Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.11.2001 y. 452-son "Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.11.2001 y.

N 452



VINO-AROQ MAHSULOTLARINI

ULGURJI VA ChAKANA SOTIShNI

TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA


Vino-aroq mahsulotlarining noqonuniy aylanishi va sotilishi hollarining oldini olish, alkogolli mahsulotlarni sotishni tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilansinki:

ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan vino-aroq mahsulotlari faqat "Oʻzsharobsanoat" AJning hududiy iхtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalari orqali sotiladi;

respublikada ishlab chiqariladigan vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va mayda ulgurji sotish huquqi "Oʻzsharobsanoat" AJning hududiy iхtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalariga beriladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 26 martdagi 136-son qarori 1-bandining ikkinchi хatboshi va 6-bandining ikkinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 3-son, 16-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2001 yil, 22-24-son.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., 11-12-con, 63-modda.