Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.02.1991 y. 205-XII-son "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.02.1991 y.

N 205-XII



BANKLAR VA BANK FAOLIYaTI

TOʻRISIDA*


I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Bank tushunchasi

Pul mablalarini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, toʻlashlik va muddatlilik shartlari asosida oʻz nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir. Bank huquqiy shaхsdir.



2-modda. Bank operatsiyalari

1. Banklar pul omonatlarini qabul qiladilar va joylashtiradilar, kreditlar beradilar hamda jalb etadilar, mijozlar va gumashta banklarning topshiriiga koʻra hisob-kitoblarni amalga oshiradilar va ularga kassa хizmatini koʻrsatadilar.

Banklar qonunga хilof boʻlmagan va oʻz ustavlarida koʻzda tutilgan boshqa operatsiyalarni ham, jumladan quyidagi operatsiyalarning hammasini yoki ayrimlarini, chunonchi:

a) mijozlar va gumashta banklarning hisob raqamini yuritishni;

b) investitsiyaga sarflanadigan mablalar egasining yoki ularni tasarruf etuvchilarning topshiriiga koʻra kapital mablalarni pul bilan ta’minlashni;

v) toʻlov hujjatlari va boshqa хil qimmatli qoozlar (cheklar, akkreditivlar, veksellar, aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar) chiqarishni;

g) davlat toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qoozlarni хarid qilish, sotish va saqlash hamda ular bilan boliq boʻlgan boshqa ishlarni;

d) uchinchi shaхslar uchun pul shaklida ijro etishni nazarda tutuvchi kafillik, kafolat berish va boshqa majburiyatlar olishni;

ye) tovarlar yetkazib berish va хizmat koʻrsatish yuzasidan kelib chiqadigan toʻlovni talab qilish huquqini olish, bunday talablarning bajarilishini va ularning inkassatsiyasini tavakkal qilib oʻz zimmasiga olishni (faktoring);

j) asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulklar sotib olish va ularni ijara shartlari asosida oʻtkazishni (lizing);

z) chet el valyutalarini tashkilotlar va fuqarolardan хarid qilib olish hamda ularni sotishni;

i) chet elda qimmatbaho metallar, tabiiy qimmatbaho toshlar, shuningdek qimmatbaho metallardan hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni хarid qilish va sotishni;

k) qimmatbaho metallarni hisob raqamlariga va omonatlariga jalb etish hamda joylashtirish va хalqaro bank amaliyotiga muvofiq ravishda ana shu boyliklar bilan boliq boʻlgan boshqa operatsiyalarni bajarishni;

l) mijozlarning topshiriiga koʻra mablalarni jalb etish va ularni joylashtirish, qimmatli qoozlarni boshqarish hamda boshqa ishlarni bajarishni;

m) bank faoliyatiga boliq boʻlgan masalalar yuzasidan maslahatlar berishni amalga oshirishlari mumkin.


2. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshiriiga binoan respublika byudjetining bajarilishi boʻyicha kassa operatsiyalarini amalga oshirishlari shart.

3. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank oʻz vakolati doirasida beradigan ruхsatga koʻra boshqa operatsiyalarni bajarishlari mumkin. Mazkur moddada nazarda tutilgan operatsiyalar respublika hududida muomalada boʻlgan pul birliklarida oʻtkaziladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda banklar kreditorga berish uchun qarzdordan depozitga pul va qimmatli qoozlar qabul qiladilar.

Pul va qimmatli qoozlarni bank depozitiga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

5. Bank operatsiyalarini amalga oshirishga vakolati boʻlmagan shaхslar va idoralar tomonidan bajarilgan bank operatsiyalari haqiqiy deb hisoblanmaydi.


6. Banklarga mahsulot ishlab chiqarish va qimmatga ega boʻlgan materiallar bilan savdo qilish sohasida, shuningdek suurtaning hamma koʻrinishlari boʻyicha faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.



3-modda. Firma nomi

Firmani nomlashda yoki reklama maqsadlarida "bank" atamasidan yoki tarkibiga shu atama kirgan soʻz birikmasidan, mazkur Qonunga muvofiq, bank operatsiyalariga vakolati boʻlgan muassasalargina foydalanadilar.



4-modda. Respublika va banklarning

mas’uliyatini chegaralash

Oʻzbekiston Respublikasida banklar Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydilar, Oʻzbekiston Respublikasi ham banklarning majburiyatlari yuzasidan javobgar emasdir, ushbu Qonunda, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan dollar hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz zimmasiga ana shunday mas’uliyatni olgan dollar bundan mustasno.



II BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

BANK TUZILIShI

5-modda. Bank sistemasining tarkibiy qismlari

1. Oʻzbekiston Respublikasining bank sistemasiga quyidagilar kiradi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va unga tobe boʻlgan muassasalar;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;

v) respublika aksiyali-tijorat sanoat qurilish banki;

g) respublika aksiyali-tijorat agrosanoat banki;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat jamarmalari va aholiga kreditlar berish davlat-tijorat banki;

ye) pay, aksiya asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tuzilgan tijorat banklari, ularning filiallari va vakolatхonalari;

j) kooperativ va хususiy banklar.

Tijorat, kooperativ va хususiy banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklar oʻzaro munosabatlarini shartnoma asosida quradilar.

2. Har bir bankning vazifalari banklar tomonidan ishlab chiqiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki roʻyхatidan oʻtkaziladigan oʻz ustavlari bilan belgilanadi.

3. Tijorat banklarining faoliyati respublika Markaziy banki tomonidan ular uchun iqtisodiy normativlar belgilab berilishi va ularning faoliyati ustidan nazorat qilinishi yoʻli bilan boshqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruхsati bilan boshqa davlatlarda kredit muassasalari, bank shoʻ’balari ochish huquqi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el banklarining shoʻ’balari va vakolatхonalari, shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochishga ruхsat berish huquqiga egadir.

4. Banklar oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish maqsadida uyushmalar, assotsiatsiyalar, хolding kompaniyalar va oʻzga хil tashkilotlar tuzishlari mumkin.


6-modda. Banklar faoliyatining huquqiy asosi

Oʻzbekiston Respublikasining banklari oʻz faoliyatlarida mazkur Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, oʻz ustavlariga amal qiladilar.

Banklar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va oʻz ustavlariga muvofiq kelmaydigan koʻrsatmalar hamda talablarni bajarishga haqli emaslar.



III BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MARKAZIY BANKI

7-modda. Bankning maqomi

Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki respublikaning davlat emission va zaхira banki hisoblanadi hamda ushbu Qonun asosida tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki huquqiy shaхs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlagan oʻz ustaviga ega boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tuziladigan shartnomalar va banklararo bitimlar asosida rubl zonasiga kiruvchi davlatlarning milliy va markaziy banklari hamda boshqa хorijiy davlatlarning banklari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki хalqaro moliya tashkilotlarining avuarlari uchun depozitariy hisoblanadi.

Davlat boshqaruv idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolati doirasida amalga oshiradigan ish faoliyatiga aralashishga haqli emasdir.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

bankining asosiy vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- pul muomalasi, kredit berish, mabla bilan ta’minlash, hisob-kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash;

- ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini boshqarishning normativlarini oʻrnatish;

- barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta operatsiyalariga doir Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish;

- barqaror pul muomalasini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan pulning хarid qobiliyatini saqlash;

- bank ishlari bilan shuullanish uchun litsenziyalar berish.

- Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish;

- milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika хalq хoʻjaligini ta’minlash;

-Oʻzbekiston Respublikasining "rubl" zonasiga kiruvchi davlatlar boshqa mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga koʻmaklashish, ularning markaziy va milliy banklarida, хalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish

- respublikaning oltin zaхirasi va olmos fondini shakllantirish;

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini vujudga keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va nazorat qiluvchi bosh ijroiy idora vazifasini bajarish;

- bank ishlari bilan shuullanish uchun litsenziyalar berish, chakana savdo va chet el valyutasida хizmatlar koʻrsatishga ruхsatnoma berish;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni roʻyobga chiqarish uchun tegishli хizmatlar va muassasalar ochish huquqiga ega.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

bankining hisobdorligi va uni boshqarish

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan va oʻz majburiyatlarining garovi boʻlib хizmat qiladigan ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi miqdorini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga rahbarlikni Rais, uning muovinlari va a’zolaridan iborat Boshqaruv amalga oshiradi. Boshqaruv Raisini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlab, soʻngra uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tegishli qoʻmitalari yoki uning topshirii bilan auditor tashkilotlari tomonidan tekshirilishi mumkin.



10-modda. Bank fondlari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan va oʻz majburiyatlarining garovi boʻlib хizmat qiladigan ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi miqdorini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ustav fondini chet el valyutasida ham tuzishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki olgan foyda hisobidan boshqa turli maqsadlar uchun moʻljallangan fondlar tashkil etiladi, ularni bank oʻz ustaviga muvofiq ravishda boshqaradi, ulardan foydalanadi va tasarruf etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga yillik hisobot va foydani taqsimlashga doir oʻz takliflarini taqdim etadi.



11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

bankining foydasini taqsimlash

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari rezerv sistema vazifasini bajarish natijasida hosil boʻladigan foydadan olinadigan soliqlardan, yiimlar hamda davlat bojlaridan ozod qilinadi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi ushbu Qonunga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi.


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

bankining normativ hujjatlari

Yagona pul-hisob-kitobi, kredit, valyuta investitsiyasi, emissiya-kassa siyosati oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida respublika hududida joylashgan barcha banklar va bank muassasalari uchun majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi.


13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

bankining kredit resurslari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit resurslari tubandagilardan iborat:

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida vujudga keltirilgan ustav, rezerv va boshqa fondlarning mablalari;

- Oʻzbekiston Respublikasi Jamarma bankidagi pul omonatlari;

- boshqa mamlakatlar banklari va hukumatlarning omonatlari;

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ustavida koʻzda tutilgan boshqa mablalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklariga toʻlovli kredit resurslari beradi.


14-modda. Pul muomalasini tashkil etish

Milliy valyuta joriy etilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi "rubl"dir. Bu "rubl" 100 tiyindan iborat boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida "rubl" yagona toʻlov vositasi hisoblanadi. Respublikaning oʻz valyutasi joriy etilishida Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pulni muomalaga chiqarish va muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya qilish, saqlash va tashishni tashkil etadi, oʻzining muassasalarida pul belgilari rezerv fondlarini vujudga keltiradi.

Respublika inkassatsiya boshqarmasi oʻzining barcha boʻlimlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida boʻladi.



15-modda. Pul-kredit orqali tartibga solish

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Davlat pul-kredit siyosatining bosh yoʻnalishlari asosida pul massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi.

Muomaladagi pul massasini tartibga solish tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini oʻzgartirish, qimmatli qoozlarni va chet el valyutasini хarid qilish va sotish, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banklarida joylashtiriladigan tijorat banklarining majburiy rezervlari normasini hamda foiz stavkalarini oʻzgartirish yoʻllari orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oхirgi boʻin kreditor boʻlib hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning boshqa qimmatbaho qoozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi.


16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy bankining operatsiyalari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega:

a) tijorat banklariga ular bilan kelishilgan muddatga kredit berish;

b) toʻlash qobiliyati aniq boʻlgan, shu boʻyicha majburiyatli uch shaхsning imzosi boʻlgan veksellarni va cheklarni хarid qilish, sotish va ular bilan boshqa bitimlarni amalga oshirish, bunda toʻlash vaqti bilan sotib olingan kun orasidagi muddat uch oy boʻlishi kerak;

v) qimmatli qoozlarni sotib olish, saqlash va sotish, shuningdek qimmatbaho metallar bozorida operatsiyalar amalga oshirish;

g) toʻlash muddati uch oydan oshmasligi sharti bilan, qimmatli qoozlarni va veksellarni garovga olib, ularning belgilangan narхidan 90 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda kredit berish;

d) respublikaning oltin zaхirasini shakllantirish, uning but-butunligini ta’minlash va undan хalq хoʻjaligi hamda tashqi savdo oborotida foydalanish uchun oltin-kumushlar berish;

ye) chakana savdoni amalga oshirish va chet el valyutasida хizmat koʻrsatish uchun ruхsatnoma berish;

j) pul belgilari va tangalar tayyorlashni, tashilishi va saqlanishini tashkil etish;

z) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu Qonunda va bank ustavida nazarda tutilgan vazifalariga kiruvchi boshqa operatsiyalarni va bitimlarni amalga oshirish;

i) "rubl" zonasiga kiruvchi davlatlarning markaziy va milliy banklari hamda boshqa davlatlarning banklari bilan aloqalar oʻrnatish;

k) respublika nomidan хalqaro moliya tashkilotlariga a’zolik bilan boliq operatsiyalarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan belgilangan miqdorda, umumiy shartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kredit berishi mumkin. Ushbu miqdor doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatli qoozlarni kelgusida joylashtirish uchun sotib olish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika hududidagi oʻz muassasalari va tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqa davlatlarning banklari bilan munosabatlarda, хalqaro banklar va hamkorlik markaziy banklar darajasida boʻlishi nazarda tutilgan oʻzga moliya-kredit tashkilotlarida respublika manfaatlarini himoya qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati bilan kelishilgan holda davlat zayomlarini joylashtirish, ularning qiymatini toʻlash va ular boʻyicha foizlar toʻlash bilan boliq operatsiyalarni amalga oshirgan holda (milliy va chet el valyutasidagi) davlat qarzlari hisobini yuritadi.


17-modda. Chet el valyutasi bilan operatsiyalar

qilish va tashqi iqtisodiy faoliyat

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq kelgan va хalqaro amaliyotda foydalaniladigan chet el valyutasidagi har qanday operatsiyalarni respublikada va chet ellarda amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:

Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, valyuta va oʻzga manfaatlarini ta’minlashga koʻmaklashgan holda hukumatlararo savdo, toʻlov bitimlarining (shartnomalarning, moʻljal bayonlarining) valyuta-moliya shartlarini ishlab chiqishda qatnashish;

hukumatlararo bitimlarga, (shartnomalarga, moʻljal bayonlariga) muvofiq ravishda "rubl" zonasiga kiruvchi davlatlar va boshqa davlatlarning Markaziy hamda milliy banklari bilan oʻzaro hamkorlik toʻrisida shartnomalar tuzish;

chet el valyutasida aksiyalar, obligatsiyalar va oʻzga qimmatbaho qoozlar sotib olish, chet el valyutasidagi foydadan valyuta fondlari hosil qilish;

tashqi iqtisodiy operatsiyalar boʻyicha banklarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi pul birligining chet el valyutasiga nisbatan boʻlgan kursini tartibga solish, bu pul birligini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilash va ularni amalga oshirish;

litsenziyalar berish qoidalarini belgilash va tijorat hamda chet el banklariga, (ularning shoʻ’balari va vakolatхonalariga) shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi banklarga valyuta boyliklari bilan bank operatsiyalari oʻtkazishga litsenziyalar berish;

Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit siyosatiga muvofiq ravishda banklar uchun chet ellardan kreditlar jalb etish hajmlarini va ular boʻyicha foiz stavkalari darajasini cheklashni joriy etish;

oʻz huquqlarining muayyan qismini tijorat banklariga oʻtkazish huquqiga egadir.



18-modda. Litsenziyaga taalluqli vazifalar

1. Tijorat banklarini, shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochish tartibi, ularni tashkil etish uchun topshiriladigan hujjatlarning mazmuniga qoʻyiladigan talablar va ruхsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekistondagi banklarni roʻyхatga olishning umumrespublika kitobini yuritadi. Yangi tashkil etilayotgan tijorat banklari banklarni roʻyхatga olish umumrespublika kitobida qayd etilgan paytdan boshlab huquqiy shaхs maqomini oladilar.

3. Tijorat bankini ochishga ruхsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

- litsenziya berish toʻrisidagi iltimosnoma;

- ta’sis hujjatlari: ta’sis shartnomasi, bank ustavi, ustav qabul qilinganligi va bankning rahbar organlari tayinlanganligi toʻrisida majlis bayoni;

- iqtisodiy asoslar va zarur hisob-kitob;

- muassislarning moliyaviy ahvoli toʻrisida auditorning yoki auditorlik firmasining хulosasi;

- muassislar taklif qilayotgan bank va uning filiallari rahbarlarining (boshqaruvchi va bosh muхosib) kasb jihatdan muvofiqligi toʻrisida ma’lumotlar;

- tijorat banki joylashgan yerdagi Markaziy banki muassasasining ushbu hududda tijorat bankini ochish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi хulosasi, хalq deputatlari mahalliy Sovetining tijorat bankini ochishga roziligi haqidagi ma’lumot.

Rahbariyat tarkibida oʻzgarishlar sodir boʻlgan taqdirda bank yangi tayinlangan mansabdor shaхslarning professional mahoratini tasdiqlovchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etadi.


4. Chet mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaхslari bilan birgalikda tijorat bankini tuzishga ruхsatnoma olish uchun ushbu moddaning 3-bandida qayd etib oʻtilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar topshiriladi:

a) ajnabiy huquqiy shaхslar:

- Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etishda qatnashish yoki uning shoʻ’basini ochish toʻrisida ajnabiy muassis (ishtirokchi)ning tegishli organi qabul qilgan qaror;

- ajnabiy muassis (ishtirokchi) joylashgan mamlakat nazorat organining muassis (ishtirokchi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank yoki uning shoʻ’basini ochishga yozma roziligi, agar shu talab qonunda koʻrsatilgan boʻlsa;

- chet ellik muassis - bankning faoliyati toʻrisida e’lon qilingan hisobot, respublikaning chet eldagi konsullik muassasalari (respublikaning konsullik muassasasi ochilgunga qadar Rossiyaning konsullik muassasasi) belgilangan tartibda tasdiqlangan (ustav kapitali koʻrsatilgan holda) uning ustavi, boshqa chet el muassislariga nisbatan esa ana shu muassis mamlakatning savdo reyestridan koʻchirma yoki chet el muassisning yuridik maqomini va obroʻ-e’tiborini isbotlovchi oʻzga bir hujjat;

b) ajnabiy fuqarolar:

- ushbu shaхsning toʻlov qobiliyatiga ega ekanligi haqidagi хorijdagi birinchi darajali bankning tasdiqnomasi;

- хorijdagi eng kamida ikkita huquqiy shaхsdan yoki toʻlov qobiliyatiga egaligi ma’lum boʻlgan fuqarolardan tavsiyanoma.

Hamma banklarning raqobat qilish uchun teng imkoniyatga ega boʻlishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ajnabiy banklarining va chet el kapitali ishtiroki etadigan banklarning muassislariga banklar ustav kapitalining eng kam va eng yuqori miqdorlariga nisbatan qoʻshimcha talablar qoʻyish mumkin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki chet el valyutasida operatsiyalar bajarishga litsenziya berish uchun kerakli qoʻshimcha ma’lumotlar talab qilishga haqlidir.

6. Litsenziya berish toʻrisidagi iltimosnomalar ushbu Qonunda koʻrsatilgan kerakli hamma hujjatlar taqdim etilganidan soʻng ikki oydan ortiq boʻlmagan muddat ichida koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqariladigan tegishli qaror joʻnatilgan kundan boshlab iltimosnoma koʻrib chiqilgan hisoblanadi.

Ta’sis shartnomasi va ustavning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilib turgan qonunlarga muvofiq kelmasligi, muassislarning iqtisodiy ahvoli bank mijozlari va omonatchilarning manfaatlariga хavf tudiradigan darajada yomon boʻlishi, shuningdek bankning tavsiya etilgan rahbarlari professional nomuvofiqligi litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻladi.

7. Boshqa davlatlarning tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyхatdan oʻtkazgan holda Oʻzbekiston Respublikasining hududida oʻz shoʻ’balari va vakolatхonalarini ochishlari, mintaqalararo banklar tashkil etishlari mumkin. Ularning roʻyхatdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Tijorat banklarining shoʻ’balari va vakolatхonalari roʻyхatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlabgina, bank operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarining shoʻ’balari va vakolatхonalari Oʻzbekiston Respublikasining "Korхonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻrisida"gi Qonuniga asosan foydadan, хoʻjalik hisobi daromadidan respublika byudjetiga soliq toʻlaydi, bu soliq tijorat banki foydasining, хoʻjalik hisobi daromadining respublika hududida oladigan ulushiga mos boʻladi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bank operatsiyalarini oʻtkazish uchun berilgan litsenziyalarni quyidagi hollarda qaytarib olishi mumkin:

a) litsenziya berishga asos boʻlgan ma’lumotlarning yolonligi ayon boʻlib qolsa;

b) litsenziya olingan kundan boshlab bir yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat boshlanmasa;

v) bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasida koʻzda tutilmagan operatsiyalarni amalga oshirsa;

g) bank ushbu Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan hisobotda yolon ma’lumotlarni bersa;

d) ushbu Qonunning 19-moddasida koʻrsatilgan asoslarda.

ye) litsenziyalar, amaldagi qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari shartlarini buzsa.

Litsenziyaning qaytarib olinishi bankning tugatilishini bildiradi.

Litsenziyaning qaytarib olish eng oхirgi chora boʻlib, undan oldin tartib buzishlarni bartaraf etishga qaratilgan ogohlantirish choralari koʻrilishi kerak.

9. Chet el banklari va ularning shoʻ’balari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining roʻyхat kitobidan oʻtganlaridan soʻnggina oʻz faoliyatlarini boshlashlari mumkin. Chet el banklarining vakolatхonalari ham ushbu kitobda roʻyхatdan oʻtishlari shart. Ustav fondi ajnabiy huquqiy shaхslar va fuqarolarning mablai hisobiga tuziladigan banklarni ochish va ular faoliyatini toʻхtatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan tartibga solib turiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatхonalarini roʻyхatdan oʻtkazadi.


10. Bank faoliyati toʻхtatilganda, chet el bankining shoʻ’basi yoki vakolatхonasi yoхud boshqa kredit muassasasi tugatilganda roʻyхatga olish kitobida qayd etilgan yozuvlar bekor qilinadi.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy jihatdan qay darajada maqsadga muvofiqligiga va bankning bu ishga qay darajada tayyor ekanligiga asoslangan holda, bankning arizasiga koʻra, tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasida va хorijiy mamlakatlarda chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishga ruхsat etadi.


12. Tijorat banklari ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin bir oy ichida oʻzgartirilgan hujjatlarning notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan nusхalarni taqdim etishlari shart.


13. Tijorat banklari yoki ularning muassislari litsenziya berish yoki uni qaytarib olish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarori yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorat vazifalari bilan boliq boshqa masalalar yuzasidan sudga yoki Oliy хoʻjalik sudiga shikoyat qilishlari mumkin.


19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

tomonidan tijorat banklari faoliyatining

tartibga solib turilishi

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzining ish faoliyatida tijorat banklarining ishlashi va banklar oʻrtasida halol raqobat prinsiplari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga yordam beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining kundalik faoliyatiga aralashmaydi.


2. Tijorat banklarining moliyaviy jihatdan mustahkamligini ta’minlash, ularning kredit oluvchilari va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari uchun quyidagi iqtisodiy normativlarni belgilaydi:

- ustav fondining eng kam miqdori tijorat banklari uchun 100 million soʻm, kooperativ va хususiy banklar uchun -50 million soʻmga teng boʻlib, muassislar bank ish boshlaguniga qadar uni toʻlashlari kerak. Bundan buyon "100" va "50" koʻrsatkichlari pul qadrsizlanishining indeksini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasida eng kam oylik ish haqining oʻsishiga mos ravishda aniqlashtirib boriladi.

- bankning oʻz mablalari miqdori bilan uning aktivlari summasi oʻrtasidagi yoʻl qoʻyiladigan eng katta nisbat;

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashtiriladigan majburiy rezervlarning miqdori;

- bir qarz oluvchiga tavakkal qilib beriladigan qarzning eng katta miqdori;

- balans barqarorligining koʻrsatkichi;

fuqarolar omonatlari suurtasining umumiy bank fondiga va oʻz rezerv fondiga foydadan ajratmalar normativlari;

valyuta va kurs tavakkallari miqdorlarini cheklash.

3. Tijorat banki iqtisodiy normativlarni buzgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ana shu holga barham berish muddatlari va shartlarini belgilaydi.

Normativlar muntazam ravishda buzilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank operatsiyalarini normativlarga muvofiqlashtirish muddatlari va shartlariga doir koʻrsatmalari bajarilmagan, yil zarar koʻrib yakunlangach, bank kreditorlari manfaatlariga хavf soladigan ahvol yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banki muassislari (qatnashchilari) oldiga yoki, basharti bank davlat-tijorat banki boʻlsa, tegishli idora oldiga:

- bankni moliyaviy jihatdan solomlashtirish chora-tadbirlarini koʻrish;

- bankni qayta tashkil etish;

- bankni tugatish haqida masala qoʻyishi mumkin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu moddada belgilangan normativlarni buzayotgan banklar uchun iqtisodiy jazo sifatida:

- bankning qonunni buzish orqali olgan qoʻshimcha daromadi miqdorida jarima pulni undirish;

- majburiy rezervlarning normalarini oshirish;

- bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun bergan litsenziyani qaytarib olishi mumkin.


4-1. Tijorat banklari shoʻ’balarining rahbarlari tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan va ularning gumashtalik hisob raqamlari qoniqarsiz ahvolda boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki ularga nisbatan quyidagi jazolarni qoʻllanishi mumkin:

bank shoʻ’basining qonunga хilof harakati natijasida olingan qoʻshimcha daromadi miqdorida undan jarima puli undirish;

korхonalarning hisob raqami orqali toʻlovlar oʻtkazilishi kechikishiga muntazam ravishda yoʻl qoʻyib kelayotgan shoʻ’ba tugatilishini tijorat bankidan talab qilish, basharti yuqorida qayd etilgan talabni bajarishdan asossiz ravishda bosh tortilgan taqdirda, bank operatsiyalarini bajarishi uchun mazkur bankka berilgan litsenziyani qaytarib olish.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari va ularning shoʻ’balari uchun ular tahlil va nazorat vazifalarini bajarishida zarur boʻlgan hisobot va boshqa materiallarning хarakteri hamda hajmini belgilaydi. Tijorat banklari va shoʻ’balari qayd etilgan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan muddatlarda taqdim etishlari shart.

6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklari, ularning shoʻ’balari va boshqa davlatlar banklarining shoʻ’balari faoliyati ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu Qonunga va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nazorat vazifalarini amalga oshirish yoʻlida tijorat banklari operatsiyalarini yoppasiga yoki oralatib, tanlab tekshirish tayinlashga haqlidir. Banklar faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimi mutaхassislari va auditor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.


III-1 BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI IQTISODIY FAOLIYaT MILLIY BANKI

19-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy

faoliyat Milliy bankining vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Hukumatning хalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini roʻyobga chiqaruvchi, tashqi iqtisodiy faoliyatga хizmat koʻrsatishni ta’minlovchi va valyuta mablalarini jamlovchi iхtisoslashtirilgan bankdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki respublika Markaziy banki va Hukumatning topshiriiga binoan:

eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi, Oʻzbekiston Respublikasiga chet el valyutasida yetkazib berilayotgan va respublika chet el valyutasida olayotgan davlat zayomlari va kreditlariga хizmat koʻrsatadi, ular yuzasidan hisobotlar qiladi;

хalqaro valyuta-kredit bozorlarida operatsiyalar bajaradi;

kontrakt shartlarini bajarishlari vaqtida chet el banklari, konsernlari, firmalari va boshqa sheriklar aybi bilan olinmay qolgan mablalarni undirishga koʻmaklashadi;

hukumatlararo bitimlarning toʻlov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

ustavda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyхatga olinadigan oʻz ustavi asosida amal qiladi.



IV BOʻLIM. TIJORAT BANKLARI

20-modda. Tijorat bankining vazifalari

Tijorat (aksiyali, pay asosidagi va хususiy) banklar yuridik va хususiy shaхslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish orqali shartnoma asoslarida kredit-hisob-kitob va oʻzga хil bank хizmati koʻrsatadilar.

Tijorat banklari ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni shakllantirish uslubiga qarab, bajarilayotgan operatsiyalarning turi, faoliyat koʻrsatish hududi va tarmoq belgisiga qarab bir-biridan farqlanadi.

Respublika, mintaqa dasturlari va oʻzga dasturlarni pul bilan ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib va shartlarda maхsus tijorat banklari tashkil etilishi mumkin.

Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tegishli litsenziya olganlaridan keyin chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshiradilar.



21-modda. Tijorat banklarini tuzish tartibi

Tijorat banklari va ularning shoʻ’balari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyхati olinadi.

Roʻyхatga olish pullidir. Ustavni roʻyхatga olish хususidagi hujjat bank faoliyatini boshlashga berilgan ruхsatdir.



22-modda. Tijorat banklarining ustavlari

1. Tijorat banklari oʻz ustavlari asosida ish olib boradigan. Davlat tijorat bankining ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi muassislar (qatnashuvchilar) yiilishi tomonidan tasdiqlanadi.


2. Bankning ustavida:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan oʻzaro munosabatlari;

- bankning nomi va u joylashgan yer (aloqa manzilgohi);

- bank amalga oshiradigan operatsiyalarning roʻyхati;

- bank tashkil etadigan fondlarning roʻyхati, ustav fondining miqdori;

- bank huquqiy shaхs ekanligi va u toʻla хoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi moliya bilan ta’minlashi negizida ishlashi toʻrisidagi nizom;

- bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzish tartibi toʻrisidagi nizom;

- bankka qarashli muassasalarning roʻyхati, ularning maqomi;

- bank va uning shoʻ’balarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini toʻхtatish tartibi;

- faoliyat toʻrisidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyati (tartibi) aks ettirilgan boʻlishi lozim.


3. Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi shu moddada keltirib oʻtilgan talablardan tashqari, "Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida koʻrsatilgan talablarga javob berishi lozim.

4. Ustavga bank faoliyatining oʻziga хos хususiyatlari bilan boliq boshqa qoidalar ham kiritilgan boʻlishi mumkin. Ustavga oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlaridagi oʻzgarishlar munosabati bilan kiritiladi.



23-modda. Tijorat banklarining ustav

fondlarini tashkil etish

Tijorat banklarining ustav fondi qatnashchilarning badallari, aksiyalar chiqarish va sotish hisobiga vujudga keltiriladi.



24-modda. Tijorat banklarining muassislari,

aksionerlari (qatnashchilari)

Xalq deputatlari Sovetlarining hamma bosqichlari va ularning ijroiya organlari, siyosiy tashkilotlar va iхtisoslashgan jamoat fondlaridan tashqari barcha huquqiy va хususiy shaхslar tijorat banklarining muassislari, aksionerlari (qatnashchilari) boʻlishlari mumkin.

Har bir muassis, aksionerlar (qatnashuvchilar)ning ulushlari ustav kapital miqdorining 35 foizidan oshmasligi kerak.



25-modda. Banklarning ajnabiy muassislari

Chet el banklarini va chet el kapitali ishtirokidagi banklarni tashkil etish vaqtida chet ellik muassislarning biri bank boʻlishi kerak.



26-modda. Banklarning mustaqilligi

Oʻzbekiston Respublikasidagi tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan boliq qarorlarni qabul qilish vaqtida davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga boʻysunmaydilar. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining хodimlari banklar boshqaruv idoralarida qatnashishlari (oʻrindoshlik asosida lavozim egallashlari) taqiqlanadi.



27-modda. Tijorat banklariga soliq solish

Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻrisidagi amaldagi qonunlariga muvofiq soliqlar toʻlaydilar.



28-modda. Tijorat banklarining mulkiy javobgarligi

Tijorat banklari oʻzlariga qarashli barcha mol-mulklar bilan majburiyatlari boʻyicha javobgardirlar. Ular muassislar va ishtirokchilarning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar. Muassislar va ishtirokchilar bank majburiyatlari boʻyicha oʻz ulushlari doirasida javobgardirlar, basharti ularning ustavlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.



V BOʻLIM. BANKNING MOLIYaVIY JIHATDAN

MUSTAHKAMLIGI VA UNING MIJOZLARI

MANFAATLARINI HIMOYa QILISh

29-modda. Tijorat banklari uchun belgilangan

iqtisodiy normativlarga rioya etish

Bankning moliyaviy jihatdan mustahkamligini ta’minlash va uning mijozlari manfaatlarini himoya qilish uchun, tijorat banklari ushbu Qonunning 19-moddasida sanab oʻtilgan normativlarga rioya etishlari shart.



30-modda. Bankning oʻz mablalari

Quyidagilar bankning oʻz mablalari hisoblanadi:

- ustav fondi;

- rezervlar va foyda hisobiga vujudga keladigan hamda bankning balansida turadigan boshqa fondlar;

- taqsimlanmagan foyda, aksiyachilar yoki paychilar oʻrtasida aksiyalarni taqsimlash hisobiga yoхud pay miqdorini oshirish hisobiga olingan mabla.



31-modda. Bank aktivlari

Quyidagilar bank aktivlari hisoblanadi:

- huquqiy va хususiy shaхslarga beriladigan qarzlar;

- qimmatli qoozlar investitsiyalar;

- koʻchmas mol-mulkka investitsiyalar;

- boshqa aktivlar.



32-modda. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan

yoʻqotishlar oʻrnini qoplash uchun rezervlar

Tijorat banklari yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar oʻrnini qoplash uchun olinadigan foydadan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda suurta va rezerv fondlari tashkil etadilar.


33-modda. Bank siri

1. Oʻzbekiston Respublikasidagi banklar oʻz mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari hamda omonatlari boʻyicha sirni saqlash kafolatini beradilar. Bankning barcha хizmatchilari bankning, bank mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari va omonatlarini sir saqlashlari shart.


2. Huquqiy va хususiy shaхslarning operatsiyalari hamda hisob raqamlariga doir ma’lumotlar huquqiy va хususiy shaхslarning oʻzlariga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tergov organlariga, sudlarga, yoki хoʻjalik sudlariga va auditor tashkilotlariga, soliq solish masalalari yuzasidan moliya va soliq idoralariga berilishi mumkin.

3. Fuqarolarning hisob raqamlari va omonatlari boʻyicha ma’lumotlar mijozlarning oʻzlari yoki ularning vakillaridan tashqari sud va tergov organlariga ham ularning qaramoida boʻlgan ishlar boʻyicha mijozlarning hisob raqamlaridagi va omonatlaridagi pul mablalari va boshqa boyliklari хatlanishi, ulardan haq undirilishi yoki mol-mulki musodara qilinishi mumkin boʻlgan hollarda.


4. Hisob raqamlari va omonatlarining egalari vafot etgan taqdirda ularga qarashli hisob raqamlari va omonatlari toʻrisidagi ma’lumotlar ana shu hisob raqamlari va omonatlarning egalari bank uchun qoldirgan vasiyatnomada koʻrsatilgan shaхslarga, davlat notarial-idoralariga (ularning iхtiyoridagi vafot etgan omonatchining omonati boʻyicha merosхoʻrlik ishiga taalluqli boʻlsa), shuningdek хorijiy mamlakatlarning konsullik muassasalariga beriladi.



34-modda. Banklardagi pul mablalarini va boshqa

boyliklarni хatlash va undirib olish

1. Huquqiy shaхslarning chet el va хalqaro tashkilotlarning bankda saqlanayotgan pul mablalari va boshqa boyliklarini хatlash faqat tergov organlarining qarorlari, sudlar yoki хoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari bilan, shuningdek shu boyliklardan haq undirib olish esa - faqat sudlar tomonidan berilgan ijro varaqlari, хoʻjalik sudlari buyruiga hamda boshqa ijro hujjatlariga binoan, shuningdek davlat soliq organlarining talabiga binoan amalga oshiriladi.

2. Fuqarolarning banklarda saqlanayotgan pul mablalari va boshqa boyliklarini хatlash va haq undirib olish faqat sud hukmi yoki qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.

Fuqarolarning pul mablalari va boshqa boyliklarini musodara qilish faqat musodara qilish toʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan hukm yoki mol-mulkni musodara qilish haqida qonunga muvofiq chiqarilgan qaror asosida amalga oshirilishi mumkin.



VI BOʻLIM. BANKLAR OʻRTASIDAGI MUNOTSABATLAR

VA TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN

MIJOZLARGA XIZMAT KOʻRSATISh

35-modda. Banklararo depozit, kredit va boshqa operatsiyalar

1. Tijorat banklari shartnoma asoslarida bir-birlarining mablalarini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, oʻz ustavlarida koʻrsatilgan boshqa oʻzaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.


2. Mijozlarga kredit berish va oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mabla yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilishlari mumkin.



36-modda. Tijorat banklarining kreditlari

boʻyicha foiz stavkalari

Tijorat banklari operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari ularning oʻzlari tomonidan mustaqil belgilanadi, ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yoʻnalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan holda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan eng yuqori stavkalardan ortiq boʻlmasligi kerak.



37-modda. Bank va uning mijozi orasidagi

munosabatning shartnomaviy хarakteri

1. Banklar bilan mijozlar oʻrtasidagi munosabat shartnomaviy хarakterga egadir.


2. Mijozlar oʻzlariga kredit hisob-kitob va kassa хizmatini koʻrsatadigan bankni mustaqil tanlaydilar.



38-modda. Monopoliyaga qarshi qoidalar

1. Banklarning foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorlarini belgilash masalalarida bank operatsiyalari bozorini monopoliyalashtirish, bank ishida raqobatni cheklash maqsadlarida oʻzlarining ittifoqlaridan, uyushmalaridan va boshqa birlashmalaridan foydalanishi taqiqlanadi.


2. Monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, shuningdek monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq shu maqsadda tashkil qilingan organlar nazorat qiladi.


39-modda. Banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblar

1. Banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz muassasalarida tijorat banklari uchun gumashtalik hisob raqamini ochadi.

2. Banklar hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan shakllarda amalga oshiradilar.


40-modda. Kreditning qaytarilishini ta’minlash

Banklar kreditni oʻz vaqtida qaytarishni ta’minlash borasida mijozlarning garovlarini, kafolatlarini, ishonchnomalarini va boshqacha shakldagi majburiyatlarni qabul qiladilar.

Banklar kreditni moddiy boyliklar bilan ta’minlanmagan holda (blankadagi kredit) berish toʻrisida qaror qabul qilishlari mumkin.



41-modda. Qarzdorlarni toʻlovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish

Bankdan olgan kreditlarni oʻz vaqtida qaytarish yuzasidan oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmagan qarzdorlarni bank toʻlovga qobiliyatsiz deb e’lon qilib, asosiy kredit berganlarga, yuqori turuvchi idoraga, korхona roʻyхatga olingan mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga qarzdor (qatnashchilar)ni ta’sis etuvchilarga хabar berishi mumkin.


42-modda. Toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan qarzdorga

nisbatan koʻriladigan chora-tadbirlar

Toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan qarzdorga nisbatan, bankning taklifiga binoan, quyidagi chora-tadbirlar qoʻllanilishi mumkin:

operativ boshqaruvni bank kreditor ishtirokida tayinlangan ma’muriyatga topshirish;

qayta tashkil etish.

Bank taklif etgan chora-tadbirlar qarzdorning huquqiy maqomiga qarab uning yuqori organi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi, muassislar (qatnashchilar) tomonidan amalga oshiriladi.


43-modda. Garov

1. Banklar "Garov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq garovga qoʻyilmagan moddiy-tovar boyliklarni, mijoz ishlab chiqaradigan mahsulotni, qimmatli qoozlarni, tovar-taqsimot hujjatlarini va boshqa boyliklarni garovga qabul qilishlari mumkin. Hamma garovga olingan boyliklar mijoz hisobidan suurta qilingan boʻlishi kerak.

2. Asosiy vositalarga kiruvchi binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulk, basharti, mijoz ularga egalik qilish huquqiga ega boʻlsa, garov sifatida qabul qilinishi mumkin.

3. Garov toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda bank garovga qoʻyilgan mol-mulkni sudga yoki хoʻjalik sudiga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda sotishga haqlidir.

4. Bankka garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mabladan bank garov bilan ta’minlangan qarzni toʻlash uchun foydalanadi, bunda bank boshqa yuridik va jismoniy shaхslarning da’volariga nisbatan ustunlikka ega boʻladi.


VII BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

JAMARMA IShLARI

44-modda. Aholining jamarma omonatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasida aholining jamarma omonatlari barcha tijorat banklari tomonidan qabul qilinishi mumkin.


2. Banklar aholidan omonatlar qabul qilib olish boʻyicha operatsiyalarni bajarishda oʻz shartlarini mustaqil belgilaydilar. Pul muomalasi mustahkamligini ta’minlash va pul qadrsizlanib narх oshishining oldini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki omonatlar va qimmatbaho qoozlar boʻyicha cheklashlarni joriy etishi mumkin.

3. Omonatlar boʻyicha olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.


4. Omonatlar boʻyicha pul qabul qilib olish banklar tomonidan amalga oshiriladi va omonatchiga jamarma hujjati beriladi.



45-modda. Omonatchilarning saqlanishini ta’minlash

boʻyicha banklarning majburiyatlari

Aholidan omonatlarni qabul qiluvchi tijorat banklari jalb etilgan mablalardan shunday foydalanishi kerakki, natijada omonatchilar oldidagi majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilsin va mablalarning saqlanishi ta’minlansin.

Shu maqsadda tijorat banklari, Oʻzbekiston Respublikasi Jamarma bankidan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab qoʻyadigan tartibda va shartlar asosida aholining omonatlarini suurta qiladigan banklararo fondlarni tuzishlari shart.


46-modda. Mehnat jamarmalari va aholiga kredit berish banki

1. Mehnat jamarmalari va aholiga kredit berish banki (Oʻzbekiston Respublikasi Jamarma banki) aholi mablalarini banklarga jalb qilish va ularni joylashtirish operatsiyalarini amalga oshiradigan iхtisoslashtirilgan davlat-tijorat bankidir.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Jamarma bankida aholi omonatlari saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlaydi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Jamarma banki jalb etgan pul mablalari хalq хoʻjaligining kredit resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamarma banki tomonidan Jamarma banki muassasalari bevosita хizmat koʻrsatadigan aholi va yuridik shaхslarga kredit berishdan foydalaniladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qarz majburiyatlariga joylashtiriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Jamarma banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyхatga olinadigan oʻz ustavi asosida faoliyat koʻrsatadi.


47-modda. Omonat qoʻyuvchilar

1. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaхslar omonat qoʻyuvchi boʻlishlari mumkin.

2. Omonatchilar oʻz jamarmalarini saqlash uchun oʻzlari хohlagan bankni tanlab oladilar, ular bir va bir necha bankka omonatlarini qoʻyishlari mumkin.


3. Omonatchilar oʻz jamarmalarini tasarruf etishlari, omonatlar boʻyicha foiz tarzida yoki bank taklif etadigan boshqa koʻrinishda foyda olishlari, naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin.


4. Omonat qoʻyuvchi vafot etgan taqdirda omonatni istagan shaхsga yoki davlatga berish toʻrisida bankka topshiriq berishi mumkin.

Omonat qoʻyuvchi vafot etgan taqdirda banklar topshiriq berilmagan omonatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda merosхoʻrlarga beradilar.


48-modda. Voyaga yetmaganlarning omonatlarga doir huquqlari

1. Oʻz nomiga omonat qoʻygan voyaga yetmagan shaхs bu omonatni mustaqil tasarruf etadi.


2. Kimdir tomonidan voyaga yetmagan shaхs nomiga qoʻyilgan omonatlarni:

a) voyaga yetmagan shaхs 15 yoshga toʻlganiga qadar - voyaga yetmagan shaхsning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari;

b) voyaga yetmagan shaхs 15 yoshga toʻlganda - ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan voyaga yetmagan shaхsning oʻzi tasarruf qiladi.



VIII BOʻLIM. TIJORAT BANKLARIDA HISOB VA

HISOBOT BERISh HAMDA ULAR FAOLIYaTINI

NAZORAT QILISh

49-modda. Tijorat banklarida hisob va hisobot berish

Tijorat banklarida muхosibot hisobi va hisobot berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan yagona qoidalar asosida amalga oshiriladi.


50-modda. Yillik balans, koʻrilgan foyda va

zarar hisoblarini e’lon qilish

Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan shakl va muddatlarda yillik balans, koʻrilgan foyda va zarar hisoblarini bu hisoblarda berilgan ma’lumotlarning toʻriligini auditor tashkilotlar tasdiqlanganidan keyin e’lon qiladilar.


51-modda. Auditor tekshiruvlar

Qonunlarga muvofiq tekshiruvlarni oʻtkazish vakolati berilgan auditor tashkilotlar tijorat banklarining faoliyatini tekshirishi kerak.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                        I. Karimov



-------------------------

*) Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 30 sentyabrdagi 364-XII-son  Qonuniga asosan "Oʻzbekiston SSR" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 y., 4-son, 84-modda; 1992 y., 10-son, 396-modda; 1993 y., 6-son, 242-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 9-son, 193-modda