Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 8 iyuldagi PF-4119-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (AV tomonidan 18.08.2009 y. 1995-son bilan roʻyхatga olingan MAIMQV 50-son, MV 11.08.2009 y. 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 18 avgustda 1995-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va

aholini ijtimoiy muhofaza qilish

vazirligi, Moliya vazirligining

2009 yil 11 avgustdagi

50, 82-sonli qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2009 yil 8 iyuldagi PF-4119-sonli "Ish haqi,

pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar

miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni boʻyicha

pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻrisida

YOʻRIQNOMA


Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 8 iyuldagi PF-4119-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.


1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2009 yilning 1 avgustidan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:

a) ish haqi - oyiga 33 645 soʻm;

b) yoshga doir pensiyalar - oyiga 66 660 soʻm;

v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 66 660 soʻm;

g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 40 375 soʻm.


2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (33 645 soʻm х 8 = 269 160 soʻm).


3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.


4. Pensionerning ish haqlari toʻrisida ma’lumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (33 645 soʻm)ga yetmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

yoshga doir pensiyalar, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 66 660 soʻm, III guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 33 330 soʻm miqdorida belgilanadi;

talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).


5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 33 645 soʻmdan 121 200 soʻmgacha (III guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 111 100 soʻmgacha) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

yoshga doir pensiyalar, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 66 660 soʻm miqdorda, III guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yuqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 33 330 soʻm miqdorida belgilanadi;

talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).


6. Qolgan toifadagi pensionerlarning pensiyalarini qayta hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

pensiyalarni hisob-kitob qilish uchun yangi eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi olinadi (269 160 soʻm);

hisoblab topilgan oʻrtacha ish haqi pensiyani hisoblashda qabul qilingan pensioner ish stajining miqdoriga boliq foizlarga koʻpaytiriladi.


7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (33 645 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.






Yoʻriqnomaga

ILOVA


Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish

haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan

TUZATUVChI KOEFFITsIYeNTLAR

Davrlar


Koeff.



Davrlar


Koeff.


1971 yilga qadar


1461,5604


1994 yil 1 iyuldan

718,1646

1971 yil


1424,3736


1994 yil 1 avgustdan

588,7301

1972 yil


1388,9929


1994 yil 1 sentyabrdan

511,8163

1973 yil


1344,5639


1994 yil 1 noyabrdan

397,1173

1974 yil


1254,3684


1995 yil 1 yanvardan

397,1173

1975 yil


1226,8425


1995 yil 1 martdan

201,0311

1976 yil


1200,5185


1995 yil 1 sentyabrdan

154,7903

1977 yil


1167,1983


1996 yil 1 yanvardan

154,7903

1978 yil


1127,9540


1996 yil 1 apreldan

115,0659

1979 yil


1105,7394


1996 yil 1 sentyabrdan

80,2949

1980 yil


1077,3669


1997 yil 1 yanvardan

80,2949

1981 yil


1057,0826


1997 yil 1 iyuldan

55,9045

1982 yil


1056,9614


1998 yil 1 yanvardan

55,9045

1983 yil


1037,5213


1998 yil 1 iyuldan

40,6921

1984 yil


1037,4026


1999 yil 1 yanvardan

33,3260

1985 yil


1024,8434


1999 yil 1 avgustdan

25,9596

1986 yil


1012,5294


2000 yil 1 avgustdan

16,9058

1987 yil


988,6218


2001 yil 1 avgustdan

12,0769

1988 yil


923,5416


2002 yil 1 apreldan

10,5020

1989 yil


866,3108


2002 yil 1 avgustdan

9,1305

1990 yil


781,7936


2003 yil 1 maydan

7,6089

1991 yil


539,4666


2004 yil 1 avgustdan

5,8534

1992 yil 1 yanvardan


159,5006


2005 yil 1 maydan

4,8770

1992 yil 1 iyuldan


74,6165


2005 yil 1 oktyabrdan

4,0640

1992 yil 1 oktyabrdan


35,8635


2006 yil 1 iyuldan

3,3868

1993 yil 1 yanvardan


26,4450


2006 yil 1 noyabrdan

2,8224

1993 yil 1 apreldan


18,9604


2007 yil 1 avgustdan

2,2579

1993 yil 1 iyundan


8,0918


2007 yil 1 noyabrdan

2,0526

1993 yil 1 iyuldan


5,1961


2007 yil 1 dekabrdan

1,8815

1993 yil 1 sentyabrdan


3,9851


2008 yil 1 apreldan

1,6800

1993 yil 1 noyabrdan


2,4189


2008 yil 1 sentyabrdan

1,4000

1994 yil 1 yanvardan


1,8119


2008 yil 1 noyabrdan

1,3250

1994 yil 1 martdan


1,0869


2008 yil 1 dekabrdan

1,2500

1994 yil 1 iyundan


0,7256


2009 yil 1 avgustdan

1,0000

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 34-son, 376-modda.