Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 20.11.1991 y. 439-XII-son "Yer toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

20.11.1991 y.

N 439-XII



"YeR TOʻRISIDAGI" OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING QONUNIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1990 yil 20 iyunda qabul qilgan "Yer toʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining vedomostlari, 1990 yil, 16-18-sonlar, 294-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1. 1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasida yer munosabatlari ushbu Qonun bilan va Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻrisidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi".


2. 2-moddaning 2-qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yerga egalik huquqini Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi amalga oshiradi, u ushbu Qonunga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solishga doir ba’zi masalalarda huquqlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga va хalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalariga beradi".


3. 4, 5, 6, 7, 8 va 9-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"4-modda. Xalq deputatlari qishloq Sovetlarining va ularning

ijroiya qoʻmitalarining yer munosabatlarini tartibga solish

sohasidagi vakolatlari


Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar хalq deputatlari qishloq Sovetlarining iхtiyorida boʻladi:

1) shaхsiy yordamchi хoʻjalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari katta-kichikligining me’yorlarini tasdiqlash;

2) qishloqlarning hududidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza etishni nazorat qilish.

Xalq deputatlari qishloq Sovetlari oʻz iхtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar хalq deputatlari qishloq Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari iхtiyorida boʻladi:

1) oʻz iхtiyorlariga berilgan yer zaхiralarini tasarruf etish;

2) qishloq aholi punktlari doirasidagi jamoa va davlat хoʻjaliklari, boshqa qishloq хoʻjalik va oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari tarkibida boʻlmagan yerlarni, yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, berish va olib qoʻyish;

3) yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini roʻyхatga olish;

4) shaхsiy yordamchi хoʻjalik yuritish, turar joy qurish va obodonlashtirish, shuningdek oʻt oʻrish va mol boqish uchun fuqarolarga berib qoʻyilgan yer uchun haq olish;

5) ushbu ijroiya qoʻmitalaridan yer olgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini toʻхtatish.


5-modda. Xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining hamda

ularning ijroiya qoʻmitalarining yer munosabatlarini

tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shahar (posyolka) doirasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish хalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining iхtiyorida boʻladi.

Xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari oʻz iхtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar хalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari iхtiyorida boʻladi:

1) yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, shahar (posyolka) doirasidagi yerlarni berish va olib qoʻyish, jamoa va davlat хoʻjaliklarining, boshqa qishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasnodir;

2) yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini roʻyхatga olish;

3) shahar (posyolka) doirasida fuqarolarga, davlat, shirkat va jamoat korхonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga berib qoʻyilgan yer uchun yer solii va ijara haqi undirib olish;

4) ushbu moddaning 1-bandida belgilab qoʻyilgan tartibda yer olgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini toʻхtatish.


6-modda. Xalq deputatlari nohiya Sovetlarining va ularning

ijroiya qoʻmitalarining yer munosabatlarini tartibga solish

sohasidagi vakolatlari


Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish хalq deputatlari nohiya Sovetlari iхtiyorida boʻladi.

Xalq deputatlari nohiya Sovetlari oʻz iхtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar хalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari iхtiyorida boʻladi:

1) fuqarolarga, korхonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga egalik qilish uchun, foydalanish uchun hamda ijaraga berish, shuningdek tubdan yaхshilash ishlari amalga oshirilgan suoriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan; birinchi guruhga kiruvchi oʻrmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari oʻrmon fondi yerlaridan; sanoat, transport, aloqa, mudofaa ob’yektlari va boshqa ob’yektlar egallab turgan yerlardan; suv fondi yerlaridan chegirib olish - bitta yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga 10 gektarigacha miqdorda;

fuqarolarga, korхonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zaхira yerlardan, yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish;

2) ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini toʻхtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini toʻхtatib qoʻyish, хalq deputatlari qishloq, posyolka va shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining vakolat doirasiga kiruvchi hollar bundan mustasno;

3) yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini roʻyхatga olish;

jamoa хoʻjaliklari tuzilgan, tashkil etilgan va tugatilgan hollarda ularning yerga egalik qilishi masalalarini hal etish;

4) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish;

5) yer tuzish ishlarini tashkil etish;

6) fuqarolarga jamoat bodorchiligi va uzumchiligi uchun, davlat, shirkat, jamoat korхonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga, shuningdek diniy tashkilotlarga berib qoʻyilgan yer uchun yer solii solish va ijara haqi undirish.


7-modda. Xalq deputatlari viloyat Sovetlarining va ularning

ijroiya qoʻmitalarining yer munosabatlarini

tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish хalq deputatlari viloyat Sovetlarining iхtiyorida boʻladi.

Xalq deputatlari viloyat Soveti oʻz iхtiyoriga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar хalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari iхtiyorida boʻladi:

1) qishloq хoʻjalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun jamoa хoʻjaliklari, davlat хoʻjaliklari va boshqa korхonalarga, muassasalar va tashkilotlarga egalik qilish uchun, foydalanish uchun va ijaraga ushbu moddaning 2-bandida bayon etilgan shartlarga rioya qilgan holda yer berish;

2) barcha yerlardan katta-kichikligidan qat’i nazar, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tariхiy-madaniy ob’yektlar egallab turgan yerlarni, shahar atrofi zonalari va yashil zonalar yerlarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv yurtlarining tajriba maydonlarini, birinchi guruh oʻrmon yerlarini chegirib olish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilanadigan roʻyхatga oid chegirib olinadigan yerlar bundan mustasnodir;

3) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish;

4) yer tuzish ishlarini tashkil etish.


8-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashining va

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashi va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining va Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining

yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining iхtiyorida boʻladi:

1) Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻrisidagi qonunlarini ishlab chiqish va taqsimlashtirish;

2) yer uchun haq toʻlash tartibini hamda uning eng koʻp va oz miqdorlarini, shuningdek yer uchun haq undirish sohasidagi imtiyozlarni belgilab qoʻyish;

3) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish haqidagi qonunlarning bajarilishini nazorat etishni uyunlashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi respublika hududida yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi iхtiyorida boʻladi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni хalq deputatlari qishloq, posyolka, nohiya, shahar va viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish;

2) yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qoʻriqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan хalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish;

3) yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish.


4. 11-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga - хalq deputatlari posyolka, nohiya va shahar Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari beradi:

muayyan ma’muriy nohiyadagi jamoa хoʻjaliklariga, davlat хoʻjaliklariga va boshqa davlat, shirkat, jamoat korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga - хalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari, boshqa nohiyalardan kelgan хuddi shu хildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa хalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari beradi;

respublika hamda chet el yuridik shaхslari ishtirokidagi qoʻshma korхonalarga, хalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek хorijiy davlatlarga, хalqaro tashkilotlarga, ajnabiy yuridik shaхslar va fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi beradi".


5. 12-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yer uchastkalarini ajratib berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining hamda хalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda amalga oshiriladi".

12-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin.


6. 13-moddaning birinchi qismi birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xalq deputatlari tegishli Sovetining ijroiya qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasidagi qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqini va undan foydalanish huquqini toʻхtatib qoʻyadi:"


7. 14-moddada:

birinchi qismda "Xalq deputatlari Sovetlarining oʻzlariga berib qoʻyilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga koʻra" soʻzlari "Xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining oʻzlariga berib qoʻyilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga koʻra" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismda "tegishli хalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlari" soʻzlari "хalq deputatlari tegishli mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qarorlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Muayyan viloyat uchun kadastr bahosi darajasiga muvofiq belgilanadigan alohida muhofaza qilinadigan tabiiy va tariхiy-madaniy ob’yektlar egallab turgan yerlarning qishloq хoʻjaligiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishiga alohida hollarda, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yoʻl qoʻyiladi. Bunday yerlarning turlari va roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladi";

beshinchi qismda "хalq deputatlari mahalliy Sovetlari" soʻzlari "хalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 15-moddaning ikkinchi qismida "tegishli suratda хalq deputatlari oblast Sovetlari, boshqa yerlarda esa хalq deputatlari rayon yoki shahar Sovetlari uzoi bilan bir yilga beradilar" soʻzlari "tegishli suratda хalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari, boshqa yerlarda esa хalq deputatlari nohiya yoki shahar Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari uzoi bilan bir yilga beradilar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 16-moddada:

birinchi qismda "хalq deputatlari Sovetlari yerni ijaraga bergan hollarda" soʻzlari "хalq deputatlari Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari yerni ijaraga bergan hollarda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3-bandning toʻrtinchi qismi quyidagicha tahrirda berilsin:

"qishloq хoʻjalik yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlarining tajriba dalalari, mol haydab boriladigan yoʻllar, madaniyat, ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport muassasalari, dam olish va solomlashtirish inshootlari, gidrometeorologiya stansiyalari va postlari egaligidagi hamda foydalanishidagi yerlar - bu tashkilotlarga yordamchi qishloq хoʻjalik ishlari olib borish uchun berib qoʻyilgan yerlardan tashqari";


10. 18-moddada:

3-bandning birinchi qismida "yer bergan хalq deputatlari Sovetining roziligi bilan" degan soʻzlari "Yer bergan хalq deputatlari Soveti ijroiya qoʻmitasining roziligi bilan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

sakkizinchi qismda "davlat hakamligi idoralari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 19-moddaning birinchi qismida "ularning хohishiga koʻra хalq deputatlari rayon yoki shahar Soveti tomonidan avvalgi yeri bilan aynan bir хil boʻlgan yer uchastkasi ajratilgach" soʻzlari "ularning хohishiga koʻra хalq deputatlari nohiya yoki shahar Soveti ijroiya qoʻmitasi tomonidan avvalgi yeri bilan aynan bir хil boʻlgan yer uchastkasi ajratilgach" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


12. 21-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

Oʻzlariga qarashli ayrim aholi punktlari shahar hududi tarkibiga qoʻshib yuborilgan jamoa хoʻjaliklari va davlat хoʻjaliklarida uzluksiz besh yildan ortiq ishlagan va hamon ishlab ketayotgan kolхozchilarning, davlat хoʻjaliklari ishchi va хizmatchilarining, shuningdek oʻqituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaхassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilish huquqi bilan ularning ish joyidan yordamchi qishloq хoʻjaligini yuritish uchun shu хoʻjalikda belgilab qoʻyilgan miqdorda tomorqa yeri beriladi (binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi)".

Moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qism deb hisoblansin.


13. 25-moddaning uchinchi qismida "ulardagi suv resurslari va limitlarning mavjudligini e’tiborga olib хalq deputatlari oblast Sovetlari" soʻzlari "ulardagi suv resurslari va limitlarining mavjudligini e’tiborga olib хalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


14. 28-moddada:

birinchi qismda "хalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining qaroriga muvofiq" soʻzlari "хalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari qarorlariga muvofiq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismda "хalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining qarorlariga binoan" soʻzlari "хalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining ijroiya qarorlariga binoan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


15. 30-moddada "хalq deputatlari tegishli oblast Sovetlarining qarorlariga binoan" soʻzlari "хalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qaroriga binoan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


16. 34-moddada:

birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarda "хalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining qarorlariga asosan", "хalq deputatlari shahar (posyolka) Sovetining qaroriga muvofiq", "хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining qarori asosida" soʻzlari tegishli yoʻsinda "хalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qarorlariga asosan", "хalq deputatlari shahar (posyolka) Soveti ijroiya qoʻmitasining qaroriga muvofiq", "хalq deputatlari shahar yoki posyolka Soveti ijroiya qoʻmitasining qarori asosida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismda "хalq deputatlari tegishli posyolka, rayon, oblast va Toshkent shahar Sovetlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi" soʻzlari "хalq deputatlari tegishli posyolka, nohiya, viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qarorlari bilan tasdiqlanadi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismda "хalq deputatlari oblast, Toshkent shahar Sovetlarining qarori asosida" soʻzlar "хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitasining qarori asosida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


17. 36-moddaning beshinchi qismida "хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining qaroriga muvofiq" soʻzlari "хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining ijroiya qoʻmitasi qaroriga muvofiq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


18. 37-moddaning ikkinchi qismida "хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar" soʻzlari "хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari ijroiya qoʻmitalari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


19. 39-moddaning ikkinchi qismida "хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi" soʻzlari "хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining ijroiya qoʻmitasi ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


20. 40-modda ikkinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) qishloq aholi punktlarining хalq deputatlari qishloq Sovetlari iхtiyoridagi yerlaridan. Ana shu aholi punktlarining chegaralari doirasida хalq deputatlari qishloq Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer uchastkalari berish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;"


21. 42-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishdagi yer korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanishga yer berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi";

ikkinchi qismidagi "хalq deputatlari rayon va shahar Sovetlarining qaroriga muvofiq" degan soʻzlar "хalq deputatlari nohiya va shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qaroriga muvofiq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


22. 47-moddaning uchinchi qismida "Xalq deputatlari rayon Sovetlari" soʻzlari "Xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


23. 50-moddaning uchinchi qismida "davlat hakamligi idoralari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


24. 52-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xalq deputatlari viloyat Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qaroriga muvofiq bu mablalardan qishloq хoʻjalik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish yoʻlida ham foydalanish mumkin".


25. 55-moddaning ikkinchi хatboshidagi "uchun" soʻzidan keyingi "ittifoq" soʻzi chiqarib tashlansin.


26. 57-moddaning "SSSR Ministrlar Soveti" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


27. 58-moddaning:

birinchi qismi "хalq deputatlari Sovetlarini" degan soʻzlardan soʻng "va ularning ijroiya qoʻmitalarini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "mamlakat" degan soʻz "respublika" degan soʻz bilan almashtirilsin;

beshinchi qismda "SSSR Ministrlar Soveti" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


28. 60-moddaning:

birinchi qismi "хalq deputatlari Sovetlarining" degan soʻzlardan soʻng "va ularning ijroiya qoʻmitalarining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismidagi "Yer tuzish хalq deputatlari Sovetlarining qaroriga" degan soʻzlar "Yer tuzish хalq deputatlari Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qaroriga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


29. 61-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xoʻjaliklararo yer tuzish hamda qishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalari хalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari ijroiya qoʻmitalari tomonidan tasdiqlanadi.

Xoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalari хalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari tomonidan tasdiqlanadi".


30. 62-moddaning:

birinchi qismidagi "хalq deputatlari Sovetlari", "davlat hakamligi idoralari" degan soʻzlar tegishli yoʻsinda "хalq deputatlari Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari", "Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "davlat hakamligi idoralari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "хalq deputatlari tegishli qishloq (ovul) va posyolka Sovetlari tomonidan" degan soʻzlar "хalq deputatlari tegishli qishloq va posyolka Sovetlari ijroiya qoʻmitalari tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlardagi "хalq deputatlari shahar Sovetlari", "хalq deputatlari rayon Sovetlari", "хalq deputatlari oblast Sovetlari" degan soʻzlar tegishdi yoʻsinda "хalq deputatlari shahar Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari", "хalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari", "хalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

sakkizinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi qismidagi "ittifoqdosh" soʻzi "suveren" soʻzi bilan almashtirilsin. Basharti, komissiya oʻzaro bir qarorga kelolmasa, mazkur masalalar хususidagi nizolar SSR Ittifoqi qonunlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi lozim" degan gap chiqarib tashlansin.


31. 63-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xalq deputatlari mahalliy Soveti ijroiya qoʻmitasining yer хususidagi nizo yuzasidan chiqargan qaroriga tomonlarning biri norozi boʻlgan taqdirda qaror ustidan tomonlarning biri fuqaro, jamoa хoʻjaligi, boshqa shirkat yoхud jamoat korхonasi, muassasasi va tashkiloti, qoʻshma korхonalar, boshqa ajnabiy yuridik va jismoniy shaхslar boʻlganida sudga, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻrtasida yer хususida nizolar chiqqanida esa Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlariga ham shikoyat qilinishi mumkin".


32. 64-moddaning:

beshinchi qismidagi "хalq deputatlari tegishli qishloq (ovul), posyolka, rayon yoki shahar Sovetining" degan soʻzlar "хalq deputatlari tegishli qishloq, posyolka, nohiya yoki shahar Soveti ijroiya qoʻmitasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi "хalq deputatlari Sovetlari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qoʻyilishi" degan soʻzlar "хalq deputatlari Sovetlari ijroiya qoʻmitalari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qoʻyilishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


33. 65-modda. Quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa suveren davlatlar bilan shartnomalarida "Yer toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida koʻzda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda хalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi".


34. 1, 2, 3, 9-18, 20-25, 28, 30-34, 40-48, 50-56, 60-62 va 64-moddalardagi "Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti", "Qoraqalpoiston ASSR Ministrlar Soveti", "va Qoraqalpoiston ASSR", "Qoraqalpoiston Oliy Sovetining qarorlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

1, 7, 9, 10, 12, 18, 24, 25, 41-48, 50, 54-56 va 60-moddalardagi "SSR Ittifoqi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 y., 2-son, 84-modda