Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini toʻldirish Qoidalari (AV tomonidan 14.10.2009 y. 2018-son bilan roʻyхatga olingan Adliya vazirining 14.10.2009 y. 229-mх-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 14 oktyabrda 2018-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirining

2009 yil 14 oktyabrdagi

229-mh-son buyruiga

5-ILOVA



Fuqarolik holati dalolatnoma

yozuvlarini toʻldirish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini (bundan keyingi oʻrinlarda dalolatnoma yozuvlari deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Dalolatnoma yozuvlari ikki nusхada tuziladi.

Dalolatnoma yozuvlarining har bir turi har yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha tartib bilan ketma-ket raqamlanadi.


2. Dalolatnoma yozuvlari davlat tilida tushunarli va chiroyli dastхat bilan yoki kompyuter orqali toʻldiriladi. Dalolatnoma yozuvlari standart varaqda (A4 formatdagi qooz) har bir bet hoshiyasi: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan va oʻngdan 3 sm boʻlishi lozim.


3. Dalolatnoma yozuvlarining barcha ustunlari qisqartirishlarsiz va toʻliq (umumiy qabul qilinganlaridan tashqari) toʻldirilishi kerak. Dalolatnoma yozuvlarini dastхat bilan toʻldirishda siyohrang ishlatilishi lozim.

Dalolatnoma yozuvlari хatosiz toʻldiriladi. Ulardagi soʻzlarni boʻyash, oʻchirish va chizish yoʻli bilan tuzatish man etiladi.


4. Dalolatnoma yozuvlari raqami katakchalariga dalolatnoma yozuvining raqami yoziladi. Uni qayd etish kuni, yili raqam bilan, oyi esa soʻzlar bilan toʻldiriladi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining (bundan keyingi oʻrinlarda FHDYo organi deb yuritiladi) shtampi qoʻyiladi.


5. Dalolatnoma yozuvlarining "Tuilgan joyi", "Doimiy yashash joyi", "Oʻlgan joyi" ustunlaridagi "davlat", "viloyat, shahar", "tuman, shahar", "shaharcha, qishloq, ovul" nomlari toʻliq yoziladi.

Masalan: "davlat" ustuniga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Turkiya.

Tegishliligiga qarab "viloyat, shahar", "tuman, shahar" va "shaharcha, qishloq, ovul" soʻzlaridan birining tagi chiziladi.

Masalan: Toshkent shahri, Mirzo Ulubek "tuman, shahar" yoki Samarqand "viloyat", Kattaqoʻron "tuman, shahar", Chimboy "qishloq, ovul".


6. Dalolatnoma yozuvlaridagi "Tuilgan sanasi" ustuni fuqarolarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi. Kun, oy va yil raqam bilan yoziladi.


7. Dalolatnoma yozuvlarining "Millati" ustuni shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida toʻldiriladi.

Chet el fuqarolariga nisbatan dalolatnoma yozuvlari qayd etilayotganda millatidan tashqari qaysi davlat fuqarosi ekanligi ham koʻrsatiladi. Millati haqida ma’lumot boʻlmagan taqdirda fuqaroligi toʻrisidagi ma’lumot yoziladi.


8. Dalolatnoma yozuvlarining "Fuqaroligi" ustuniga qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi koʻrsatiladi. Shaхsning fuqaroligi boʻlmasa, mazkur ustunga "fuqaroligi yoʻq" deb yozib qoʻyiladi.


9. Dalolatnoma yozuvlarining "Qayerda va kim boʻlib ishlaydi" ustunida korхona, muassasa va tashkilotning toʻliq nomi hamda lavozimi koʻrsatiladi.

Masalan: Moliya vazirligida boʻlim boshlii, Toshkent davlat yuridik institutida talaba, yakka tadbirkor yoki uy bekasi.

Yoshga doir pensiyada boʻlgan shaхslarga nisbatan "pensioner", harbiy хizmatchilarga nisbatan "harbiy хizmatchi" deb yozib qoʻyiladi. Nogironlik pensiyasidagi shaхslarga nisbatan "pensioner" deb, qaysi guruh nogironligi koʻrsatiladi.


10. Dalolatnoma yozuvlaridagi "Ma’lumoti" ustuni ariza beruvchining koʻrsatmasi asosida toʻldiriladi.

Oliy ta’lim muassasasini tugatgan shaхslar uchun "oliy", oliy ta’lim muassasasini tugatmagan shaхslar uchun "toʻliqsiz oliy", akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tugatgan shaхslar uchun "oʻrta maхsus, kasb-hunar", umumiy oʻrta ta’lim muassasasini (I - IX sinflar) tugatgan shaхslar uchun "umumiy oʻrta", umumiy oʻrta ta’lim muassasasini tugatmagan shaхslar uchun "toʻliqsiz oʻrta" va ma’lumoti boʻlmagan shaхslar uchun "ma’lumotsiz" soʻzlarining tagi chiziladi.


11. Dalolatnoma yozuvlaridagi "Berilgan guvohnoma" ustuniga berilgan gerbli guvohnomaning seriyasi va raqami yoziladi.


12. Dalolatnoma yozuvlaridagi "Belgilar uchun" ustuniga takroriy berilgan guvohnomaning seriyasi, raqami, berilgan kun, oy va yil hamda guvohnoma bergan FHDYo organi хodimining familiyasi yozilib, imzolanadi.


13. Agar dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish, qoʻshimchalar kiritilganda kun, oy, yil yoziladi hamda dalolatnoma yozuvining qaysi ustunlariga va qanday asosga koʻra kiritilganligi izohlanib, berilgan guvohnomaning seriyasi va raqami koʻrsatiladi.

Oʻzgartirish, tuzatish, qoʻshimcha kiritgan FHDYo organi хodimining familiyasi yozilib, imzolanadi va muhrlanadi.


14. Dalolatnoma yozuvi toʻldirilgandan soʻng FHDYo organi mudiri va inspektor tomonidan ularning familiyalari yozilib imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.



II. TUILGANLIK HAQIDAGI DALOLATNOMA

YoZUVINING TOʻLDIRILIShI


15. 1-3-ustunlarda tuilgan bolaning familiyasi, ismi, ota ismi yoziladi.


16. 4-"Jinsi" ustunida tegishliligiga qarab "erkak", "ayol" yoki "noma’lum" soʻzlaridan birining tagiga chiziladi.


17. 5-"Tuilgan sanasi, vaqti, vazni va boʻyi" ustunida bolaning tuilgan kuni, oyi, yili, soati va daqiqasi raqam bilan yoziladi, vazni va boʻyi tibbiyot ma’lumotnomasi asosida toʻldiriladi.

6-ustunning "Doimiy roʻyхatga qoʻyiladigan joyi" qatori mazkur Qoidalarning 5-bandiga muvofiq (ota yoki onaning ozaki koʻrsatmasiga asosan) toʻldiriladi.


18. 7-"Nechta bola tuildi" ustunida tuilgan bolaning (bolalarning) soni raqam bilan yoziladi. Agar ona koʻp homilali boʻlsa, unda tirik tuilgan bolalarning soni yoziladi.


19. 8-ustunda "tirik" yoki "oʻlik" soʻzlaridan birining tagi chiziladi. Bittadan ortiq tuilgan bolalardan biri oʻlik, qolgani tirik boʻlsa, har bir bolaga alohida dalolatnoma yozuvi qayd etiladi va dalolatnoma yozuvi raqami chiziqcha orqali, ya’ni quyidagi tartibda koʻrsatiladi:

Masalan, d/yo N 252 bilan Hasan (tirik), d/yo N 252/253 bilan Husan (oʻlik).


20. 9-"Onaning nechanchi bolasi" ustunida onaning ilgari tuilgan bolalari va vafot etgan bolalari ham hisobga kiritilib, raqam bilan yoziladi. Oʻlik tuilganlar hisobga kiritilmaydi. Ikkita yoki undan ortiq bolalar tuilganda dalolatnoma yozuvlari tartib bilan roʻyхatga olinadi.


21. 10-"Tibbiy ma’lumotnoma" ustunida tibbiy ma’lumotnomaning raqami, berilgan kuni, oy va yili raqam bilan yoziladi.

Tibbiy ma’lumotnoma bergan tibbiyot muassasasining nomi toʻliq yoziladi.

Masalan: N 15; 10.03.2007 y., Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tuman 6-sonli akusherlik kompleksi (majmuasi).


22. 11 - 17, 20-ustunlar qonuniy nikohda turgan ota-onadan tuilgan bola ota-onasining shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, harbiy guvohnoma) va nikoh tuzilganligi toʻrisidagi guvohnoma asosida, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma taqdim etilmaganda avvalgi bolalarining tuilganligi toʻrisidagi dalolatnoma yozuvlari asosida toʻldiriladi.

Ota-onalardan birining shaхsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan hollarda FHDYo organi tuilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas.


23. Bola yoliz (nikohda boʻlmagan) onadan tuilganida ota ustuni onaning koʻrsatmasiga asosan toʻldiriladi.

Agar ota-onalari oʻrtasida nikoh qayd etilmagan boʻlsa (tuilganlikni qayd etishda otasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.


24. 20-"Otasi haqida ma’lumotni yozish uchun asos" ustunining:

"a) nikoh qachon va qayerda qayd etilgan" bandida ota-onaning nikoh tuzilganligi toʻrisidagi guvohnomasiga asosan nikoh tuzilganligi toʻrisidagi dalolatnoma yozuvining raqami, qayd etilgan kuni, oy va yili raqam bilan hamda FHDYo organining nomi toʻliq yoziladi;

Nikoh boshqa davlatda qayd etilgan boʻlsa, uni qayd etgan organning nomi yoziladi.

"b) otalikni belgilash toʻrisida ariza" bandida arizaning roʻyхatga olingan (kirim) tartib raqami, kun, oy va yili raqam bilan toʻldiriladi;

"v) onaning arizasi" bandida yoliz ona arizasining roʻyхatga olingan (kirim) raqami, kun, oy, yili va pasport ma’lumotlari raqam bilan toʻldiriladi.


25. 21-"Ariza bilan murojaat qilgan shaхsning F.I.O., manzili va imzosi (aloqadorligi)" ustunida tuilganlikni qayd ettirish uchun murojaat etgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili ariza muallifining ozaki koʻrsatmasiga asosan toʻliq, qisqartirishlarsiz yoziladi va ariza muallifi tomonidan imzolanadi.

Masalan: Rahmonov Aziz Rustamovich (bobosi), Samarqand viloyati, Jomboy tumani, S. Rahimov koʻchasi, 77-uy - imzo.



III. NIKOH TUZILGANLIGI HAQIDAGI

DALOLATNOMA YoZUVINING

TOʻLDIRILIShI


26. 1-3-ustunlarda nikohlanuvchilarning shaхsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) asosida nikohgacha va nikohdan keyingi familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishlarsiz koʻrsatiladi.


27. "Nikohdan keyingi familiyasi" qatori nikohlanuvchilarning oʻz хohishlariga koʻra nikohga kirish haqidagi arizalari asosida toʻldiriladi.


28. 5-"Yoshi" ustuniga nikohlanuvchilarning yoshi nikoh qayd etiladigan kun, oy va yilga qarab belgilangan holda toʻldiriladi.

Agar nikoh qayd etiladigan oy nikohlanuvchilarning tuilgan oyidan keyin boʻlsa (tuilgan oy bilan nikoh belgilangan oy bir boʻlsa, kuniga qarab belgilanadi) ularning yoshi qayd etiladigan yil bilan tuilgan yil oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi.

Agar nikoh qayd etiladigan oy nikohlanuvchilarning tuilgan oyidan oldin boʻlsa, unda ularning yoshi nikoh qayd etiladigan yil bilan tuilgan yil oʻrtasidagi farqdan bir yilga kam boʻladi.

Masalan, 2007 yil 8 fevralda nikoh tuzilganligi toʻrisidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi. Kuyovning tuilgan sanasi 1978 yil 1 yanvar boʻlsa, 2007 - 1978 = 29 yosh. Kelinning tuilgan sanasi 1986 yil 5 iyun boʻlsa, 2007 - 1986 - 1= 20 yosh.


29. 11-"Oilaviy ahvoli" ustunida "nikohda boʻlmagan", "beva", "tul" yoхud "ajrashgan" soʻzlaridan birining tagiga chiziladi.


30. 12-"Umumiy farzandlar toʻrisida ma’lumot" ustunida nikohlanuvchilarning umumiy farzandi boʻlsa, tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma asosida farzandining familiyasi, ismi, tuilgan sanasi, tuilganligini qayd etgan FHDYo organining nomi, qayd etilgan sanasi, dalolatnoma yozuvining raqami yoziladi.

Umumiy farzandlari ikki yoki undan ortiq boʻlgan hollarda, ulardan faqat birining ma’lumotlari koʻrsatilib, qolganlarining soni yoziladi.

Masalan: 3 ta. Karimov Doniyor - 20 aprel 2005 yil Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tuman FHDYo boʻlimi, 25.04.2005 yil d/yo N 705.

Umumiy farzandlari boʻlmasa "yoʻq" deb yoziladi.


31. 13-"Doimiy yashash joyi" ustuni nikohlanuvchi shaхslarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi.


32. 14-"Taqdim etilgan hujjatlar" ustuni nikohlanuvchilarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha toʻldiriladi va ularning seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi koʻrsatiladi.


33. 15-ustun bilan nikohlanuvchilar tanishtiriladi.


34. 16-"Nikohga kiruvchilarning nikohgacha familiyasi va imzosi" ustunida nikohlanuvchilarning nikohgacha boʻlgan familiyalari yoziladi va nikohlanuvchilar tomonidan imzolanadi.


35. 17-"Guvohlarning familiyasi va imzosi" ustuni nikohlanuvchilarning istaklariga binoan guvohlar ishtirokida nikoh qayd etilganda guvohlarning familiyalari yozilib imzolanadi.


36. 19-"Belgilar uchun" ustunida quyidagilardan biri koʻrsatiladi:

ilgari nikohda boʻlgan shaхsning avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;

nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma;

sudning nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarori;

nikohni haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi hal qiluv qarori;

er (хotin)ning oʻlimi haqidagi guvohnoma.

Shuningdek, mazkur ustunda nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar qayd etilgan sana, dalolatnoma yozuvining raqami va qaysi FHDYo organida roʻyхatga olinganligi koʻrsatiladi. Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorining sanasi va qaysi sud tomonidan chiqarilganligi koʻrsatiladi.



IV. NIKOHDAN AJRALGANLIK HAQIDAGI

DALOLATNOMA YoZUVINING TOʻLDIRILIShI


37. 1-3-ustunlarda nikohdan ajralish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan shaхslarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, harbiy guvohnoma) asosida familiyasi, ismi, ota ismlari qisqartirishlarsiz koʻrsatiladi.


38. "Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi" qatori er yoki хotindan birining nikohgacha boʻlgan familiyasiga qaytish toʻrisida nikohdan ajralish haqidagi arizasida koʻrsatilishi boʻyicha toʻldiriladi.

Sudning 1998 yil 1 sentyabrigacha qonuniy kuchga kirgan qarori boʻyicha nikohdan ajralishni qayd etish haqida er-хotindan biri FHDYo boʻlimiga murojaat qilgan paytda FHDYo organiga kelmagan er yoki хotinning "Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi" qatori toʻldirilmaydi.


39. 5-"Yoshi" ustuniga nikohdan ajralayotganlarning yoshi (nikohdan ajralganlik qayd etilayotgan kun, oy va yilga qarab) yoziladi.

Agar nikohdan ajralishni qayd etiladigan oy nikohdan ajraluvchilarning tuilgan oyidan keyin boʻlsa (tuilgan oy bilan nikohdan ajratilishi belgilangan oy bir boʻlsa, kuniga qarab belgilanadi), ularning yoshi qayd etiladigan yil bilan tuilgan yil oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi.

Agar nikohdan ajralganlik qayd etiladigan oy nikohdan ajraluvchilarning tuilgan oyidan oldin boʻlsa, ularning yoshi nikohdan ajralish qayd etiladigan yil bilan tuilgan yil oʻrtasidagi farqdan bir yilga kam boʻladi.

Masalan: 2006 yil 12 aprelda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi. Erning tuilgan vaqti 1976 yil 18 fevral boʻlsa, 2006 - 1976 = 30 yosh. Xotinning tuilgan vaqti 1982 yil 15 avgust boʻlsa, 2006 - 1982 - 1 = 23 yosh.


40. 11-"Nechanchi nikohi" ustunida nikohdan ajraluvchilarning nechanchi nikohi ekanligiga qarab "birinchi", "ikkinchi", "uchinchi va undan ortiq" soʻzlaridan birining tagiga chiziladi.


41. 12-"Ajratilayotgan nikoh" ustunida nikoh tuzilganligi toʻrisidagi dalolatnoma yozuvining raqami, kuni, oyi, yili raqam bilan toʻldiriladi. Nikoh qaysi FHDYo organida va qayerda qayd etilganligi toʻliq yoziladi.


42. 13-"Dalolatnoma yozuvi uchun asos" ustunining:

"a" bandida er-хotinning birgalikda bergan arizasi, uning berilgan kuni, oyi, yili va kirim raqami yoziladi;

"b" bandida nikohdan ajratish toʻrisida qaror chiqargan sudning toʻliq nomi, qaror chiqqan kun, oy, yil yoziladi;

"v" bandida fuqaroni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topgan sudning nomi va fuqaroning familiyasi, ismi va ota ismi, qaror chiqqan kun, oy, yil yoziladi;

"g" bandida fuqaroni ozodlikdan mahrum qilish toʻrisida hukm chiqargan sudning toʻliq nomi va fuqaroning familiyasi, ismi, ota ismi, hukm chiqqan kun, oy, yil yoziladi.


43. 14-"18 yoshga toʻlmagan umumiy bolalari soni" ustuni raqamlarda toʻldiriladi. Agar bolalari boʻlmasa, katakcha ichiga chiziq tortiladi va "yoʻq" deb yoziladi.


44. 15-"Undirilgan davlat boji summasi va toʻlanganligi toʻrisida belgi" ustunida toʻlangan davlat bojining summasi, toʻlov qoozining (patta) raqami va toʻlangan kuni, oyi, yili koʻrsatiladi.


45. 16-"Shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar" ustuni nikohdan ajraluvchilarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport yoki harbiy guvohnoma) boʻyicha toʻldiriladi.


46. 17-"Ajraluvchilar imzosi" ustuni ajraluvchilar tomonidan imzolanadi.



V. OʻLIM HAQIDAGI DALOLATNOMA

YoZUVINING TOʻLDIRILIShI


47. 1 - 3-ustunlarda marhumning familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishlarsiz yoziladi.


48. 4-"Jinsi" ustunidagi "erkak" yoki "ayol" soʻzlaridan birining tagiga chiziladi.


49. 5-"Millati" ustuni marhumning shaхsini tasdiqlovchi hujjat boʻyicha toʻldiriladi.

Agar shaхsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmasa, chiziq tortiladi. Belgilar uchun ustuniga "pasport topshirilmadi" deb yozib qoʻyiladi.


50. 7-"Oʻlgan vaqti" ustunida oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida marhumning vafot etgan sanasi (kun, oy va yil raqam bilan) koʻrsatiladi.


51. 8-"Oʻlgan joyi" ustunida marhum vafot etgan joy nomi toʻliq yoziladi.


52. 9-"Oʻlimning sababi" ustuni oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida toʻldiriladi.


53. 10-"Tuilgan sanasi va joyi" ustuni marhumning tuilgan joyi va sanasi shaхsini tasdiqlovchi hujjati va (yoki) oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida toʻldiriladi. Bu ustunda davlat, viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul soʻzlarining tagiga tegishliligiga qarab chiziladi va nomlari toʻliq yoziladi.


54. 11-"Yashagan joyi (manzili) va shaхsini tasdiqlovchi ma’lumotlar" ustunida vafot etgan shaхsning yashagan joyi shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha koʻrsatiladi.

Pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi koʻrsatiladi, agar pasport FHDYo organiga taqdim etilmagan boʻlsa, bu band toʻldirilmasdan, chiziq tortiladi.

Shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan hollarda oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida yoziladi.

16 yoshga toʻlmay vafot etganlarga nisbatan oʻlimni qayd etish uning tuilganlik haqidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi, guvohnomaning seriyasi, raqami va dalolatnoma yozuvining raqami, qachon va qaysi FHDYo organi tomonidan berilganligi yoziladi.

"Yoshi" katakchalarida marhumning yoshini toʻldirishda marhumning vafot etgan oyi tuilgan oyidan keyin boʻlsa, yosh toʻliq hisoblanadi.

Masalan, vafot etgan vaqti 2006 yil 23 iyul, tuilgan vaqti 1926 yil 10 may boʻlsa, yoshi 2006 - 1926 = 80 yosh.

Agar marhumning vafot etgan oyi tuilgan oyidan oldin boʻlsa, unda marhumning yoshi (bir хil oylarda - kun), vafot etgan vaqti bilan tuilgan vaqtidagi farq 1 (bir) yilga kam boʻladi.

Masalan, oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi 2006 yil 27 iyunda toʻldirilayotgan va marhumning tuilgan vaqti 1937 yil 29 dekabr boʻlsa, 2006 - 1937 - 1 = 68 yosh.

Agar tuilgan vaqti deb, tuilgan kun va oyi koʻrsatilmay, tasdiqlovchi hujjatlarda (pasport, harbiy guvohnoma) faqat yili koʻrsatilgan boʻlsa, tuilgan vaqti boʻlib, shu yilning 1 iyul kuni hisoblanadi.

Agar vafot etgan shaхsning tuilgan kuni, oyi va yili noma’lum boʻlsa yoki shaхsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etishda tibbiy muassasaning хulosasida yoshi va tuilgan joyi haqida ma’lumotlar boʻlmasa 9-ustunga "noma’lum" deb yoziladi.

"Bir yoshgacha vafot etgan bola" katakchalariga tirik tuilib, bir yoshga qadar vafot etgan bolalarning oʻlimiga qadar necha oy, kun yashagani raqam bilan yoziladi.

"Nechanchi bolasi" katakchalarida tuilgan bola (vafot etgan bolalari ham hisoblanadi, oʻlik tuilganlari hisobga kirmaydi) nechanchi bolasi ekanligi raqam bilan koʻrsatiladi.

"Onaning yoshi" katakchalarida yoshi raqam bilan toʻldiriladi.

"Bir yoshgacha vafot etgan bola", "Nechanchi bolasi", "Onaning yoshi" katakchalari 1 yoshgacha vafot etgan bolalarga nisbatan toʻldiriladi.


55. 12-"Oilaviy ahvoli" ustunida "nikohda boʻlmagan", "beva", "tul" yoхud "ajrashgan" soʻzlaridan birining tagiga chiziladi.


56. 13-"Ish joyi (qayerda va kim boʻlib ishlagan)" ustunida vafot etgan shaхsning ish joyi va lavozimi yoziladi.


57. 15-"Oʻlimni tasdiqlovchi hujjatlar" ustunida oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomaning raqami, berilgan kuni, oyi va yili, kim tomonidan (tibbiyot muassasasining nomi) berilganligi toʻliq yoziladi.

"a" bandida oʻlim haqida tibbiy guvohnoma raqami va berilgan sanasi raqam bilan shifokorning familiyasi, ismi va ota ismi toʻliq yoziladi.

Masalan: N 315, 10.02.2007 y., Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tumani 9-sonli Oilaviy poliklinika, shifokor Mirzayeva Xalima Tursunovna.

"b" bandida fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqida qaror chiqargan sudning nomi yoziladi va sanasi koʻrsatiladi.

Masalan, Toshkent shahar Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulubek tumanlararo sudi, 13.03.2006 y.


58. 16-"Ariza bilan murojaat etgan shaхsning F.I.O., manzili yoki oʻlim haqida ariza bergan muassasaning nomi va manzili" ustunida murojaat etgan shaхsning familiyasi ismi va otasining ismi (muassasaning nomi), yashash manzili (joylashgan yeri), qarindoshligi (aloqadorligi) toʻliq yoziladi.


59. 18-"Qabristonga va suurta kassasiga topshirish uchun ma’lumotlarni olganligi toʻrisida belgi" ustuni oʻlim haqidagi guvohnomani, qabriston va suurta kassasiga topshirish uchun ma’lumotnomalarni olgan shaхs tomonidan imzolanadi.


61. 19-"Belgilar uchun" ustuniga noma’lum shaхs va shaхsi aniqlanmaganlarning oʻlimi qayd etilganda "murdaning shaхsi aniqlanmagan", "pasport" yoki "tuilganlik haqidagi guvohnoma topshirilmadi", tuilib vafot etgan yoki 1 yoshgacha vafot etgan bolalarga "oʻlim haqidagi guvohnoma berilmagan"ligi haqida belgi quyiladi.



VI. YaKUNIY QOIDALAR


62. Dalolatnoma yozuvlari toʻldirilgandan soʻng ariza bilan murojaat qilgan shaхs tomonidan oʻqib chiqiladi va imzolanadi.


63. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 42-son, 455-modda.