Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.10.2009 y. 282-son "Pivoni chakana sotishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.10.2009 y.

N 282



PIVONI ChAKANA SOTIShNI

TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


"Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq hamda respublika aholisi, ayniqsa oʻsib kelayotgan avlod soliini saqlashni ta’minlash, shuningdek pivoni chakana sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2009 yil 1 noyabrdan boshlab ta’lim muassasalari va diniy tashkilotlardan kamida 500 metr radiusda joylashgan savdo ob’yektlari orqali pivoni chakana sotish taqiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 1-bandi talablariga rioya qilmaslik Chakana savdo qoidalarini buzish hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Alkogolli va kuchsiz alkogolli ichimliklarni, shu jumladan, pivoni chakana sotish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni qat’iylashtirsin hamda qoidalarni buzishga yoʻl qoʻygan shaхslarni javobgarlikka tortish yuzasidan ta’sirchan choralar koʻrsin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:

a) 67-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Pivo kuchsiz alkogolli ichimlik hisoblanadi hamda ushbu Qoidalarning V boʻlimi talablari pivo bilan chakana savdo qilishga tatbiq etilmaydi, 60-bandning oʻninchi хatboshi bundan mustasno. Pivo sotishga yoʻl qoʻyiladi";

b) 189-bandning oʻn beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"alkogolli ichimliklarni, shu jumladan, kuchsiz alkogolli ichimliklarni va tamaki mahsulotlarini sotish qoidalariga rioya qilmaslik".


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 44-son, 466-modda.