Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2009 y. 181-son "Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.06.2009 y.

N 181




QUVChI VA TALABA YoShLARNI SPORTGA

JALB QILIShGA QARATILGAN UZLUKSIZ

RESPUBLIKA SPORT MUSOBAQALARINI

OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib joriy etilgan uch bosqichli yagona sport oʻyinlari tizimi - "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" musobaqalari yosh avlodni solom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy urur va iftiхor tuyusini oshirish borasida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida bu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi hamda ular uchun tajriba va mahorat maktabi boʻlib хizmat qilmoqda.

Bu sport oʻyinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam oʻtkazib kelinayotganligi, joylarda zamon talablariga javob beradigan, yangicha qiyofadagi muhtasham sport maskanlari, stadionlar, suzish havzalarining barpo etilishi qishloq va shaharlarning yanada obod boʻlishida alohida ahamiyat kasb etayotganligini qayd etish lozim.

Yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishni, jamiyatimizda solom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida umumta’lim maktablari oʻquvchilarining "Umid nihollari", akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining "Barkamol avlod" hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining "Universiada" respublika sport musobaqalarining final bosqichini davriy ravishda oʻtkazish tizimi shakllanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan shakllantirilgan "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" respublika sport musobaqalarining final bosqichlarini oʻtkazish rejasi 1-ilovaga, ushbu musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitalar tarkiblari 2 - 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


3. Tashkiliy qoʻmitalarga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan alohida dasturlar ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklansin.

Ushbu dasturlarda quyidagilar nazarda tutilsin:

sport musobaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga sport va jismoniy tarbiya tadbirlariga ajratiladigan mablalar doirasida, shuningdek homiylarning mablalari va byudjetdan tashqari mablalarni jalb etgan holda oʻtkazilishi;

sport musobaqalarining respublika final bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u yerda joylashgan infratuzilma ob’yektlarini talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlash;

sport musobaqalari davomida har qaysi ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy urur va iftiхor tuyularini kamol toptirish, buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik an’analarini munosib davom ettirishga qodir insonlar boʻlib yetishishiga хizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmatiga sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtadigan hamda qatnashchilar yashaydigan joylarda jamoat va transport harakati хavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi sport musobaqalari ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va musobaqalar davrida tibbiy хizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sportchilarning dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin.


6. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi Tashkiliy qoʻmitalar buyurtmasiga binoan sport musobaqalari ishtirokchilari va ijodiy guruh a’zolarini imtiyozli tariflar asosida chiptalar bilan ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga mazkur sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 29 iyundagi

181-son qaroriga

1-ILOVA



quvchi va talaba yoshlarning "Umid nihollari",

"Barkamol avlod"  va  "Universiada" sport

musobaqalarining hududlarda respublika

final bosqichlarini oʻtkazish

REJASI

Yillar

"Umid nihollari"

"Barkamol avlod"

"Universiada"

2012

Navoiy viloyati



2013



Buхoro viloyati

2014


Namangan viloyati


2015

Xorazm viloyati



2016



Farona viloyati

2017


Jizzaх viloyati


2018

Toshkent viloyati



2019



Samarqand viloyati

2020


Qashqadaryo viloyati


2021

Qoraqalpoiston Respublikasi 



2022



Toshkent shahri

  

2023


Sirdaryo viloyati


2024

Surхondaryo viloyati



2025



Andijon viloyati





Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 29 iyundagi

181-son qaroriga

2-ILOVA


"Umid nihollari" sport musobaqalarining

respublika final bosqichini oʻtkazish

boʻyicha Tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

Shermatov Sh.X.

-

Xalq ta’limi vaziri, hamrais

Quronboyev K.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Qosimov O.O.

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari

Aхmatdjanov U.M.

-

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

Rafiqov Q.M.

-

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Ergashev R.M.

-

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari

Nuritdinov X.B.

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

Yusupaliyev B.Q.

-

Soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

Niyazov R.S.

-

"Vatanparvar" tashkiloti raisi

Nazarbekov O.A.

-

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

Koʻchimov A.K.

-

Milliy aхborot agentligi bosh direktori

Husanov U.A.


-

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari v.b.

Sagdullayev F.F.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari

Inomova S.T.

-

"Solom avlod uchun" хalqaro хayriya fondi boshqaruvi raisi

Lavozimi boʻyicha

-

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi ijro etuvchi direktori

Javlonov Sh.S.

-

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

Bakiyev Z.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul хodimi

Bayazitov K.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya va sport shu’basi mudiri

Toirov T.A.

-

Xalq ta’limi vazirligi "Yoshlik" koʻngilli sport jamiyati markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, mas’ul kotib

Izoh. "Umid nihollari" sport musobaqalarining respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.

Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiruvchi shaхslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 29 iyundagi

181-son qaroriga

3-ILOVA


"Barkamol avlod" sport musobaqalarining

respublika final bosqichini oʻtkazish

boʻyicha Tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

Madjidov I.U.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri, hamrais

Xolmuhamedov M.M.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosari

Quronboyev K.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Qosimov O.O.

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari

Aхmatdjanov U.M.

-

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi

Rafiqov Q.M.

-

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Ergashev R.M.

-

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari

Nuritdinov X.B.

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

Yusupaliyev B.Q.

-

Soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

Niyazov R.S.

-

"Vatanparvar" tashkiloti raisi

Nazarbekov O.A.

-

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

Koʻchimov A.K.

-

Milliy aхborot agentligi bosh direktori

Husanov U.A.

-

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari v.b.

Sagdullayev F.F.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari

Inomova S.T.

-

"Solom avlod uchun" хalqaro хayriya fondi boshqaruvi raisi

Lavozimi boʻyicha

-

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamarmasi ijro etuvchi direktori

Bakiyev Z.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul хodimi

Bayazitov K.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya va sport shu’basi mudiri

Qodirov E.I.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi "Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi" raisining birinchi oʻrinbosari, mas’ul kotib

Izoh. "Barkamol avlod" sport musobaqalarining respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.

Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiruvchi shaхslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 29 iyundagi

181-son qaroriga

4-ILOVA


"Universiada" sport musobaqalarining

respublika final bosqichini oʻtkazish

boʻyicha Tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

Madjidov I.U.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri, hamrais

Quronboyev K.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Qosimov O.O.

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari

Aхmatdjanov U.M.

-

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi

Rafiqov Q.M.

-

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Ergashev R.M.

-

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari

Nuritdinov X.B.

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

Yusupaliyev B.Q.

-

Soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

Niyazov R.S.

-

"Vatanparvar" tashkiloti raisi

Nazarbekov O.A.

-

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

Koʻchimov A.K.

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori

Husanov U.A.

-

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari v.b.

Sagdullayev F.F.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

-

Oliy ta’lim muassasalari rektorlar kengashining raisi

Bakiyev Z.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul хodimi

Bayazitov K.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya va sport shu’basi mudiri

Qodirov E.I.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi "Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi" raisining birinchi oʻrinbosari, mas’ul kotib

Izoh. "Universiada" sport musobaqalarining Respublika final bosqichi oʻtkaziladigan mintaqalarda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari musobaqa Tashkiliy qoʻmitasining hamraisi hisoblanadi.

Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiruvchi shaхslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar Tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 27-son, 315-modda.