Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 15.02.1991 y. 222-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi raisini va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentini ta’minlash, ularga хizmat qilish va ularni muhofaza etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

15.02.1991 y.

N 222-XII



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINI,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI

RAISINI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VITsE-PREZIDENTINI TA’MINLASh, ULARGA

XIZMAT QILISh VA ULARNI MUHOFAZA

ETISh TOʻRISIDA*


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qoʻyilgan vakolatlarini samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga oyiga daromad solii solinadigan 3000 soʻm miqdorida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentining har biriga oyiga daromad solii solinadigan 2000 soʻm miqdorida ish haqi belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidenti faqat mazkur lavozimlar boʻyicha ish haqi oladilar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti iste’foga chiqqan vaqtida unga oyiga 1500 soʻm miqdorida umrbod pensiya belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidenti iste’foga chiqqanlarida ularning har biriga oyiga 1000 soʻm miqdorida umrbod pensiya belgilanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga quyidagi davlat ta’minoti hamda хizmat koʻrsatish belgilansin:

- tashqi aloqalarni va respublika boʻylab safarlarni amalga oshirish uchun maхsus jihozlangan samolyotlar ajratish;

- maхsus avtomobil transporti ajratish;

- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizligi qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklatiladigan muhofaza etish;

- Toshkent shahrida, Toshkent viloyati va Moskva shahrida qarorgoh (kvartira) berish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti iste’foga chiqqanidan keyin unga davlat hisobidan zarur хizmat, muhofaza, transport bilan ta’minlangan kvartira va chorbo beriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хotini (eri)ni va oilasini muhofaza qilish hamda ularga transport хizmati koʻrsatishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizligi komiteti ta’minlaydi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentining mamlakat ichkarisidagi va хorijiy davlatlarga borgan vaqtdagi vakillik maqsadlariga qiladigan хarajatlari hamma tomonidan qabul etilgan normalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining faoliyatini pul bilan ta’minlashga doir maхsus modda koʻzda tutilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini ta’minlash, unga хizmat koʻrsatish va uni muhofaza qilish" toʻrisidagi 1990 yil 20 iyundagi 89-XP-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashi Raisining oʻrinbosari                                               B. Bugrov



-------------------------

*) Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 30 sentyabrdagi 364-XII-son Qonuniga asosan "Oʻzbekiston SSR" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, "Qoraqalpoiston ASSR" degan soʻzlar tegishli kelishikda "Qoraqalpoiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 y., 4-son, 75-modda, 11-son, 273-modda