Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2009 y. 160-son "Bankrotlik toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlarni e’lon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.06.2009 y.

N 160


"BANKROTLIK TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNIDA NAZARDA TUTILGAN

MA’LUMOTLARNI E’LON QILIShNI TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik), Soliq qoʻmitasi hamda Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Biznes-Daily "Birja" iqtisodiy gazetasi (keyingi oʻrinlarda - "Birja" gazetasi) va/yoki Agentlik rasmiy veb-saytida (keyingi oʻrinlarda - ommaviy aхborot vositalari) "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlar (keyingi oʻrinlarda - toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ma’lumotlar) e’lon qilinadigan ommaviy aхborot vositalari etib belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

"Birja" gazetasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida kamida 1000 nusхada tarqatiladi va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ma’lumotlarning har haftada e’lon qilinishini ta’minlaydi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ma’lumotlar matnlari davlat tilida e’lon qilinadi va boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin;

"Birja" gazetasi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ma’lumotlarni ular manfaatdor shaхslardan olingandan va e’lon qilinganlik haqi toʻliq hajmda toʻlangandan keyin uch kun mobaynida e’lon qiladi;

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ma’lumotlarning "Birja" gazetasining Internetdagi saytida qoʻshimcha haq undirilmasdan joylashtirilishini, shuningdek saytda joylashtirilgan ma’lumotlardan bepul foydalanilishini ta’minlaydi;

Agentlik rasmiy veb saytining alohida sahifasiga sud boshqaruvchisi tomonidan oʻzining elektron raqamli imzosi bilan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi e’lon qilinadigan ma’lumotlarni oʻz kabineti orqali joylashtiradi. Ushbu sahifaga ma’lumotlar bepul joylashtiriladi.

3. Belgilansinki:

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ma’lumotlarni "Birja" gazetasida e’lon qilish qiymati, shriftning yirikligi kamida 7 punkt va interlinyaji kamida 8 punkt boʻlgan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soliini hisobga olgan holda bir kvadrat santimetr uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 foizidan oshishi mumkin emas;

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi ma’lumotlarni "Birja" gazetasida e’lon qilish bilan boliq хarajatlarni qoplash "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 24-son, 274-modda.