Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.09.2009 y. OʻRQ-214-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 11.03.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 29.08.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.09.2009 y.

N OʻRQ-214



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OILA KODEKSINING 17-MODDASIGA

QOʻShIMChA KIRITISh TOʻRISIDA



Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 11 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 29 avgustda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 157-modda; 2008 yil, N 4, 189-modda) 17-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ellik yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaхslar tibbiy koʻrikdan oʻz roziligi bilan oʻtkaziladi".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                    I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2009 yil 8 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 37-son, 401-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2009 yil, 9-son, 328-modda