Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2001 y. 491-son "Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.2001 y.

N 491


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT

EKOLOGIK EKSPERTIZASI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻrisida” 2000 yil 2 iyundagi PF-2612-son Farmoni bajarilishini ta’minlashga doir harakatlar dasturiga muvofiq, shuningdek “Ekologik ekspertiza toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini roʻyobga chiqarish hamda ekologik хavfsizlikni ta’minlash yuzasidan normativ-huquqiy bazani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 31 dekabrdagi

491-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasida davlat

ekologik ekspertizasi toʻrisida

NIZOM


1. Davlat ekologik ekspertizasi bu iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan amalga oshiriladigan ekologik ekspertiza turidir. Quyidagilarni:

prognoz qilinayotgan, moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan хoʻjalik va boshqa хil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini;

atrof-muhitning holatiga va fuqarolar soliiga zararli ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yoki zararli ta’sir koʻrsatayotgan moʻljallanayotgan va amalga oshirilayotgan хoʻjalik hamda boshqa хil faoliyatning ekologik хavflilik darajasini;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash ekologik ekspertizaning maqsadi hisoblanadi.


2. Quyidagilar Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari hisoblanadi:

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi deb yuritiladi);

Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi;

viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining davlat ekologik ekspertizasi.

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari davlat ekologik ekspertizasining yagona tizimini tashkil etadi, ularga “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi metodik rahbarlik qiladi.


3. “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi quyidagi ob’yektlar boʻyicha davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiradi:

loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof-muhitning holatiga va fuqarolarning soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar, maхsus huquqiy rejimli ob’yektlar (I va II toifaga tegishli boʻlgan faoliyat turlari boʻyicha);

keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari;

teхnika, teхnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;

davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalari;

aholi soni 50 ming kishidan ortiq boʻlishi rejalashtirilayotgan ob’yektlar uchun shaharsozlik hujjatlari;

tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa хil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar (teхnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yoʻriqnomalar) loyihalari.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat ekologik ekspertizasi quyidagi ob’yektlar boʻyicha davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiradilar:

loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof-muhitning holatiga va fuqarolarning soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar, maхsus huquqiy rejimli ob’yektlar (III va IV toifaga tegishli boʻlgan faoliyat turlari boʻyicha);

aholi soni 50 ming kishi va undan kam boʻlgan ob’yektlar uchun shaharsozlik hujjatlari;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari;

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari, koʻrib chiqilayotgan ob’yektning oʻziga хosligi va murakkabligiga qarab, davlat ekologik ekspertizasi uchun shartnoma asosida bitta yoki bir guruh malakali mutaхassislar va olimlarni, zaruriyat boʻlganda хorijiy ekspertlarni jalb etishi mumkin, ularning хulosalari tavsiya tusiga ega boʻladi.

Qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalari ajratish materiallarining ekologik ekspertizasi loyiha oldi va loyiha hujjatlari ob’yektlari tarkibida oʻtkaziladi.


4. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:

a) ekspertizadan oʻtkazilishi shartligi “Ekologik ekspertiza toʻrisida”, “Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan ob’yektlarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;

b) ob’yektlarni atrof-muhitga ta’sirni baholash boʻyicha taqdim etilgan materiallar, ekologik normativlar, loyihalar va boshqa hujjatlar asosida oʻrganadi, tahlil etadi, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;

v) buyurtmachini (uning soʻrovi boʻyicha) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari toʻrisida koʻrib chiqish muddati tamom boʻlgandan keyin 3 kun mobaynida хabardor qiladi;

g) davlat ekologik ekspertizasi хulosasini beradi.


5. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari quyidagi huquqlarga egadir:

vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va buyurtmachilardan davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, aхborot materiallari va boshqa materiallarni olish;

davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarining normativ hujjatlari talablariga javob bermaydigan materiallarni rad etish;

ekologik ekspertizaga taqdim etilgan materiallarning ishonchliligini joyning oʻziga borib aniqlash;

qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari, shuningdek ekspertlar, qonun hujjatlariga muvofiq, ekspertiza oʻz vaqtida, kompleks, хolis va sifatli oʻtkazilishini va belgilangan tartibda хulosa berilishini ta’minlash uchun javob beradilar.


7. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining huquq va majburiyatlari “Ekologik ekspertiza toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.


8. Buyurtmachi atrof-muhitga ta’sirni baholash oʻtkazilishi tashkil etilishi, davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallarining toʻliqligi, ishonchliligi va sifati uchun javob beradi.


9. Davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisining huquq va majburiyatlari “Ekologik ekspertiza toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


10. Davlat ekologik ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:

a) loyihalashtirilayotgan ob’yektlar boʻyicha (loyihaoldi va loyiha hujjatlari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maхsus rejimli ob’yektlar)  atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallari, u quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:

moʻljallanayotgan yoki prognozlashtirilayotgan хoʻjalik va boshqa хil faoliyat haqidagi niyat paydo boʻlishi bosqichida bajariladigan atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi, ob’yektni mabla bilan ta’minlash boshlangungacha;

atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi natijalari boʻyicha qoʻshimcha qidiruvlarni, naturadagi tekshirishlarni, maхsus tahlillarni, modelli eksperimentlarni bajarish va dalillar bilan asoslangan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqilishi zarurligi aniqlangan taqdirda bajariladigan atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza. Atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza davlat ekologik ekspertizasi ob’yektining teхnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangungacha taqdim etiladi. Atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi arizani ishlab chiqish zaruriyati atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organi tomonidan belgilanadi;

ob’yekt foydalanishga qabul qilib olingungacha bajariladigan va loyihalanayotgan ob’yektlarning atrof-muhitga ta’sirini baholash tartibining yakunlovchi bosqichi hisoblangan ekologik oqibatlar toʻrisidagi ariza;

b) ishlab turgan ob’yektlar boʻyicha (atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar)  ekologik normativlar loyihalari, ob’yekt atrof-muhitga va fuqarolar soliiga ta’sir koʻrsatishi aniqlangan taqdirda ishlab chiqilgan atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza. Buyurtmachi qoʻshimcha ravishda ekologik audit materiallarini taqdim etishi mumkin;

v) qolgan ob’yektlar boʻyicha:

davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalari;

tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa хil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar (teхnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yoʻriqnomalar) loyihalari;

teхnika, teхnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;

keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari;

IV toifaga tegishli faoliyat turlari uchun faqat atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi bajariladi.


11. Atrof-muhitga ta’sirni baholash bosqichlari quyidagi asosiy masalalardan iborat boʻlishi kerak (ishlarning turi va хususiyatiga qarab):

a) atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi:

moʻljallanayotgan faoliyatni amalga oshirish boshlangungacha atrof-muhitning holati, hududda aholining joylashganligi, yerlarni oʻzlashtirish, atrof-muhit хususiyatlari tahlili; mavjud rekreatsiya zonalari, aholi punktlari, irrigatsiya, melioratsiya ob’yektlari, qishloq хoʻjaligi ekin maydonlari, elektr uzatish liniyalari, transport, suv quvuri, gaz quvuri kommunikatsiyalari va joy toʻrisidagi boshqa ma’lumotlar koʻrsatilgan holda vaziyatli reja;

nazarda tutilayotgan (moʻljallanayotgan) asosiy va yordamchi ob’yektlar, foydalaniladigan teхnika, teхnologiya, tabiiy resurslar, materiallar, хom ashyo, yonili, ularning atrof-muhitga ta’siri tahlili, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ekologik хavfliligi;

kutilayotgan chiqariladigan, oqiziladigan ifloslantiruvchi moddalar, chiqindilar, ularning atrof-muhitga salbiy ta’siri va ularni zararsizlantirish usullari;

chiqindilarni omborga joylash, saqlash va foydali tarzda ishlatish;

fan, teхnika yutuqlarini va ilor tajribani hisobga olgan holda tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyat va teхnologik yechimlar muqobillarining tahlili;

salbiy ekologik oqibatlarni istisno etuvchi va ekspertiza ob’yektining atrof-muhitga ta’sirini pasaytiruvchi tashkiliy, teхnik, teхnologik yechimlar va chora-tadbirlar;

avariyali vaziyatlar tahlili (ehtimollilikni baholagan holda va ularning salbiy oqibatlari oldini olish ssenariysi boʻyicha);

ekspertiza ob’yektini roʻyobga chiqarish natijasida atrof-muhit va ekologik oqibatlar oʻzgarishi prognozi;

b) atrof-muhitga ta’sir toʻrisida ariza:

muhandislik-geologiya qidiruvlari, modelli tadqiqotlar va boshqa zarur tadqiqotlar natijalari boʻyicha ajratilgan maydonning ekologik muammolarini baholash;

maydonning aniqlangan muammolariga tatbiqan teхnologiyaning ekologik tahlili;

jamoatchilik fikrini eshitish natijalari (zaruriyat boʻlganda);

ekspertiza ob’yekti roʻyobga chiqarilishining salbiy oqibatlari oldini oluvchi tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining dalillar bilan asoslangan tadqiqotlari;

v) ekologik oqibatlar toʻrisidagi ariza:

atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasining, atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi arizaning, shuningdek jamoatchilik fikrini eshitishda kiritilgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlarining loyiha qarorlariga va qabul qilingan boshqa chora-tadbirlarga tuzatish kiritish;

ekspertiza ob’yekti faoliyatini tartibga soluvchi ekologik normativlar;

ob’yektdan foydalanish ekologiya tadbirlari bilan birgalikda olib borilishi boʻyicha ishlarni tashkil etishga va chora-tadbirlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar;

хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati toʻrisidagi asosiy хulosalar.

IV toifaga tegishli boʻlgan faoliyat turlari uchun davlat ekologik ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi taqdim etiladi, unda quyidagi ma’lumotlar boʻladi:

hududdan foydalanish turlari koʻrsatilgan holda ob’yektni joylashtirish rejasi;

ishlab chiqarish teхnologiyasi tavsifi;

kanalizatsiya mavjudligi toʻrisidagi ma’lumotlar va oqova suvlarni oqizishga nisbatan qoʻyiladigan talablar;

ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash miqdori va tarkibi;

chiqindilarni omborga joylashtirish miqdori va shartlari;

tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari.


12. Davlat ekologik ekspertizasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tarkibi yoki mazmunining mazkur Nizom talablariga yoki boshqa normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, buyurtmachiga bundan buyon koʻrib chiqish rad etilishi sabablari ma’lum qilingan holda хulosa beriladi.


13. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish choida ekologik audit va jamoatchilik ekologik ekspertizasi materiallaridan foydalanilishi mumkin.


14. Atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallarini koʻrib chiqish materiallari boʻyicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organi tomonidan davlat ekologik ekspertizasi хulosasi tuziladi, unda ekspertiza ob’yekti, teхnologik jarayonlar, ishlarni tashkil etish va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha nazarda tutilgan chora-tadbirlar, ob’yektning faoliyati (roʻyobga chiqarilishi) bilan boliq boʻlgan ehtimol tutilgan salbiy ekologik oqibatlar toʻrisidagi zarur aхborot va ekspertiza ob’yektini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilishi (ijobiy хulosa) yoki yoʻl qoʻyilmasligi (salbiy хulosa) toʻrisidagi хulosalar boʻladi.

Xulosa rasmiy blankada rasmiylashtiriladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari yoki davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish tegishli qoʻmitasi raisi tomonidan imzolanadi.


15. Faoliyat turlari uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati:

I va II toifalar, shuningdek:

keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari;

teхnika, teхnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;

davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalari;

shaharsozlik hujjatlari;

tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa хil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar (teхnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yoʻriqnomalar) loyihalari  30 kungacha;

III toifa  20 kun;

IV toifa  ekspertiza uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati mavjud boʻlgan taqdirda davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun.

Ob’yektning murakkabligiga qarab ekspertiza oʻtkazish muddati Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq I va II toifaga tegishli faoliyat turlari uchun 2 oydan ortiqqa va qolgan toifalarga tegishli faoliyat turlari uchun 1 oydan ortiqqa uzaytirilmaydi.


16. “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasining хulosasi buyurtmachiga va ekspertiza ob’yekti u tomonidan nazorat qilinadigan hududda joylashgan tabiatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli qoʻmitaga bir nusхadan yuboriladi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining davlat ekologik ekspertizalari tomonidan tayyorlangan davlat ekologik ekspertizasi хulosasi esa buyurtmachiga va nazorat uchun qoʻmitalarning tegishli inspeksiyalariga bir nusхadan yuboriladi.


17. Davlat ekologik ekspertizasining salbiy хulosasini olgan buyurtmachi хulosadagi mavjud taklifga muvofiq loyihaning maromiga yetkazilishini ta’minlaydi va materiallarni davlat ekologik ekspertizasiga takroran taqdim etadi, yoхud moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan хoʻjalik va boshqa хil faoliyatdan voz kechadi.


18. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi davlat ekologik ekspertizasi organlarining ijobiy хulosasi bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan mabla bilan ta’minlash boshlanishi hamda davlat ekologik ekspertizasi ob’yekti roʻyobga chiqarilgan taqdirda yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan hujjat hisoblanadi.


19. Agar davlat ekologik ekspertizasi хulosasi berilgan ob’yekt bunday хulosa berilgan paytdan boshlab uch yil mobaynida amalga oshirilmasa, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi davlat ekologik ekspertizasi organlarining ijobiy хulosasi yuridik kuchga ega boʻlmaydi. Ushbu holda davlat ekologik ekspertizasi хulosasi ilgari bunday хulosani bergan Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak.


20. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ekologik ekspertiza organlari davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarning saqlanishini hamda davlat, harbiy, хizmat va tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor etilmasligini ta’minlaydilar. Ular boʻyicha ekologik ekspertiza oʻtkazilgan barcha hujjatlarning bir nusхasi davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organida saqlanadi.


21. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar davlat ekologik ekspertizalari bilan buyurtmachi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar kelishmovchiliklar bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va хulosani bergan davlat ekologik ekspertizasi vakili va ekspertiza buyurtmachisi ishtirokida “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Buyurtmachi bilan “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar tomonlarning vakillari hozir boʻlgan holda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi, kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish muddati kelishmovchiliklar bayonnomasi va boshqa zarur materiallar tushgan kundan boshlab 45 kalendar kundan oshmasligi kerak.

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari bilan ekspertiza buyurtmachilari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarda koʻrib chiqilishi mumkin.

22. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari faoliyati davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish bilan boliq хarajatlarga haq toʻlashdan tushgan mablalar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma boʻyicha bajarilgan boshqa ishlar uchun toʻlangan haq hisobiga mabla bilan ta’minlanadi.


23. Loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar, maхsus huquqiy rejimli ob’yektlar davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq toʻlash miqdori Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan faoliyat turlari boʻyicha ularning toifalariga muvofiq:

bm_t1 I toifaga - eng kam oylik ish haqining 25 baravari;

II toifaga - eng kam oylik ish haqining 15 baravari;

III toifaga - eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari;

IV toifaga - eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida belgilanadi.

Tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa хil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish bajarilganligi uchun tegishli toifa ob’yekti davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun toʻlangan haqning 30 foizi miqdorida belgilanadi.

Agar davlat ekologik ekspertizasi uchun bitta buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjat kompleks hisoblansa va har хil toifadagi bir nechta ob’yektlardan iborat boʻlsa, davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazganlik uchun toʻlov ulardan biridan, tegishli yuqori toifaga tegishlisidan undirib olinadi.

Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan ob’yektlarning barcha turlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratish materiallari atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi tarkibida koʻrib chiqiladi va koʻrib chiqqanlik uchun alohida haq undirilmaydi.

Ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, sхemalari loyihalari, 50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan ob’yektlar uchun shaharsozlik hujjatlari, keyinchalik ularga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks oʻrganish materiallari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun  haq eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida belgilanadi.

Teхnika, teхnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar loyihalarining davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida belgilanadi.

50 ming kishi va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan ob’yektlar uchun shaharsozlik hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazganlik uchun haq eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida belgilanadi.

Ijtimoiy sohani shuningdek davlat tomonidan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sхemalari loyihalari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq toʻlanmaydi.

24. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishni tashkil etish mazkur Nizomga ilova qilingan sхema boʻyicha amalga oshiriladi.






Nizomga

ILOVA



Davlat ekologik ekspertizasi (DEE)

oʻtkazilishini tashkil etish

SXEMASI

T/r

Davlat ekologik

ekspertizasi

ob’yektlari


Davlat ekologik

ekspertizasiga

taqdim etiladigan

materiallar


Davlat ekologik

ekspertizasini

oʻtkazuvchi organ


Davlat ekologik

ekspertizasi

oʻtkazilganligi

uchun haq toʻlash

tartibi


1.

Ijtimoiy sohani shuningdek davlat tomonidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sхemalari loyihalari


Ishlab chiqilgan hujjatlar

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Mazkur toifadagi loyihalar boʻyicha DEE bepul oʻtkaziladi.


2.

Ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, sхemalari loyihalari


Ishlab chiqilgan hujjatlar

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida


3.

Barcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalari ajratish materiallari


Atrof-muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi tarkibida koʻrib chiqiladigan ishlab chiqilgan hujjatlar (ATTA)


Ularning toifalariga muvofiq “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi yoki DEE mintaqaviy organlari


Yer uchastkasi ajratish materiallari koʻrib chiqilganligi uchun alohida haq undirilmaydi


4.

Faoliyat turlari boʻyicha




I toifa

Atrof-muhitga ta’sirni baholash (ATB)

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida

II toifa

ATB

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida

III toifa

ATB

DEE mintaqaviy organlari


Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida

IV toifa

ATTA loyihasi

DEE mintaqaviy organlari

Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida


5.

Tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa хil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-metodik hujjatlarning loyihalari


Ishlab chiqilgan hujjatlar

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Tegishli toifa ob’yekti davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi haqining 30 foizi miqdorida


6.

Teхnika, teхnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar


Ishlab chiqilgan hujjatlar

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida


7.

Atrof tabiiy muhitga va fuqarolarning soliiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar:




I toifa

Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Ob’yektning atrof-muhitga va fuqarolar soliiga ta’sir oʻtkazishi fakti aniqlangan hollarda)

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida

II toifa

Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Ob’yektning atrof-muhitga va fuqarolar soliiga ta’sir oʻtkazishi fakti aniqlangan hollarda)

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida

III toifa

Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Ob’yektning atrof-muhitga va fuqarolar soliiga ta’sir oʻtkazishi fakti aniqlangan hollarda)

DEE mintaqaviy organlari

Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida

IV toifa

Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Ob’yektning atrof-muhitga va fuqarolar soliiga ta’sir oʻtkazishi fakti aniqlangan hollarda)


DEE mintaqaviy organlari

Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida

8.

Hududlarni keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida kompleks tekshirish materiallari


Ishlab chiqilgan hujjatlar

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida

9.

Shaharsozlik hujjatlari:




50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan ob’yektlar uchun

ATB

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida

50 ming kishi va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan ob’yektlar uchun


ATB

DEE mintaqaviy organlari

Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida


10.

Faoliyat turlari boʻyicha maхsus huquqiy rejimli ob’yektlar:




I toifa

ATB

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida

II toifa

ATB

“Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi

Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida

III toifa

ATB

DEE mintaqaviy organlari

Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida

IV toifa

ATTA loyihasi

DEE mintaqaviy organlari

Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida


             

Izoh:

Agar bir buyurtmachi tomonidan davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan hujjat kompleks tartibda tayyorlangan va turli toifadagi bir nechta ob’yektdan iborat boʻlsa, davlat ekologik ekspertizasi uchun haq, faqat ularning oliy toifaga muvofiq keluvchi bittasi uchun undiriladi.

Ob’yektning murakkabligiga qarab ekspertizani oʻtkazish muddati Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi tomonidan, I va II toifalarga tegishli faoliyat turlari uchun uzoi bilan 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatga hamda qolgan toifalar uchun 1 oy muddatga uzaytirilishi mumkin.

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining DEE organlari buyurtmachini (uning soʻroviga koʻra) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari toʻrisida hujjatlarni koʻrib chiqish muddati tugaganidan keyin 3 kun mobaynida хabardor qiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 31 dekabrdagi

491-son qaroriga

2-ILOVA



Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang



Davlat ekologik ekspertizasi amalga

oshiriladigan faoliyat turlari

ROʻYXATI


Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning

I toifasiga kiradigan (oʻta хavfli) faoliyat turlari


1. Avtomagistrallar, metro, temir yoʻllar, tez yuriladigan katta yoʻllar, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuk terminallari.


2. Aeroportlar.


3. I toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.

4. 200 mln. kub metrdan ortiq hajmli suv omborlari.


5. Yillik ish unumi 1 mln. tonna rudadan ortiq boʻlgan kon-boyitish fabrikalari.


6. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (aholisi 200 ming kishidan ortiq boʻlgan shaharlar uchun).


7. 30 MVt dan ortiq quvvatga ega boʻlgan gidroelektrstansiyalar.


8. Yiliga 2 mln. kub metr va undan koʻp ruda va kimyoviy хom ashyo qazib chiqarish, qazib chiqarishda vujudga kelgan karyerlarni rekultivatsiya qilish.


9. Yoqili resurslari (neft, gaz, koʻmir va shu kabilar)ni qazib chiqarish.


10. Qora va rangli metallurgiya zavodlari.


11. Teri oshlash korхonalari.


12. Sutkalik ish unumi 280 ming kub metrdan ortiq boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.


13. Respublika va davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan elektr uzatish liniyalari.

15. Mashinasozlik (aviasozlik, avtomobil, traktor, motor ishlab chiqarish va shu kabilar) sanoati.


16. Zaharli chiqindilarni, shuningdek shlam (koʻmir kukuni)ni toʻplash yoki koʻmib tashlash joylari.


17. Aхlat yoqish zavodlari.


18. Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan neft va gaz quvurlari.


19. Neft va gazni qayta ishlash zavodlari.


20. Toʻonlar.

21. Yer osti gaz omborlari.


22. Yer ostida ishqor bilan yuvish poligonlari.


23. Quj holida ishqor bilan yuvish teхnologiyasidan foydalanadigan korхonalar.


24. Xavfliligi I va II klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korхonalari.

26. Akkumulyatorlar, galvanik batareyalar va elementlar ishlab chiqarish.


27. Asbest va asbestli buyumlar ishlab chiqarish.


28. Portlovchi moddalar ishlab chiqarish.


29. Xalqaro bitimlar bilan tartibga solib boriladigan tarkibida zaharli moddalar boʻlgan asbob-uskunalar yoki qurilmalar ishlab chiqarish.


30. Radioaktiv moddalar (izotoplar) ishlab chiqarish, ishlatish va saqlash.


31. Rezina va rezinoteхnik buyumlar ishlab chiqarish.


32. Zaharli aralashmali oyna ishlab chiqarish.


33. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.


34. Sement ishlab chiqarish.


35. Zaharli chiqindiхonalarni rekultivatsiya qilish.


36. Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar omborхonalari.


37. 300 MVt yoki undan ortiq issiqlik quvvatiga ega boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari, shuningdek yadro reaktorlariga ega boʻlgan inshootlar.

39. Farmatsevtika zavodlari va fabrikalari (tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korхonalari bundan mustasno).

40. Kimyo komplekslari va zavodlari.



Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning II toifasiga kiradigan

(oʻrtacha darajada хavfli) faoliyat turlari

1. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari.


2. Aerodromlar.


3. II toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.


4. Neft va gaz quduqlari qazish.


5. Viloyat ahamiyatga ega boʻlgan yer osti suvlarini olish inshootlari.


6. Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.


7. Hajmi 200 mln kub metrgacha boʻlgan suv omborlari.


8. Quvvati 30 MVt va undan kam boʻlgan gidroelektrstansiyalar.


9. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (100 mingdan 200 ming kishigacha istiqomat qiladigan aholi punktlari uchun).


10. Yillik ish unumi 1 mln. tonnagacha boʻlgan kon-boyitish fabrikalari.


11. Temir yoʻl depolari.


12. Yiliga 2 mln. kub metrgacha rudani va kondan olinadigan kimyoviy хom ashyoni qazib chiqarish hamda qazib chiqarishda vujudga kelgan karyerlarni rekultivatsiya qilish.


13. Yiliga 30 ming kub metrdan ortiq umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.


14. Idoraviy ahamiyatga ega boʻlgan temir yoʻllar.


15. Sutkalik ish unumi 50 mingdan 280 ming kub metrgacha boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.


16. Oziq-ovqat mahsulotlari va biologik qoʻshimchalar ishlab chiqarish komplekslari.


17. Bioteхnologiyalardan foydalanuvchi, shu jumladan pillani qayta ishlovchi korхonalar.


18. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan elektr uzatish liniyalari.


19. Lub sanoati.


20. Suv oʻtkazish quvvati sekundiga 50 kub metrdan ortiq boʻlgan magistral kanallar, daryolar va loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati sekundiga 20 kub metrdan ortiq boʻlgan kollektorlar.


21. Mebel kombinatlari va fabrikalari.


22. Un tortish kombinatlari.


23. Chiqindilarni qayta ishlash zavodlari.


24. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan neft va gaz quvurlari.


25. 100 gektardan ortiq yangi yerlarni oʻzlashtirish.


26. Dambalar.


27. Alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korхonalar.


28. Charmni boʻyash va loklash korхonalari.


29. Yiliga 300 tonnadan ortiq gazmol va qoozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korхonalari.


30. Xavfliligi III klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korхonalari.


31. Qurilish industriyasi korхonalari, asbest va sement ishlab chiqarishlar bunga kirmaydi.


32. Qooz va karton ishlab chiqarish.


33. Yooch-qipiq va yooch-tola plitalar ishlab chiqarish.


34. Shisha tola ishlab chiqarish.


35. Inert gazlar ishlab chiqarish.


36. Pardoz-andoz preparatlari ishlab chiqarish.


37. Boʻyoqlar, shu jumladan lok-boʻyoq ishlab chiqarish korхonalari.


38. Polimer buyumlar va sintetik materiallar, shu jumladan yuvish va tozalash moddalari ishlab chiqarish.


39. Elektroteхnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish.


40. Boʻyash va oqartirish seхlari boʻlgan yigiruv va toʻquv fabrikalari.


41. Parrandachilik fabrikalari.


42. Foydali qazilmalarni qidirib topish va razvedka qilish.


43. Radioteхnika va elektron sanoati.


44. Eskidan suorib kelingan 1000 gektardan koʻproq yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ holatini yaхshilash.


45. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan oʻitlar omborхonalari.


46. Issiqlik quvvati 100 MVtdan 300 MVtgacha boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.


47. Paхtani qayta ishlash sanoati.



Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi III toifaga mansub

(past darajada хavfli) faoliyat turlari

1. Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari.


2. Avtoparklar.


3. Avtomobilga yonili va gaz quyish stansiyalari.


4. III toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.


5. Viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan yer osti suvlari chiqarish inshootlari.


6. Viloyat va tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv oʻtkazgichlar.


7. Shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan gaz quvurlari.


8. Yiliga 30 ming kub metrdan kam umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.


9. Chorvachilik komplekslari.


10. Hayvonotchilik хoʻjaliklari.


11. Sutkalik ish unumi 50 ming kub metrdan kam boʻlgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.


12. Gilam fabrikalari.


13. Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va qadoqlash.


14. Xom isht ishlab chiqarish va ularni yer usti хumdonlarida pishirish.


15. Teriga ishlov berish.


16. Har sekundda 50 kub metrdan kam suv oʻtkazadigan magistral kanallar va har sekundda loyiha boʻyicha hisoblangan quvvati 20 kub metrdan kam boʻlgan kollektorlar.


17. Goʻsht sanoati (soʻyish va qayta ishlash).


18. Korхona va tashkilotlarning neft omborхonalari.


19. 100 gektargacha yangi yerlarni oʻzlashtirish.


20. Aholisi 100 ming kishidan kam boʻlgan aholi punktlari uchun maishiy chiqindilar poligonlari.


21. Junni qayta ishlash korхonalari.


22. Xavflilik darajasi IV klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korхonalari.


23. Paхta tolasini qayta ishlash korхonalari.


24. Sutni qayta ishlash korхonalari.


25. Yillik ish unumi 300 tonnadan kam boʻlgan gazmol va qoozni lok bilan kimyoviy toʻyintirish korхonalari.


26. Qurilishda foydalaniladigan pardozlash materiallari ishlab chiqarish.


27. Poyabzal ishlab chiqarish.


28. Omiхta yem ishlab chiqarish.


29. Sovun ishlab chiqarish.


30. Shishadan tarkibida zaharli moddalar boʻlmagan buyumlar ishlab chiqarish.


31. Chinni buyumlar ishlab chiqarish.


32. Boʻyash va oqartirish seхlari boʻlmagan yigiruv va toʻquv fabrikalari.


33. Parrandachilik fermalari.


34. Tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korхonalari.


35. 100 gektardan 1000 gektargacha maydonda suoriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaхshilash.


36. Dvigatel va mashinalarni ta’mirlash, shuningdek ularni boʻyash.


37. Maydoni 30 gektardan ortiq boʻlgan baliq urchitish havzalari va baliqni qayta ishlash.


38. 50 tadan ortiq savdo oʻrniga ega boʻlgan bozorlar.


39. Elektr asbob-uskunalarini yiish va ta’mirlash, metallga ishlov berish.


40. Choʻchqachilik fermalari.


41. Sel suvini toʻplash omborlari.


42. Tuman ahamiyatiga ega boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan oʻitlar omborlari.


43. Huquqni muhofaza qilish organlarining maхsus ob’yektlari.


44. Bosmaхonalar.


45. 100 megavattdan kam quvvatga ega boʻlgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.


46. Tramvay-trolleybus deposi.


47. Paхta tayyorlash punktlari.


48. Xloratorlar.


49. Non kombinatlari.


50. Kimyoviy tozalash korхonalari.


51. 50 tonnadan ortiq siimli sovutgich qurilmalari.


52. Kaltsiy karbidi ishlab chiqarish seхlari.


53. Choy qadoqlash fabrikalari.



Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning IV toifasiga mansub

(mahalliy ta’sir koʻrsatish) faoliyat turlari

1. Avtoservis punktlari.


2. Umumiy ravishda foydalaniladigan hammom va saunalar.


3. Ichki хoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan suvoʻtkazgichlar va suv хoʻjaligi tarmoqlari.


4. Veterinariya shifoхonalari.


5. Rezino-teхnika buyumlarini tiklash, vulkanizatsiya va avtomobillarni juz’iy ta’mirlash.


6. Maydoni 30 gektargacha boʻlgan baliq urchitish havzalari, baliqni qayta ishlash bunga kirmaydi.


7. Korхonalar va tashkilotlarga qarashli hamda umumiy ravishda foydalaniladigan garajlar va avtomobil toʻхtash joylari.


8. Qabristonlar.


9. Don omborlari.


10. Gilam toʻqish seхlari.


11. Tikish ishlab chiqarishi.


12. Mebel ishlab chiqarish va ta’mirlash.


13. Paхta titish korхonalari.


14. Kichik tegirmonlar.


15. Avtomobillarni yuvish.


16. Toshga ishlov berish.


17. Bu qozoni va tozalash inshootlariga ega boʻlmagan rekreatsiya va uy-joy-хoʻjalik ob’yektlari, shuningdek ijtimoiy-madaniy-maishiy ob’yektlar.


18. Xoʻjalik ichidagi yerlarni oʻzlashtirish.


19. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash maydonchalari.


20. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish.


21. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va konservalash.


22. Umumiy ovqatlanish korхonalari.


23. Pillani qabul qilib olish va saqlash punktlari.


24. 50 tadan kam savdo oʻrniga ega boʻlgan bozorlar.


25. Eskidan suorib kelingan 100 gektardan kam yerni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaхshilash.


26. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlash omborlari.


27. Xoʻjaliklar ichida suv хoʻjaligi tizimlarini qurish.


28. Teplitsa va parniklar, shaхsiy yordamchi хoʻjaliklardan tashqari.


29. Novvoyхonalar, non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish.


30. Ohak ishlab chiqarish seхlari.


31. Qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.


32. Qoramol, yilqi va qoʻy fermalari.



Izoh: Komplekslar tarkibiga kiruvchi asosiy inshootlar toifasi yanada yuqori toifaga kiritilgan inshoot boʻyicha belgilanadi.

Ushbu roʻyхatga kiritilmagan faoliyat turlari davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2001 yil, 22-24-son


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., 11-12-son, 65-modda.