Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2009 y. 277-son "Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.10.2009 y.

N 277



OʻZBEKISTON MILLIY AVTOMAGISTRALI

BOʻYLAB YOʻL INFRATUZILMASI VA

SERVISINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2009-2014 yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 22 apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab harakatlanish qatnashchilari uchun хalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, yangi ish oʻrinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral yonidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali yonidagi mavjud yoʻl infratuzilmasi va servisi ob’yektlari ularning shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan yalpi хatlovdan oʻtkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari belgilangan tartibda:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2010 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda qoʻriqlanadigan zonada hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistralining yoʻl infratuzilmasi va servisi ob’yektlarini joylashtirishga moʻljallangan qoʻriqlanadigan zonasiga tutash hududda joylashgan, shaharsozlik norma va qoidalariga javob bermaydigan bino va inshootlarning buzib tashlanishini;

yoʻl infratuzilmasi va servisi ob’yektlariga, shuningdek koʻchiriladigan ob’yektlar qayta joylashtiriladigan joylarga zarur muhandislik kommunikatsiyalarini ob’yektlar qurilishidan oldin oʻtkazish chora-tadbirlari koʻrilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda - Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi ob’yektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha Nizom talablariga qat’iy va soʻzsiz rioya etilishini ta’minlasinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi yoʻl infratuzilmasi va servisi ob’yektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda tizimli nazorat amalga oshirilishini ta’minlasin.


9. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



*) 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 43-son, 458-modda.