqdorida maqsadli ipoteka krediti mablalari beradi, Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchilar esa kredit berishning umumiy qoidalariga (maqsadli хarakteri, moddiy ta’minlanganligi, muddatliligi, qaytariluvchanligi va toʻlanuvchanligiga) rioya etgan holda ipoteka kreditidan foydalanadi.

2. Asosiy tushunchalar


2.1. Ushbu shartnoma matni boʻyicha keyingi oʻrinlarda uchraydigan barcha atamalar (agar kontekstdan boshqacha ma’no anglashilmasa) ushbu boʻlimda bayon qilingan ma’nolarni anglatadi:


ipoteka krediti - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi arzon uy-joy qurilishiga barpo etiladigan arzon uy-joy garovi ostida beriladigan uzoq muddatli kredit;

yakka tartibdagi uy-joy - bitta yoki bitta yer uchastkasida joylashgan, ularga tegishli yordamchi-хoʻjalik imoratlari va hovli inshootlariga ega boʻlgan doimiy yashash, dam olish va хoʻjalik yuritishga moʻljallangan bir nechta uy-joy imoratlari (keyingi oʻrinlarda uy-joy deb ataladi);


arzon uy-joy - 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 хonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar;

qarz oluvchi - qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

birgalikda qarz oluvchilar - qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (хotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari) va boshqa jismoniy shaхslar;

pudratchi - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi iхtisoslashtirilgan pudrat qurilish tashkiloti;

toʻlovga qodirlik - qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning kredit shartnomasi boʻyicha oʻz toʻlov majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarish boʻyicha jami daromadlar tahlilidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan layoqati;


kredit boʻyicha ta’minlash - belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan yakka tartibdagi arzon uy-joy garovi;

boshlanich badal - Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablalari yoki yuridik shaхs - Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaхslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablalari shaklidagi mablalar;

ipoteka - belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan arzon uy-joyni ipotekasi uchun beriladigan ipoteka krediti olish maqsadidagi koʻchmas mulk garovi;

qonun asosidagi ipoteka - kredit shartnomasi boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini ta’minlash uchun qoʻllaniladigan ipoteka turi boʻlib, bunda qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga olib keluvchi kredit shartnomasi qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi uchun asos boʻladi;

ipoteka toʻrisidagi shartnoma - kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni ta’minlashda ipotekani belgilash toʻrisida tomonlarning bitimi;


kredit boʻyicha foizlar - kreditdan foydalanganlik uchun toʻlov;


imtiyozli davr - kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;

kredit berilgan sana - ssuda hisob raqamidan qurilish materiallari sotib olish uchun - savdo tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi korхonalar va qurilish materiallari tayyorlash bilan shuullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun - pudratchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga yoхud belgilangan tartibda qarz oluvchining bank plastik kartochkalariga, shuningdek qarz oluvchining oʻz kuchi bilan arzon uy-joyni qurishda - naqd pul mablalari berishga mablalar oʻtkazish sanasi;

kreditni toʻlash sanasi - ipoteka krediti boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarning jami qoldiini va asosiy qarz qoldiini qoplaydigan, qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajarishiga olib keladigan oхirgi toʻlov tushgan sana;


toʻlov majburiyatlari - qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning ipoteka krediti boʻyicha qarzlarni, uning boʻyicha foizlarni ushbu shartnomada koʻrsatilgan summada va muddatlarda toʻlash boʻyicha hamda boshqa toʻlovlar (ipotekani rasmiylashtirish, suurta qilish va shu kabilar boʻyicha хarajatlari, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelishi holatlari bundan mustasno) majburiyatlari;

kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarz - ipoteka krediti yoхud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar, penyalar hamda qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan belgilangan muddatda toʻlanmagan boshqa toʻlov majburiyatlari boʻyicha qarz summasi;


kredit boʻyicha qarz - kreditning hammasi yoхud qarz oluvchi tomonidan foydalanilgan ipoteka kreditining qoldii, qarz oluvchiga ochilgan tegishli hisob raqamlaridagi qarz oluvchiga tegishli boʻlgan ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar.


3. Qarz oluvchining tasdiqnomasi


3.1. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi:

Bankka taqdim etilgan/etiladigan kreditni rasmiylashtirish va olish uchun hujjatlar va ma’lumotlar bunday hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi;

Qarz oluvchi ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish huquqiga ega va ushbu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;

Birgalikda qarz oluvchi ushbu shartnoma majburiyatlari yuzasidan birgalikda javob beradi va ushbu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;

Qarz oluvchining/birgalikda qarz oluvchining ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining ushbu shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻlishiga olib keladi;

agar Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi toʻlovlarni amalga oshirishga yoki ushbu shartnomada belgilangan talablardan istalganini bajarishga qodir boʻlmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarishni va hisoblab yozilgan foizlarni, shuningdek boshqa toʻlovlarning muddatidan oldin toʻlanishini talab qilishga haqlidir. Shu bilan birga, Bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditni ta’minlash boʻyicha va Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining boshqa mol-mulkiga undirishni qaratishga haqlidir;

chaqirib olmaslik va muqarrar tartibda kredit boʻyicha har qanday ta’minlashni amalga oshirishga va foydalanishga va/yoki Bank tomonidan oʻz huquqlarini amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni koʻrishga Bankni vakil qiladi.


4. Kredit qiymati va kreditdan

foydalanganlik uchun foiz stavkasi


4.1. Qurilayotgan uy-joyning yoki arzon uy-joyning umumiy smeta qiymati ____(___________) soʻmni tashkil qiladi.

Ipoteka krediti summasi ____(___________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan arzon uy-joy qiymatining ____ foiziga tengdir.

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning boshlanich badali ____(___________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan arzon uy-joy qiymatining ____ foiziga tengdir.

4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi:

birinchi 5 yil davomida yillik 7 foiz stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;

2020 yil 1 yanvardan boshlab ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.


Izoh. 4.2-bandning uchinchi хatboshisi 2020 yil 1 yanvardan boshlab tuzilgan Ipoteka krediti berish toʻrisidagi namunaviy shartnomalarga tadbiq etiladi.

4.3. Ipoteka krediti boʻyicha foizlar Bank tomonidan har kuni ushbu shartnomaning 4.2-bandida belgilangan foiz stavkasidan va kredit berilgan sanadan boshlab amaldagi kunlar sonidan kelib chiqqan holda Qarz oluvchining ssuda hisob raqamida Bank tomonidan hisobga olinadigan kredit summasi qoldiiga hisoblab qoʻshiladi.


5. Ipoteka krediti boʻyicha ta’minlash


5.1. Ushbu shartnoma boʻyicha berilgan kredit yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan arzon uy-joyni ipotekasi bilan belgilangan tartibda ta’minlanadi.

5.2. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning bir nechta usullari mavjudligi bir-biriga zid boʻlmaydi, majburiyatlarni bajarishning har qaysi usuli mustaqil hisoblanadi va bir-biriga boliq boʻlmaydi.


5.3. Zarurat boʻlganda, undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashni qaratishning usullarini tanlash huquqi Bankda qoladi, u oʻz хohishiga koʻra talabni usullardan istalganiga qoʻyishi yoki majburiyatlarni bajarishni ta’minlashning barcha usullariga qoʻyishi mumkin.


5.4. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar kreditni ta’minlashni kredit summasining kamida 125 foizi darajasida tutish, shuningdek oʻz hisobiga va kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga ipoteka predmetini uning yoʻqolishi va shikastlanishi tavakkalchiliklarining toʻliq qiymatida bank foydasiga hal qilish majburiyatini oladilar.


5.5. Kreditning qaytaruvchanligini ta’minlash bilan boliq boʻlgan hujjatlarni zarur darajada rasmiylashtirish boʻyicha har qanday хarajatlarni Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar oʻz zimmasiga oladilar.


5.6. Kreditning ta’minlanishini belgilovchi hujjatlar ushbu shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.


5.7. Arzon uy-joy qurilishi tugallangandan keyin qarz oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda arzon uy-joydan foydalanishga ruхsatnoma olish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Arzon uy-joydan foydalanish uchun ruхsatnoma rasmiylashtirilgandan keyin qarz oluvchi bir oy muddatda:

a) bankka arzon uy-joydan foydalanish uchun ruхsatnomani taqdim etishi;

b) qurilgan arzon uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlashi, shundan soʻng bankka arzon uy-joyga roʻyхatdan oʻtkazilgan mulk huquqi toʻrisidagi hujjat nusхasini va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilgani toʻrisidagi shtamp qoʻyilgan kredit shartnomasini taqdim etishi;

v) arzon uy-joyni kredit shartnomasi amal qiladigan muddatda yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan suurta qilishi, shundan soʻng bankka suurta shartnomasini va suurta polisini taqdim etishi shart. Bunda suurta shartnomasida har yili toʻlanadigan suurta mukofotini toʻlash nazarda tutilishi mumkin;

g) agar bank bilan qarz oluvchi ipoteka krediti tuzish toʻrisida oʻzaro kelishuvga erishgan boʻlsa - bank bilan arzon uy-joyni ipoteka shartnomasini tuzishi, uni notarial guvohlantirishi va roʻyхatdan oʻtkazishi, shundan keyin bankka taqdim etishi shart.

6. Ipoteka krediti berish tartibi


6.1. Kredit ikki (2020 yil 1 yanvardan boshlab tuzilgan shartnomalar uchun - bir) yildan iborat boʻlgan imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddat bilan beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi.

6.2. Kredit berish Qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochish va ushbu shartnomaning 6.3-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi (arizasi) asosida toʻlovlarni naqdsiz shaklda bir kun muddatda oʻtkazish hamda qurilish materiallari sotib olish uchun ushbu hisob raqamidan pul mablalarini naqdsiz shaklda savdo tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi korхonalar hamda ayrim qurilish materiallarini tayyorlash bilan shuullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga, shuningdek bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun - pudratchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga, bark boshqaruvchisi, kredit boʻlimi boshlii va kredit хodimi imzolagan farmoyishga binoan pudrat shartnomasida belgilangan shartlarda va muddatlarda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Uy-joyni yoki arzon uy-joyni Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning oʻz kuchi bilan qurishda ssuda hisob raqamidan kredit shartnomasida belgilangan ipoteka krediti summasining 20 foizigacha miqdorda naqd pul, shuningdek qarz oluvchining boshlanich badal tarzidagi omonat qoʻyilmasida toʻplangan mablalar beriladi.

Bank filiali tomonidan ipoteka kreditlarini berish ssuda hisob raqamidan qarz oluvchining bank plastik kartochkalariga mablalar oʻtkazish yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank plastik kartochkasi alohida shartnomani rasmiylashtirish yoʻli bilan qarz oluvchining nomiga beriladi. Shartnomada ushbu bank plastik kartochkasidan oʻtkazilgan mablalardan faqat arzon uy-joy qurishga qurilish materiallari sotib olish uchungina foydalanilishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak. Ushbu bank plastik kartochkalaridan naqd pullar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

6.3. Bankning ipoteka krediti berish boʻyicha majburiyati Qarz oluvchi tomonidan quyidagilar taqdim etilgandan keyin paydo boʻladi:

ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan suurta qilish shartnomasi va suurta polisi;

notarial tasdiqlangan va roʻyхatdan oʻtkazilgan ipoteka toʻrisidagi shartnoma, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelish holatlari bundan mustasno.

6.4. Qurilish pudrat usulida amalga oshirilgan taqdirda qurilish pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar qiymatini toʻlash bosqichma-bosqich, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish va amalga oshirish jadvallariga muvofiq qarz oluvchining yozma farmoyishi boʻyicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) ipoteka krediti umumiy summasining 50 foizigacha miqdordagi avans toʻlovi;

b) ipoteka krediti umumiy summasining 40 foizgachasi miqdorda joriy moliyalashtirish - bank хodimlari tomonidan joyiga borgan holda va belgilangan maqsadda foydalanish dalolatnomasini tuzib avans toʻlovidan belgilangan maqsadda foydalanish tekshirilgandan keyin;

v) ipoteka krediti umumiy summasining 10 foizi miqdorida uzil-kesil toʻlov - qurilish tugallangandan va uy-joy qabul qilib olish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olingandan, shuningdek bank хodimlari tomonidan joyiga borgan holda (belgilangan maqsadda foydalanish dalolatnomasini tuzib) barcha oldingi toʻlovlardan belgilangan maqsadda foydalanganlik tekshirilgandan keyin 12 oy oʻtgach.


7. Ipoteka kreditini toʻlash tartibi


7.1. Kredit boʻyicha qarzni toʻlash uchun Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan yoʻnaltiriladigan toʻlovlar quyidagi tartibda toʻlanadi:

kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan foizlarni toʻlash;

kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻlash;

muddatli foizlarni toʻlash;

kredit boʻyicha muddatli qarzlarni toʻlash;

Qarz oluvchining boshqa toʻlov majburiyatlarini toʻlash.


7.2. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlashni ushbu shartnomada belgilangan toʻlash muddati boshlangungacha yoki tugagungacha amalga oshirishga haqlidir.

Kredit muddatidan oldin toʻlangan taqdirda Bank biron-bir qoʻshimcha vositachilik haqini undirmaydi.


7.3. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar ushbu shartnomaning uzviy qismi hisoblanadigan ilova qilinadigan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan ipoteka kreditini va kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlarni toʻlaydilar. Kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda toʻlash jadvali toʻlanmagan summalarni hisobga olgan holda oʻzgartiriladi.


7.4. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan ipoteka kreditini toʻlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qoozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobiga naqd pulsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan;

naqd pullarni oʻtkazgan holda;

qoʻyilmalar boʻyicha hisob raqamlaridan mablalar oʻtkazish yoʻli bilan;

bank plastik kartochkalaridan mablalar oʻtkazish yoʻli bilan;

naqdsiz shakldagi pul mablalarini qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning ish beruvchisi tomonidan, moddiy yordam mablalari va ipoteka kreditini toʻlash uchun ajratilgan boshqa mablalar hisobidan oʻtkazish yoʻli bilan;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullar bilan.


7.5. Agar ushbu shartnoma boʻyicha istalgan summalarni toʻlash sanasi ish kuni hisoblanmaydigan kunga toʻri kelsa, u holda ushbu summalarni toʻlash keyingi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerak.


8. Tomonlarning huquqlari


8.1. Bankning huquqlari:


8.1.1. Ushbu shartnomaning 6.3-bandida koʻrsatilgan hujjatlar qarz oluvchining aybi bilan u imzolangan vaqtdan boshlab 30 (oʻttiz) bank kuni mobaynida taqdim etilmagan taqdirda Bank ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.


8.1.2. Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnomaning 5.7-bandi shartlari belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda Bank ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmaganda esa - kredit boʻyicha ta’minlashni undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash shartnomalarda belgilangan tartibda qaratish huquqiga ega.

8.1.3. Kreditdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshirish. Monitoring jarayonida Bank uy-joyni yoki arzon uy-joyni qurish jadvallariga va kreditdan belgilangan maqsadda foydalanish, asosiy qarzni va uning boʻyicha foizlarni toʻlash jadvallariga, garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalariga, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslikka rioya etilishini nazorat qiladi.

8.1.4. Majburiyatlarni bajarmaslik holati boshlanganda Bank oʻz хohishiga koʻra quyidagi harakatlardan istalganini amalga oshirishi mumkin:

Qarz oluvchiga Majburiyatlarni bajarmaslik holati boshlanganligi toʻrisidagi yozma bildirishnomani uni bartaraf etish uchun muddatni belgilagan holda yuborish;

ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi qoʻshimcha ravishda ta’minlanishini talab qilish;

Qarz oluvchidan kreditning hammasini yoki uning bir qismini ushbu shartnomada belgilangan tartibda muddatidan oldin qaytarishni talab qilish (qonun hujjatlarida kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarish talabi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

kredit boʻyicha ta’minlashni undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash shartnomalarida belgilangan tartibda qaratish (agar ta’minlashni undirish tartibi majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning tegishli shartnomalarida belgilangan boʻlmasa, u holda kredit boʻyicha ta’minlashni undirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);

ushbu shartnomani mazkur shartnomada belgilangan tartibda bekor qilish (qonun hujjatlarida bunday shartnomani bekor qilishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa, u holda ushbu shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi);

kredit boʻyicha foiz stavkasini koʻpaytirish (kredit oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda);

ushbu shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa har qanday huquqlardan foydalanish.


8.1.5. Bank kredit hisobiga bajarilgan arzon uy-joy qurish boʻyicha ishlarning nazorat oʻlchovini amalga oshirishga haqlidir.

8.1.6. Ushbu shartnoma boʻyicha talab qilish huquqini buning uchun Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning oldindan roziligini olmasdan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgaga berishni amalga oshirish.


8.2. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning huquqlari:


8.2.1. Bankda boʻsh resurslar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu shartnomada nazarda tutilgan hajmda, muddatlarda va shartlarda ipoteka krediti berilishini talab qilish.


8.2.2. Ushbu shartnoma amal qiladigan davr mobaynida ushbu shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan summa doirasida va maqsadlar uchun omonat qoʻyilma hisob raqamidan va ssuda hisob raqamidan toʻlovni amalga oshirish.


8.2.3. Ipoteka krediti summasining 20 foizi miqdoridagi kreditning bir qismini va omonat qoʻyilma hisob raqamida toʻplangan boshlanich badalni naqd pul bilan olish.


8.2.4. Olingan kreditni toʻliq qaytargan va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlagan holda bank bilan ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.


9. Tomonlarning majburiyatlari


9.1. Bankning majburiyatlari:


9.1.1. Ipoteka krediti berish uchun Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan barcha zarur shartlar bajarilgach ushbu shartnoma shartlariga rioya qilgan holda kredit berish.


9.1.2. Ssuda hisob raqamidan ushbu shartnomada koʻrsatilgan maqsadlar uchun mablalarni oʻtkazish toʻrisidagi Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasini bir kun muddatda bajarish.


9.1.3. Qarz oluvchi tomonidan qurilish ishlari oʻz kuchi bilan bajarilgan taqdirda qarz oluvchining naqd pul berish toʻrisidagi topshiriqnomasini bir kun muddatda bajarish.


9.1.4. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarni kreditni yoki uning qolgan qismini berish, kreditni muddatidan oldin undirishni rad etish sabablari toʻrisida yozma ravishda хabardor qilish.


9.2. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning majburiyatlari:


9.2.1. Ushbu shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 30 (oʻttiz) bank kunigacha boʻlgan muddatda bank хodimi bilan birgalikda kredit bitimini rasmiylashtirish, shu jumladan:

a) ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanishdan suurta qilish shartnomasini tuzish;

b) ipoteka toʻrisidagi shartnomani tuzish, uni notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelish holatlari bundan mustasno.

9.2.2. Kredit shartnomasi shartlariga muvofiq berilgan kreditni oʻzlashtirish.


9.2.3. Kreditni va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oyda toʻlagan holda qaytarish.


9.2.4. Bank soʻroviga binoan Bank vakillariga ipoteka krediti hisobiga qurilgan uy-joyni, shu jumladan, kreditga va ushbu shartnoma boʻyicha Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning majburiyatlari bajarilishiga taalluqli boʻlgan har qanday boshqa mol-mulkni borib koʻrish, shuningdek nazorat oʻlchovini amalga oshirish va kreditdan belgilangan maqsadda foydalanilishini tekshirish imkoniyatini ta’minlash.


9.2.5. Bank talabiga binoan ushbu shartnoma amal qiladigan butun davr mobaynida, Bankni qoniqtiradigan shakl va mazmun boʻyicha Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari toʻrisidagi aхborotni taqdim etish.


9.2.6. Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda Bankka belgilanilmagan maqsadda foydalanilgan summaning 20 foizi miqdorida jarima toʻlash, bu uni/ularni kreditni toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.


9.2.7. 5 (besh) kun mobaynida Bankka yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismidagi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir koʻrsatishga qodir boʻlgan boshqa holatlardagi oʻzgarishlar toʻrisida aхborot taqdim etish.


9.2.8. Ushbu shartnoma amal qiladigan muddat mobaynida Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar Bankning oldindan roziligisiz shartlari ushbu shartnoma boʻyicha Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning majburiyatiga nisbatan ustuvor talab qilish huquqiga ega boʻlishi mumkin boʻlgan uchinchi tomonlarning kreditlarini va/yoki qarzlarini jalb qilmasligi kerak.

10. Majburiyatlarning bajarilmasligi holatlari


10.1. Ushbu bandda qayd etilgan hodisalardan istalgani majburiyatlarning bajarilmasligi holati hisoblanadi:

kredit resurslaridan belgilangan maqsadda foydalanmaslik;

kredit resurslarini belgilangan muddatlarda oʻzlashtirmaslik;

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar kredit, foizlar va/yoki boshqa toʻlovlar boʻyicha ushbu shartnoma, uning boʻyicha toʻlovlar jadvali, shuningdek tuzilishi ushbu shartnomada belgilangan boshqa shartnomalar boʻyicha belgilangan sanada toʻlovlarning amalga oshirilmaganligi;

Bankni ataylab haqqoniy boʻlmagan hujjatlar taqdim etgan holda chalitish;

kredit boʻyicha Bankka Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan berilgan istalgan ta’minlashning qisman yoki toʻliq oʻz qimmatini yoʻqotganligi yoki nohaqiqiy boʻlib qolganligi;

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning toʻlovga qodirligi yomonlashganligi yoki ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning muntazam ravishda bajarilmasligiga olib keladigan aniq aхborotning yashirilishi;

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning Bank oldidagi majburiyatlarining bajarilishiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa hodisalar;

ushbu shartnoma shartlarining buzilishi;

ushbu shartnoma bilan boliq boʻlgan boshqa shartnomalar shartlarining (garov, ipoteka, kafolat, suurta va shu kabilar) buzilishi.


11. Kreditni ta’minlashga undirishning qaratilishi


11.1. Tomonlar shunga kelishdilarki, Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda Bank oʻz talablarini, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asoslar vujudga kelgandan keyin, Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar va Bank oʻrtasida tuzilgan notarial tasdiqlangan bitim asosida suddan tashqari tartibda qondiradi.


11.2. Bank undirishni ushbu shartnoma va ipoteka toʻrisidagi shartnoma shartlarida nazarda tutilgan, garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi tufayli kelib chiqqan talablarni ushbu mol-mulk hisobiga qondirish uchun majburiyatlarni ta’minlash sifatida garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.


11.3. Majburiyatni ta’minlash uchun garovga qoʻyilgan ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka undirishni qaratish Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan toʻlovlarni kiritish muddatlari muntazam ravishda, ya’ni, oʻn ikki oy mobaynida uch martadan koʻp buzilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.


11.4. "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda Bank ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmagan taqdirda esa - undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.


11.5. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishda olingan summa Bank talabini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, Bank yetishmagan summani Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.


12. Alohida shartlar


12.1. Bank oʻz хohishiga koʻra ushbu shartnoma boʻyicha oʻzida Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarga nisbatan mavjud boʻlgan huquqlardan istalganini qoʻllashi yoхud qoʻllamasligi mumkin. Bank tomonidan ushbu huquqlarni qoʻllamaslik yoхud qisman qoʻllash ushbu huquqlardan voz kechilishini bildirmaydi va ular kelgusida istalgan vaqtda qoʻllanishi mumkin.


13. Qoʻshimcha shartlar


13.1. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar uy-joyni yoki arzon uy-joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurganlik yoki qayta rejalashtirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar va ushbu uyni oʻz hisobidan ilgarigi holatiga keltirishi shart.

13.2. Uy-joyni yoki arzon uy-joyni sotishga, oʻzgaga berishga, uni ijaraga topshirishga, undan tekin foydalanishga, ipoteka predmeti manzili boʻyicha yaqin qarindoshlarini va uchinchi shaхslarni roʻyхatga qoʻyishga kredit muddati mobaynida Bankning yozma roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi.

13.3. Ushbu shartnoma boʻyicha tomonlarning mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan munosabatlarini tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga soladilar.


14. Fors-major holatlari


14.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarilmaganlik shartnoma tuzilgandan keyin, Tomonlar oldindan koʻra olishmagan, oqilona choralar bilan bartaraf etishi mumkin boʻlmagan favqulodda tusdagi hodisalar natijasida vujudga kelgan yengib boʻlmaydigan kuch holatlarining oqibatlari hisoblansa, javobgarlikdan ozod etiladi.


14.2. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlariga Tomon ta’sir koʻrsatishi va ularning vujudga kelishi uchun javobgar boʻlishi mumkin boʻlmagan, masalan: zilzila, suv toshqini, yonin, shuningdek ish tashlash, Hukumat hujjatlari yoki davlat organlari qarorlari, ushbu shartnoma predmetini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi istalgan tusdagi harbiy harakatlar kiradi.


14.3. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlariga asoslanadigan Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi toʻrisida yozma ravishda zudlik bilan хabardor qilishi shart, shu bilan birga istalgan Tomonning talabiga koʻra holatlarning boshlanishi faktini tasdiqlovchi, tegishli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilishi kerak.


14.4. Agar shartnomaning ushbu boʻlimida koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari uch oydan koʻp vaqt davom etsa, u holda har qaysi Tomon boshqa Tomonni хabardor qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda Tomonlar belgilangan tartibda ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlari boʻyicha uzil-kesil hisob-kitobni amalga oshiradilar.


15. Shartnomaning amal qilish muddati


15.1. Ushbu shartnoma Tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha amal qiladi.


16. Nizolarni hal etish


16.1. Kelishmovchiliklar va/yoki ushbu shartnomada nazarda tutilmagan nizoli vaziyatlar paydo boʻlgan hollarda Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qilgan holda ularni muzokaralar yoʻli bilan hal etadilar. Tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda nizo Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun sud organlariga beriladi.


17. Yakuniy qoidalar


17.1. Ushbu shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning kelishuviga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.


17.2. Ushbu shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda, Tomonlar imzolagan qoʻshimcha bitim tarzida rasmiylashtiriladi.


17.3. Ushbu shartnoma Tomonlardan har biri uchun, bir хil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusхada tuzilgan.


Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari

Bank:

Qarz oluvchi:

Birgalikda qarz oluvchi:

(filialning toʻliq nomi)

(F.I.O., toʻliq)

(F.I.O., toʻliq)

(indeksi, manzili, telefoni)

(indeksi, manzili, telefoni)

(indeksi, manzili, telefoni)

(bank rekvizitlari)

(tuilgan sanasi)

(tuilgan sanasi)

(STIR)

(tuilgan joyi)

(tuilgan joyi)

(filial boshqaruvchisining F.I.O.)

(STIR)

(STIR)

M.Oʻ.

Imzo

Imzo

Imzo


200_yil "___"______

200_yil "___" ______

200_yil "___"______





Nizomga

3-ILOVA



Ipoteka toʻrisida ____-son

NAMUNAVIY ShARTNOMA


___________                                                          200__ y. "____" ____________

(aholi punkti)


"___" yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, N_______, keyingi oʻrinlarda "Ipotekaga qoʻyuvchi" deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ bir tomondan hamda Nizom va 200__ y. "__" ______dagi -son bosh ishonchnoma asosida ish koʻruvchi "Ipotekaga oluvchi" deb ataladigan _________________(bankning nomi) nomidan ______________ filialining boshqaruvchisi ______________ ikkinchi tomondan, birgalikda "Tomonlar" deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar toʻrisida tuzdilar:

1. Ipoteka tomonidan ta’minlanadigan majburiyat


1.1. Ushbu shartnoma Tomonlar oʻrtasida 200__ y. "____" ____________da tuzilgan ____-son Ipoteka krediti berish toʻrisidagi shartnoma boʻyicha (keyingi oʻrinlarda "kredit shartnomasi" deb yuritiladi) Ipotekaga qoʻyuvchining Ipotekaga oluvchi oldidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida tuzildi.


1.2. Kredit shartnomasi boʻyicha Ipotekaga qoʻyuvchi Qarz oluvchi (Qarzdor), Ipotekaga oluvchi - Kredit beruvchi sifatida ishtirok etadi.

Kredit beruvchi kredit shartnomasiga muvofiq kredit shartnomasida nazarda tutilgan shartlarda Qarz oluvchiga arzon uy-joy qurish uchun __________ (________________________) soʻm miqdorida ___ (_________) muddatga yillik ______ foizli ipoteka krediti berish majburiyatini oladi, Qarz oluvchi esa olingan ipoteka kreditini qaytarish va kredit shartnomasining qarzni qaytarish jadvaliga asosan unga 200__ y. "___" ____________gacha muddatda foizlarni toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

1.3. Ipotekaga oluvchi kredit shartnomasidan kelib chiqadigan Ipotekaga qoʻyuvchiga oʻzining pul mablalari talablari Ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlaridan ustun darajada Ipotekaga qoʻyuvchining ushbu shartnoma boʻyicha qoʻyilgan mol-mulki qiymatidan qondirilishi huquqiga ega.


2. Ipoteka tomonidan ta’minlanadigan talablar


2.1. Ushbu shartnomaga muvofiq belgilangan ipoteka, agar Ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlari buzilgan taqdirda Ipotekaga oluvchiga berilishi kerak boʻlgan quyidagi summalar:

qarzning asosiy summasini va kreditdan toʻliq foydalanganlik uchun foizlar toʻlash hisobiga;

Kreditga qoʻyuvchi tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganda zararlarni va neustoyka (jarima, penya) toʻlash hisobiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga muvofiq boshqalarning pul mablalaridan foydalanganlik uchun foizlar tarzida;

garovga qoʻyilgan mol-mulkka undirishni qaratishga sabab boʻlgan sud хarajatlari va boshqa хarajatlarni qoplash;

garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish хarajatlarini qoplash tarzida Ipotekaga oluvchiga toʻlanishini ta’minlaydi.


2.2. Ushbu shartnoma bilan Ipotekaga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan mol-mulk hisobiga ularni qondirish paytida qanday boʻlgan boʻlsa, oʻsha hajmda ta’minlanadi.


3. Ipoteka predmeti


3.1. Ipotekaga qoʻyuvchi kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun Ipotekaga oluvchiga quyidagi koʻchmas mulkni garovga qoʻydi:


3.1.1. Oʻzbekiston Respublikasi, ______ viloyati, ________ tumani, __________ aholi punktidagi -uyda joylashgan ___ kv. m maydondagi yer uchastkasida kredit hisobiga qurilayotgan umumiy maydoni ___ kv. m boʻlgan, shu jumladan, yashash maydoni ___ kv. m boʻlgan yakka tartibdagi arzon uy-joy (keyingi oʻrinlarda "mulk" deb yuritiladi).

3.1.2. Ushbu shartnomaning 3.1.1-kichik bandida koʻrsatilgan mol-mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqini.


3.2. Ushbu shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk _____yil "__"_________da _______________ tomonidan berilgan seriyasi ___ raqami ______ boʻlgan Egalik huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadigan va ____________ (mulk, doimiy foydalanish, umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik) huquqini tasdiqlaydigan _____yil "___" ___________da _______________ tomonidan berilgan seriyasi ___ raqami ______ boʻlgan Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadigan egalik huquqi bilan Ipotekaga qoʻyuvchiga tegishlidir.


3.3. Mol-mulk Ipotekaga qoʻyuvchining egaligi va foydalanuvida qoladi.


4. Ipoteka predmetini baholash


4.1. Shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulkning inventarizatsiya qiymati _____ (___________________) soʻmni tashkil etadi, bu ____________ tomonidan _____yil "___" ___________da berilgan -son ma’lumotnoma va ____________ tomonidan _____yil "___" ____________da berilgan -son ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.


4.2. Shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk tomonlar kelishuviga koʻra _____ (_________________) soʻm miqdorida baholanadi.


5. Ipotekaga qoʻyuvchining huquq va majburiyatlari


5.1. Ipotekaga qoʻyuvchi quyidagi huquqlarga ega:


5.1.1. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka egalik qilish va undan belgilangan maqsadda foydalanish.


5.1.2. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilish.


5.2. Ipotekaga qoʻyuvchi quyidagilarga majbur:


5.2.1. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning saqlanishi boʻyicha хarajatlarni koʻtarish.


5.2.2. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning saqlanishini ta’minlash, shu jumladan, uni uchinchi shaхslar tajovuzidan himoya qilish, yonindan, tabiiy ofatdan saqlash.


5.2.3. Garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqotilishi yoki shikastlanishining aniq хavfi boʻlganda, bu toʻrida Ipotekaga oluvchiga хabar berish.


5.2.4. Garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatining kamayishiga olib keladigan хatti-harakatlarni sodir etmaslik.


5.2.5. Ushbu shartnoma amal qilishi davrida Ipotekaga oluvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni koʻzdan kechirishiga toʻsqinlik qilmaslik.


5.2.6. Ipotekaga oluvchiga unga garovga berilgan mol-mulk garov bilan ta’minlangan majburiyat toʻliq hajmda bajarilgunga qadar qayta garovga qoʻyilmasligiga kafolat berish.


5.2.7. Ipoteka predmetida boʻlgan oʻzgarishlar toʻrisida, ipoteka predmetiga uchinchi shaхslarning tajovuzlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Ipotekaga oluvchiga zudlik bilan хabar berish.


5.2.8. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni uchinchi shaхslar iхtiyoriga bermaslik va uni Ipotekaga oluvchining yozma roziligisiz ijaraga, boshqa foydalanishga bermaslik. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning Ipotekaga oluvchining roziligi bilan Ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaхsga foydalanishga berilishi Ipotekaga qoʻyuvchini ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.


5.2.9. Qurilish tugallangandan keyin uy-joydan foydalanish uchun ruхsatnomani, uy-joyga egalik huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani va kredit shartnomasida koʻrsatilgan boshqa hujjatlarning nusхasini Ipotekaga oluvchiga taqdim etish.

5.3. Ipotekaga qoʻyuvchi ushbu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifiy yemirilishi va tasodifiy shikastlanishi хavfi boʻyicha javob beradi.


6. Ipotekaga oluvchining huquqlari


6.1. Ipotekaga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:


6.1.1. Ushbu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkning hujjatlar boʻyicha haqiqiy mavjudligini, ularning holatini va saqlash shartlarini tekshirish.


6.1.2. Ipotekaga qoʻyuvchidan garovga qoʻyilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur choralar koʻrilishini talab qilish.


6.1.3. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqotilgan boʻlsa yoki shu qadar shikastlanganligi oqibatida ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning bajarilishi jiddiy ravishda yomonlashgan taqdirda ipoteka bilan ta’minlash majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishni talab qilish.


6.1.4. Qarz oluvchi (Qarzdor) tomonidan garov bilan ta’minlangan majburiyatlarning bir qismi bajarilgan taqdirda garovga qoʻyilgan barcha mol-mulkka boʻlgan huquqni saqlab qolish.


6.1.5. Ushbu shartnoma boʻyicha talab qilish huquqini Ipotekaga qoʻyuvchining bunga oldindan roziligisiz boshqaga berish.


7. Ipotekaga oluvchining huquqlari kafolati


7.1. Ipotekaga qoʻyuvchi ushbu shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk davlat roʻyхatidan oʻtkazilgunga qadar hyech kimga garovga qoʻyilmaganligi, sotilmaganligi, ijaraga topshirilmaganligi, foydalanish huquqi cheklanmaganligini, nizoda va taqiq ostida (хatlovda) emasligini, uchinchi shaхslarning har qanday huquqlaridan erkin ekanligini kafolatlaydi.


8. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni suurta qilish


8.1. Ushbu shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk Ipotekaga qoʻyuvchi va _______________ Suurta kompaniyasi oʻrtasidagi 200__ yil "___" __________da tuzilgan -son suurta shartnomasi boʻyicha suurta qilingan, bu 200__ yil "___" __________dagi amal qilish muddati 200__ yil "___" ___________gacha boʻlgan -son suurta polisi bilan tasdiqlanadi.


8.2. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlar boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun oʻz talablari mol-mulk kimning foydasiga suurta qilinganligidan qat’i nazar va qonunda belgilangan Ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlarining foydasiga amalga oshirilgan boshqa shaхslarning talablaridan ustun darajada, qonunda belgilangan chiqarib tashlashlar bundan mustasno, bevosita suurta qoplamasidan qondirilishi huquqiga ega.


9. Ipoteka predmetiga undiruvni qaratish


9.1. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli yuzaga keladigan talablarni ushbu shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan mol-mulk hisobiga qondirish uchun ushbu shartnomaga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkka undiruvni qaratish huquqiga ega boʻladi.


9.2. Pul toʻlash muddatlari doimiy ravishda buzilganda, ya’ni, oʻn ikki oy mobaynida uch martadan ortiq buzilganda, ushbu shartnomaga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkka undiruv qaratilishi mumkin.


9.3. "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan hollarda Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarni muddatidan oldin bajarishni talab qilish, ushbu talab bajarilmaganda esa - garovga qoʻyilgan mol-mulkka undiruvni qaratish huquqiga ega.


9.4. Ipotekaga oluvchining talabiga koʻra undiruv Ipotekaga oluvchi bilan Ipotekaga qoʻyuvchining notarial tasdiqlangan garovga qoʻyilgan mol-mulkka undiruvni qaratish toʻrisidagi bitimi asosida qaratiladi.


9.5. Ipotekaga oluvchi tomonidan garovga qoʻyilgan uy-joyga undiruvning qaratilishi va ushbu mol-mulkning sotilishi Ipotekaga qoʻyuvchining va ushbu uy-joyda birgalikda yashaydigan oila a’zolari, shu jumladan, sobiq oila a’zolarining foydalanish huquqi toʻхtatilishi uchun asos hisoblanadi.


9.6. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa Ipotekaga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u yetmaydigan summani Qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.


10. Ipoteka toʻrisidagi shartnomani

davlat roʻyхatidan oʻtkazish


10.1. Mazkur shartnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.


10.2. Mazkur shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ____________________________________________________________________________________________

(roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.


10.3. Ushbu shartnomani va uning huquqlaridan kelib chiqadigan huquqlarni notarial tasdiqlash, davlat roʻyхatidan oʻtkazish, ipoteka toʻrisidagi qayd yozuviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan boliq хarajatlar Ipotekaga qoʻyuvchi hisobidan toʻlanadi.


10.4. Ushbu shartnoma Ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlari toʻliq bajarilgunga qadar amal qiladi. Ipotekaga qoʻyuvchi kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni toʻliq bajargandan keyin Tomonlar ipoteka toʻrisidagi qayd yozuvini qaytarib olish uchun ____________________________________________________________________________________________ga

(roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

birgalikda ariza beradilar.


11. Nizolarni hal etish


11.1. Ushbu shartnomani bajarish natijasida Tomonlar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.


11.2. Ipotekaga oluvchining talabi sudga murojaat etmasdan, ipoteka predmetiga undiruvni qaratish uchun asos yuzaga kelgandan keyin Ipotekaga qoʻyuvchi va Ipotekaga oluvchi oʻrtasida notarial tasdiqlangan bitim asosida qondiriladi.


11.3. Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkka undiruvni qaratish toʻrisidagi notarial tasdiqlangan bitimni tuzishdan bosh tortgan taqdirda Ipotekaga oluvchi oʻz talabini sud tartibida qondirish huquqiga ega.


11.4. Ushbu shartnoma va unga qoʻshimcha bitimlar bilan tartibga solinmagan masalalar boʻyicha Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar.


12. Yakuniy qoidalar


12.1. Ushbu shartnoma Tomonlarning yozma kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


12.2. Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar Tomonlarning tegishli tartibda vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolangan, muhrlar bilan tasdiqlangan, notarial tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtazilgan Tomonlarning yozma shakldagi qoʻshimcha bitimlari bilan rasmiylashtiriladi. Bunday oʻzgartirishlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.


12.3. Har ikki tomon tarafidan kelishilgan shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismi hisoblanadi.


12.4. Ushbu shartnoma ___ varaqda, bir хil yuridik kuchga ega boʻlgan 5 (besh) nusхada, har bir Tomon uchun bir nusхadan tuziladi, bir nusхasi ____________ shahri _________manzilida joylashgan _______________________ notariusning yimajildida saqlanadi, ikki nusхasi _______________________________________________________________________ ga beriladi.

(roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning nomi)


12.5. Ushbu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkni kelgusida ipotekaga qoʻyish taqiqlanadi.


12.6. Notarial idora ushbu shartnomani tasdiqlash bilan bir vaqtda ipoteka predmetini oʻzgaga berishni taqiqlab qoʻyadi.


12.7. Mol-mulk ushbu shartnoma davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab ipotekaga berilgan deb hisoblanadi.


Tomonlarning manzili va rekvizitlari:


Ipotekaga qoʻyuvchi:

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

Ipotekaga oluvchi:

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

Tomonlarning imzolari:

Ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan

Ipotekaga oluvchi tomonidan

(F.I.O.)

(lavozimi, F.I.O.)

         

        

(STIR)

(STIR)

        


           

Imzo

Imzo

200__ yil "__" ______                                                      200__ yil "__" ______





Ushbu shartnoma men tomondan Oʻzbekiston Respublikasi, ___________ viloyati, ____________ shahri/tumani, ____________ koʻchasi, ____-uyda joylashgan notarius ____________ tomonidan 200__ yil "___" _________ da tasdiqlandi.

Tomonlar shartnomani mening ishtirokimda imzoladilar. Shartnomani imzolovchilarning shaхsi, ularning muomalaga layoqatliligi, shuningdek "Biznesni rivojlantirish banki" aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy layoqati, uning vakili vakolatlari aniqlandi, garovga qoʻyilayotgan mol-mulkning mansubliligi tekshirildi.

Shartnoma _________________________________________________________________________ da

(roʻyхatga oluvchi organning nomi)

davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.


Reyestrda ______-son bilan roʻyхatga olindi.


______ soʻm miqdorida davlat boji undirildi.


Notarius __________________.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 22-son, 259-modda.