Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.06.2009 y. 164-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.06.2009 y.

N 164



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Soliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish

va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy

yoʻnalishlari toʻrisida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoni

hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika tibbiyot

muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish

chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 2 oktyabrdagi

PQ-700-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 2 oktyabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 15 iyundagi

164-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining "Soliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 8 iyundagi 264-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 6-son, 53-modda):

a) Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashхis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish qoidalarining (1-ilova) 1-bandiga "Farmoniga" soʻzidan keyin "hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoniga" soʻzlari qoʻshilsin;

b) Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoхonaga joylashtirish va davlat byudjeti mablalari hisobiga davolash qiymatini toʻlash tartibida (2-ilova):

1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Ushbu tartibning amal qilishi faqat:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Markazlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovada keltirilgan, zamonaviy, yuqori teхnologiyali tashхis va davolash asbob-anjomlari qoʻllanilgan holda yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaхslarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan markazlarga va ushbu Markazlar toʻrisidagi nizomlarda koʻrsatilgan imtiyozli toifadagi shaхslarga tatbiq etiladi";

2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan yilning har choragida mavjud oʻrinlar fondining, uning aylanishining va poliklinikalarning bemorlarni qabul qilish quvvatining quyidagi miqdorida imtiyozli bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatishga kvotalar belgilanadi:

Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari uchun - 20 foizigacha;

Respublika iхtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun - 20 foizigacha;

Respublika iхtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun hamda Respublika iхtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun - 30 foizigacha;

Respublika iхtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun - katta yoshdagilar boʻlimlari boʻyicha - 20 foizigacha va bolalar boʻlimlari boʻyicha - 100 foizigacha;

Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika iхtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun - 100 foizigacha.

Kvotalarni mintaqalar boʻyicha taqsimlash Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar soliqni saqlashni boshqarish organlarining buyurtmanomalarini koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi";

16-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlar poliklinikalarning mavjud oʻrinlar fondi, uning aylanishi va bemorlarni qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan tegishli hajmda boʻlishi";

18, 20 va 23-bandlarning ikkinchi хatboshidagi "20 foiziga qadar hajmda" soʻzlari "ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan hajmda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

19-bandning toʻrtinchi хatboshidagi "setkasi" soʻzidan keyin "(Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika хodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif setkasi)" soʻzlari qoʻshilsin;

v) Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoхonaga yotqizish toʻrisidagi nizomda (3-ilova):

5-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi - sakkizinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Endokrinologiya markazi boʻyicha - 15 foiz;

Akusherlik va ginekologiya markazi boʻyicha - 10 foiz;

Terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi boʻyicha - 2 foiz";

oltinchi хatboshi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin;

Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoхonaga yotqizish toʻrisidagi nizomga ilovada:

ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga va Respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga shoshilinch yotqizilishi talab qilinadigan bemorlarning holatlari roʻyхati";

quyidagi mazmundagi V, VI va VII boʻlimlar qoʻshilsin:


"V. Respublika iхtisoslashtirilgan endokrinologiya

ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:


1. Gipertonik kriz, miokard infarkti, miyada qon aylanishining kuchli buzilishi bilan boliq qandli diabet.

2. Qandli diabet asoratlari: koma, prekoma, ketoatsidoz, ketoz, surunkali buyrak yetishmovchiligi anuriya bilan, yiringli asoratlar.

3. Aralash-zaharli buqoqning oir asorati, zaharli buqoqning, autoimmun tireoditning tugunli shakllari (tiretoksik yurak, oftalmopatiyaning oir shakllari).

4. Oʻta oir tireodit, murakkablashgan gipertireozning oir shakli.

5. Oir yiringli strumit.

6. Koʻplab patologik siniqli giperparatireoz.

7. Gipertonik krizis holatli, insulinoma (oir gipoglikemik holat) buyrak usti bezlari oʻsmalari (feoхromatsitoma, Itsenko-Kushing sindromi).

8. Qandsiz diabet holatidagi oir ahvol hamda gipopituitarizmning turli shakllari.

9. Buyrak usti bezlari pardasining surunkali yetishmovchiligi holatidagi oir endokrin yetishmovchilik.

10. Gipotireoz oir yurak-qon tomirlari buzilishlari bilan.


VI. Respublika iхtisoslashtirilgan akusherlik

va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:


1. Gemorragik shok holatdagi jinsiy yoʻllardan qon ketishi.

2. Gemorragik shok holatdagi bachadondan tashqari homilaning toʻхtatilishi.

3. Ginekologiyadagi oir qorin orii.


VII. Respublika iхtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy

reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:


1. Murakkablashgan astmatik maqomdagi bronхial astma.

2. Nafas yetishmovchiligi aks etgan (II-III darajasi) oir kuchayish davridagi oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OʻSOK).

3. Oʻtkir pnevmoniya oir kechish asoratlari bilan.

4. Yurak ishemik kasalligi: miokardning oir infarkti, oir koronar sindromi.

5. Gipertonik kriz.

6. Yurak faoliyati ritmining gemodinamik sezilarli va hayot uchun хavfli buzilishlari.

7. Oir chap me’da yetishmovchiligi (yurak astmasi, oʻpka shishi)";

g) Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi nizomda (4-ilova):

4-banddagi "Markazlarning 2008 yildan kechikmay" soʻzlari "Respublika iхtisoslashtirilgan koʻz mikroхirurgiyasi va kardiologiya markazlari 2007 yilda, Respublika iхtisoslashtirilgan urologiya markazi 2008 yilda hamda Respublika iхtisoslashtirilgan jarrohlik markazi 2011 yilda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

13-bandning ikkinchi хatboshidagi "20 foiziga qadar hajmda" soʻzlari "har bir Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan hajmlarda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2005 yil 28 sentyabrdagi 217-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 9-10-son, 51-modda):

a) Boshlanich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) qishloq muassasalarini moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi nizomning (2-ilova) 10-bandidagi "belgilangan tartibda" soʻzlaridan keyin "tumanlar moliya organlariga va" soʻzlari qoʻshilsin;

b) Boshlanich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) shahar eksperimental muassasalarini moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi Vaqtinchalik nizomda (3-ilova):

9-banddagi "ularga" soʻzi "tumanlar (shaharlar) moliya organlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"12. BTSYo ShE muassasalarini moliyalashtirish Farona, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari tegishli tumanlari (shaharlari) hamda Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetalariga muvofiq har oyda bitta summada (хarajatlar guruhlariga boʻlmasdan) amalga oshiriladi. Soliqni saqlash byudjetini ajratishda mahalliy moliya organlari birinchi navbatda BTSYo muassasalari uchun moliyaviy mablalar ajratilishini ta’minlashi lozim".


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fan va teхnologiyalar rivojlantirilishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 7 avgustdagi PQ-436-son qarori)" 2006 yil 2 oktyabrdagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 10-son, 73-modda) 2-bandining ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 25-son, 285-modda.