Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.07.2009 y. 184-son "Davlat хizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruхsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.07.2009 y.

N 184



DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI TOMONIDAN

YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURISh (REKONSTRUKSIYa

QILISh)NI AMALGA OShIRIShGA RUXSATNOMALARNI

RASMIYLAShTIRISh, LOYIHALARNI VAKOLATLI

ORGANLARDA BIR JOYNING OʻZIDA KELIShISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Vazirlar Mahkamasining "Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruхsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 apreldagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat хizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruхsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 27-son, 316-modda.